O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti sport faoliyati va boshqaruv fakul’teti sport boshqaruvi kafedrasi jismoniy tarbiyа gigienasi va sportning tibbiy fiziologik asoslari



Download 2,34 Mb.
bet47/118
Sana19.02.2022
Hajmi2,34 Mb.
#457526
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118
Bog'liq
МАЖМУА ГИГИЕНА 4-КУРС 2021-2022

Mushakning foydali ish koeffitsienti (FIK). Mushak ish bajaraѐtganda, unda metabolizm jaraѐnida to‘plangan kimѐviy energiya ajraladi: bu energiya mexanik ishga aylanadi, qisman issiqlik ko‘rinishida yo‘qotiladi.
Veloergometrda mashq bajaraѐtgan sportchida kimѐviy energiyani mexanik ishga aylanishining FIK ni S.Diskinson (1929) o‘lchagan. G‘ildirakning ustidan matodan qilingan tasma o‘tkazilgan bo‘lib, u tormoz sifatida ta’sir qiladi. Ushbu tasmaning bir uchiga yuk osilgan, ikkinchi uchi esa prujinali toroziga biriktirilgan. Agar yukning massasi – m bo‘lsa, unda u tasmani mg kuch bilan tortadi. Tasmaning boshqa uchiga kamroq bo‘lgan F kuch ta’sir qiladi va u, prujinali torozi bilan o‘lchanadi. Shunday qilib, g‘ildirakning gardishiga bosaѐtgan tormozning ishqalanish kuchi mgF ga teng. Agar, g‘ildirak r radiusga ega bo‘lib, ma’lum vaqt birligida n aylanishni sodir qilsa, uning gardishini tezligi 2rn ni tashkil etadi. Ishqalanish kuchini yenggan holda g‘ildirakni bunday tezlik bilan aylantirish uchun zarur bo‘lgan kuchlanish ga teng va uni hisoblab topish mumkin. Baѐn qilingan ish mazmunsiz ko‘ringani bilan, ushbu kuchlanish ―foydali ish‖ o‘lchami bo‘lib xizmat qilishi mumkin, ushbu tushuncha FIK ta’rifiga qanday mazmunda kirishiga bog‘liq ravishda, albatta.
Veloergometr ѐrdamida oѐqlar mushaklarining FIK ni hamda ular rivojlantirishi mumkin bo‘lgan maksimal kuchlanishni o‘lchash mumkin.
Oѐq mushaklarining quvvati 1 kg mushak tolasiga 40 Vt gacha yetishini D.A.Perry (1949) ko‘rsatgan. Bunday darajada u, faqat qisqa muddat qolishi mumkin, chunki mushaklar bunga yarasha tezlikda kislorod bilan ta’minlanmaydi. Vaqt birligida kimѐviy energiyaning sarflanishini bilvosita yo‘l bilan, ya’ni tekshiriluvchi nafasi bilan chiqaraѐtgan havoni yig‘ish va uni tadqiq qilish orqali o‘lchash mumkin. Nafas olish jaraѐnida ishlatilgan har bir ml O2 ga, 5 kal atrofida kimѐviy energiya ajraladi. Ushbu kattalikni yanada aniqroq o‘lchash mumkin (agarda ovqatdagi ѐg‘lar vauglevodlarning nisbiy miqdori ma’lum bo‘lsa). Kimѐviy energiyaning ajralish tezligini esa aniq hisoblash mumkin, agarda nafas bilan chiqaѐtgan havoda nafaqat kislorodning, balki is gazining (uglekislotani) miqdori ham o‘lchansa. Tinch holatda va veloergometrda ishlash vaqtida kimѐviy energiyaning ishlatilishini S.Diskinson o‘lchagan. Ushbu kattaliklar orasidagi farq, har bir holatda, g‘ildirakni aylantirish uchun zarur bo‘lgan mexanik quvvatni yaratishga ma’lum vaqt birligida qancha miqdorda kimѐviy energiya sarflanganligini ko‘rsatgan. S.Diskinson shuni aniqlaganki, FIK pedallarni aylantirish tezligiga bog‘liq ravishda o‘zgarib turadi va pedallar har 0,9 s da bosilganda (ya’ni, pedallar 1,8 s da bir marta aylanganda) – maksimal kattalikka – 22 %ga erishadi. Jismoniy ish qobiliyati. Mushak, qisqarishi va kuchlanishi oqibatida mexanik ish bajaradi, ushbu ish oddiy holatda (variantda) quyidagi formula A = PH bilan aniqlanishi mumkin, bunda A – mexanik ish (kgm), R – yukning og‘irligi (kg), N – yukni ko‘tarish balandligi (m). Shunday qilib, mushak ishi barcha ko‘tarilgan yukning og‘irligini mushakning kaltalanishi kattaligiga ko‘paytirish orqali o‘lchanadi. Formuladan o‘rtacha yuklamalar qoidasini chiqarish mumkin, bunga ko‘ra, maksimal ish o‘rtacha yuklamalar paytida bajarilishi mumkin. Darhaqiqat, agar R=O bo‘lsa, ya’ni mushak yuklamasiz qisqarsa, unda A ham nolga (A=O) teng bo‘ladi. Agar, N=O bo‘lsa, buni mushak o‘ta og‘ir yukni ko‘tara olmaganda kuzatish mumkin, unda ish ham nolga teng bo‘ladi.
Odamning harakatlari juda xilma xildir. Ushbu harakatlar jaraѐnida, mushaklar qisqarishi oqibatida ish bajaradi va bu ish, mushaklarning kaltalanishi va izometrik kuchlanishi bilan birgalikda o‘tadi. Ushbu aloqadorlikda mushaklarning dinamik va statik ishi farqlanadi. Dinamik ish mushak ishining shunday jaraѐni bilan bog‘liqki, unda mushakning qisqarishi doimo uni kaltalanishi bilan birga o‘tadi. Statik ish – mushaklar kaltalashmagan holda, ularning kuchlanishi bilan bog‘liq. Odatdagi sharoitlarda, odamning mushaklari hech qachon dinamik ѐki statik ishni qat’iy izolyatsiyalangan holda bajarmaydi. Mushaklarning ishi doimo aralash hisoblanadi. Shunga qaramasdan, lokomotsiyalarda mushak ishining ѐ dinamik ѐki statik xarakteri ustun kelishi mumkin. Shuning uchun, mushaklar ishini umuman tavsiflaganda, uning statik ѐki dinamik xarakteri to‘g‘risida gap yuritiladi. Yugurish, suzish, o‘yinlar dinamik ish hisoblanadi, shtanga, toshlar va gantellarni ko‘tarib ushlab turish esa – statik ish hisoblanadi. Qisqaraѐtgan mushak bajaraѐtgan mexanik ishning kattaligi – mushak ko‘taraѐtgan yukning og‘irligini uni ko‘tarish balandligiga ko‘paytirish sifatida – kilogrammometr (kg/m) da ifodalanadi. Mushak ko‘rsatadigan kuch, uning tarkibidagi mushak tolalarining soniga bog‘liq. Mushak qorinchasining uzunligi yukni ko‘tarish balandligini belgilaydi: o‘rtacha, mushaklar to‘liq qisqargan paytda, taxminan o‘z uzunligining yarmiga kaltalashadi (payning uzunligi o‘zgarmaydi, albatta, u, faqatgina harakatni ma’lum bir punktga uzatadi). Ko‘ndalang kesimi 1 sm2 bo‘lgan mushak ushlab turishi mumkin bo‘lgan eng katta yuk o‘rtacha 10 kg ga teng ekanligi topilgan bo‘lib, bu, absolyut mushak kuchi sifatida nomlanadi. Buni bila turib, u ѐki bu mushakning kuchini aniqlash qiyin emas.
Masalan, aytaylik, biron bir mushakning ko‘ndalang kesimi 5 sm2 bo‘lsin. Shundan kelib chiqqan holda, u, 10 · 5 = 50 kg kuch bilan qisqaradi. Agar, qisqarish paytida uning uzunligini kamayishi 5 sm (0,05 m) ga yetsa, unda ushbu mushakning mexanik ishi kattaligi 50 · 0,05 = 2,5 kg/m ga teng bo‘ladi. Bu shuni ko‘rsatadiki, mushak 2,5 kg yukni 1 m balandlikka ko‘tarish bilan baravar bo‘lgan ishni bajarish qobiliyatiga ega. Albatta, bunday yo‘l bilan hisoblab topilgan kattalik ko‘proq ѐki kamroq darajada haqiqatga yaqin keladi, chunki hamma odamlarda ham va bitta sub’ektning hamma mushaklarida ham mushak kuchi bir xil emas.

Download 2,34 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   43   44   45   46   47   48   49   50   ...   118




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish