O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti pedagogika fakulteti



Download 3,13 Mb.
Pdf ko'rish
bet80/141
Sana31.03.2022
Hajmi3,13 Mb.
#522147
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141
Bog'liq
2-kurs Ona tili

Churiyalar. 
Chorvachilikda churiya qo‘shiqlarining ham o‘ziga xos o‘rni bor. 
Avvalo, sog‘iladigan sigirga, qo‘yga, echkiga alohida-alohida qo‘shiq yaratilishiga 
e’tibor beraylik. Ho‘sh qo‘shiqlari qo‘y sog‘ishda aytilmaganidek, turey-tureylar va 
churiyalar sigir sog‘ishda aytilmaydi. Tabiiyki, hayvon uchun qanday qo‘shiq aytib 
sog‘ish bari bir emasmi? – degan savol tug‘iladi. Yo‘q, hayvon uchun ham bari bir 
bo‘lmagan. Egasi buni hisobga olgan. Gap shundaki, har bir chorvador qo‘yga, echkiga 
o‘ziga xos munosabatda bo‘ladi. Ular hatto sigirning qaysi rangni yaxshi ko‘rishini, 
qaysi qo‘shiqni eshitganida ko‘proq sut berishini bilganlar.Churiya qo‘shiqlarining 
mazmun-mohiyati ham echkini maqtashdan, uning odat va fazilatlarini oshirib 
ta’riflashdan iborat: 
Og‘ziginangda o‘ting bor, churey-churey, 
Yelinginangda suting bor, churey-churey. 
Sersoqolim jonivor, churey-churey, 
Kerilib turgan buting bor, churey-churey. 
Bu qo‘shiqlarda «og‘zing» emas, «og‘ziginang», «elining» emas, 
«elinginang», «sersoqolim» kabi so‘zlarga e’tibor bering. 
Shoxlaring bor bir minora, churiya-churiya, 
Minora qushlar qo‘nara, churiya-churiya. 
Bolang olib iskasang-a, churiya-churiya,
Kuygan yuraging qonar-a, churiya-churiya. 
Mazkur to‘rtlikka o‘xshash qo‘shiqlarda o‘ziga xos kichik lirik asar 
yaratilgandek tasavvur hosil bo‘ladi. Hatto sut sog‘uvchining dardi «bolang olib 
iskasang-a» misrasida aks etmaganmi-kan, degan fikr paydo bo‘ladi.Xullas, 
chorvachilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar xalqimizning qadimdan bu kasbni egallab 
kelganidan, chorvachilikning sir-sinoatlaridan xabardor ekanidan darak beradi. Xalq 
har bir hayvonga xuddi odamdek muomalada bo‘lgan. Uni erkalagan, maqtagan, 
ta’riflagan, sifatlagan. Eng muhimi, aytilayotgan qo‘shiqning oxir oqibat natijaga 
ijobiy ta’sir qilishini bilgan.Shubhasiz, «Ho‘sh», «Turey-turey», «Churiya» 
qo‘shiqlarini chorvadorlar orasida yashagan shoirtabiat odamlar to‘qishgan. Bu 


148 
qo‘shiqlarda so‘z san’atining boshqa namuna-larida bo‘lganidek, turli badiiy 
vositalardan foydalanilgan. Xususan, «esli molim», «qalam qoshing», «zotli molim» 
kabi sifatlashlar; «qozon-qozon suting bor», «aqllisan, donosan», «shoxlaring bor bir 
minor» kabi mubolag‘alar; «elkamdagi kokilim», «bog‘da ochilgan gulim» kabi 
istioralar; «qalam qoshing suzilsin», «sutliligingni bildirgin» kabi jonlantirishlar 
qo‘llangan. Qo‘shiqlarda qofiya san’atiga ham alohida e’tibor berilgan. Bu tasvir 
vositalari qo‘shiqlarning estetik qimmatini oshirgan, joziba bag‘ishlagan. Ayni paytda 
xalq qo‘shiqlari xazinasidan munosib o‘rin olish imkonini ta’minlagan. 
Hunarmandchilik bilan bog‘liq qo‘shiqlar. Yusuf Xos Hojib «Qutadg‘u bilig» 
dostonida «Uzlar birla qatilmaqni ayur» (Hunarmandlar bilan aralashmoqni aytadi) 
bobini hunarmandlarga bag‘ishlagan. Unda temirchi, etikchi, o‘ymakor-duradgor, 
bo‘yoqchi, rassom, o‘qsoz-yoysozlar maqtovi berilgan. Dunyoning go‘zal-liklari 
bulardan chiqadi, olamdagi hayratomuz ishlar bulardan chiqadi, deb shoir hunar-
mandlarning hayotdagi o‘rnini yuqori baholaydi. Haqiqatan ham, hunarmandlar jahon 
siviliza-siyasi rivojiga munosib hissa qo‘shgan kasb sohiblaridir. O‘zbekistonda ishlab 
chiqarilgan qog‘ozdan tortib shohi atlasgacha, o‘ymakorlikdan tortib to‘qilgan 
gilamlargacha dunyoda mashhur bo‘lgan. Hunarmand ustalarning shogird tanlash 
sinovida mumtoz she’riyatimizdan baytlar so‘rash odati keng tarqalgan edi. Chunki 
biror hunarni mukammal egallamoqni faqat kasbiy mahorat bilan cheklash mumkin 
emas edi. Mohir hunarmand ma’naviy jihatdan ham komil inson bo‘lishi talab qilingan. 
Shuning uchun ham hunar egalari qo‘shiq aytgan, askiya sirlarini bilgan, musiqa 
chalgan. Bu an’ana bugungi kunda ham saqlangan. Qo‘shiq jo‘rligida tayyorlangan 
mahsulotga ustaning mehri qo‘shilgan.O‘zbek mehnat qo‘shiqlarining salmoqli 
qismini gilam to‘qish, kashta tikish, charx yigirish kabi hunar bilan shug‘ullanish 
davomida aytiladigan namunalar tashkil etadi. Ularning eng qadimgilaridan biri charx 
qo‘shiqlari hisoblanadi. Bugungi kun tekstil sanoati paydo bo‘lmasdan oldin paxta 
chigiti qo‘lda ajratilgan. Maxsus yasalgan qurilma – charx aylantirilib, paxta tolasidan 
ip yigirishgan. Mehnat u qadar og‘ir bo‘lmagan, ammo juda zerikarli va unumsiz edi. 
Ish jarayoniga bir oz bo‘lsa-da yengillik bag‘ishlash maqsadida charx qo‘shiqlari 
aytilgan: 
Charx yigirib, charx yigirib, 
Shul qo‘lginam toladir. 
Agar shuni yigirmasam, 
Bolalar och qoladir. 
Odatda, ip yigiruvchi ayollar ip ishlatadigan kosiblarning buyurtmalarini 
bajarishgan. Ayniqsa, qish faslida yollanib bajaradigan ishlari kamaygan paytda ip 
yigirish oilada ro‘zg‘or tebratish vositasiga aylangan. Majburiyat uy bekasidan butun 
irodani ishga solib mehnat qilishga undagan: 
Charxginam, ey charxginam, 
Yurakkinam olasan. 
Ayt-chi, sen bu yurtlardan 
Qachongina yo‘qolasan. 
Yuqoridagi to‘rtlikda charx aylantirayotgan ayolning qalbidagi butun dard, 
alam yorilib chiqqandek taassurot uyg‘otadi. «Qachongina yo‘qolasan» so‘z 


149 
birikmasidagi fikr yo‘nalishi charxga qaratilgan emas, balki butun qismatga, taqdirga 
nisbatan chiqarilgan hukm qimmatida bahola-nadi. Aslini olganda, ayol charxning 
yo‘qolishini istamaydi. Chunki charx, ehtimol, ro‘zg‘orning so‘nggi ilinji va umid 
vositasi bo‘lishi mumkin. Bo‘z to‘qish jarayoni ham charx yigirishdan oson 
bo‘lmagan. Faqat bo‘z to‘qishda bir nechta do‘kon deb atalgan bo‘z to‘qish qurilmalari 
bir xonaga joylashtirilgan bo‘lib, bu yerda ikki va undan ortiq kosiblar birga ishlashi 
mumkin edi. Bo‘z to‘qilganda qo‘l va oyoq muayyan maqsadga binoan bir xil 
harakatda bo‘lgan. Kosiblar bu harakatlarga shu qadar ko‘nikib ketar edilarki, ba’zan 
do‘konda ishlamayotgan bo‘lsalar ham odatiy harakatni takrorlayverardilar. Qo‘shiq 
esa soatlab tinmay ishlash jarayonida ularning ovunchog‘i vazifasini bajargan. 
Qo‘shiq kuylashdan kosib estetik qoniqish hosil qilgan: 
Bo‘z to‘qiyman qirog‘ini o‘xshatib, 
Mokki otaman qo‘lginamni qaqshatib, 
Bozordagi shohilardan yaxshiroq, 
Nafisdan o‘xshagan bo‘zim yaxshidir. 
Yuqoridagi qo‘shiqda bo‘zchining o‘z mehnatiga bergan bahosi ham 
ifodalangan. Ma’lumki, bo‘z paxta ipidan to‘qilgan. Bunday matoni, odatda, iqtisodiy 
jihatdan yaxshi ta’minlanmagan odamlar sotib olganlar. Bo‘zning pishiq, ayni paytda, 
mayin chiqishi kosibning ustaligiga bog‘liq edi. Uzilgan ipni o‘sha zahoti ulash, 
mokkini bir xil otish, tepkini maromida bosish mahsulot sifatini belgilagan. Binobarin, 
bo‘zchi o‘z ish faoliyatini nazorat qilishi lozim edi. Ammo turmush tashvishi, 
buyurtmachilarning injiqligi, iqtisodiy tanqislik kosiblik ishiga salbiy ta’sir ko‘rsatgan. 
Shuning uchun mehnat qo‘shiqlarining hamma turlarida bo‘lganidek, ma’nosi bir xil, 
matni boshqa quyidagi qo‘shiq vujudga kelgan: 
Do‘kon uyga kirsam, tanam qaqshaydi, 
Sovuqlarda o‘lmay qolsam, yaxshiydi, 
Qarisi tillaga ketsa, yaxshiydi, 
Shundan mening bo‘zim arzon ketarmi? 
Marg‘ilon, Qo‘qon shahridagi keksa bo‘zchi otalar bilan bo‘lgan 
suhbatimizda, ular bo‘z qo‘shiqlarini doimiy ravishda xirgoyi qilmasliklarini eslashdi. 
Ish paytida ular «Galdir», «Omon yor», «Sumbula» qo‘shiqlarini, askiya payrovlarini 
aytib g‘ubor chiqarishar ekan. Bu holat boshqa kasbdagi odamlar uchun ham 
taalluqlidir. Xususan, charx yigiradiganlar faqat charx, bo‘zchilar faqat bo‘z, gilam, 
sholcha to‘qiydiganlar faqat o‘rmak qo‘shiqlarini aytishgan, deb xulosa chiqarish 
to‘g‘ri emas. Ularning har biri o‘z kasbiga mos qo‘shiqni aytgan, ammo ko‘ngil va 
xohish 
amri 
bilan 
mashhur 
lirik 
qo‘shiqlar 
ijrosini 
ham 
yoddan 
chiqarishmagan.O‘rmak sholcha yoki gilam to‘qish uchun tayyorlangan maxsus 
qurilma, dastgohdir. Uning yordamida, asosan, ayollar sholcha, gilam to‘qiydilar. Biz 
ko‘rishga odatlangan gilamlar millimetr ustiga millimetr jun ipining ustma-ust tushishi 
va keyingi qatlam ip bilan o‘zaro birikuvidan paydo bo‘ladi. Maxsus to‘qmoqqa 
o‘xshagan asbob bilan ming-ming martalab kaltaklanadi va iplarning o‘rtasi 
jipslashtiriladi. Deyarli hamma viloyatlarda ayollar to‘qigan gilam va sholchalar 
turmushga uzatiladigan qizlarga sep, ro‘zg‘ordagi biron kamchilikni to‘ldirish vositasi 
bo‘lgan. Qo‘shiq ana shunday mashaqqatli mehnatni yengillatgan: 


150 
O‘rmagimni o‘ray-yo, 
Men boshimga quray-yo, 
O‘rmakkinam o‘ngin deb, 
Endi sendan so‘ray-yo. 
Bu tur qo‘shiqlarda ham odamlar turmush, nasiba, taqdir tashvishi va 
quvonchlarini izhor qilishgan. Ba’zan hazil, ba’zan chin qabilida ichki kechinmalar 
bayoniga duch kelamiz: 
O‘rmagim yotibdi o‘ralib, 
Men yuribman kerilib, 
Qaynonam qaramaydi, 
O‘rmagimga o‘yrilib .
Shunday qilib, mehnat qo‘shiqlari haqida quyidagi xulosalarga kelish 
mumkin: Mehnat qo‘shiqlari qaysi mavzuda va qaysi turda yaratilishidan qat’i nazar 
lirik asarlar hisoblanadi. Ularda qo‘shiqchining qilayotgan mehnat sohasi asosida 
hayotiy voqealarga nisbatan bo‘lgan munosabati his-tuyg‘ulari orqali aks etadi. 
Xalqimizning mehnat qilishi, chorvachilik, dehqon-chilik, turli kasb-hunar bilan 
shug‘ullanishi qanchalar qadimiy bo‘lsa, qo‘shiqning yaratilishi ham shunchalar 
tarixiydir. Hayotning barcha sohalarida faoliyat bilan shug‘ullangan ajdodlarimiz 
mashaqqatli va zerikarli mehnat jarayonining samarasini oshirish maqsadida maxsus 
kasb-hunarlari bilan bog‘liq qo‘shiqlar ijod qilganlar, kuylaganlar.

Download 3,13 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   76   77   78   79   80   81   82   83   ...   141




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish