O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi qarshi davlat universiteti qo’lyozma huquqida udk 51.(076). 62. Suropov Bahodir Maydonovichning korxona hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishni avtomatlashtirishda axborot- kommunikatsiya


Magistrlik dissertatsiyasi tarkibining qisqacha tavsifi



Download 3,91 Mb.
bet9/31
Sana10.07.2021
Hajmi3,91 Mb.
#114299
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31
Bog'liq
korxona hisobotlarini tayyorlash va taqdim etishni avtomatlashtirishda axborot-kommunikatsiya texnologiyalardan foydalanish (3)

Magistrlik dissertatsiyasi tarkibining qisqacha tavsifi. Bizning magistrlik dissertatsiya ishimiz kirish, 3 bob, 9 ta band, jadval, rasmlar, xulosa va foydalanilgan adabiyotlar ruyxatidan tashkil topgan.

I.BOB. AXBOROT-KOMMUNIKATSIYA TEXNOLOGIYALARI SOHASI VA ULARDAN FOYDALANISHNING BUGUNGI HOLATI

1.1.Axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida qabul qilingan meyoriy hujjatlar va ularning amalga oshirilayotganligi.


Jamiyatimizning kundan-kunga rivojlanib, axborotlashib, axborotlashgan jamiyatga aylanib borayotganligini, axborot kommunikatsiya texnologiyalarining barcha sohalarga kirib borib, ijobiy natijalar berayotganligidan ko‘rishimiz mumkin. Buning zamirida axborotlashtirishning davlat siyosati darajasida ko‘tarilganligi, Prezidentimiz rahbarligida qonun va qarorlarning qabul qilinib, ular asosida amalga oshiriladigan chora–tadbirlar natijasidir. Ular qatoriga Prezidentimizning quyidagi farmon va qarorlari:

  • Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish to‘g‘risida (2002 y.);

  • Axborot texnologiyalari sohasida kadrlar tayyorlash tizimini takomillashtirish to‘g‘risida (2005 y.)

  • Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida (2005 y.);

  • O‘zbekiston Respublikasining jamoat ta’lim axborot tarmog‘ini tashkil etish to‘g‘risida(2005 y.)gi ;

  • Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlashni tashkil etish to‘g‘risida (2006 y.)

  • O‘zbekiston Respublikasida axborotni kriptografik muhofaza qilishni tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2007 y.)

  • Alisher Navoiy nomidagi O‘zbekiston milliy kutubxonasi — axborot resurs markazi faoliyatini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (20.03.2012 y.);

  • Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (21.03.2012 y.) va h.k.

Axborotlashtirish sohasidagi asosiy qonunlar:



  • Elektron hisoblash mashinalari uchun yaratilgan dasturlar va ma’lumotlar bazalarining huquqiy himoyasi to‘g‘risida (1994 y.)

  • Telekommunikatsiyalar to‘g‘risida (1999 y.)

  • Axborot erkinligi prinsiplari va kafolatlari to‘g‘risida (2002 y.)

  • Elektron raqamli imzo to‘g‘risida (2003 y.)

  • Axborotlashtirish to‘g‘risida (2003 y.)

  • Elektron hujjat aylanishi to‘g‘risida (2004 y.)

  • Elektron tijorat to‘g‘risida (2004 y.)

  • Elektron to‘lovlar to‘g‘risida (2005 y.)

  • Axborot-kutubxona faoliyati to‘g‘risida (2011 y.)va h.k.

Vazirlar Mahkamasining quyidagi Qarorlari

  • Toshkent axborot texnologiyalari universiteti faoliyatini tashkil etish to‘g‘risida (2002 y.)

  • Kompyuterlashtirishni yanada rivojlantirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2002 y.)

  • «ZiyoNet» axborot tarmog‘ini yanada rivojlantirish to‘g‘risida (2005 y.)

  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlarining axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalangan holda yuridik va jismoniy shaxslar bilan o‘zaro hamkorligini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2007 y.)

  • Internet tarmog‘ida O‘zbekiston Respublikasining hukumat portaliga axborotlarni taqdim etish va joylashtirish tartibi to‘g‘risida (2009 y.)

  • Davlat va xo‘jalik boshqaruvi, mahalliy davlat hokimiyati organlari xodimlarining malakasi va ko‘nikmalarini oshirishga doir qo‘shimcha chora-tadbirlar hamda ularni ishda kompyuter texnikasi va axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan foydalanish yuzasidan attestatsiyadan o‘tkazish tartibi to‘g‘risida (2011 y.)

  • Joylarda kompyuterlashtirish va axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada rivojlantirish uchun shart-sharoitlar yaratish chora-tadbirlari to‘g‘risida (2012 y.) va h.k kiritishimiz mumkin.

O‘zbekistonda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish masalasida O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “Zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirish chora-tadbirlari tug‘risida”gi karori 2012 yil 21 martda e’lon qilinib[128], unda axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini yanada joriy etish va rivojlantirishning asosiy vazifalari belgilab berilgan.

Bular kuyidagilar:



  • Davlat organlari, shuningdek yuridik va jismoniy shaxslar axborot tizimlarining boskichma-boskich integratsiyalashuvi asosida Milliy axborot tizimini shakllantirishni ta’minlash;

  • Davlat organlarining O‘z funksiyalarini bajarishda tezkorlik va sifatni oshirishga imkon beruvchi faoliyatini avtomatlashtirish axborot tizimlarini yaratish

  • Davlat organlari tomonidan tadbirkorlik subyektlari va axoliga ko‘rsatiladigan interfaol davlat xizmatlari ro‘yxatini kengaytirish va sifatini yaxshilash, tegishli axborot resurslaridan keng ko‘lamda, shu jumladan, kishlok joylarda foydalanishni ta’minlash;

  • Axborot resurslari, texnologiyalari va tizimlarini, shu jumladan axborot xavfsizligini ta’minlash tizimlarini rivojlantirish xolatini xisobga olgan xolda axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasida boshqarish tizimini takomillashtirish;

  • Milliy axborot tizimining axborot xavfsizligini, uning axborot tizimlari va resurslari ximoya kilinishini ta’minlash.

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2012 yil 25 iyuldagi "O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi huzurida Ta’lim muassasalarida elektron ta’limni joriy etish markazini tashkil etish to‘g‘risida"gi 228-sonli qarorining ijrosini ta’minlash maqsadida Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2012 yil 28 iyuldagi 314-sonli buyrug‘i chiqarildi. Mazkur buyrukka binoan vazirlik xuzurida “Elektron ta’lim markazi” faoliyat ko‘rsata boshladi.

Mazkur markazning vazifalariga quyidagilar kiradi:



  • ta’lim jarayoniga tadbik etiladigan dasturiy vositalarni ishlab chiqish, ularning ekspertizasini tashkil etish, tavsiyalar berish;

  • axborot-kommunikatsiya texnologiyalari, videokonferens aloqa vositalaridan foydalangan holda o‘quv jarayonini tashkil etish bo‘yicha loyihalar ishlab chiqish;

  • “Elektron ta’lim” Milliy tarmog‘i axborot-ta’lim resurslaridan foydalanishni tashkil etish;

  • oliy ta’lim muassasalarida yaratilgan va “Elektron ta’lim” tarmog‘iga kiritiladigan elektron o‘quv majmualarga va boshqa axborot resurslari uchun yagona talablarni ishlab chiqish;

  • professor-o‘qituvchilarni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari bo‘yicha malakalarini oshirish bo‘yicha kurslarni tashkil etish;

  • ta’lim muassasalarida axborot-kommunikatsiya vositalariga va kompyuter texnikalariga bo‘lgan ehtiyojlarini o‘rganish va boshqalar kiradi.

  • Shuningdek, axborotlashtirish bo‘yicha xududiy dasturlarga kiritiladigan asosiy bandlarda esa quyidagilar talab etiladi.

  • davlat organlari xodimlarining kompyuter texnikasi bilan ta’minlanganligi;

  • lokal va korporativ tarmog‘ining tashkil etilganligi;

  • internet tarmog‘iga jamoaviy ulanish shahobchalarining tashkil etilganligi;

  • elektron hujjat almashinuvi texnologiyalarining joriy etilganligi;

  • elektron imzodan foydalanishning yo‘lga qo‘yilganligi;

  • axborot xavfsizligi siyosatining ishlab chiqilganligi va joriy etilganligi;

  • davlat organi veb-saytining ishlab chiqilganligi, internet tarmog‘iga joylashtirilganligi, uni ma’lumotlar bilan to‘ldirish va yangilab borish yo‘lga qo‘yilganligi;

  • yuridik va jismoniy shaxslarga interaktiv davlat xizmatlarini ko‘rsatishni yo‘lga qo‘yilganligi;

  • Avtomatlashtirishda boshqaruv texnologiyalarining (axborot texnologiyalari) joriy etilganligi va davlat axborot resurslarining shakllantirilganligi;

  • rahbar va mas’ul xodimlarning kompyuter savodxonligi bo‘yicha o‘quv kurslarining tashkil etilganligi va xodimlarni AKT bo‘yicha attestatsiyadan o‘tkazish yo‘lga qo‘yilganligi va h.k.

Yuqorida keltirilganlardan shunday xulosa qilishimiz mumkinki, bugungi kunda axborot kommunikatsiya texnologiyalari barcha sohalarda keng kirib borib, biz singari yosh mutaxasislardan ularni jori1y etishga hissa qo‘shishimizni talab etilmoqda.


Download 3,91 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   31




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish