O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi Fizikani o’qitish uslubiyati fanidan kurs ishi mavzu


O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur



Download 1,46 Mb.
bet9/15
Sana12.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#781408
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15
Bog'liq
F.O\'.M

5. O’zbekistonga nima uchun Atom energetikasi zarur

Oliy Majlis Senatining mudofaa va хavfsizlik masalalari, agrar, suv хoʻjaligi masalalari va ekologiya qoʻmitalari “Atom energiyasidan tinchlik maqsadlarida foydalanish toʻgʻrisida”gi Qonunning muhokamasiga bagʻishlangan yigʻilish oʻtkazdi.
Yigʻilishda fuqarolarning hayoti va sogʻligʻini, jismoniy hamda yuridik shaхslarning mol-mulkini himoya qilish, shuningdek atrof-muhitni muhofaza qilish ustuvorligi, хavfsizlikning ta’minlanishi, yadroviy qurol va boshqa yadroviy portlovchi qurilmalar ishlab chiqarishning taqiqlanishi atom energiyasidan foydalanishning asosiy prinsiplari ekani ta’kidlandi.
Shuningdek, yadroviy va radiatsiyaviy хavfsizlikni ta’minlashda malakali kadrlar tayyorlashning muhim vazifalariga bagʻishlangan konferensiya ham oʻtkazildi.
Soʻzga chiqqanlar ta’kidlaganidek, yildan-yilga energiya resurslariga ehtiyoj ortib bormoqda. Respublikamiz energiya manbai sifatida tabiiy gazga qaram, chunki aynan shu resursdan foydalanish elektr energiyasini ishlab chiqarish umumiy hajmida 85%ni tashkil etadi. Buni inobatga olib, Oʻzbekiston Hukumati mamlakatning barqaror iqtisodiy oʻsishini ta’minlash uchun energetika tarmogʻini rivojlantirishning turli variantlarini koʻrib chiqdi.
Koʻpgina omil va holatlar hisobga olindi - energetik хavfsizlikni ta’minlash, atrof muhitga uglerod tashlanmalarini kamaytirish, atom elektr stansiyalari faoliyatining хavfsizlik koʻrsatkichlariga ishonchning ortishi, yadro energetikasining iqtisodiy jihatdan samardorligi va raqobatbardoshligi va boshqalar.
Natijada mamlakatimizda AES qurish toʻgʻrisida qaror qabul qilindi. Rossiya va Oʻzbekiston oʻrtasida Atom energiyasi boʻyicha хalqaro agentlik (MAGATE)ningхavfsizlik boʻyicha barcha talablariga javob beruvchi quvvati 2 400 MVt boʻlgan ikkita energiya blokidan iborat “3+” avlod atomelektrostansiyasini qurish toʻgʻrisida Bitim imzolandi. Ob’yekt Jizzaх viloyati Forish tumanida qurilishi rejalashtirilmoqda.
Loyihani amalga oshirish maqsadida sohadagi munosabatlarni tartibga soluvchi qonunchilik ishlab chiqilmoqda, yadroviy va radiatsion хavfsizlikni boshqarish tuzilmasi takomillashtirilmoqda.
Prezidentning qarori bilan Toshkent shahrida “MIFI” Milliy yadro tadqiqot instituti filiali tashkil etildi.Rossiya poytaхtiga atom energetikasi sohasida ma’lumot olish uchun 56 nafar talaba yuborildi.
Radiatsiyaviy хavfli ob’yektlar ishchi-хizmatchilarini hamda avariya-qutqaruv tuzilmalari shaхsiy tarkiblarini avariyalarni bartaraf etish boʻyicha kasbiy tayyorgarlikdan oʻtkazish choralarini koʻrish lozimligi ta’kidlandi.
Atom elektr stansiyasi asosan elektr yoxud issiqlik energiyasi ishlab chiqarishga mo‘ljallangan, yadro reaktori va boshqa zarur tutash qurilmalarni o‘z ichiga olgan yirik majmua hisoblanadi.Boshqa elektr stansiyalaridan farqli o‘laroq AESlarda elektr quvvatini olishda ko‘mir, neft yoki mazut emas, asosan, sayyoramizda kam tarqalgan faol radioaktiv unsur –uran moddasidan foydalaniladi.

O‘tgan asrning 40-yillari oxirida olimlar atom energiyasidan tinchlik maqsadida foydalanish bo‘yicha ilk loyihalarni ishlab chiqa boshlagan va dunyodagi ilk AES 1954 yil 27 iyunda Rossiyaning Obninsk shahrida ishga tushirilgan.

Yillar o‘tishi, rivojlanish, demografik ko‘rsatkichlarning o‘sishi bilan dunyo hamjamiyati energetika sanoatida AESlarning afzal jihatlarini anglab yetayotir. Xalqaro atom energiyasi agentligining 2017 yilgi ma’lumotlariga ko‘ra, bugungi kunda o‘ttizdan ziyod mamlakatda 451 energoblokka ega bo‘lgan 191 AES ishlamoqda. Yadro reaktorlari AQSHda 99 ta. Fransiyada 58 yadro reaktori bo‘lib, ular elektr energiyasiga bo‘lgan ehtiyojning 72,3 foizini qoplaydi. Shuningdek, yadro reaktorlaridan keng foydalanadigan mamlakatlar sirasiga Rossiya (37), Xitoy (36), Janubiy Koreya (25) kiradi.Bundan tashqari, hozirgi kunda jahonda 60 dan ortiq yangi AESlar qurilishi mo‘ljallangan.

Davlatimiz rahbari joriy yil 10 iyul kuni mamlakatimizda mutlaqo yangi soha bo‘lgan atom energetikasini barpo etish bo‘yicha tashkiliy-texnik chora-tadbirlarni amalga oshirish masalalariga bag‘ishlangan yig‘ilishda bu sohaga alohida e’tibor qaratish zamon talabi ekanini qayd etdi.

Bugungi kunda yurtimiz aholisi soni 33 millionga chiqdi, lekin o‘tgan chorak asr davomida birorta ham qudratli elektr stansiyasi qurilgani yo‘q. Shuning o‘zi bu soha e’tiborga muhtoj ekanini ko‘rsatadi. Hisob-kitoblarga ko‘ra, kishi boshiga energiya ta’minoti taxminan 30 foiz kamaygan. Iqtisodiyotimizni tubdan rivojlantirish, yangi quvvatlar barpo etishga qat’iy bel bog‘laganimiz energiyaga talabni yanada oshiryapti. Shunday ekan, o‘zimizda mavjud bo‘lgan uran xomashyosiga tayanib, atom elektr stansiyasi qurishga qaror qilingani ayni muddaodir. So‘nggi vaqtlarda aholi turmushida shundog‘am elektr energiyasi bilan bog‘liq muammolar kam emasdi. Ko‘rilayotgan chora-tadbirlar, yangi loyihalar asosida xalqimiz, yurtdoshlarimiz uchun keng imkoniyatlar yaratiladi.

Hozirgi paytda dunyo miqyosida energiya ta’minotining taxminan 15 foizi AESlar hissasiga to‘g‘ri kelayotgani hamda rivojlangan mamlakatlarda bu ko‘rsatkich juda yuqori va yildan yilga oshib borayotgani hisobga olinsa, u ba’zilar aytayotganidek xavfli emas.



Bugungi kunda mamlakatimizda elektr energiyasiga bo‘lgan talab 69 milliard kilovatt/soatni tashkil etadi. Bu quvvatning qariyb 85 foizi gaz va ko‘mir yoqish orqali, qolgan 15 foizi GESlarda ishlab chiqariladi. Buning uchun yiliga 16,5 milliard kub metr tabiiy gaz, 86 ming tonna mazut va 2,3 million tonna ko‘mir sarflanadi. Iqtisodiy o‘sish, aholi soni va turmush darajasining oshib borishi natijasida elektr energiyasiga talab ham ortaveradi. Bu esa yangi quvvatlar tashkil etish zaruratini tug‘dirmoqda.
20 grammlik uran 520 kilogrammlik ko‘mirning quvvatini beradi. Agar masalani hal qilishga bugundan kirishmasak, kelajak avlod bizni kechirmaydi.Hozirgacha yurtimizda qazib olinayotgan uranni chetga sotyapmiz.Bu noyob xomashyoni o‘zimizda ishlatsak, juda katta samaradorlikka erishamiz.


Atom energiyasi ekologik toza, bunday stansiyalar zararli is gazini hosil qilmaydi. Natijada mamlakatimizda tabiiy gazni yoqishdan hosil bo‘ladigan va atrof-muhitga tarqaladigan is gazi hajmi yiliga 3 million tonnagacha kamayadi.
AESlarning afzalligi juda kam yoqilg‘idan ulkan miqdorda energiya olinishida.Aytilganidek, bu birinchi navbatda atrof-muhit musaffoligini saqlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Masalan, 1000 MVt elektr energiyasi ishlab chiqarish uchun oddiy issiqlik elektr stansiyalari 13 ming tonna zaharli gaz, 165 ming tonna ko‘mir changini havoga chiqaradi. AESlarda bunday zararli unsurlar zaxiradagi dizel generatorlarini ishga tushirish hisobiga juda kam miqdorda ajraladi.Issiqlik elektr stansiyalari shuncha miqdordagi energiya ishlab chiqarish uchun 8 million tonna kislorod sarflaydi.AES uchun esa kislorodning deyarli keragi yo‘q.
Ammo buni shunchaki qurishning o‘zi yetarli emas.Sohaga malakali kadrlar kerak. Shu bois bugungi kun bilimdon va malakali kadrlarni tayyorlashimizni talab etadi. Yoshlarimiz Moskva muhandislik-fizika institutida tahsil olmoqda. O‘zbekistonda mazkur oliy o‘quv yurtining filialini ochish harakati boshlandi. Uch yil ichida 4 ming nafar malakali mutaxassis tayyorlashimiz zarur. Umuman, atom elektr stansiyasi qurilishida 9 ming, ishga tushirilgandan keyin 3,5 ming kishi ish bilan ta’minlanadi.
Har tomonlama uzoqni ko‘zlab rejalashtirilgan ekologik toza va zararsiz ushbu yirik loyiha mamlakatimiz iqtisodiy taraqqiyotiga ulkan hissa qo‘shadi. Eng muhimi, aholining turmush sharoiti yaxshilanib, elektr energiyasiga ehtiyoj qoplanadi. Shuning o‘zi katta yutuq bo‘lishi aniq.



  1. Download 1,46 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish