O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universitetining pedagogika instituti



Download 176,39 Kb.
bet7/43
Sana22.07.2022
Hajmi176,39 Kb.
#837546
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43
Bog'liq
MAJMUA (Ifodali oqish)

ARISTOTEL
(miloddan avvalgi 384 - 322 yillar)
Qadimgi yunon san’ati va falsafasining yuksak cho‘qqisini Aristotel ijodi tashkil etadi. Ayniqsa, uning “Poetika”, “Ritorika” kabi asarlaridagi adabiyot va san’at bilan bog‘liq bo‘lgan qimmatli fikr-mulohazalar hanuzgacha ilm olamida dasturulamal bo‘lib xizmat qilmoqda.
Aristotel go‘zallik falsafasini o‘z tadqiqotlari markaziga qo‘yadi. U go‘zallikni tartib, mutanosiblik va aniqlikda ko‘radi. Aristotel talqiniga ko‘ra, go‘zal san’at asarlari inson qalbini salbiy hissiyotlardan forig‘lantiradi, natijada inson, bir tomondan, taqdir ko‘rguliklariga xotirjam qaray boshlasa, ikkinchi tomondan, baxtsizlik girdobiga tushganlarga o ‘zida hamdardlik hissini tuyadi; ya’ni, san’at insonni olijanob qilish, yaxshilash, go‘zallashtirish xususiyatiga ega.
Qadimgi dunyo ilm-fani, falsafiy qarashlarining buyuk donishmandi Aristotel miloddan awalgi 384-yilda Makedoniyaning Stagira shahrida tug‘ilgan. Uning otasi Nikomax Makedoniya hukmdori Amint II ning shaxsiy tabibi bo‘lgan. Aristotel 17 yoshidan 37 yoshigacha faylasuf Platon akademiyasida tahsil oladi. 342-yilda podshoh Filippning taklifi bilan Makedoniyaga qaytib, Aleksandrga murabbiylik qila boshlaydi.
Aleksandr Makedonskiy hukmronlik taxtiga o‘tirgach, o‘z ustozi va do‘stiga atab haykal barpo ettiradi. Bu haykalning poyida shunday yozuvlar bor edi: “Aleksandr ushbu yodgorlikni Nikomaxning o‘g‘li, buyuk donishm and va avliyo Aristotel xotirasiga o‘rnatdi”.
Aristotel Aleksandr taxtga chiqqach, yana Afinaga qaytib bu yerda “Litsey” nomi bilan shuhrat qozongan falsafa maktabini ochadi va katta kutubxona tashkil etadi.
Shu davrda Yunonistonda chiroyli so‘zlashga qiziqish kuchayib ketgan, natijada qator notiqlik maktablari ochilgan edi. Bu maktablarda so‘z san’ati ustalari notiqlar yetishtirib chiqarilardi. Keyinchalik mazmundor va ta’sirchan so‘zlash haqida maxsus qo’llanmalar maydonga keladi. Shunday asarlardan biri Aristotelning “Ritorika” nomli kitobidir. Buyuk olim uni miloddan awalgi 330 yillarda yozgan. Aristotelning ushbu asarigacha ham Anaksimen, Lampsak kabi faylasuflar “Ritorika” nomli qo‘llanmalar yaratgan edilar. Aristotelning “Ritorika”si notiqlik san’atining nazariy asoslarini yanada boyitdi.
“Ritorika” uch kitobdan tashkil topgan bo‘lib, asaming birinchi va ikkinchi kitoblari, asosan, chiroyli so‘zlash, ishontirish usullari haqidagi fikr-mulohazalardan iborat. Uchinchi kitobda esa, jumlalardagi izchillik va nutq mantiqiga alohida e’tibor qaratilgan. Olimning fikricha, notiq tilidagi turli “qorishmalar”, ya’ni so‘zlaming noto‘g‘ri va noo‘rin talaffiiz qilinishi, jumlalaming mantiqan har xil tuzilishi so‘zlovchining katta xatosidir. Aristotel har bir jumlaning asosiy fikmi ifoda etishga qaratilishi lozimligini, tinglovchi tushunadigan darajada sodda va ravon bo‘lishini talab etadi. U notiqning hissiyot bilan so‘zlashi mulohaza yuritayotgan fikrini tinglovchi qalbiga tez yetishida muhim omil bo‘lishini alohida ta’kidlaydi. Shuningdek, Aristotel notiqning auditoriyani o‘ziga jalb etishi uchun turli hazil-mutoyiba so‘zlar bilan lirik chekinish qilib tinglovchilarni hayajonlantira bilishi zarurligini, agar turli ko‘rgazmali qurollardan foydalansa, har xil sifatlash, chog‘ishtirish va metaforalami qo‘llasa, nutqining ta’sirchanligi yanada oshishini uqtirib o‘tadi.
Aristotel notiqlik san’atini egallash uchun quyida keltirilgan beshta vazifani mukammal bajarishni tavsiya etadi:
1. Nutq matnini kashf qilish. Ya’ni og‘zaki ijro qilinadigan nutq matnini har tomondan chuqur o‘rganib chiqish.
2. Nutq matnini mantiqan va mazmunan to‘g‘ri rejalashtirish.
3. Matnni to‘liq eslab qolish.
4. Matnni so‘z yordamida to‘g‘ri aks ettirish.
5. Nutq matnidagi so‘zlami to‘g‘ri talaffuz qilish.
Notiqlik san’atining buyuk namoyandasi Mark Tulliy Sitseron ham ushbu beshta qoidaga alohida e’tibor beradi va o‘z asarlarida Aristotel qarashlarini yanada rivojlantiradi: “Notiqning barcha kuch va qobiliyatlari ushbu besh vazifani bajarishga xizmat qiladi;
birinchidan, u o‘z nutqi uchun mazmun topishi zarur;
ikkinchidan, topilgan ma’lumotlami tartib bilan joylashtirishi;
uchinchidan, bulaming hammasini so‘z bilan o‘rashi va bezashi, kerak; to‘rtinchidan, nutqni xotirada mustahkamlab qo‘yish;
beshinchidan, uni munosib ravishda va xush keladigan qilib so‘zlashdir”, - deydi Sitseron o‘zining “Notiqlik haqida” deb nomlangan asarida.
Nutqni ritorik ishlab chiqishda notiq amal qilishi lozim bo‘lgan ushbu beshta qoida hozirgi kunda ham o‘z ahamiyatini yo‘qotmagan.

Download 176,39 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   43




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish