O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti



Download 6,68 Mb.
bet56/278
Sana20.04.2022
Hajmi6,68 Mb.
#567218
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   278
Bog'liq
Энергетик ем хашак мажмуа

Pichan uchun o’rish. Beda pichan uchun shonalashning oxiri va gullashning boshlanish davrida o’riladi. Kech o’rilganda, o’simlikning kimyoviy tarkibi yomonlashadi, pichan sifati past bo’ladi.
Hosilni yig’ishtirish oddiy o’t o’radigan mashinalar-KS-(2.1); KPF-1.8; KPV-3.0, Ye - 281 kabilarda o’riladi. GVK - 6.0; GBU - 6.0 kabi xaskashlarda uzun qilib to’planadi. Namligi 25% bo’lib quriganda PSB-1.6; PPV - 1.6 mashinalari bilan toylanadi. Toylangan beda pichani avtomashina yoki traktor priseplariga yuklanib, doimiy saqlash joyiga keltiriladi.
Birinchi yili bedani pichan uchun balandroq o’rish (10-12 sm) ma’quldir. Bunday beda bizning sharoitda ikki marta o’riladi.
Ikkinchi, uchinchi yilgi bedalarni o’rish balandligi 5-7 sm. hisoblanadi, undan balandroq o’rilganda esa hosilni bir qismi qolib ketadi. Andijon viloyati sharoitida beda to’g’ri parvarishlanganda va yig’ishtirib olish o’z vaqtida sifatli o’tkazilganda 6 marta to’la qimmatli o’rim olish mumkin, ya’ni 27-30 kunda o’rimga keladi.
Urug’ uchun o’stirish xususiyatlari. Respublikamizda va viloyatimizda urug’lik bedadan 5-7 s/ga hosil olgan xo’jaliklar bor.
Bedadan yuqori urug’ hosili olish uchun uning ko’chat qalinligi 1 kv. m da 50-70 ta o’simlik bo’lishi maqbuldir. Yog’ingarchilik kamroq bo’ladigan, yer osti suvlari chuqur joylashgan maydonlarda urug’lik bedani qishda gektariga 1,5-2,0 ming kub metr suv sarflab sug’orish yaxshi natijalar beradi. Urug’lik maydonlari kuzda yoki erta bahorda gektariga 4-5 s. superfosfat va 1,0-1,5s kaliy tuzi bilan oziqlantiriladi, bunda birdaniga og’ir tishli borona bilan boronalash o’tkazish tavsiya etiladi.
Daladan zarpechak, g’umay, kakra kabi begona o’tlar yo’qotilishi shart. Fitonomusga qarshi ruxsat etilgan eng samarali kimyoviy moddalar bilan ikki marta ishlanadi.
Qish-bahor davrida yog’ingarchilik kam bo’ladigan va yer osti suvlari chuqur joylashgan yerlarda birinchi o’rimdan urug’ olish kerak.
Yer osti suvlari yuza joylashgan o’tloqi-botqoq tuproqlarda ikkinchi o’rimni urug’ olish uchun qoldirish yuqori urug’ hosilini ta’minlaydi.
Birinchi o’rimdan urug’ olishda bahorgi o’sish boshlanishida va shonalash davrida sug’orish, ikkinchi o’rimdan urug’ olish uchun esa gullash fazasi boshlanishida sug’orish tavsiya etiladi. Bunda suv sarfi me’yori gektariga 950-1000 kub metrni tashkil etadi.
Urug’lik beda hosilini yig’ishtirib olish 70-80% dukkaklar qo’ng’ir rangga kirganda boshlanadi. Ikki fazali usulda, ya’ni avval jatka bilan yoki kosilkalarda o’rilib, uzunasiga voloklarga yotqiziladi. 5-6 kun o’tgach, qurigandan so’ng SK-5 «Niva» kombayniga 54-108 A moslamasi o’rnatilib yanchib olinadi. So’ng maxsus mashinalarda urug’lar ajratilib olinadi, tozalanadi, quritiladi va namligi 13% yetgan holatda saqlashga qo’yiladi.



Download 6,68 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   52   53   54   55   56   57   58   59   ...   278




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish