O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi samarqand qishloq xo’jalik instituti gumanitar fanlar kafedrasi falsafa



Download 1,15 Mb.
bet13/32
Sana20.07.2022
Hajmi1,15 Mb.
#825315
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32
Bog'liq
FALSAFA

Tayanch tushunchalar


Bog’lanish, aloqadorlik, takrorlanish, qonun, qonuniyat, ayniyat, tafovut, qarama-qarshilik, ziddiyat, miqdor, sifat, inkor, inkorni inkor, vorislik, yangilanish.




Takrorlash uchun savollar


1. Qonun nima?


2. Tabiat va jamiyat qonunlarining qanday xususiyatlari bor?
3. Olamdagi ayniyat va ziddiyat holatlariga misollar keltira olasizmi?
4. Miqdor va sifat nima? Me’yor-chi?
5. Inkor nima? Inkorni inkor-chi?

ADABIYOTLAR


1. Karimov I.A. O’zbekiston XXI asr busagasida: xavfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari. - T., «O’zbekiston», 1997.


2. Karimov I.A. Barkamol avlod — O’zbekiston taraqqiyotining poydevori. — T., «O’zbekiston», 1997.
3. Karimov I.A. Tarixiy xotirasiz kelajak yo’q. — T., «O’zbekiston», 1998.
4. Karimov I.A. Donishmand xalqimizning mustahkam irodasiga ishonaman. «FIDOKOR» gazetasi, 2000 yil 8 iyun.
5. Osnovы filosofii. — T., O’zbekiston, 1998.
6. Falsafa. — T., Sharq, 1999.

7. Falsafa asoslari. Toshkent. «O’zbekiston», 2005.

10-mavzu. Falsafiy kategoriyalar. 2 soat.


Reja:
1. Olam mavjudligi va o’zaro aloqadorligining alohida, xususiy va umumiy jihatlari.
2. Mohiyat va xodisa – voqelikdagi o’zaro bog’liqlikning ko’rinishi sifatida.
3. Voqelikdagi mazmun va shaklning namoyon bo’lish xususiyatlari.
4. Sabab va oqibat, zaruriyat va tasodif kategoriyalari.
5. O’zgarishlar va taraqqiyot jarayonida imkoniyat va voqelik. Imkoniyat va voqelik kategoriyalari, ularning mohiyati va mazmuni.


Har qanday fanning o’ziga xos qonunlari va asosiy tushunchalari bo’ladi. Masalan, fizikada fizik qonunlar, og’irlik, tezlik, kuch kabi tushunchalarga juda ko’p duch kelish mumkin. Ularning aksariyati bu fan tarixida chuqur iz qoldirgan mashhur olimlarnining nomi bilan bog’langan. Masalan, fizikada Nyuton, Faradey, Avakadro va hokazo. Matematikani esa Pifagor, al-Xorazmiy, Karl Kausning qonunlarisiz tasavvur qilish qiyin. Huddi shunday falsafaning fanlik maqomini belgilaydigan asosiy tamoyillar, qonunlar va kategoriyalar tizimi ham bor. Ularni o’rganishdan avval, qonun va kategoriya tushunchalarining mazmunini aniqlab olish zarur. An’anaviy tavsiflarga ko’ra, «Qonun» falsafiy kategoriya sifatida narsa va hodisalar rivojlanishi jarayonidagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, doimiy takrorlanib turuvchi, ichki o’zaro bog’lanishlar, aloqalar, munosabatlarning mantiqiy ifodasi ekanligini ko’rib o’tdik. Endi kategoriyalarning mohiyati va mazmuni bilan qisqa tanishaylik.
Kategoriya o’zi nima? Bu so’z qadimgi yunon tilidan olingan bo’lib: «izohlash», «tushuntirish», «ko’rsatish», degan ma’nolarni anglatadi. Uning mazmunidagi bunday xilma-xillik qadimgi davrlardanoq ilmiy tadqiqot yo’nalishiga aylangan.
Falsafa tarixida ularni birinchi bo’lib, Arastu ta’riflab bergan. U o’zining «Kategoriyalar» degan asarida ularni obyektiv voqelikning umumlashgan in’kosi sifatida qarab, turkumlashtirishga harakat qilgan. Xususan, uningcha quyidagi kategoriyalar mavjud: «mohiyat» (substansiya), «miqdor», «sifat», «munosabat», «o’rin», «vaqt», «xolat», «mavqeyi», «harakat», «azob-uqubat». Bu turkumlashtirish, o’z vaqtida ilmiy bilishda juda katta ahamiyatga ega bo’lgan. Keyinchalik Arastu «Metafizika» asarida «mohiyat», «xolat» va «munosabat» kategoriyalarini ham izohlagan.
Umuman, kategoriyalarni falsafa tarixida ilmiy mavzu sifatida o’rganishni aynan Arastu boshlab berganligi e’tirof qilinadi. Ma’lumki, ungacha Yunonistonda ko’proq politika va ritorika (notiklik san’ati) fanlari sistemalashgan, ya’ni fan sifatida tizimga tushirilgan edi. Chunki o’sha davrda qo’shinni, mamlakatni va odamlarni boshqarish uchun siyosat va nutq madaniyati sirlarini bilish katta ahamiyatga ega bo’lgan. Ammo o’sha davrlarda falsafaning qonunlari, kategoriyalari va asosiy tayanch tushunchalari muayyan tizimga tushirilmagan, izchil bayon qilingan bilimlar sistemasi sifatida shakllantirilmagan edi. Hatto Yunonistonning mashhur olimi va mutafakkiri Suqrotni ham ana shunday, hali guyoki shakllanmagan fan bilan shug’ullangani va yoshlarni bu ilm yo’liga boshlab, ularning notug’ri tarbiyasiga sabab bo’lganlikda ayblagan ham edilar. Bu xol Suqrotning buyuk shogirdi Arastuning mazkur fanni aniq sistema tarzida ifodalashga kirishishi uchun turtki bo’lgan. Olim falsafaning qonun va kategoriyalarini birinchi marta sistemalashtirgan, ta’riflagan va falsafani fan darajasiga ko’targan. O’sha davrdan boshlab falsafa o’z qonunlari, tamoyillari, kategorial tushunchalariga ega bo’lgan fanga aylangan. Sharqda bu masalaga Forobiy, Beruniy va ibn Sinolar ham katta ahamiyat berganlar.
XVII-XIX asrlarga kelib, falsafiy kategoriyalar taxlilida yangi davr vujudga keldi. Xususan, I. Gant qarashlarida kategoriyalar «sifat» (reallik, inkor, chegaralash), «miqdor» (birlik, Ko’plik, yaxlitlik), «munosabat» (substansiya va xususiyat, sabab va harakat, o’zaro ta’sir), «modallik» (imkoniyat va imkoniyatsizlik, voqelik va novoqelik, zaruriyat va tasodif) tarzida izohlangan. Gantdan farqli o’laroq, Xekel esa mantiqiy kategoriyalarni: «borliq» (sifat, miqdor, me’yor), «mohiyat» (asos, hodisa, mavjudlik), «tushuncha» (obyektiv, subyektiv, absolyut g’oya) tarzida izohlagan.
Falsafa fanining kategoriyalari haqidagi turli qarashlarni umumlashtirib aytganda, ularning mantiqiy tushunchalar sifatidagi quyidagi tavsiflari bor: 1) obyektiv voqelikning in’ikosi; 2) narsa va hodisalarning o’zaro bog’lanish va aloqadorligini mantiqiy umumlashtiruvchi bilish usuli; 3) narsa va hodisalarning rivojlanishi bilan o’zgarib turuvchi mantiqiy tushuncha; 4) borliqning mavjudligidan kelib chiqadigan tarixiy — mantiqiy bilish darajalaridan biri. Ko’pchilik mutaxassislar kategoriyalar olam, undagi narsa va voqealar, ularning asosiy va takrorlanib turuvchi aloqadorligini ifodalaydigan keng mazmundagi tushunchalardir, degan fikrga qo’shiladilar. Bu ma’noda borliq, voqelik, harakat, makon, zamon, miqdor, sifat va boshqalar falsafaning ana shunday kategoriyalaridir.
Falsafada o’z xususiyatlarika ko’ra, «juft kategoriyalar» deb ataladigan; umumiy bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalovchi tushunchalar ham bor. Ular narsa va hodisalarning muayyan yo’nalishdagi eng muhim, zaruriy, nisbatan barqaror, davriy takrorlanib turuvchi bog’lanish va aloqadorlik munosabatlarini ifodalaydi. Falsafa kategoriyalari mazmunidagi ichki birlik, bog’lanish, aloqadorlik va munosabatlarning yaxlitligi bilish jarayonining uzluksizligini ta’minlaydigan umumiy qonuniyat tarzida vujudga kelgan.
Alohidalik, hususiylik, umumiylik. Ular narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon-zamon munosabatlarini konkret tarzda namoyon qiladi. Umumiylik – olamdagi alohida, individual tarzda namoyon bo’layotgan narsa – hodisalarning turfa, xilma-xil umumlashtiruvchi xossa hamda xususiyatlarning mushtaraqlashgan holda namoyon bo’lishidir. Alohidalik va umumiylik o’rtasidagi bog’lanish, aloqadorlik va munosabat «xususiylik» kategoriyasi orqali ifodalanadi. Birinchidan, bu kategoriyalarning mazmuni olamning birligi, ularning mantiqiy ifodasi konkretlik bo’lib hisoblanadi. Ikkinchidan, «alohidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va hodisalarning makon-zamon konkretligini ifodalaydigan, nisbatan mustaqil mantiqiy tushunchalar tarzidagina namoyon bo’lishi mumkin. Zero, ularning nisbatan mustaqilligi, ichki birligining namoyon bo’lish shaklidir.
Falsafiy adabiyotlarda, bilishning umumiy tendensiyasini alohidalikdan xususiylikka va shu bosqich orqali umumiylikka o’tish tarzida yoki aksincha, izohlash keng tarqalgan. Vaholanki, falsafiy bilishning asosiy xususiyati va maqsadi har qanday alohidalikning individual xususiyatlarini umumiylikdan farqlashdan iboratdir. Masalan, bozor iqtisodiyoti munosabatlarika utish jamiyat taraqqiyotining umumiy qonuniyati bo’lsa ham, bu jarayon turli ijtimoiy-tarixiy makon va zamonda har bir davlat uchun o’ziga xos bo’lgan modelni takozo qiladi. Aloxidalikning umumiylikdan farkini aniqlash asosida, maxsus usul va vositalarini kullash bozor stratekiyasi va taktikasining milliy xususiyatlarini belgilashka yordam beradi.
Antik falsafada aloxidalik katekoriyasining mazmuni muayyan turginlikka ega bo’lgan birlik sifatida karalgan (Aflotun, Arastu). xekel, aloxidalikni vokealarning zaruriy shakli, makon va zamondagi tafovutlarning namoyon bo’lish momenti sifatida karaydi.
Falsafada milliylik va umuminsoniylik masalasida alohidalikning umumiylikdan farqini mutlaqlashtirish natijasida muayyan qarashlar vujudka kelishi mumkin (Bu xaqda «Osiyosentrizm» va «Yevropasentrizm» tug’risida eslash kifoya).
Vaxolanki, umuminsoniyat sivilizasiyasining tadrijiy rivojlanishida muayyan ichki birlik mavjud bo’lib, madaniyat tarixida har bir xalq, millat o’z urni va ahamiyatini namoyon qiladi. Shuning uchun umuminsoniyat sivilizasiyasi tarkibidagi milliy madaniyatni mutlaqlashtirish, muayyan siyosiy manfaatlarka asoslangan bo’lib, buyuk davlatchilik, shovinistik qarashlardan boshqa narsa emas. Bu XX asrning 30-yillarida fashizm mafkurasini shakllantirgan asosiy sababalardan biri edi.
Aloxidalikni, umumiy qonuniyatlar tarkibidagi, elementlarning individual rivojlanish jarayoni sifatida olib qarash kerak. Chunki har qanday umumiylik, dastlab vokelikning aloxidaligi tarzida vujudga keladi. Shunga ko’ra, har qanday sistema o’z tarkibidagi nisbatan yangi, aloxida xodisalarning individual rivojlanishisiz sodir bo’la olmaydi. Shunday qilib, aloxidalik voqelik rivojlanishining xilma-xil shakllarini vujudga keltiradi.
Narsa va xodisalarda aloxidaliklarning konkret xususiyatlari o’rtasidagi boglanishlar, bir tomondan, umumiylikni namoyon qilish bilan bir qatorda, ularning muayyanligi va mazmunini ham belgilaydi. Ikkinchi tomondan esa, umumiylikning konkretligi aloxidaliklar sistemasi tarzida namoyon bo’ladi. Bu sistemaga strukturali yondashish bilishning nisbatan tulaqonli bo’lishini ta’minlaydi. Masalan, muayyan jamiyatdagi kishilarning ijtimoiy munosabatlari o’ziga xos bo’lgan yonalishlarini vujudga keltirgan. Ya’ni, iqtisodiy, huquqiy, siyosiy, diniy ekologik va boshqa shu kabi ijtimoiy munosabatlar umumiy madaniyat tarkibida «iqtisodiy madaniyat», «huquqiy madaniyat», «siyosiy madaniyat», «ekologik madaniyat» va boshqa nisbatan mustaqil yonalishlarga asos bo’lgan. Bu madaniyat yonalishlari nisbatan mustaqil bo’lsa ham, bir-birini taqozo qiladi. Ularning ichki birligi va rivojlanish tendensiyasi umuminsoniyat sivilizasiyasi manfaatlaridan kelib chiqgan bo’lib, umumiy taraqqiyot darajasiga mos keladi.
Falsafaning bu kategoriyasi bilan «butun», «qism» «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari o’rtasida uzviy bog’liqlik va muayyan farqlar mavjud. Ya’ni «aloxidalik», «xususiylik», «umumiylik» narsa va xodisalar rivojlanish jarayonidagi boglanish, aloqadorlik munosabatlarining yaxlitligini nisbatan mustaqil ifodalash bo’lsa, «butun», «qism», «struktura», «sistema», «element», kategoriyalari esa, ularning makon va zamondagi boglanish munosabatlarini jarayon tarzida ifodalashdir. Shu nuqtai nazardan, butunni – umumiylik, qismni yoki elementni – aloxidalik tarzida olib qarash xolatlari uchraydi. Shuningdek, muayyan oxshashlik bo’lishiga qaramasdan, sistemani umumiylik tarzida qabul qilish mumkin emas. Bunda sistema turli darajadagi umumiyliklarning majmui ham bo’lishi mumkin. Umuman, narsa va xodisalarni tarkibiy jixatdan «butun», «qism», element»larga ajratish bilishga xos nisbiy xodisa bo’lib, uning samaradorligini ta’minlaydigan zaruriy shartdir. Shunga ko’ra, yo’qorida aytilgan har ikkala kategoriyalar tizimi bilishning bosqichi sifatida emas, balki usuli sifatida olib qaralishi kerak.
«Mohiyat va xodisa» kategoriyasini olib ko’raylik. Mohiyat-o’zida aloxidalik, maxsuslik, umumiylikning mazmunini, sababini, zaruriyatini, imkoniyatini, butun, qism, sistema, struktura, element tarzida namoyon qiladi. xodisa esa, ularning boglanishi, aloqadorlik va munosabatlarining namoyon bo’lishidir. Mohiyatni aloxidalik, maxsuslik, umumiylik, butun, qismga mos kelishiga qarab, turkumlashtirib o’rganish maqsadga muvofiq. Bundan tashqari, subyekt nazarida ahamiyatiga va funksiyasiga ko’ra, asosiy va asosiy bo’lmagan, nisbatan barqaror yoki o’zkaruvchan mohiyatlarga ajratib, ularning rivojlanishi jarayonida ornini almashtirib turishlarini e’tiborga olish zarur.
Narsa va xodisalarning mohiyatini bilish ularning inson extiyojlarini qondirish vazifasi va maqsadlarini konkretlashtirishdan iborat. Masalan, jamiyat ustqurmasining siyosiy elementi bo’lgan davlatning maqsadi va vazifasi, ularni amalga oshirish usul hamda vositalari mamlakat hududida yashayotgan kishilarning muayyan xayot sharoitlarini ta’minlashdan iborat bo’lib, uning mohiyatini tashkil qiladi. Shunga ko’ra, har qanday mohiyatni odamlarning manfaatlari va extiyojlariga, sivilizasiya kelajagiga boglab taxlil qilgandagina, u ahamiyatga ega bo’ladi.
Narsa va xodisalarni bilish hamda o’zgartirishga inson muayyan extiyojlar asosida yondoshadi. Bu yondoshish subyektiv harakterga ega bo’lib, uning konkret extiyojlari va manfaatlari nuqtai nazaridan baxolanadi. Masalan, chanqagan kishi uchun suv uning chanqogini qondirish, fizik uchun-agregat xolati, elektr tokini otkazishi yoki optik xususiyatlari, ximik uchun, uning N2O kimyoviy birikma sifati, tegirmonchi uchun-tegirmon parragini aylantirish xususiyatlari asosiy mohiyat hisoblanadi.
Narsa va xodisalar doimiy rivojlanib turishi jarayonida, ularning mohiyati ham, shunga mos tarzda xodisa ham o’zkarib turadi. Mohiyatdagi har qanday juz’iy o’zgarish ham, uning muqarrar o’zgargan xodisasida ifodalanadi. Masalan, suvning elektr tokini utkazish xususiyati, uning temperaturasiga bog’liqligi aniqlangan. Agar biz suvning temperaturasini ma’lum darajada kotarsak, uning elektr tokini utkazish xususiyatini olchaydigan asboblar bu o’zgarishlarni qayd qilmasligi mumkin. Lekin, bundan suvning mohiyatini ifodalaydigan elektr tokini utkazuvchanlik xususiyati yo’qolgan, degan xulosa kelib chiqmaydi.
Narsa va xodisalarning mohiyat va xodisa tarzida boglanishlari makon va zamondagi muayyan konkretligi bilan ajralib turadi. Mohiyat va xodisa o’z xususiyatlariga ko’ra sistema, struktura va elementlarda o’ziga xos tarzda namoyon bo’ladi. Shuning uchun har qanday xodisani va mohiyatni taxlil qilishda aniq tamoyillarga asoslanish lozim.
Mazmun va shakl. Falsafada mazmun va shakl kategoriyasi narsa, xodisalarning mavjudligi va rivojlanish jarayonini bilish usuli sifatida muhim ahamiyatga ega. Mazmun - narsa va xodisalarning rivojlanish jarayonidagi sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy boglanishi bo’lib, uni boshqa sistemalardan farini belgilaydigan aloqadorliklar va munosabatlarini ifodalaydi.
Shakl esa – sistemani tashkil qilgan elementlarning strukturaviy boglanishlari, aloqadorliklari, munosabatlarining ifodalanishidir. xozirgacha falsafiy adabiyotlarda mazmun va shakl o’rtasidagi boglanishlarni bir-biridan ajratib taxlil qilish an’anaviy harakterga ega. Ya’ni, mazmunning o’zgarishi shaklning o’zgarishiga olib keladi, degan xulosa ustuvor bo’lgan. Vaxolanki, sistemaning elementlari strukturaviy boglanishlarsiz, aloqadorliklarsiz mavjud bo’lish mumkin bo’lmaganligidek mazmun va shakl ham bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi. Biz faqat nisbatan mustaqil bo’lgan mazmun va shaklni bilish xususiyatiga qarab, shunday mantiqiy xulosaga kelishimiz mumkin. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakldagi har qanday joz’iy o’zgarish ham bir-biridagi o’zgarishlarni taqozo qiladi, faqatgina biz ularni bilib olgan yoki bilmagan bo’lishimiz mumkin. Masalan, suvning agregat xolati, shakli o’zgarishi bilan uning mazmuni ham o’zgaradi. Ya’ni, suv bug’ xolatida chanqog’ni qondirmaydi, o’simliklarni sug’orish uchun yaramaydi. Bundan tashqari, elementlarning strukturaviy bog’lanishlari sistemaning harakterini belgilashidan kelib chiqib aytadigan bo’lsak, strukturaviy bog’lanishlar shakl sifatida sistemaning mazmunini ham belgilab turadi. Shunga ko’ra, shaklni mazmunga nisbatan «ikkilamchi» deyish noo’rindir. Bunga ijtimoiy xayotdan misol keltiradigan bo’lsak, demokratiya boshqarishning shakli sifatida jamiyatning mazmunini belgilab turadi.
Falsafada mazmun va shakl kategoriyasini boshqa kategoriyalar tizimidan ajratib olib, nisbatan mustaqil taxlil qilganda, unga insonlarning muayyan manfaatlar va extiyojlar asosida yondashishlarini aloxida e’tiborga olish kerak. Bu umuman mazmun va shaklning ob’yektiv harakteriga putur yetkaza olmasa ham, ularni baxolashdagi sub’yektiv, muqobil qarashlarda o’z ifodasini topadi.
Sabab va oqibat. Narsa va xodisalarning ichki birligi, yaxlitligi va tarixiy-tadrijiy rivojlanish tamoyiliga ko’ra, ularning mazmuni va shakli o’zgarib turadi. O’z navbatida, har qanday sistemaning elementlari o’rtasidagi strukturaviy bog’lanish konkret mazmunga ega bo’lib, unga mos mazmunlarda o’z ifodasini topadi. Boshqacha qilib aytganda, mazmun va shakl o’rtasidagi aloqadorlik, bog’lanish, munosabatning harakteri muayyan sababga asoslanadi. Ya’ni, narsa va xodisalarning sistema shaklida namoyon bo’lishi, muayyan sabab oqibatidir. Demak, narsa va xodisalarning tadrijiy rivojlanishi sabab-oqibat munosabatlari tarzida namoyon bo’ladi. Shunga ko’ra, sabab – biror narsa va xodisa rivojlanish jarayonining oqibatidir.
Narsa va xodisalarning rivojlanishi jarayonidagi sabab va oqibat munosabatlarini bilishda, ularning makon va zamondagi tarixiy va mantiqiy izchilligi muhimdir. Boshqacha qilib aytganda, bir tomondan, har qanday sabab avvalgi xodisalar yoki ularning rivojlanish oqibati tarzida namoyon bo’ladi. Ikkinchi tomondan esa, bu oqibat keyingi rivojlanishning sababi bo’lib hisoblanadi.
Narsa va xodisalarning rivojlanishi asos bo’lgan sabablar tizimi mavjud. Ularni shartli ravishda: asosiy va asosiy bo’lmagan, muhim va muhim bo’lmagan sabablarga ajratish mumkin.
Sababning mohiyati avvalgi xodisalarning oqibati sifatida vujudga kelayotgan hodisalar uchun sababligidadir. Shunga ko’ra, sababni bir vaqtning o’zida oqibat tarzida qarash mumkin. Aniqroq qilib aytadigan bo’lsak, har qanday oqibat sabab tarzida namoyon bo’ladi. Shu bilan birga, sababni narsa va hodisalarning rivojlanish jarayonidagi makon va zamondagi davriy takrorlanishdan farqlash kerak. Chunki, sabab mavjudlikning genetik bog’lanishlarini, aloqadorliklarini ifodalashi bilan birkalikda, ularning istiqbollarini ham belgilab beradi. Hekel tili bilan aytganda, sabab-mohiyatning harakatdagi mavjudlik holatidir. Sabab falsafiy kategoriya sifatida quyidagi xususiyatlarga ega:
1) uning obyektiv harakteri narsa va hodisalarning ichki, tarkibiy elementlari munosabatlariga xos bo’lib, mohiyatning real mavjudlik holatini ifodalaydi;
2) sababning konkretligi narsa-hodisalarning xususiyatlaridan kelib chiqadi, hamda uning individualligini ta’minlaydi;
3) sabab umumiy harakterga ega bo’lib, hech qanday narsa va hodisaning rivojlanishi sababsiz sodir bo’lmaydi;
4) sabab zaruriy bo’lib, muqarrar ravishda, muayyan oqibatlarni keltirib chiqaradi;
5) sababning uzluksizligi, bir tomondan, turli sabablarning izchil bog’lanishlarini, munosabatlarini, ikkinchi tomondan, har bir sababning oqibat tarzida oldingi sabab bilan bog’liqligini harakterlaydi.
Zaruriyat va tasodif. Obyektiv olamni bilishda zaruriyat va tasodif kategoriyasi muhim falsafiy-metodologik ahamiyatga ega. Zaruriyat – narsa va xodisalarning vujudga kelishi, shakllanishi va rivojlanishini ta’minlaydigan shart-sharoitlar, munosabatlar majmuasidir. Tasodif esa – zaruriyatning namoyon bo’lish shaklidir.
Zaruriyat va tasodif kategoriyasi olamni falsafiy bilishning mushtaraqligini va samaradorligini ta’minlaydi.
Shu nuqtai nazardan, zaruriyatni turkumlashtirganda, uning makon va zamondagi strukturaviy tuzilishini tashkil qilgan elementlarini sistemali-strukturali tahlil qilish lozim. Shuningdek, zaruriyatni sabab-oqibat munosabatlari tarzida tushunish lozim. Zaruriyat narsa va hodisalarning muqarrar rivojlanish qonuniyatdan kelib chiqadi hamda obyektiv sabablar tizimiga asoslanadi. Masalan, O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin, bozor iqtisodiyoti munosabatlariga o’tishi tarixiy obe’ktiv zaruriyatdir, uning «o’zbek modeli» asosida amalga oshirilishi zaruriyatning konkret namoyon bo’lishidir. Bunda tasodif «subyektivlashtirilgan» jarayon sifatida ko’zga tashlansa ham, obyektiv hodisadir. Chunki, O’zbekistonning tarixiy, ijtimoiy-iqtisodiy, siyosiy va ma’naviy rivojlanishining milliy xususiyatlari, bozor munosabatlariga o’tishning harakterini belgilab beradi.
Zaruriyatlar tabiiy-tarixiy rivojlanishning obyektiv qonuniyatlaridan kelib chiqib, doimiy o’zgarib turadi. Zaruriyatlarning tasodiflar tarzida namoyon bo’lishi, o’z navbatida, boshqa hodisalar uchun zaruriyat maqkomiga ega bo’ladi. Bundan ko’rinib turibdiki, zaruriyat va tasodif o’rtasidagi bog’lanishlar sabab-oqibat munosabatlari harakteriga mos keladi.
Zaruriyat va tasodif, kategoriyasiga boshqa kategoriyalar kabi, uni aniqlash va baholashga muayyan subyekt ehtiyojlari, manfaatlari nuqtai nazaridan yondashiladigan bo’lsa, muqobil qarashlar vujudga keladi. Masalan, sobiq Ittifoqning parchalanib, mustaqil davlatlarning vujudga kelishi, ayrim nazariyotchilar tomonidan tasodifiy hodisa deb baholanib, uning zaruriy, obyektiv qonuniy harakteri inkor etilmoqda. Vaholanki, jamiyat taraqqiyotida hech qanday imperiyaning abadiy bo’lmasligini tarixiy tajribalar doimiy isbotlab kelgan. Demak, bunda biz zaruriyatni ko’rib turibmiz.
Zaruriyat va tasodifning aloqadorligi, bog’lanishi shundagi, ular bir-birisiz mavjud bo’la olmaydi, ya’ni zaruriyatning muqarrarligi tasodifga ham xosdir. Shuning uchun falsafiy adabiyotlarda tasodiflarning muqarrarligi, tarixiyligi, sababiyligini, qonuniyligini inkor qiluvchi qarashlar gayriilmiydir.
Imkoniyat va voqelik – falsafaning muhim kategoriyalaridir. Imkoniyat narsa va hodisalarning makon va zamondagi rivojlanish tendensiyasini ta’minlaydigan, muayyan qonuniyatlarga asoslanadi. Voqelik esa, shu qonuniyatlarga asoslangan rivojlanishning namoyon bo’lishidir. Imkoniyat va voqelik kategoriyasini ham, bilishning umumiy mantiqiy tamoyillariga ko’ra, boshqa kategoriyalar bilan bog’liqlikda tahlil qilish muhim ahamiyatga ega. Imkoniyat narsa va hodisalar rivojlanish jarayonining ichki birligini ifodalaydi va ularning rivojlanish shart-sharoitlarini, sabablarini, zaruriy qonuniyatlarini, mohiyatini o’zida mujassamlashtirgan.
Imkoniyatning voqelikka aylanishi qonuniy xodisadir. Uning real, formal, mavhum imkoniyat deb ataladigan shakllari bor. O’zbekiston mustaqillikka erishgandan keyin demokratik huquqiy jamiyat qurishi uchun real imkoniyatlar vujudga keldi. Bunday imkoniyatlar I.A. Karimovning «O’zbekiston XXI asr busagasida: havfsizlikka tahdid, barqarorlik shartlari va taraqqiyot kafolatlari» asarida ko’rsatib berildi.
Imkoniyat kategoriyasini, uning shart-sharoiti bilan aralashtirmaslik kerak. Shart-sharoitlar oqibat, tasodif, hodisa sifatidagina imkoniyatga ta’sir qiladigan omillar majmuasidan iborat. Mavjud voqelik tarixiy kenezisiga ko’ra, o’zida boshqa voqelikning imkoniyatlarini mujasamlashtirgan bo’ladi. Masalan, bozor iqtisodiyotining hozirgi bosqichi real voqelik sifatida, uning keyingi rivojlanish imkoniyatlarini namoyon qiladi.

Download 1,15 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   32




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish