O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi sharof rashidov nomidagi samarqand davlat universiteti



Download 127,91 Kb.
bet3/14
Sana13.07.2022
Hajmi127,91 Kb.
#790770
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
Moxira diss.SO\'NGGI (2)








MUNDARIJA

KIRISH……………………………………………………………………………7

I BOB. ERKIN VOHIDOVNING ILMIY- IJODIY FAOLIYATIGA UMUMIY NAZAR…………………………………………………………………………12


1.1. Adabiy-estetik qarashlar tarixi va tarqqiyotida ijodkorning o‘rni………….12
1.2.“Shoiru she’ru shuur” asarining adabiyotshunoslikdagi o‘rganilishi……….25
Bob bo‘yicha xulosa…………………………………………………………….29

II BOB. SHE’R , SHE’RIYAT HAMDA SHOIRLIK MASALALARI TAHLILI VA TALQINI……………………………………………………………………31


2.1. She’r va she’riyat haqida fikrlar…………………………………………. 31
2.2. Shoirlik mushohadasi……………………………………………………..43
Bob bo‘yicha xulosa……………………………………………………………..55
III BOB. IJODKORNING ADABIYOT VA ADABIYOTSHUNOSLIK MUAMMOLARI HAQIDAGI FIKRLARI ……………………………………..57
3.1. Adabiyot haqidagi mulohazalar…………………………………………...57
3.2. Adabiyotshunoslik masalalari talqini……………………………………..63
Bob bo‘yicha xulosa………………………………………………………………71

XULOSA………………………………………………………………………….72

FOYDALANILGAN ADABIYOTLAR RO‘YXATI……………………………74


KIRISH
Mavzuning dolzarbligi. Adabiyot bor ekan, adabiy tanqid u bilan hamisha yonma-yon, Bir-birisiz adabiyot mukammallikka erishmog‘i mumkin emas. Adabiy- tanqidiy fikrlar taraqqiyoti rivoji uzoq tarixiy davrlarga borib taqaladi. Har qanday ijodkor, har qanday davrda ham o‘zigacha bo‘lgan ijodkorlar va o‘zi zamondosh bo‘lgan ijod ahli yaratgan durdona asarlarga murojaat etIB kelmoqdaki, bu jarayon bugungi kunda ham davom etmoqda. Ulardan oziqlanib, tushunchalar, qarashlar, mulohaza va bilimlarini boyitib, uzviylikda yashashda davom etadi. Bu haqida u yoki bu darajadagi o‘z qarashlarini, mulohazalarini ifodalashga urinadi. Bu esa adabiy-tanqidiy fikrlar taraqqiyotini belgilaydi. Shu jihatdan O‘zbekiston xalq shoiri, O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov ham badiiy adabiyotning taraqqiyoti, ijod va ijodiy jarayon, she’r, she’riyat, shoirlik, adabiyot, adabiyotshunoslik muammolari haqida o‘zining qarashlarini, adabiy-estetik mulohazalarini bayon etgan.


Insonning olamga va o‘z-o‘ziga bo‘lgan munosabati uning ichki “men”idan kelib chiqib paydo bo‘ladi. Bu munosabat insonning axloqi, xarakteri, xulq-atvori, yaqinlariga bo‘lgan munosabati, iymon-etiqodiga, yaxshilik va yomonlik nuqtai nazaridan baho berishida ko‘rinadi.
Zamon qaltis va murakkab. Vatanning ongli fuqorosi bo‘lgan, yurt kelajagi uchun o‘zini mas’ul hisoblagan har bir insonda davr talabidan kelib chiqib fidoyilik qilish talab etiladi.Vatanimiz taraqqiyoti yo‘lida amalga oshirilayotgan ulug‘vor ishlar ko‘lamini, mazmun-mohiyatini idrok etishga urunsak, shunday to‘xtamga kelish mumkin: buyuklik, ulug‘vorlik, xalq nufuzining kattaligi bilan, yoki harbiy salohiyatimizning balandligi, boylik, jahon bozorida tutgan mavqeyimiz bilangina o‘lchanmaydi. Millatning qadr-qimmati, barkamolligi yetuk ma’naviyatli bo‘lishimizga ham bog‘liq albatta. “Birinchi Prezidentimiz Islom Karimov bir kitobining nomini “Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuch” deb nomlab, yuksak ma’naviyatli bo‘lish haqidagi mulohazalarini bayon etganlar. Yuksak ma’naviyatli avlodi bo‘lgan xalq hamisha peshqadamdir. Yuksak ma’naviyat – yengilmas kuchdir. Chunki ma’naviyat bor joyda hamma soha gurkirab rivojlanadi, yuksaladi. O‘zligini chuqur anglab yetgan jamiyatning turmush tarzida ma’naviyat markaziy o‘rinda bo‘lishi shubhasizdir. Chunki yaqin va uzoq tariximiz ham buni isbotlab turibdi.
Muhtaram Prezidentimiz Shavkat Miromonovich Mirziyoyev ma’naviyat haqida shunday deydi: “Jamiyat hayotining tanasi iqtisodiyot bo‘lsa, uning joni va ruhi ma’naviyatdir”,1 degan qarashlarining zamirida hayotiy haqiqat mujassamlashgan.
Chindan ham biz hayotimizni ma’naviyatsiz tasavvur eta olmaymiz, chunki insoniyat bor ekan ma’naviyat u bilan hamisha yonma- yondir. Agarda bizning ongimiz ma’naviyatdan yiroqlashsa u qashshoqlashib boradi va ongsizlikka duchor bo‘lamiz. Jamiyat hayotini iqtisodiyotsiz, uning rivojisiz yuksaltirish ham muhim, ammo iqtisodiyot yuksalsa, u bilan bog‘liq muammolar bo‘lmasa, hammasi joyida bo‘ladi deb bo‘lmaydi, u bilan birga ma’naviyat ham yuksalsa keyin yuksalish darajamiz baland bo‘ladi. Taniqli shoirimiz Erkin Vohidovning ma’naviyat haqidagi fikrlariga ham e’tiborimizni qaratsak: “Ma’naviyatsiz jamiyat chumolilar, asalarilar, to‘da-to‘da bo‘lib yashaydigan jonivorlar galasidek tirikchilik dardidan balandga ko‘tarila olmaydi”2.
Bugungi kunda globallashuv jarayonida ma’naviy qadriyatlarning hayotiy zaruriyati oshib bormoqda. Shuning uchun ham adabiy-estetik tafakkur taraqqiyoti davr badiiyatining turli mezonlari asosida tahlil etiladi. Atoqli shoirimiz Erkin Vohidovning adabiy-tanqidiy qarashlarini o‘rganish jarayonida ma’lum bir davr adabiyoti haqidagi tushunchalarimizni kengaytirish bilan bir qatorida, ijod va ijodiy jarayonning o‘ziga xosliklari, nozik jihatlari haqidagi tushunchalarga ham e’tibor qaratiladi. Haqiqiy shoir qanday bo‘lmog‘i, haqiqiy go‘zal she’r qanday yozilmog‘i lozimligi, ilhom haqida, adabiyot va adabiyotshunoslik muammolari yuzasidan, iste’dod haqida, uning qanday namoyon bo‘lishi, uning sifatlariga alohida urg‘u beriladiki, bu esa ijodkorning o‘ziga xos tafakkurini mahsuli sifatida namoyon bo‘lishi, tabiiydir. Erkin Vohidov iste’dodli va yaxshi shoirgina bo‘lib qolmay, balki badiiyatni ham chuqur anglagan shaxs sifatida, nigohi o‘tkir adabiy-tanqidchi ekanligidan dalolat beradi. Uning “Shoiru she’ru shuur” asari, mukammal asarlar to‘plamining oltinchi jildi “Erk saodati” kitobida yuqorida qayd qilingan tushunchalarini asoslovchi fikr mavjudligini kuzatish mumkin. Bu asarlar tarkibidagi bunday qarashlarni tahlil qilish va munosabat bildirish mavzuning dolzarbligini belgilaydi.

Download 127,91 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish