O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti



Download 1,55 Mb.
bet1/101
Sana14.02.2023
Hajmi1,55 Mb.
#910927
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101
Bog'liq
Inson resurslari


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O‘RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI


QARSHI MUHANDISLIK-IQTISODIYOT INSTITUTI

INSON RESURSLARINI BOSHQARISH”


fanidan


MA’RUZALAR MATNI

Qarshi – 2013


MUNDARIJA

Kirish . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 3


I ma’ruza. Zamonaviy sharoitlarda IRBning tutgan o‘rni va strategiyasi. . . .. . 5
II ma’ruza. Resurslarni rejalashtirish va mehnat bozorini rivojlantirish tendensiyalari. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ………. . . . 17
III ma’ruza. Kadrlarni to‘plash va tanlash metodlari. . . . . . . . . . . . . . . . . ... . . 28
IV ma’ruza. IRBda motivatsiya nazariyasi va xodimlar motivatsiyasi borasidagi hozirgi zamon muammolari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . ................... . . . .44
V ma’ruza. Boshqaruv faoliyati elementlari va ulardan boshqaruv jarayonida samarali foydalanish. IRBda boshqaruv va rahbarlik .. . . . . . . . . . . . . . . . . . . 62
VI ma’ruza. IRBda boshqarish va nazorat . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . … . . .74
VII ma’ruza. Inson resurslarini boshqarish jarayonida ish faoliyatining sifati va miqdorini baholash muammolari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . .89
VIII ma’ruza. IRBning jamiyat ijtimoiy strukturasida tutgan o‘rni. . . . . . 102
IX ma’ruza. IRBda kadrlar tizimi innovatikasi. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 116
X ma’ruza.AQSH va Yaponiyada xodimlarni boshqarish markazlarining rivojlanish tendensiyalari . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. . . . . . 123
Glossariy. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . .. .146
Tavsiya etiladigan adabiyotlar. . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . . 152


KIRISH

Mamlakatimiz iqtisodiyotining bozor munosabatlariga o‘tishi kadrlarni boshqarish sohasida tub o‘zgarishlar qilinishini talab etadi. Ma’lumki, korxona va tashkilotlar samarali ishlashini unda mavjud bo‘lgan xodimlar ta’minlaydi. Shu jihatdan hozirgi vaqtda malakali va ishbilarmon xodimlarni shakllantirishga erishish muhim ijtimoiy-iqtisodiy ahamiyat kasb etadi.


Mamlakatimizda chuqur o‘zgarishlar, siyosiy va ijtimoiy-iqtisodiy xayotning barcha tomonlarini izchil isloh etish va liberallashtirish, jamiyatimizni demokratik yangilash va modernizatsiya qilish jarayonlari jadal sur’atlar bilan rivojlanib bormoqda. Bunda kuchli fuqarolik jamiyatini shakllantirish yo‘lida belgilab olingan va izchil ravishda amalga oshirilayotgan ulkan vazifalar mustahkam zamin yaratmoqda.
Jumladan, yakinda respublikamiz qonunchilik palatasi va mahalliy kengashlarga bo‘lib o‘tgan saylovlar aholimizning yuksak ijtimoiy-siyosiy madaniyatini, uning siyosiy va fuqarolik ong darajasi tobora o‘sib borayotganini, saylovchilar mamlakatni isloh etish va modernizatsiya qilish jarayonlarini chuqurlashtirish yo‘lidan izchil ilgarilab borayotganimizni keng qo‘llab-quvvatlayotganini namoyish etdi. Prezidentimiz I.Karimov 2010 yil 27 yanvarda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisidagi ma’ruzasida saylov jarayonlariga baxo berish bilan bir qatorda davlat boshqaruvini yangilash va yanada demokratlashtirish, mamlakatni modernizatsiyalashda siyosiy partiyalar, parlament, sud-huquq tizimi, fuqarolik jamiyati institutlarining o‘rni va roli to‘g‘risida batafsil to‘xtalib o‘tdi. Shuningdek, mamlakatni modernizatsiya qilish, kuchli fuqarolik jamiyati barpo etishning asosiy yo‘nalishlari va ustuvor vazifalarini belgilab berdi. 1
Mamlakatimiz Prezidenti I.A.Karimov ta’kidlab o‘tganidek, «Bugungi kunning eng muhim vazifasi – hayotimizning barcha sohalarida, ayniqsa, boshqaruvida, respublika miqyosida, viloyat, shahar, tuman, qishloq va mahallalarni boshqarishda, tarmoq bo‘g‘inlarini idora etishda yangicha fikrlaydigan, qiyin damlarda mas’uliyatni o‘z zimmasiga ola biladigan, hayot bilan hamqadam yurishga qodir, imoni pok, bilimdon, ishbilarmon odamlarni topish, ularga ishonch bildirishdan iboratdir».
O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotiga o‘tishi sharoitida «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi»ga muvofiq inson resurslarni boshqarish sohasida bir qator yangi talablar yuzaga keldi. Bu talablarni muvaffaqiyatli amalga oshirish korxona va tashkilotlar faoliyati to‘g‘ri yo‘lga qo‘yilishini ta’minlaydi.
Hozirgi vaqtda korxona va tashkilot inson resurslarini boshqarish konsepsiyasi asosini xodim shaxsiy rolining ortib borayotganligi, uning asosiy yo‘l-yo‘riqlarini bilishi, ularni shakllantira olishi, korxona va tashkilot oldida turgan vazifalarga muvofiq ravishda yo‘naltira bilishi tashkil etadi. Yurtboshimiz I. A. Karimovning Oliy Majlis qonunchilik palatasi va Senatining qo‘shma majlisida aytib o‘tganlaridek, «Olloh odamzotni shunday yaratganki, har bir inson o‘ziga xos bir olam. Shu bois ikki nafar inson hech qachon bir-biriga yuz foiz o‘xshamaydi»2.
Shunday ekan, insonlarni bir jamoa maqsadi uchun mehnatga jalb etish, ma’lum bir maqsadga erishish, qolaversa, ishonchli o‘zaro munosabatlarni shakillantirishga har bir shaxsning o‘ziga xos dunyoqarashi, xarakterini atroflicha o‘rganish natijasida kelgusida yuqori darajadagi samarali inson resurslarni boshqaruviga erishish mumkin.
Inson resurslarni boshqarishga doir yangi xizmatlar, odatda, an’anaviy xizmatlar: kadrlar bulimi, mehnatni tashkil etish va ish haqi bo‘limi, mehnatni muhofaza qilish va xavfsizlik texnikasi bo‘limi va hokazolar asosida tuziladi. Yangi xizmatlarning vazifasi korxona va tashkilotdagi kadrlar siyosatini amalga oshirishdan, mehnat potensialini boshqarish sohasidagi faoliyatini muvofiqlashtirishdan iboratdir. Shu munosabat bilan bu xizmatlar uz vazifalari doirasini kengaytira boshlaydi va sof kadrlar masalasidan mehnat faoliyatini rag‘batlantirish tizimlarini ishlab chiqishga, kasbiy jihatdan ilgari siljishni boshqarishga, ixtiloflarga barham berishga, mehnat bozori va shu kabilarni o‘rganishga o‘tadilar.
Albatta, inson resurslarni boshqarish xizmatining tuzilishi ko‘p jihatdan korxona va tashkilotlarning xususiyatlari va hajmi, ishlab chiqarilayotgan mahsulotning o‘ziga xos tomonlari bilan belgilanadi. Mayda va o‘rta korxonalarda inson resurslarni boshqarish sohasidagi ko‘pgina vazifalarni ko‘proq rahbarlar bajaradilar, yirik korxona va tashkilotlarda esa bu vazifalarni amalga oshirishi lozim bo‘lgan mustaqil tarkibiy bo‘linmalar mavjud.
O‘zbekistondagi va chet ellardagi tashkilotlar tajribasini umumlashtirish inson resurslarni boshqarish tizimining asosiy maqsadini, ya’ni kadrlar bilan ta’minlash, ularning samarali ishlashini, kasbiy va ijtimoiy jihatdan rivojlanishini shakllantirishga imkon beradi. Shunga ko‘ra, korxona va tashkilot inson resurslarini boshqarish tizimi shakllantiriladi. Uning tuzilishi uchun asos sifatida fan tomonidan ishlab chiqilgan va amaliyotda sinovdan o‘tgan qoida va usullardan foydalaniladi. Bularning barchasi ushbu ma’ruzalar matnlarida o‘z ifodasini topgan.

Download 1,55 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   101




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish