O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand veterinariya meditsinasi instituti


Fakultet kengashi raisi v.f.d., professor



Download 1,57 Mb.
bet2/111
Sana29.05.2022
Hajmi1,57 Mb.
#614481
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111
Bog'liq
2021-2022-Vet kasb etikasi

Fakultet kengashi raisi v.f.d., professor: _______________ Niyozov X.B.
Kelishildi:
O‘quv-uslubiy
boshqarma boshlig‘i,v.f.n., dotsent _______________Ro‘ziqulov R.F.


M U N D A R I J A



Ma’lumotlar

bet

I

Fanning o‘quv dasturi

4

II

Fanning ishchi o‘quv dasturi

5

III

Fanning asosiy o‘quv materiallari:

6

3.1

Ma’ruzamashg‘ulotlariuchuno‘quv materiallari

6

3.2

Amaliy mashg‘ulotlaruchuno‘quv materiallari

135

3.3

Mustaqil ta‘limbo‘yichao‘quv materiallari

209

3.4

Fan bo‘yicha glossariy (o‘zbek, rus, ingliztillarida)

219

IV

Fan bo‘yicha o‘tkaziladigan attestatsiyalar uchun savollar:

224

4.1

1 OB uchun og‘zaki savollar

224

4.2

2 OB uchun og‘zaki savollara

230

4.3

YaB uchun og‘zaki savollar

236

4.4

1 OB uchun yozma ish savollari

253

4.5

2 OB uchun yozma ish savollari

261

4.6

YaB uchun yozma ish savollari

269

4.7

1 OB uchun test savollari

296

4.8

2 OB uchun test savollari

343

4.9

YaB uchun test savollari

390

V

Fan bo‘yicha baholash me’zonlari

508

VI

Fan bo‘yicha tarqatma materiallar

509

VII

O‘UMning elektron varyanti

513



FANNING O‘QUV DASTURI

FANNING ISHCHI O‘QUV DASTURI

III.FANNING ASOSIY O‘QUV MATERIALLARI


3.1.MA’RUZA MASHG‘ULOTLARI UCHUN O‘QUV MATERIALLARI


1-Mavzu. “Veterinariyadakasbetikasi” faniga kirish. Fanning maqsadi va amaliy ahamiyati
Reja:
1. Veterinariyada kasb etikasi fani haqida umumiy tushuncha.
2.Fanning maqsadi va amaliy ahamiyati.
3.Zamonaviy veterinariya xizmatining muommolari ularga aloqador sohalarva ularni hal qilish yo‘llari haqida tushuncha.


Asosiy adabiyotlar

  1. Usmonov T.U. Mutaxassislikka kirish.O‘quv qo‘llanma. Vorisnashriyoti. Toshkent. 2013 yil.
  2. Qo‘ldoshev D.R. vaboshqalar. “Huquqvadeontologiyaasoslari”. O‘quvqo‘llanma. Davrnashriyoti. Toshkent. 2015 yil.




Xorijiy adabiyotlar

  1. Стекольникова А.А. Профессиональная этика и деонтология ветеринарной медицины: Учебное пособие. Лань. Москва. 2015. год.



Fanning maqsadi-“Veterinariyada kasb etikasi” fanining o‘qitishdan maqsad – talabalarga veterinariya vrachining madaniyati, etikasi, veterinariya vrachining jamiyatda tutgan o‘rni va veterinariya vrachining betakror ustunliklari borasidagi tushunchalarni singdirish, shu bilan birga bo‘lajak veterinariya vrachlarida faxr tuyg‘usini shakllantirish va ko‘nikmasini hosil qilishdan iborat.
Fanning vazifasi – nazariy bilimlar, amaliy ko‘nikmalar, axloq, odob, xulq asoslaridan va yaxshi xulqlarga amal qilish va o‘z kasbiy faoliyatida ijodiy fikrlash, mehnat etikasi, o‘z kasbiy faoliyatida milliy qadriyatlarga rioya qilish, qadrlash va ularni takomillashtirish bo‘yicha nazariy-amaliy bilimlarni uzviylik va uzluksizlikda o‘rgatishdan iborat.
Veterinariyada kasb etikasi fanini shakillantirish uchun quyidagi 4 ta asosiy vazifalarga zamin yaratish zarur bo‘ladi.
1.O‘zbekistonda veterinariya tarixini shakillantirish (yaratish).
2.Sohadagi “qahramonlar”ni (tarixi va bugungi kunini) yaratish.
3.Diplom olayotgan har bir talabani “tantanali ravishda qasamyod” qilishini tashkil etish.
4.Veterinariya vrachi bilan ob’ekt (hayvon va hayvon egasi) o‘rtasidagi munosabatlar borasidagi bo‘shliqni to‘ldirishdan iborat.
O‘zbekiston Respublikasi “Veterinariya to‘g‘risida”gi qonuniga muvofiq davlat veterinariya nazoratini amalga oshirish veterinariya sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlaridan bir etib belgilangan.
Xususan, O‘zbekiston Respublikasi xududini hayvonlarning yuqumli kasalliklarini qo‘zg‘atuvchilari olib kirilishidan muhofaza qilish, hayvonlarning yuqumli kasalliklarini oldini olish va ularni tugatishga doir chora-tadbirlarni amalga oshirish, hayvon kasalliklarini davolash, tashxislash hamda oziq-ovqat mahsulotlarining xavfsizligini ta’minlash veterinariya xizmatining asosiy vazifalaridan bo‘lib hisoblanadi.
Bugungi kunda Respublikamizda oliy ma’lumotli veterinariya mutaxassislarini etishtirib beruvchi asosiy oliy ta’lim muassasasi Samarqand qishloq xo‘jalik instituti bo‘lib, mazkur oliygoxni tamomlab kelayotgan mutaxassislarning amaliyotga moslashuvida bir qancha muammolar vujudga kelmoqda. Shuningdek, bugungi veterinariya vrachlarida veterinariya va veterinariya vrachining madaniyati, etikasi va shu kabi xislatlarning pasayib borayotganligi kuzatilmoqda.
Ta’kidlash joizki, ta’lim oluvchilarni ma’naviy-ahloqiy tarbiyalashning va ma’rifiy ishlarning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish kadrlar tayyorlash milliy dasturning maqsad va vazifalaridan biri etib belgilangan bo‘lib, bugungi kunda veterinariya xizmatini oldiga qo‘yilgan vazifalarni samarali tashkil etish va yanada takomillashtirish uchun veterinariya mutaxassislarining bilim va malakasi hamda dunyoqarashini yanada oshirish, ularni tayyorlashning samarali shakllari hamda uslublarini ishlab chiqish va joriy etish zarurati tug‘ilmoqda.
Bu bilan bo‘lajak veterinariya vrachlarida sohaning ertangi kunini tasavvur etish, tanlagan yo‘li to‘g‘ri ekanligiga ishonch va faxr tuyg‘usi shakllanishiga olib kelishiga erishish mumkin.
Veterinariya sohasida malakali kadrlar tayyorlash siyosatining eng samarali usullaridan biridir. Bunda, talaba-bo‘lajak veterinariya vrachi uchun kelajakni rejalashtirishda orzular eshigini ochilishiga olib kelishi va bu eng kam foizlarda ro‘y berganda ham sohaning eng katta yutug‘i bo‘lishi mumkin. Eng asosiy qism bitiruvchi amaliyotga yo‘l oladi va barcha masala amaliyot bilan bog‘liqligi ma’lum. Shunday ekan amaliyotga eng sara va iqtidorli talabalarni chiqarilishi (aynan davlat veterinariya xizmatiga) sohaning yanada tezroq rivojlanishiga turtki bo‘ladi.
Shu bilan birga, davlat veterinariya xizmatida ustoz-shogird an’anasini saqlab turilishiga alohida e’tibor qaratish lozim.
Talabalik safidan chiqib amaliyotga yo‘l olish ostonasida turgan mutaxassisning hayajonini yanada jo‘shqin avj olishi yoki so‘nggi va boshqa bir olamdagi eng birinchi so‘zi kelajakda har bir ishini boshlashdan oldin va har bir so‘zini aytishdan oldingi filtr vazifasini bajaradi. Bu, veterinariya vrachi so‘zining mohiyatini, qolaversa so‘z egasi o‘zining aslida kimligini anglashi uchun eng muhim va eng asosiy rol o‘ynaydi.
Mamlakatimizda ta’lim sohasini isloh qilishning muhim hujjatlarida ko‘rsatib o‘tilganidek, oliy o‘quv yurtlarining asosiy vazifalari o‘rgatilayotgan fanlarni mukammal egallagan, o‘z mutaxassisligi bo‘yicha har tomonlama chuqur va mustahkam bilimga ega bo‘lgan, mustaqil tafakkur qila oladigan davlat siyosatini xalq ommasi o‘rtasiga targ‘ibot qilishga layoqatli, g‘oyaviy e’tiqodli, ijodkor va intizomda na’muna bo‘la oladigan etuk kishilarni tarbiyalashdan iboratdir.
Ayniqsa, yoshlarimizning fan-texnika taraqqiyotini jadallashtirishda kompyuter, internet bilan ish yurita oladigan, bilimdon bo‘lishlari davr talabi bo‘lib qolmoqda. Buni har yili muntazam ravishda o‘tkazilayotgan «Fan» olimpiadalaridan ham bilib olish qiyin emas. Oliy o‘quv yurtlari xalq xo‘jaligini malakali mutaxassis bilan ta’minlash manbai bo‘libgina qolmay, shu bilan birga mamlakat ilmiy tadqiqot majmuasining muhim tarkibiy qismi hamdir.
Davlatimizni qaror va ko‘rsatmalaridan kelib chiqib, oliy ma’lumotli etuk mutaxassislar tayyorlash, ularning sifatli va samarali bilim olishlarini ta’minlash uchun o‘quv, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy va jamoat ishlarini yuqori talablar darajasida ko‘tarish maqsadida talabalar bilan ta’limning dastlabki bosqichlaridayoq muntazam va astoydil shug‘ullanish zarurligini kun tartibiga qo‘ymoqda.
“Veterinariyada kasb etikasi”fani talabalarni o‘quv yurtlarining qisqacha taraqqiyot tarixi, ularning tuzilishi va vazifalari, o‘quv jarayonini ilmiy asosda tashkil etish, o‘qitish jarayonining asosiy formalari, o‘quv rejalari mazmuni, ilmiy tekshirish ishlari, o‘qish va ilmiy ishlarni bajarishda texnika vositalaridan foydalanish, talabalarning huquq va burchlari, kunlik ish rejimi va mustaqil ishlashni to‘g‘ri tashkil etish kabilar bilan tanishtiradi.
Barkamol, komil shaxsni kamol toptirmay turib, jamiyatning moddiy bazasini, intellektual boyligini yaratmay turib, demokratik jamiyatni takomillashtirib bo‘lmaydi. Hukumatimiz qo‘ygan bu vazifa har birimizning zimmamizga katta mas’uliyat yuklaydi. Bu ulug‘vor vazifani amalga oshirish uchun yangi kishini shakllantirish qonunlarini aniq va ravshan bilib olishimiz kerak. Ayniqsa, yoshlarni o‘qitish va tarbiyalash ishida bevosita band bo‘lgan kishilar buni chuqur bilishlari zarur.
Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov «Farzandlarimiz bizdan ko‘ra kuchli, bilimli, dono va albatta baxtli bo‘lishlari shart» yana «Bilimga chanqoq, iste’dodli yoshlarni topib, ularni Vatanga fidoyi insonlar qilib tarbiyalash muqaddas vazifadir» deb ta’kidlaganlar. Ushbu murakkab vazifani ado etishlari uchun vatanga sadoqat va insonga xos bo‘lgan fazilatlar-samimiylik, oddiyiik, kamtarinlik, yuksak prinsipiallik, do‘stona munosabat va talabchanlik, kishilarga hurmat va ishonch, ularning taqdiri uchun qayg‘urish kabilarni o‘zlashtirish, o‘ziga singdirib borish har bir mamlakatimiz kishisi uchun ayniqsa, yoshlarimiz uchun g‘oyat muhimdir.
Yoshlarimizning umumiy saviyasini oshirish ko‘p jihatdan ularning bo‘sh vaqtdan oqilona foylanishlariga bog‘liq. Chunki yoshlar bo‘sh vaqtdan unumli foydalanishni bilishlari lozim. Ishyoqmaslik, dangasalik, vaqtni mayda-chuyda narsalarga sarf etish umrni behuda o‘tkazish bilan barobar.
Bugungi mamlakatimiz talabalari dunyoda yangi o‘zgarishlar yuz berayotgan davrda yashamoqda, o‘qimoqda. Mamlakatimizda sog‘lom va uyg‘un barkamol avlodni tarbiyalash uchun zarur imkoniyatlar hamda shart sharoitlarni yaratish, XXI asr - intellektual qadriyatlar ustuvorlik qiladigan asr ekanligini e’tiborga olgan holda, Vatanimiz yigit va qizlarini har tomonlama barkamol shaxslar etib shaklantirish borasidagi keng ko‘lamlichora tadbirlar kompleksi mamlakatimiz Prezidenti va hukumatimiz tomonidan ishlab chiqilgan dasturlar, ko:rsatmalar asosida olib borilmoqda. Shu sababli bugungi kun yosh mutaxassisi-bu mohir tashkilotchi, mehnatni ilmiy asosda tashkil qilish masalasini amalga oshira oladigan xodim hisoblanadi. U odamlar bilan ishlaydi, jamoani boshqaradi, jamoa tajribasiga tayanib ish ko‘radi, o‘z o‘rtoqlarining maslahatiga quloq soladi, qo‘lga kiritilgan yutuqlarga tanqidiy yondashadi. Bunday kishi yuqori madaniyatli, keng mulohazali, tadbirkor, o‘z ishining ustasi,qisqasi jamiyatimizning haqiqiy ziyolisidir.



Download 1,57 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   111




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish