O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti


O‘zaro  ta’sir  va  kuch  tushunchasi



Download 1,62 Mb.
Pdf ko'rish
bet10/196
Sana11.01.2022
Hajmi1,62 Mb.
#349669
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196
Bog'liq
ФУНА МАЖМУА 3-КУРС

O‘zaro  ta’sir  va  kuch  tushunchasi. 

O‘zaro  ta’sir  tushunchasi  fizika  kursining  asosiy 

tushunchalaridan  biri  bo‘lib,  barcha  o‘rganiladigan  hodisa,  jarayonlarning  zamirida  yotadi.  O‘zaro 

ta’sirni  yaxshi  tushunmaslik  tabiatda  sodir  bo‘luvchi  hodisa-larning  ro‘y  berishini  bilmaslik,  undan 

g‘ayriqonuniy  xulosalar  chiqarishga  olib  kelishi  mumkin.  Ba’zi  metodik  adabiyotlarda  o‘za-ro  ta’sir 

tushunchasi  hodisalarni  tahlil  qilishda  to‘g‘ri  yoritilmaydi.  Ko‘p  hollarda  tabiatda  o‘zaro  ta’sir 

tushunchasi  o‘rniga  tabiatda  kuch  bilan  almashtirilib  yuboriladi.  Tabiatda  bo‘ladigan  barcha  hodisalar 

fizik maydonlar vositasida ro‘y beradi. O‘qitish jarayonida o‘zaro ta’sirlarning mohiyati fizik maydonga 

bog‘liqligi  ochilmay  qoladi.  Tortishish,  yadroviy,  elektr  jarayonlardagi  mavjud  maydonning  roli, 

maydon  orqali  o‘zaro  ta’sir  ro‘y  berishi  ochilmasdan  qoladi.  O‘zaro  ta’sir  tushunchasini  to‘g‘ri 

shakllantirish butun fizika kursini ilmiy asosda o‘rganishga imkon yaratiladi. Chunki barcha fizik hodisa 

va  o‘zgarishlarning  asosida  o‘zaro  ta’sir  yotadi.  Fizik  hodisalar  tabiatda  turli-tuman  ko‘rinishda 

uchrashini  ilmiy  nuqtai  nazardan  tushuntirish  uchun  o‘zaro  ta’sir  tushunchasini  yaxshi  bilish  kerak 

bo‘ladi.  

Har  qanday  moddiy  ob’ekt  murakkab  tuzilishga  ega  bo‘lishi  bilan  birga  xilma-xil  ichki  ham 

tashqi  o‘zaro  ta’sirda  ishtirok  etadi.  Chunki  barcha  jism  va  ob’ektlar  tabiatda  yakka,  ajralgan  holda 

bo‘lmasdan  barchasi  bir-biri  bilan  bog‘langan,  o‘zaro  aloqador  bo‘ladi.  O‘zaro  ta’sirlashuvdan 

tashqarida  bir-biri  bilan  o‘zaro  ta’sirlashmaydigan  bironta  jismni topolmaymiz.  Jamiki  moddiy  jismlar 

boshqa ob’ektlar bilan o‘zaro ta’sirlashuvda o‘zini namoyon qiladi, ya’ni mavjudligini bildiradi. Demak, 

tabiatda  materiyadan  bo‘lak,  o‘zaro  ta’sirlashmaydigan  hech  narsa  bo‘lmaydi.  Materiya  turlarining 

o‘zaro ta’siri barcha harakatlarning manbai ekanligiga alohida e’tibor bermoq kerak. Atom yadrosining 

tuzilishi  nuklonlararo  pion  o‘zaro  ta’sirga,  atomning  tuzilishi  elektron  qobiq  bilan  yadro  orasidagi 

elektromagnit  o‘zaro  ta’sirga,  kristallning  tuzilishi  modda  atomlari  orasidagi  o‘zaro  ta’sirga,  Quyosh 

sistema-sining  tuzilishi-Quyosh  bilan  sayyoralararo  gravitatsion  o‘zaro  ta’sirga  asoslangan. 

Materiyaning  barcha  tur  tuzilishlariga  tegishli  bo‘lgan  elementar  zarralarmi,  atom  molekulami  yoki 



jismlar,  kosmik  jismlar,  yoki  yulduzlar  majmuimi,  galaktika  yoxud  metagalaktikami,  baribir  bularning 

barchasida o‘zaro ta’sir namoyon bo‘ladi. Bularning barchasini o‘zaro ta’sirsiz tasavvur etib bo‘lmaydi. 

Shuning  uchun  ham  o‘zaro  ta’sirni  biz  materiyaning  abad  yashash  shakli  deya  olamiz.  O‘zaro 

ta’sirlashmaydigan biron-bir jismni (materiyaning turini) bilmaymiz.  

Bizga  ma’lum  bo‘lgan  gravitatsion,  elektromagnit,  zaif  yadroviy  o‘zaro  ta’sirlar  bir-birlaridan 

sifat jihatdan ro‘y berish o‘rni, belgilari bilan farq qiladi. Bu o‘zaro ta’sirlarni batafsil ko‘rib chiqamiz:  

 1.Gravitatsion  (tortishish)  o‘zaro  ta’sirni  jismlarning  Yerga  tortilishi,  Quyosh  va  yulduzlar 

sistemasining  mavjud  bo‘lishi  tortishish  kuchi  mavjudligi  bilan  namoyon  bo‘ladi.  Bu  o‘zaro  ta’sir 

universal  bo‘lib,  u  istalgan  mikro,  makro  va  mego  ob’ektlarga  qo‘llanishi  mumkin.  Lekin  bu  o‘zaro 

ta’sir juda ulkan astronomik massadagi jismlarda sezilarli bo‘lib, Koinotning tuzilishida, shakllanishida 

hamda  yaxlit  holda  uning  taraqqiyotida  o‘z  aksini  topadi.  Gravitatsion  o‘zaro  ta’sir  massasi  kichik 

jismlarda  sezilarli  kamayib  borib,  amalda  qator  yadro  va  atom  sistemalarida  asosiy  rol  o‘ynamaydi. 

Gravitatsion  o‘zaro  ta’sirning  namoyon  bo‘lishi  dastlab  o‘rganilgan  bo‘lib,  tortishishning  manbai 

jismning massasi hisoblanadi va gravitatsion o‘zaro tasirning chegarasi cheklanmagan.  

2.Elektromagnit  o‘zaro  ta’sirni  biz  istalgan  makrojismlar,  molekula  va  atomdagi  zarralar 

bog‘lanishida ko‘ramiz. Mavjud atomning ionlanishi, boshqacha aytganda, yadrodan elektronni ajratish 

uchun  zarur  energiya  elektromagnit  o‘zaro  ta’sirning  mavjud  bo‘lgan  kattaligini  bildiradi.  Bu  hosil 

qilish  issiqligi,  yani  (atmosfera  bosimi  ostida)  suyuqlikning  bug‘ga  aylantirish  energiyasi 

molekulalararo  bog‘lanish  o‘zaro  ta’sirining  mavjudligini  ko‘rsatadi.  Demak,  makrojismlardagi 

zarralarni o‘zaro bog‘lab turuvchi omil elektromagnit o‘zaro ta’sirdir.  

3.Kuchli  (yadroviy)  o‘zaro  ta’sir-yadroda  bir  xil  zaryadlangan  protonlar  va  neytronlarning 

borligi  elektromagnit  o‘zaro  ta’sirdan  juda  kuchli  intensiv  o‘zaro  ta’sir  bo‘lmaganida,  yadro  mavjud 

bo‘lmagan  bo‘lar  edi.  Bundan  yadro  chegarasida  mavjud  bo‘lgan  o‘zaro  ta’sirni  kuchli  yoki  yadroviy 

o‘zaro ta’sir deyiladi. Kuchli o‘zaro ta’sir yadrodagi proton bilan proton, proton bilan neytron, neytron 

bilan neytron orasida ro‘y beradi. Kuchli o‘zaro ta’sir nafaqat yadro zarralari orasida, xuddi shuningdek, 

barcha barionlar va mezonlar orasida ham ro‘y beradi.  

 

4.Zaif  o‘zaro  ta’sir  ko‘pdan-ko‘p  elementar  zarralar  ro‘yxatidagi;  r,  ye, 





  va 


  



zarralar  barqaror  hisoblanadi.  “Ichki  sabablar”  ta’siriga  ko‘ra,  barqaror  bo‘lmagan  erkin  zarralar 

vaqtning  u  yoki  bu  harakterli  lahzasida  boshqa  zarralarga  aylanib  qoladi.  Rezonanslar  deb  ataluvchi 

zarralar  ~10

-23


  s  davomida  kuchli  o‘zaro  ta’sir  jarayonida  sochilishi,  xuddi  shunday  neytral 

o



=mezon  

elektromagnit o‘zaro ta’sir ostida ~10

-16

s da sochilishi aniqlangan. 10



-10

-10


-6

 s vaqt davomida zaif o‘zaro 

ta’sir deb ataluvchi o‘zaro ta’sirda yemirilish ro‘y be 


Download 1,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   6   7   8   9   10   11   12   13   ...   196




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish