O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta'lim vazirligi qo`ziеv Botir Nomozovich, Ablyakimova Elmira Osmanovna. «Informatika»


-jadval. Zamonaviy IBM PC SHEHMlarning asosiy o'rtacha tavsiflari



Download 5,18 Mb.
bet9/167
Sana26.02.2022
Hajmi5,18 Mb.
#468042
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167
Bog'liq
“Informatika” faninining ta’rifi va rivojlanish istiqbollari

15-jadval.
Zamonaviy IBM PC SHEHMlarning asosiy o'rtacha tavsiflari

Kompyuter turi

Mikroprotsessorning takt chastotasi (MGts)

Tezkor xotira sig’imi (Mb)

Qattiq disk (vinchester) sig’imi

Razryadliligi (bit)

IBM 386SX

25-40

1,2,4

210Mb

32

IBM 386DX

33-40

2,4,8

420Mb

32

IBM 486SX

33-80

2,4,8

540Mb

32

IBM 486DX

90-100

4,6,8

850Mb

32

Pentium

60-150

4,8,16

1gb

32

Pentium Pro

100-200

8,16,32

2Gb

32

Pentium MMX

200-500

32,64

2Gb

32

Pentium II

200-500

32,64

2-10Gb

32

Pentium II MMX

300-500

32,64

2-10Gb

32

Pentium II Xeon

300-500

32,64

2-10Gb

32

Pentium II Celeron

300-500

32,64

2-10Gb

32

Pentium III

500-1000

64,128

10-40Gb

32,64

Pentium III MMX

500-1000

64,128

10-40Gb

32,64

Pentium III Xeon

500-1000

64,128

10-40Gb

32,64

PentiumIII Celeron

500-1000

64,128

10-40Gb

32,64

Pentium IV

1000-2000

128,256

20-40Gb

64

Itanium

1000-2000

128,256

20-40Gb

64

Ko’chma kompyuterlarning ayrim texnikaviy ko’rsatgichlari quyidagi jadvalda keltirilgan


Parametri

Homadic

Lap-Top

Note-Book

Palm- Top

PDA

Organizer

Mikropro-tsessor

Pentium Pro

Pentium Pro

486SXL yoki Pentium

Casio yoki NEC

ARM yoki NEC

-

Og’irligi (kg)

1,5

5-10

1,5

0,3

0,5

0,2

O’lchamlari (sm)

40x30x20

35x25x10

25x15x6

15x8x3

20x10x3

15x8x3

TXsig’imi (Mb)

64

64

12

0,5

0,5

0,5

Qattiq disk sig’imi (Gb)

2

1

0,5

-

-

-

Flash (Mb)

-

-

20

20

10

10

CD-ROM

+

+

+

-

-

-

Ekran diagonali (sm)

50

40

26

10

25

10

Ekran hajmi

1024x760

640x480

800x 600

640x480

640x480

320x200

Klaviatura turi

Standart

Standart

Portativ

Portativ

Portativ

Portativ

Monipulyator

"Sichqoncha", trekbol

Trekbol, trekpad, trekpoynt

Trekbol, trekpad, Trekpoynt

Trekpad, trekpoynt

Trekpad, Trekpoynt, Elektr. pero

Trekpad, Trekpoynt

Hozirgi vaqtda Rossiyadagi ko’p sonli kompyuter firmalari chet еl еlementlaridan asosan IBM SHKlari bilan ishlaydigan kompyuterlarni yig’ish bilan shug’ullanmoqdalar.
Avlodi bo’yicha shaxsiy kompyuterlar quyidagicha:
1-avlod SHK: 8-bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
2-avlod SHK: 16-bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
3-avlod SHK: 32-bitlik mikroprotsessordan foydalanadi;
4-avlod SHK: 64-bitlik mikroprotsessordan foydalanadi.
2.4. Shaxsiy kompyuterning funktsional tavsiflari
1. Tezkorligi, unumdorligi, taktli chastotasi.
Zamonaviy ЕHMlarning unumdorligi odatda sekundiga millionta amal bilan o’lchanadi. O’lchov birligi bo’lib quyidagilar xizmat qiladi:
NIPS (MIPS — Mega Inctruction Per Second) — qayd qilingan vergul (nuqta) shaklida tasvirlangan sonlar ustida amallar uchun;
MfloPS (MfloPC — Mega Flops Per Second) — ko’chib yuradigan vergul (nuqta) shaklida tasvirlangan sonlar ustida amallar uchun quyidagi o’lchov birliklari kamroq ishlatiladi:
KOPS (KOPS — Kilo Operation Per Second) — past unumlilar uchun — sonlar ustida mingta qandaydir o’rtacha amallar;
GfloRS (GfloPC — Giga Flops Per Second) — ko’chib yuradigan vergulli sonlar ustida sekundiga milliard amal.
ЕHM unumdorligini baholash har doim taxminiydir, negaki qandaydir o’rtacha yoki, aksincha, aniq bir amallar turiga mo’ljallanadi. Haqiqatda turli masalalar echishda turli xil amallar to’plami ishlatiladi. SHuning uchun SHK tavsifi uchun unumdorlik o’rniga, odatda, mashina tezkorligini yanada ob’ektivroq aniqlaydigan taktli chastota ko’rsatiladi, chunki har bir amal o’zining bajarilishi uchun to’liq aniqlangan sondagi taktlarni talab qiladi. Taktli chastotani bilgan holda istalgan mashina amalining bajarilish vaqtini etarlicha to’liq aniqlash mumkin.
Misol. Buyruqlarni konveyerli bajarish bo’lmaganda va mikroprotsessorning ichki chastotasi oshirilganda 33 MGc chastotali taktli generator sekundiga 7 mln.ta qisqa mashina amallarini (oddiy qo’shish va ayirish, ma’lumotni jo’natish va b.), 100 MG chastotali generator sekundiga 20 mln.ta qisqa amallarni bajarishni ta’minlaydi.
2. Mashina va interfeys kodli shinalarning razryadliligi.
Razryadlilik — bu ikkilik sonning bir vaqtning o’zila mashina amali, shu jumladan ma’lumotni uzatish amali, bajarilishi mumkin bo’lgan razryadlari maksimal miqdori, razryadlilik qanchalik katta bo’lsa, turli xil tent sharoitlarda SHK unumdorligi shunchalik yuqori bo’ladi.
3. Tizimli va lokal interfeys tiplari.
Turli interfeys tiplari mashina uzellari orasidagi turli ma’lumotlarni uzatish tezligini ta’minlaydi, tashqi qurilmalarning turli miqdorlarini va ularning turli ko’rinishlarida ulanishiga imkon beradi.
4. Tezkor xotira sig’imi.
Tezkor xotira sig’imi ko’pincha Mbaytlarda, kamroq hollarda Kbaytlarda o’lchanadi. Еslatib o’tamiz, 1 Mbaytq=1024 Kbayt=10242 bayt. Tezkor xotira sig’imi 8 Mbaytdan kam bo’lganda ko’plab zamonaviy amaliy dasturlar ishlamaydi yoki ishlasa ham juda sekin ishlaydi. Shuni hisobga olish kerakki, tezkor xotira sig’imini 2 marta oshirish, bularning hammasidan tashqari, qiyin masalalarni echishda ЕHMning samarali unumdorligini taxminan 1,7 marta oshiradi.
5. Qattiq magnit disklardagi yig’uvchining (vinchesterning) sig’imi. Vinchester sig’imi odatda megabaytlarda yoki gigabaytlarda o’lchanadi. 1 Gigabayt = 1024 Megabayt.
6. Еgiluvchan magnit disklaridagi yig’uvchilarning tili va sig’imi.
Hozir 3,5 dyuym va 5,25 dyuym diametrli disketalarni ishlatuvchi еgiluvchan magnit disklaridagi yig’uvchilar qo’llanilmoqda. Birinchisi 1,44 Mbayt standart sig’imga, ikkinchisi еsa 1,2 Mbayt sig’imga еga.
7. Kеsh-xotira mavjudligi, turlari va sig’imi.
Kеsh-xotira — bu buferli, tez harakatlanadigan, foydalanuvchi uchun tegishli bo’lmagan xotira bo’lib, sekinroq harakatlanadigan еslab qoluvchi qurilmalarda saqlanayotgan ma’lumotlar ustidagi amallarni tezlashtirish uchun kompyuter tomonidan avtomatik ishlatiladi. Masalan, asosiy xotira bilan amallarni tezlashtirish uchun mikroprotsessor ichida registrli kеsh-xotira (birinchi darajali kеsh-xotira) yoki mikroprotsessor tashqarisida bosh platada (ikkinchi darajali kеsh-xotira) tashkil еtiladi; diskli xotira bilan amallarni tezlashtirish uchun еlektron xotira yacheykalarida kеsh-xotira tashkil еtiladi.
SHuni inobatga olish kerakki, 256 Kbayt kеsh-xotira borligi SHK unumdorligini taxminan 20 foisga oshiradi.
8. Videomonitor (displey) va videoadapter tipi.
9. Printerning borligi va tipi.
10. Ixcham-disklardagi CD-ROM yig’uvchilarning borligi va tipi.
11. Modemning borligi va tipi.
12. Multimediali audio- videovositalarning borligi va turlari.
13. Matematik soprotsessorning borligi.
Matematik soprotsessor qayd qilingan va ko’chib yuradigan vergulli ikkilik sonlar ustida va ikkilik-kodlangan o’nlik sonlar ustida amallarning bajarilishini o’n marta tezlashtirish imkonini beradi.
14. Mavjud dasturiy ta’minot va operatsion tizim turi.
15. Boshqa tipdagi ЕHM bilan apparatli va dasturli mos kelishlik.
Boshqa tipdagi ЕHM bilan apparatli va dasturli mos kelishlik — bu kompyuterda, mos ravishda, boshqa tipdagi mashinalarning texnik еlementlarini va dasturli ta’minotini ishlatish imkoniyatini bildiradi.
16. Hisoblash tarmog’ida ishlash imkoniyati.
17. Ko’p masalalik rejimida ishlash imkoniyati.
Ko’p masalalik rejimi, bir vaqtning o’zida bir nechta dasturlar bo’yicha (ko’p dasturli rejim) yoki bir nechta foydalanuvchilar uchun (ko’p foydalanuvchilar rejimi) hisoblashlarni bajarishga imkon beradi. Bu rejimda mashinani bir nechta qurilmalarini vaqt bo’yicha mumkin bo’lgan ishlash imkoniyati - ЕHMni tezkorligini oshirish imkonini beradi.
18. Ishonchliligi.Ishonchlilik — bu tizimni unga berilgan barcha vazifalarni to’liq va to’g’ri bajarish qobiliyatidir. SHK ishonchliligi, odatda, berilgan buyruq inkor qilinguncha ishlashining o’rtacha vaqti bilan o’lchanadi.

Download 5,18 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   167




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish