O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti kurs ishi mavzu : atom tuzilishi mavzusini o’qitishda “muloqot” treningi metodidan foydalanish



Download 454,5 Kb.
bet11/11
Sana18.04.2022
Hajmi454,5 Kb.
#561358
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
ATOM TUZILISHI

III Bob XULOSA
Ma’rifatli va madaniyatli dunyonig ta’lim tajribasi shuni ko‘rsatadiki, shaxsning intellektual salohiyati, dunyoqarashi, shuningdek, lining ma’naviy-axloqiy qiyofasining shakllanishida u mansub bo'lgan muhit hamda unda qaror topgan ijtimoiy munosabatlarning ahamiyati katta bo’ladi. Zero, shaxs mansub bo‘lgan muhitda uning tafakkuri, ma’naviy-axloqiy qiyofasini shakllantirish uchun zarur bo'lgan obyektiv va subyektiv omillar inavjud. Shaxs faoliyat olib borayotgan muhit doirasida oliy va o‘rta maxsus ta’lim muassasalarining ham alohida o'rni bor. O'zbekiston Respublikasida uzluksiz ta’lim sohasida olib borilayotgan kadrlar tayyorlash bo'yicha islohotlar mamlakat iqtisodiyotini malakali mutaxassislar bilan ta’minlashga imkon beradi. Mazkur masalaning dolzarbligini ta’kidlab, Prezidentimiz I.A.Karimov “O'zbekiston innovatsion rivojlanish tunning hozirgi zamon modeliga o‘tish uchun hamma zarur sharoitlarga ega”, degan edi. Bu model vujudga keltirilgan ilmiy-texnikaviy salohiyatdan keng va samarali foydalanishga, fundamental va amaliy fanning yutuqlarini, chuqur ilm talab qiladigan texnologiyalarni amaliyotga kengjoriy etishga, yuqori
malakali, iqtidorli ilmiy kadrlar sonini ko'paytirishga asoslanadi. Bu mamlakatimizning jahondagi iqtisodiyoti va sanoati rivojlangan davlatlar qatoriga kirib borishining zarur sharti va mustahkam poydevori bo‘lib xizmat qiladi. O'quvchi va talaba yoshlar ta’limtarbiyasini takomillashtirish, ularga berilayotgan ta'lim mazmunini kengaytirish, chuqurlashtirish va boyitish hamda ta’lim uzluksizligini ta’minlab berish uchun yangidan-yangi qonunlar va hujjatlar qabul qilinmoqda, zamonaviy pedagogik texnologiyalar yaratilmoqda. Zamonaviy pedagogik texnologiya fan asoslaribo'yicha o'quvchi-talabalarning bilish faoliyatini maqsadga muvofiq tarzda tashkil etish va amalga oshirishni ko'zda tutadi. Yangicha yondashuv, yangicha fikrlash asosida o'qitish
jarayonida bilim oluvchilarning o'quv-biluv faoliyatining samarali shakl va uslublarini joriy etish. ularning mustaqil ishlarini samarali tashkil qilish kerak. O’quv-tarbiya jaryonlarini ilmiy va metodik jihatdan mukammal tashkil etish muvaffaqiyatlar garovidir. Bunda barcha turdagi mashg'ulotlar va mustaqil topshiriqlar talabalarni o'ylashga. ijodiy mehnat qilishga, bar tomonlama fikr yuritishga, berilgan topshiriqlarni o‘z hayotiy tajribalariga asoslanib hal etishga o'rgatadi. Mashbur ingliz adibi J.Bernard Shou topib aytganidek, “Bilimga eltuvchi yagona yo‘1, bu —faoliyatdir”. Аnа shunday faoliyatning o'quvchi va o‘qituvchi mehnati ko'rinishidagi turlari omixtalashganida kutilganidan ziyodaroq natijaga erishish mumkin bo'ladi.O'qitishning asosiy tashkiliy shakli bolgan dars va darsdan tashqari ishlar, ular qanday ko'rinishda (an’anaviy
yoki noan'anaviy darslar, sinfdan va maktabdan tashqari o'quv-tarbiya tadbirlari, ma’ruza yoki amaliy mashg‘ulotlar) tashkil etilishidan qat'iy nazar, ilmiy-nazariy, ilmiy-metodik va ma'rifiy-ma'naviy jihatdan to’laqonli bajarilganidagina yuksak pedagogik samarani berishi mumkin. Bunda. albatta, bilim oluvchilarning yosh va fiziologik xususiyatlari, qiziqishi. bilim saviyasi, fikr yuritish doirasi hisobga olingan holda tashkil qili- nadigan mashg'ulotlar ko'zda tutiladi. Buning uchun esa ta’lim va tarbiya beruvchining mukammallik darajasidagi pedagogik mahorati va kasbiy salohiyati talab qilinadi. O‘t-dalali almashlab ekishni dehqon- chilik madaniyatiga dunyo amaliyotida birinchi bo‘lib tavsiya etgan taniqli tuproqshunos olim
R.Vilyamsning “-Yomon yer yo‘q, balki undan hosil undirish yo'lini bilmaydigan uquvsiz dehqonlar bor",degan purhikmat iborasiga pedagogik o‘zgarish kiritib aytadigan bo'lsak, “-Yomon o'quvchi (bilim oluvchi) yo‘q, balki unga o'qisho'rganishning maqbul yo‘lini ko'rsata olmaydigan noshud o'qituvchi (pedagog-tarbiyachi) largina bor”.Kuchli bilim, kasbiy metodika va oddiy insoniy fazilatlardan iborat uchta xususiyat birlashib o'qitish jarayonining pirovard natijasini belgilaydi. Bilimsizda metodik mahorat bo’lishiga ishonib boimaganidek, bularning har ikkisiga ega bo‘la turib. odamiylikdan bexabar shaxsning ham o'qituvchiligidan ne foyda? Pedagogik texnologiyalar va pedagogik mahorat ham yuqorida tilga olingan uchlikning tugalligisiz sxolastika botqog'iga botib turaveradi.Ta'lim va tarbiyaning sifat va samaradorligi-juda ko'pomillarga bog'liq boiganligi uchun ham bu borada yagona va qudratli tavsiya yoki yo‘l-yo'riq berib bo’lmaydi. Hattoki, zamonaviy pedagogik yoki axborot-kommunikatsiya texnologiyalaridan ham foydalana bilish- ning o'ziga xos va o'ziga mos mezonlari mavjudligini unulmaslik kerak. Noan’anaviylik, innovatsiya yoki interfaollik bayrog'ini baland ko'taruvchilar ham o'qitishning ming (balki, million) yillik an’ana va tajribalari, to'plangan ulkan tajribaviy zaxirasini inkor etmasliklari lozim. Eski va yangining o'zaro
munosabati, bazis va ustqurmaning mutanosibligi, an’ana va tashabbusning kelishuvchanlik tamoyillarini unutmaslik kerak. O'qituvchi(pedagog)ning mehnatiga faqat uning tasarrufidagi shaxslarning uquv, ko'nikma, malaka va bilim sifatiga qarab baho berilishi lozim. Ha, aynan bilim sifatiga (bilim darajasi ham emas, qo‘yilgan reyting ballari ham emas, o'zlashtirish ko'rsatkichlari ham emas!) qarab baholash odilona ish bo'ladi.Oliy o‘quv yurtlarida axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini zamonaviy pedagogik texnologiyalar bilan uyg'unlashgan holda qo’llash bo'lajak mutaxassis kadrlarning kasbiy tayyorgarlik sifatini yaxshilashga xizmat qiladi, o‘quv mashg'ulotlarining samaradorligi va o‘qituvchi(pedagog)lar mehnatining foydaliish koeffitsientini oshiradi.Boshqacha aytganda, bugungi kunda uzluksiz ta’lim tizimida o'qitish samaradorligini oshirishning muhim sharlita’lim jarayoniga tizimli yondashuv va rang-barang pedagogik faoliyatdan iborat xizmat ko'rsatish sanaladi. Ayni davrda, zamonaviy pedagogik texnologiya — tizimli yondashuvlar asosida o'qitishning shakllarini qulaylashtirish, uning natijasini kafolatlash va obyektiv
baholash uchun zamir bo'lgan inson salohiyati hamda texnik vositalarning o'zaro hamkorligini namoyish qiladi. Ta'lim inaqsadlarini oydinlashtirish, o'qitish va o'zlashtirish jarayonlarida qo'llaniladigan usul, metod va vositalarlarni xilma-xillash, ta’lim va tarbiya jarayonlari mazmunini chuqurlashtirish-bular hammasi ta’lim muassasalari faoliyatini takomillashtirish demakdir. Vaholanki, takomillashtirishning chegarasi, ya’ni oxiri yo‘q, deyiladi. Shunday bo'lgach, pedagogik texnologiyalar ham, pedagogik mahorat ham sarhadsiz tushunchalardir. Bu borada qancha ko‘p izlanilsa va qanchalik tashabbuskoiiik bo'lsa-shunchalik kamdek tuyulaveradi. O'qitishning eng oddiy va bosh haqiqati ham ana shundadir. O'qituvchi (pedagog) laming faqat ana shu taxlitdagi faoliyati oxiroqibatda yuksak ijtimoiy buyurtmaning bajarilishiga olib keladi.

IV Bob FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR

1.T.M. MO’MINOV, A.B.XOLIQULOV, SH.X.XUSHMURODOV.’’Atom yadrosi va zarralar fizikasi’’ Toshkent-2009


2. R. BEKJONOV.’’ Yadro fizikasi’’ Toshkent-1975


3. http://phet. Colorado.edu


4.http://www.yenka.com


5.http://www.Ziyonet.uz


6. http://www.google.co.uz/
7. http://www.idssve.uz



Download 454,5 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish