O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta‘lim vazirligi qarshi muhandislik iqtisodiyot instituti


Abu  Homid  Muhammad  ibn  Muhammad  al-G‘azzoliy



Download 3,09 Mb.
Pdf ko'rish
bet173/260
Sana02.08.2021
Hajmi3,09 Mb.
#136302
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260
Bog'liq
falsafa fanidan

Abu  Homid  Muhammad  ibn  Muhammad  al-G‘azzoliy  (1058–1111),  O‗rta  asrlar 
musulmon Sharqi nafosatshunosligida mashshoiyyo‗nlik yo‗nalishi bilan birga tasavvufiy 
yo‗nalish  ham  vujudga  keldi.  Uning  buyuk  vakili  tasavvuf  falsafasi  asoschisi  tengi  kam 
ilohiyotchi  Imom  G‗azzoliydir.  Uning  «Ihyo  ulum  ad  din»  («Din  haqidagi  ilmlarning 
tirilishi») va «Kimyoi saodat» asarlarida estetikaka keng o‗rin berilgan. 
G‗azzoliy  ularda  go‗zallik  tushunchasiga  alohida  to‗htaladi,  manfaatsiz  go‗zallik, 
oltinchi sezgi vositasida his etiladigan go‗zallik haqida o‗ziga xos nazariyalarni o‗rtaga 
tashlaydi. Bularning hammasi muhabbat tushunchasi bilan bog‗liq holda tadqiq etiladi. 
Zero  G‗azzoliy  muhabbatni  besh  turga  bo‗ladi.  Uning  dastlabki  uch  turi  asosan 
ahloqshunoslikka, so‗nggi ikki turi esa estetikaga taalluqli. 
Muhabbatning  uchinchi  turi  haqida  yozar  ekan,  G‗azzoliy  go‗zallikka  yondashuv, 
nafosat  tuyg‗usining  beg‗arazligi  to‗g‗risida  fikr  yuritadi.  «Uchinchi  xil  muhabbat,  - 
deydi faylasuf, — biror narsani shu turishicha sevish, uning o‗zidan olinadigan zavqdan 
boshqa zavq olmagan xolda sevishdir. U – o‗zining qoimligi bilan poyidor bo‗lgan ulkan, 
haqiqiy  muhabbat».  U,  chunonchi,  go‗zallik  va  yoqimlilikka  bo‗lgan  muhabbat.  Axir, 
go‗zallik  go‗zallikni  anglab  yetgan  odam  uchungina  muhabbat  obyektidir.  Go‗zallikni 
anglab  yetishning  o‗zi  yoqimli,  o‗z-o‗zicha  muhabbat  obyekti  bo‗lishi  mumkin. 
Modomiki,  ko‗kat  va  sharqirab  oqayotgan  suv,  faqat  ularni  yeyishimiz  va  ichishimiz 
mumkinligi  uchun  emas,  balki,  bor-yo‗g‗i  ularni  ko‗rib,  zavqlanganimiz  sababli,  faqat 
shu sababligina muhabbat obyekti ekan, yuqoridagi fikrni inkor qilish mushkul. 
Nizomuddin  Mir  Alisher  Navoiy  (1441–1501).  Alloma  o‗z  asarlarida  ichki  va 
tashqi  go‗zallik  g‗oyasini  ilgari  suradi.  Allomaning  «Hamsa»sidagi  bosh  qahramonlar 
ana  shunday  komil  go‗zallik  egalari.  Umuman,  Navoiy  ham,  boshqa  ko‗pgina  Sharq 
mutafakkirlari  kabi  insoniy  go‗zallikni  ichki  go‗zallikda,  hulqiy  go‗zallikda  ko‗radi. 
Navoiy  so‗zga  alohida  e‘tibor  beradi,  uni  ko‗ngil  qutisi  ichidagini  gavhar  deb  ataydi, 
hatto falak jismining joni deydi: 
 
Ko‗ngul durji ichra guhar so‗zdurur, 
Bashar gulshanida samar so‗zdurur. 
 
Erur so‗z falak jismining joni ham
Bu zulumotning obi hayvoni ham. 
 
«Majolis  un-nafois»,  «Me‘zon  ul-avzon»  asarlarida  Navoiy  ana  shu  mohiyatan 
muqaddas  bo‗lgan  so‗zdan  foydalanish  san‘ati  haqida  fikr  yuritadi.  «Me‘zon  ul-avzon» 
aruz nazariyasi sifatida diqqatga sazovor bo‗lsa, «Majolis un-nafois» tengi kam tazkira 
sifatida  estetikaka  aloqadordir.  Unda  Navoiy  450 nafardan  ortiq  shoir  ijodiga  to‗xtalib 
o‗tadi va ular ijodi uchun xarakterli bo‗lgan misollarni keltiradi. Ayni paytda, tazkirada 
din,  shakl  va  mazmun  singari  estetika  muammolari  ham  o‗z  aksini  topgan.  Chunonchi, 
tazkiraning  temuriy  sha‘zoda  shoirlarga  bag‗ishlangan  yetinchi  majlisida  Amir  Temur 
didi  haqida  fikr  yuritar  ekan,  shunday  deydi:  ―...  agarchi  nazm  aytmoqqa  iltifot 
qilmaydurlar,  ammo  nazm  va  nasrni  andoq  xub  mahal  va  mavqeda  o‗qubdurlarkim, 
aningdek  bir  bayt  o‗qug‗oni  ming  yaxshi  bayt  aytgancha  bor‖.  Bu  parchadagi  andak 
mubolag‗adan qat‘i nazar, Navoiy shoirona, estetik did tom manodagi estetik idrok egasi 
bo‗lishni,  to‗g‗ri  kelgan  gapni  vaznga  solib,  she‘r  deb  taqdim  etuvchi  ba‘zi 
nazmbozlardan yuqori qo‗yganini fahmlab olish qiyin emas. 
Kamoluddin  Behzod  (1455-1537).  Bu  davrda  tasviriy  san‘at  o‗zining  sharqona 

Download 3,09 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   169   170   171   172   173   174   175   176   ...   260




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish