O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand davlat universiteti fizika fakulteti Umumiy fizika kafedrasi Fizikani o’qitish uslubiyati fanidan kurs ishi mavzu



Download 1,46 Mb.
bet8/15
Sana12.07.2022
Hajmi1,46 Mb.
#781408
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15
Bog'liq
F.O\'.M

INTERFAOL METODLAR


Zamonaviy ta’limni tashkil etishga qo‘yiladigan muhim talablardan biri ortiqcha ruhiy va jismoniy kuch sarf etmay, qisqa vaqt ichida yuksak natijalarga erishishdir. Qisqa vaqt orasida muayyan nazariy bilimlarni o`quvchilarga yetkazib berish, ularda ma’lum faoliyat yuzasidan ko‘nikma va malakalarni hosil qilish, shuningdek, o`quvchilar faoliyatini nazorat qilish, ular tomonidan egallangan bilim, ko‘nikma va malakalar darajasini baholash o‘qituvchidan yuksak pedagogik mahorat hamda ta’lim jarayoniga nisbatan yangicha yondashuvni talab etadi. Pedagogik texnologiya o‘z mohiyatiga ko‘ra sub’ektiv xususiyatga ega. Qanday shakl, metod va vositalar yordamida tashkil etilishidan qat’iy nazar texnologiyalar:
— pedagogik faoliyat samaradorligini oshirishi;
— o‘qituvchi o‘rtasida o‘zaro hamkorlikni qaror toptirishi;
— o`quvchilar tomonidan o‘quv predmetlari bo‘yicha puxta bilimlarning egallanishini ta’minlashi;
— o`quvchlarda mustaqil, erkin va ijodiy fikrlash ko‘nikmalarini shakllantirishi;
— o`quvchilarning o‘z imkoniyatlarini ro‘yobga chiqara olishlari uchun zarur shart-sharoitlarni yaratishi;
— pedagogik jarayonda demokratik va insonparvarlik g‘oyalarining ustivorligiga erishishni kafolatlashi zarur.

FIKRIY HUJUM” METODI


Mazkur metod o‘quvchilarning mashg‘ulotlar jarayonidagi faolliklarini ta’minlash, ularni erkin fikr yuritishga rag‘batlantirish hamda bir xil fikrlash inertsiyasidan ozod etish, muayyan mazvu yuzasidan rang-barang g‘oyalarni to‘plash, shuningdek, ijodiy vazifalarni hal etish jarayonining dastlabki bosqichida paydo bo‘lgan fikrlarni yengishga o‘rganish uchun xizmat qiladi.
“Fikriy hujum” metodining asosiy tamoyili va sharti mashg‘ulotning har bir ishtirokchisi tomonidan o‘rtaga tashlanayotgan fikrga nisbatan tanqidni mutlaqo ta’qiqlash, har qanday luqma va hazil-mutoyibalarni rag‘batlantirishdan iboratdir. Bundan ko‘zlangan maqsad o‘quvchilarning mashg‘ulot jarayonidagi erkin ishtirokini ta’minlashdir. Ta’lim jarayonida ushbu metoddan foydalanish o‘qituvchining pedagogik mahorati va tafakkur ko‘lamining kengligiga bog‘liq bo‘ladi.
“Fikriy hujum” metodidan foydalanish chog‘ida o‘quvchilarning soni 10-15 nafardan oshmasligi maqsadga muvofiqdir.

YALPIY FIKRIY HUJUM” METODI


Metod o‘quvchilar tomonidan yangi g‘oyalarning o‘rtaga tashlanishi uchun sharoit yaratib berishga xizmat qiladi. Har bir 5 yoki 6 nafar o‘quvchilarni o‘z ichiga olgan guruhlarga 15 daqiqa ichida ijobiy hal etilishi lozim bo‘lgan turli xil topshiriq yoki ijodiy vazifalar belgilangan vaqt ichida ijobiy hal etilgach, bu haqida guruh a’zolaridan biri axdorot beradi.
Guruh tomonidan berilgan axborot (topshiriq yoki ijodiy vazifaning yechimi) o‘qituvchi va boshqa guruhlar a’zolari tomonidan muhokama qilinadi va unga baho beriladi. Mashg‘ulot yakunida o‘qituvchi berilgan topshiriq yoki ijodiy vazifalarning yechimlari orasida eng yaxshi va o‘ziga xos deb topilgan javoblarni e’lon qiladi.Mashg‘ulot jarayonida guruhlar a’zolarining faoliyatlari ularning ishtiroklari darajasiga ko‘ra baholab boriladi.

FIKRLARNING SHIDDATLI HUJUMI” METODI


Metodning mohiyati quyidagidan iborat:
— jamoa orasida muayyan topshiriqlarni bajarayotgan har bir o‘quvchining shaxsiy imkoniyatlarini ro‘yobga chiqarishga ko‘maklashish;
— o‘quvchilarda ma’lum jamoa tomonidan bildirilgan fikrga qarshi g‘oyani ilgari surish layoqatini yuzaga keltirishdan iborat.
“Fikrlarning shiddatli hujumi” metodidan foydalanishga asoslangan mashg‘ulot quyidagi bosqichlarda tashkil etiladi:
1-bosqich: Ruhiy jihatdan bir-biriga yaqin bo‘lgan o‘quvchilarni o‘zida biriktirilgan hamda son jihatdan teng bo‘lgan kichik guruhlarni shakllantirish;
2-bosqich: Guruhlarga hal etish uchun topshirilgan vazifa yoki topshiriqlar mohiyatidan kelib chiqadigan maqsadlarni aniqlash;
3-bosqich: Guruhlar tomonidan muayyan g‘oyalarning ishlab chiqilishi (topshiriqlar hal etilishi);
4-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini muhokama etish, ularni to‘g‘ri hal etilganligiga ko‘ra turkumlarga ajratish;
5-bosqich: Topshiriqlarning yechimlarini qayta turkumlashtirish, ya’ni ularning to‘g‘riligi, yechimni topish uchun sarflangan vaqt, yechimlarning aniq va ravshan bayoni etilishi kabi mezonlar asosida baholash;
6-bosqich: Dastlabki bosqichlarda topshiriqlarning yechimlari yuzasidan bildirilgan muayyan tanqidiy mulohazalarni muhokama etish hamda ular borasida yagona xulosaga kelish.
Metodni qo‘llash jarayonida quyidagi holatlar yuzaga keladi:
— o‘quvchilar tomonidan muayyan nazariy bilimlarning puxta o‘zlashtirilishiga erishish;
vaqtni iqtisod qilish;
— har bir o‘quvchini faollikka undash;
— ularda erkin fikrlash layoqatini shakllantirish.

KLASTER” METODI


Klaster (g‘uncha, bog‘lam) metodi pedagogik, didaktik strategiyaning muayyan shakli bo‘lib, u o‘quvchilarga ixtiyoriy muammolar xususida erkin, ochiq o‘ylash va shaxsiy fikrlarni bemalol bayon etish uchun sharoit yaratishga yordam beradi. Mazkur metod turli xil g‘oyalar o‘rtasidagi aloqalar to‘g‘risida fikrlash imkoniyatini beruvchi tuzilmani aniqlashni talab etadi.“Klaster” metodi aniq ob’ektga yo‘naltirilmagan fikrlash shakli sanaladi.Undan foydalanish inson miya faoliyatining ishlash tamoyili bilan bog‘liq ravishda amalga oshadi. Ushbu metod muayyan mavzuning o‘quvchilar tomonidan chuqur hamda puxta o‘zlashtirilguniga qadar fikrlash faoliyatining bir maromda bo‘lishini ta’minlashga xizmat qiladi.
Stil g‘oyasiga muvofiq ishlab chiqilgan “Klaster” metodi puxta o‘ylangan strategiya bo‘lib, undan o‘quvchilar bilan yakka tartibda yoki guruh asosidan tashkil etiladigan mashg‘ulot jarayonida foydalanish mumkin. Metod guruh asosida tashkil etilayotgan mashg‘ulotlar va o‘quvchilar tomonidan bildirilayotgan g‘oyalarning majmui tarzida namoyon bo‘ladi. Bu esa ilgari surilgan g‘oyalarni umumlashtirish va ular o‘rtasidagi aloqalarni topish imkoniyatini yaratadi.
“Klaster” metodidan foydalanishda quyidagi shartlarga rioya qilish talab etiladi:

  1. Nimaniki o‘ylagan bo‘lsangiz, shuni qog‘ozga yozing. Fikringizning sifati to‘g‘risida o‘ylab o‘tirmay, ularni shunchaki yozib boring.

  2. Belgilangan vaqt nihoyasiga yetmaguncha, yozishdan to‘xtamang. Agar ma’lum muddat biror bir g‘oyani o‘ylay olmasangiz, u holda qog‘ozga biror narsaning rasmini chiza boshlang. Bu harakatni yangi g‘oya tug‘ulguncha davom ettiring.

  3. Yozuvingizning orfografiyasi yoki boshqa jihatlariga e’tibor bermang.

  4. Muayyan tushuncha doirasida imkon qadar ko‘proq yangi g‘oyalarni ilgari surish hamda mazkur g‘oyalar o‘rtasidagi o‘zaro aloqadorlikni, bog‘liqlikni ko‘rsatishga harakat qiling. G‘oyalar yig‘indisining sifati va ular o‘rtasidagi aloqalarni ko‘rsatishni cheklamang.

TAJRIBA VOSITASIDA O‘QITISH SIKLI”  METODI


Mazkur metod quyidagi 4 omil asosida quriladi:
— reflektiv kuzatish;
— abstrakt xulosalash;
— faol tajriba olib borishga tayyorlanish;
— aniq tajriba o‘tkazish.
Yuqorida qayd etilgan omillarning har biri muayyan g‘oyaga asoslanadi.Chunonchi:

  1. O‘quvchilar uchun mashqlar mazmunini tanqidiy o‘rganish va ular ustida fikr yuritish imkoniyatini beruvchi sharoit yarat (reflektiv kuzatish);

  2. O‘quvchilarga zarur nazariy bilimlarni ber;

  3. Muammo yuzasidan bildirilgan fikrlarni umumlashtirish va xulosalash uchun sharoit yarat(abstrakt xulosalash);

  4. O‘quvchilarga mukammal shakllangan, ayni vaqtda yana bir bor tekshirib chiqilishi lozim bo‘lgan mashqlarni ishlab chiqish imkonini ber (faol tajriba olib borishga tayyorlanish);

  5. Yakuniy xulosani shaxsiy tajribadan o‘tkaz va faoliyatda undan foydalan (aniq tajriba o‘tkazish).

QORA QUTI” METODI


Ta’lim jarayonida mazkur metodni qo‘llashdan maqsad o‘quvchilar tomonidan mavzuni puxta o‘zlashtirishga erishish bilan birga ularni faollikka undash, ularda hamkorlikda ishlash, ma’lum vaziyatlarni boshqarish hamda mantiqiy tafakkur yuritish ko‘nikmalarini shakllantirishdan iborat. Metoddan foydalanishda quyidagi harakatlar tashkil etiladi:
— o‘quvchilar juftlikka biriktiriladi;
— juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi asosiy tushunchalar(tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . . )ni kartochkalarga qayd etish vazifasi yuklanadi;
— o‘qituvchi o‘quvchilar bilan hamkorlikda guruhlar tomonidan topshiriqning bajarilishini tekshiradilar;
— topshiriqni to‘g‘ri bajargan guruhning bir a’zosi o‘qituvchi rolini bajaradi va topshiriqning yechimini yozuv taxtasiga yozadi;
— sinf o‘quvchilari yozuv taxtasida qayd etilgan fikrni sharhlaydilar (tayanch so‘zlar, sanalar, belgilar, raqamlar va . . .qanday ma’noni anglatishini aytadilar);
— to‘g‘ri javob bergan o‘quvchi o‘qituvchi rolini bajarib, juftliklarga mavzu mohiyatini yorituvchi sxema, jadval yoki tasvir yaratishni topshiradi va o‘qituvchi yordamida topshiriqning bajarilishini tekshiradi.

QIZIL VA YASHIL RANGLI KARTOCHKALAR BILAN

ISHLASH” METODI


O‘quvchilar bilan ommaviy va guruh shaklda ishlashda ushbu metoddan foydalanish ham ijobiy natijalarni kafolatlaydi. Metodni qo‘llashda quyidagi harakatlar amalga oshiriladi:
— o‘qituvchi tomonidan o‘rganilayotgan mavzuning mohiyatini mantiqiy ketma-ketlikda yoritishga xizmat qiluvchi tushunchalarni ifoda etgan maxsus kartochkalar majmui tayyorlanadi (har bir kartochkaning orqa tomoniga mavzu mohiyatini yorituvchi “yadro” tushunchaning bittadan harfi joylashtiriladi va maxsus qoplama bilan berkitiladi);
— har guruhga maxsus kartochkalarning alohida majmusi topshiriladi va kartochkalarni ulardagi tushunchalarga asosan mantiqiy ketma-ketlikda joylashtirish vazifasi yuklanadi;
— guruhlar tomonidan topshiriq bajarilib bo‘lingach, kartochkalarning orqa tomoni o‘giriladi va maxsus qoplama ochilib, topshiriqning qay darajada to‘g‘ri bajarilganligi aniqlanadi.
— Agar topshiriq guruhlar tomonidan to‘g‘ri bajarilgan bo‘lsa, yakuniy jarayonda kartochkalar orqa tomonga o‘girilganda mavzuning mohiyotini yorituvchi “yadro” tushuncha hosil bo‘ladi.
Metoddan foydalanishning afzalligi shundaki, bu jarayonda o‘quvchilarda mavzuni muayyan qismlarga bo‘lib o‘rganish va qismlar o‘rtasidagi mantiqiy bog‘liqlik hamda aloqadorlikni analiz va sintez asosida aniqlash ko‘nikmalari hosil qilinadi.

BILAMAN. BILISHNI XOHLAYMAN. BILIB OLDIM”

METODI


Ushbu metod o‘quvchilarga muayyan mavzular bo‘yicha bilimlari darajasini baholay olish imkonini beradi. Metodni qo‘llash jarayonida o‘quvchilar bilan guruhli yoki ommaviy ishlash mumkin.Guruh shaklida ishlashda mashg‘ulot yakunida har bir guruh tomonidan bajarilgan faoliyat tahlil etiladi.Guruhlarning faoliyatlari quyidagi ko‘rinishda tashkil etilishi mumkin:

  1. Har bir guruh umumiy sxema asosida o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi va mashg‘ulot yakunida guruhlarning munosabatlari loyiha bandlari bo‘yicha umumlashtiriladi;

  2. Guruhlar umumiy sxemaning alohida bandlari bo‘yicha o‘qituvchi tomonidan berilgan topshiriqlarni bajaradi.

O‘quv faoliyati bevosita yozuv taxtasi yoki ish qog‘ozida o‘z aksini topgan quyidagi sxema asosida tashkil etiladi.

Bilaman

Bilishni xohlayman

Bilib oldim




Metoddan foydalanish 3 bosqich asosida amalga oshiriladi:

  1. O‘quvchilarning o‘rganilishi rejalashtirilayotgan mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajalari aniqlanadi.

  2. O‘quvchilarning mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi.

  3. O‘quvchilarni mavzuga oid ma’lumotlar bilan batafsil tanishtiriladilar.

Bosqichlar bo‘yicha amalga oshirilgan harakatlarning to‘liq tafsiloti quyidagicha:
— sinf o‘quvchilari guruhlarga biriktiriladilar;
— o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha tushunchalarga egalik darajasi o‘rganiladi;
— o‘quvchilar tomonidan qayd etilgan tushunchalar loyihaning 1-bandiga yozib boriladi;
— o‘quvchilarning yangi mavzu bo‘yicha mavjud bilimlarini boyitishga bo‘lgan ehtiyojlari o‘rganiladi;
— o‘quvchilarning ehtiyojlari sifatida bayon etilgan tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib boriladi;
— o‘qituvchi yangi mavzuga oid umumiy ma’lumotlar bilan o‘quvchilarni xabardor qiladi;
— o‘quvchilar o‘zlashtirgan yangi tushunchalar aniqlanadi;
— bayon etilgan yangi tushunchalar loyihaning 2-bandiga yozib qo‘yiladi;
— mashg‘ulot yakunida loyiha yaratiladi.










Download 1,46 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   15




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish