O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet78/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

“Yashirin til”
deb shartli ravishda 
nomlangan janr
ham o‘ziga xos kashfiyotlardan biri sifatida baholanishi mumkin. 
Olimning ta’kidlashicha, yashirin tilning vujudga kelishida 3 yo‘nalish mavjud: 
1. Bo‘g‘indan so‘ng bo‘g‘in qo‘shish orqali negizida so‘zni sun’iy ravishda 
sindirgan holda cho‘zish hisobiga hosil qilingan yashirin tillar.- Mazan Qozodizirnizi 
o‘zortozog‘izim dezeyaza ozolmazaymazan.- Nezegaza? - Xazabazarkazashlizik 
qizilazadizi.(- Men Qodirni o‘rtog‘im deya olmayman.- Nega?- Xabarkashlik qiladi). 


138 
2. Bo‘g‘in yoki tovush oldidan tovush qo‘shish asosida hosil qilingan yashirin 
tillar.- Chmen chga chdaf chta chring chni chbe chrib chtur.- Cho‘z chimchga 
chkerchak.( - Menga daftaringni berib tur.- O‘zimga kerak). 
3. So‘zni teskari aytish.- Inamirak imgnidro‘k?- Qo‘y.( - Karimani ko‘rdingmi?- 
Yo‘q). Yuqorida qayd qilingan asosiy usullar ichki kelishilgan tartib bilan boshqacha 
qoidalar bilan boyishi natijasida yangi-yangi yashirin til ko‘rinishlarini kasb etishi 
mumkin. Bolalar folklori haqida avvalgi sahifalarda yuritilgan munosabatlar 
xalqimizning farzand tarbiyasiga, xalq va yurt kelajagiga o‘ta mas’uliyat bilan 
munosabatda bo‘lish tuyg‘usi qanchalar kuchli ekanini dalillaydi. Ikkinchi tomondan, 
avlod ham voyaga yetganidan so‘ng ajdodlar xotirasiga hurmat bilan munosabatda 
bo‘lgan. Chunki xalq qadriyatlarini e’zozlash, tariximizga ehtirom bilan munosabatda 
bo‘lish alla ohangi bilan jismimizga singib ketgan. Ertaklar, tez aytish, topishmoq, 
sanamalar, qo‘shiqlar bilan ovunganmiz. Oxir-oqibat bu asarlar bizning ruhan, tabiatan 
o‘zbek bo‘lib voyaga yetishimizga xizmat qilgan. 
Tez aytishlar
 
ma’lum so‘zni, so‘z birikmasini yoki tovushni to‘g‘ri talaffuz 
qilishga, uni boshqa tovushlardan farqlashga, nutqini o‘stirishga, o‘qish sur’atini 
oshirishga, shu bilan birgalikda ko‘p raqamli sonlarni xotirada mustahkamlashga 
o‘rgatuvchi janr hisoblanadi. Qadimgi qoidalarga binoan tez aytishni bir nafas olish 
bilan aytish talab qilingan. Masalan:
1.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning traktori tirillab turibdi. 
2.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan 9999 ta tulki terisini topdim. 
3.Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan topilgan 9999 ta tulki terisidan 
9999 ta telpak tiktirdim.
4.Tulki terisidan tikilgan 9999 ta telpakning tepasiga 9999 ta tumor tiktirdim. 
5.Tangritog‘ tog‘ining tagida Tursunboyning tirillab turgan traktorining tagidan 
topilgan 9999 ta tulki terisidan tiktirilgan, tepasiga 9999 ta tumor taqilgan telpaklarni 
Toshkentdagi Toshmat tog‘amga to‘yonaga topshirdim. Ushbu tez aytishlarning 
mazmuni bir-biri bilan bog‘liq holda bo‘lganligi bois, hammasini birdan ham aytish 
mumkin. Bu esa bolalarning zehniga qarab talab qilinadi.
Nazorat savollari: 
Bolalar folkloriga mansub asarlarning janrlarini ayting. 
Tez aytishlarning mazmun va kompozitsiya jihatdan turlarini ko‘rsating.
“Tez aytishlar”, “Sanamalar”, “Yashirin til” janrlarining bir-biriga o’xshash 
jihatlari haqida ma’lumot bering. 

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   74   75   76   77   78   79   80   81   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish