Xoja Muayyad Mehnagiy. “Majolis un-nafois” tazkirasida Xoja Muayyad Mehnagiy nomi o‘z zamonasining yetuk notiqlaridan biri sifatida tilga olinadi. Dunyoviy va diniy bilimlami chuqur egallagan bu kishining va’zlari hamisha jo ‘shqin o‘tgan. Mehnagiy va’zlarining asosini imon-e’tiqod, dinu diyonat, axloq-odob haqidagi umuminsoniy masalalar tashkil etgan.
U o‘zining pandu nasihat so‘zlari bilan zamondoshlarini ezgulikka da’vat etishdan charchamagan. Voiz o‘z nutqini hamisha Qur’on hikmatlari va hadislar, hikoyat va rivoyatlar bilan bezab, ulami tinglovchilarning didi va saviyasiga muvofiqlashtirib dilkash ohangda bayon etgan. Shuning uchun ham, uning va’zlari xalq tomonidan qizg‘in kutib olingan, bahs-munozaralarga sabab bo‘lgan. Komil ma’rifat egasi Xoja Muayyad Mehnagiy o‘z davrining fidoiy murabbiysi sifatida boshqalarni ham kamolot sari yetaklashga intilgan. Shu boisdan Alisher Navoiy “Majolis un-nafois”da taniqli adiblar va shoirlar qatorida Xoja Muayyad nomini ham hurmat va ehtirom bilan tilga oladi. “Xoja Muayyad Mehna - Hazrat Shayx Abusaid Abulxayr (quddisa sirrihu) ning nabiralaridandur. Yillar mozor bosbida shayx erdi va zohir ulumin takmil qilib erdi va va’z majolisi bag‘oyat garm va pursho‘r voqe’ erdi. Va Xoja samo’ni dag‘i muassir qilur erdi. Salotin Xojani ta’zim qilur erdi”.
Mavlono Riyoziy. “Majolis un-nafois” tazkirasining uchinchi majlisida Riyoziy haqida shunday ma’lumot keltirilgan: “Mavlono Riyoziy - Zova muhallilotidindur. Atvori mutalavvin kishidur. Ul viloyatning qozisi erdi. U1 amrg‘a munofiy ishlar andin sodir bo‘lib, ma’zul bo‘ldi va qayd va musodaralar tortdi va base zabmatlar ko‘rdi, hamul mansab muddaosig‘a ammo muyassar bo‘lmadi. Va’z aytib minbarda o‘z ash’orin o‘qub, yig‘lab vajdu hoi qilur”.
Hazrat Navoiyning ushbu fikr-mulohazalaridaji shu narsa ma’lum bo‘ladiki, Mavlono Riyoziy bir necha muddat Zova viloyatining qozisi bo‘lgan. Ammo o‘z davri xukmronlarining siyosatiga qarshi borgani uchun qozilik lavozimidan chetlashtirilib, ancha zahmatlar chekkan. Mavlono Riyoziy davrining taniqli so‘z ustasi sifatida o‘z va’zlarida yuksak insonparvarlik qarashlarini ilgari surgan. Jamiyatda ro‘y beradigan axloqsizlik, zo‘ravonlik kabi g‘ayriinsoniy hodisalarga befarq qaray olmagan. Binobarin, hukmronlarni insofga chaqirish e’tiqodsiz va порок kimsalami haq yo‘lga hidoyat etish Mavlono Riyoziy va’zlarining asosiy mazmunini tashkil etgan. Riyoziy voiz, ayni paytda iste’dodli shoir ham boMgan. Shu boisdan ham xalqqa va’z aytayotganda ba’zan o‘z she’rlarini hissiyot bilan o‘qib, eshituvchilami ham toMqinlantirgan, ularda xayrixohlik va hamdardlik tuyg‘usini uyg‘ota olgan. Hayoti va faoliyatini ezgulikni targ‘ib etishga bag‘ishlagan mavlono Riyoziy fidoiy murabbiy sifatida xalq qalbidan chuqur joy olganligi sababli ham, Alisher Navoiydek zotning nazariga tushgan.
Do'stlaringiz bilan baham: |