O'zbekiston respublikasi oliy va o'rta maxsus ta'lim vazirligi sh. Shodmonov, T. Jo'Rayev


-§. Narxning mazmuni va uning vazifalari



Download 1,2 Mb.
Pdf ko'rish
bet68/202
Sana09.03.2022
Hajmi1,2 Mb.
#487037
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202
3-§. Narxning mazmuni va uning vazifalari
Tovarlar qiymati va ularning nafliligi o'zlarining namoyon bo'lishini narxda topadi. Amaliy 
hayotda qiymat tovar ishlab chiqaruvchilarni, naflilik esa iste'molchilarni rag'batlantiruvchi, ularni 
harakatga keltiruvchi kuch sifatida amal qiladi. 
Tovarning bir-biriga qarama-qarshi bo'lgan, lekin doim bir-birini taqozo etadigan, birisiz 
ikkinchisi bo'lmaydigan ikki xususiyatga, ya'ni ma'lum bir naflilikka (iste'mol qiymatiga) va 
qiymatga ega ekanligi, tovar yoki xizmat shu ikki xususiyat birligidan iborat ekanligi o'quvchiga 
oldingi mavzulardan ma'lumdir. 
U yerda biz tovarning qiymati har qanday sarflarni emas, balki mavjud sharoitda shu tovarni 
ijtimoiy zaruriy miqdorda va sifatda ishlab chiqarish uchun zarur bo'lgan ijtimoiy zaruriy sarflarni 
ifoda etishini aytib o'tgan edi. Baholar mazmunini aniqlashda tovardagi mana shu ikki xil 
xususiyatning birligini, bunda iste'mol qiymat (naflilik) qiymatni o'zida olib yuruvchi moddiy asos 
ekanligini to'g'ri hisobga olmaslik natijasida narx mazmuni turli olimlar oqimlar tomonidan turlicha 
aniqlanmoqda va unga turlicha ta'rif berilmoqda. 
Buning ustiga narxning darajasiga (uning baland yoki past bo'lishiga), uning o'zgarishiga 
turli xil omillar ta'sir qiladiki, bu ham masalani to'g'ri tushunishni bir oz chigallashtiradi. 
Masalan, klassik siyosiy iqtisod maktabi vakillari g'oyalarida hamda siyosiy iqtisod 


darsliklarida narxning asosini qiymat tashkil qiladi deyilgan bo'lsa, marjinalizm yo'nalishidagi va 
hozirgi davrdagi P. Samuelson, Makkonell va S. Bryularning «Ekonomiks» darsliklarida tovar 
narxining asosini uning nafliligi tashkil qiladi deyiladi. Bunda keyingi qo'shilgan tovar nafligiga 
alohida e'tibor beriladi. 
Uchinchi guruh olimlar esa narx talab va taklif asosida tashkil topadi deyishadi. Ularning 
har biri o'zlaricha turli isbotlar topib, o'z g'oyalarini isbotlashga harakat qiladilar. 
Alohida tovarlarga qilingan mehnat sarflari turlicha bo'lib, ulardan ayrimlari doimiy mehnat 
sarfi sifatida to'la tan olinsa, boshqasi qisman tan olinadi, uchinchisi esa umuman tan olinmasligi 
mumkin. Bundan ko'rinib turibdiki, bozordagi mavjud narxlarga mehnat sarflari yoki qiymatning 
aynan o'zi deb qarash noto'g'ridir. Chunki unga mehnat sarfidan boshqa omillar ham ta'sir qilib, 
natijada narx qiymatdan past yoki yuqori bo'lishi mumkin. 
Jumladan, o'zgarib turuvchi talab va taklif ta'siri ostida biror tovarning bozor narxi tebranib, 
uning qiymatidan u yoki bu tomonga farqlanishi mumkin. Raqobat ham qiymat narx nisbatiga xuddi 
talab va taklif kabi ta'sir ko'rsatadi. Bu yerda shuni ta'kidlash lozimki, xaridor u yoki bu tovarni 
sotib olishda, nafaqat uning qancha turishini, balki mazkur tovarning iste'mol xususiyatlari o'zining 
ehtiyoji va didiga qanchalik mos kelishini, ya'ni uning nafliligini ham hisobga oladi. 
Tovarning xarid qilinishi uning alohida olingan bir kishi uchun emas, balki jamiyat uchun 
nafliligini va shu bilan birga ijtimoiy qiymatini ham tan olishni bildiradi. Shu sababli, «ijtimoiy 
iste'mol qiymat» tushunchasining o'zi biror tovar (xizmat) ning jamiyat uchun nafliligi, qadr-
qiymatga egaligini ko'rsatadi. Shu mulohazalardan kelib chiqib aytish mumkinki, narx 

Download 1,2 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   64   65   66   67   68   69   70   71   ...   202




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish