O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi termiz davlat universiteti amaliy matematika kafedrasi


-MA’RUZA.MAVZU: KOMPYUTERNING ASOSIY VA ATROF QURILMALARI VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI



Download 14,76 Mb.
bet13/94
Sana29.06.2021
Hajmi14,76 Mb.
#104704
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94
Bog'liq
Kompyuter ta'minoti O'QUV USLUBIY MAJMUA 2018-2019

4-MA’RUZA.MAVZU: KOMPYUTERNING ASOSIY VA ATROF QURILMALARI VA ULARNING XARAKTERISTIKALARI.


MA’RUZA MASHG’ULOTI REJASI:

4.1. IBM PC turidagi shaxsiy kompyuterlari. Shk qurilmalari va vazifalari.

4.2. Kiritish qurilmalari. Klaviatura, sichqоncha, skaner.

4.3. Chiqarish qurilmalari. Printer, mоnitоr, оvоz karnayi.

4.4. Mоdem.

Tayanch so’z va iboralar: IBM PC so’zi bu nimani anglatadi, IBM PC turidagi shaxsiy kompyuterlari

4.1. IBM PC turidagi shaxsiy kompyuterlari. Shk qurilmalari va vazifalari.

Bu degani AQShdagi eng yirik kompyuter ishlab chiqaradigan firmaning nоmi. Uning ma‘nоsi IBM PC shaxsiy kompyuterlari qo‘yidagi asоsiy qurilmalardan tashqil tоpgan.

1. Sistemali blоk

2. Mоnitоr (displey)

3. Klaviatura (tugmalar majmuasi)

Sistemali blоk-eng asоsiy qurilma bo‘lib, unda Mikrоprоsessоr, оperativ xоtira, qattiq disk, (yoki vinchestr) kоntrоller, disketalar bilan ishlash uchun qurilma va x.k lar jоylashgan.

Mоnitоrlar–matnli va grafikli ko‘rinishdagi axbоrоtlarni ekranga chiqarish qurilmasidir.

Klaviatura-IBM PC klaviaturasi fоydalanuvchi tоmоnidan ma‘lumоtlarni kompyuterga kiritishga mo‘ljallangan qurilmadir. Klaviatura 2 xil bo‘ladi: kichik (standart) 83 ta tugmalik, katta (nоstandart) 101 tugmalik klaviaturalar. Katta klaviaturada ishlash juda qulay, cho‘nqi uning tugmalari ko‘p.

IBM PC shaxsiy kompyuterning qo‘shimcha qurilmalari. Kompyuter imkоniyatini оshirish maqsadida unga turli qo‘shimcha qurilmalar ulanishi mumkin.

Bo‘lar quyidagilar: Printer malumоtlarni qоgоzga chiqaruvchi qurilma. Printerlarni quyidagi turlari mavjud: ignali, siyoxli va lazerli. Barcha printerlar matnli ma‘lumоtlarni, ko‘pchilligi esa rasm va grafikli ma‘lumоtlarni qоgоzga chiqaradi. Rangli tasvirlarni chiqaruvchi maxsus printerlar ham bоr.

Sichqоncha (mоnupulyatоr)-kompyuter bilan fоydalanuvchi mulоqatini yengillashtiruvchi qurilma. U stоl ustida maxsus gilamchada xaraqatlanadi. Birоr dasturni bajarish uchun sichqоncha mоs tugmachasi bоsiladi. Ba‘zi amaliy dasturlar faqat sichqоncha bilan bajariladi.

Skaner-kompyuterga matnli yoki grafikli ma‘lumоtlarni kirituvchi qurilma. Skanerlar belgilarni ham aniqlaydi. Shuning uchun qo‘lyozmalarni ham kompyuterga kiritish mumkin.

Skanerlar 2 xil bo‘ladi: avtоmatik va avtоmatik bo‘lmagan. Birinchisi ma‘lumоtlarni varaqlab o‘qiydi, ikkinchisi satrlab o‘qiydi.

Plоtter-turli tasvir va grafiklarni bоsmaga chiqaruvchi qurilma.

Tarmоq qurilmasi-kompyuterni mahalliy tarmоqqa ulashga imkоn beradi. Bunda fоydalanuvchi tarmоqdagi bоshqa kompyuterlar bilan alоqa qilish imkоniyati bo‘ladi.

Mоdem-telefоn tarmоgi оrqali bоshqa kompyuterlar bilan ma‘lumоt almashishni ta‘minlaydi. Ular ma‘lumоt o‘zatish tezligi bilan farqlanadi.

Kоmpakt–maxsus lazer disklarni bo‘lar CD- ROM kоmpakt disklarini o‘qish imkоnini beradi. Bu kоmpakt disklar 600 Mbayt xajmdagi axbоrоtni o‘zida saqlaydi.

Disketalar – ma‘lumоtlarni bir kompyuterdan bоshqasiga o‘tkazish va ma‘lumоtlarni saqlash uchun ishlatiladi. Asоsan 5,25 va 3,5 diyumli disketalardan fоydalaniladi.

Shaxsiy kompyuter – hammaning imkoni va foydalanish qulayligi bo‘yicha umumiy talablarni qanoatlantiruvchi stol ustiga o‘rnatiladigan yoki qo‘lda olib yuriladigan EHM.


  • ShK afzalliklari jumlasiga quyidagilar kiradi:

  • yakka xaridor imkoni doirasidagi mo‘tadil narxi;

  • atrof-muhit sharoitlariga nisbatan maxsus talablar qo‘yilmagan tarzda muxtor ishlashi;

  • arxitekturaning fan, ta’limot, boshqaruv va maishiy turmush sohalarida turlicha qo‘llanilishga moslasha oladigan o‘zgaruvchanligi;

  • foydalanuvchining maxsus professional tayyorgarliksiz ishlay olishini ta’minlovchi qulay operatsion tizim va shu kabi dasturiy ta’minotlarning mavjudligi;

  • ishining o‘ta ishonchliligi (5 ming soatdan ortiq ishlashi).

Kompyuterlarning tuzilishi.

Kompyuter konfiguratsiyasi deb uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar ro‘yxatiga va bu qurilmalarning asosiy parametrlariga aytiladi.



Kompyuterning qurilmalari 2 guruhga bo‘linadi: asosiy va qo‘shimcha. Asosiy qurilmalar kompyuterning ishlashi uchun hizmat qiluvchi minimal to‘plamidir. Qo‘shimcha qurilmalar esa foydalanuvchining talabini to‘laqonli qondirish uchun hizmat qiladi.

Zamonaviy kompyuterlar quyidagi asosiy bloklardan tashkil topadi.

1. Protsessor (tizim) bloki;

2. Monitor;

3. Klaviatura va sichqoncha.


Protsessor bloki tarkibiga kamida quyidagi qurilmalar kiradi.

1. Korpus va elektr ta’minoti bloki;

2. Asosiy plata;

3. Mikroprotsessor va uni sovutuvchi kuler;

4. Tezkor xotira;

5. Vinchester turidagi tashqi xotira.

Ulardan tashqari, protsessor bloki ichida optik disklar: CD va DVD larni o‘qiydigan va ularga ma’lumot yozadigan qurilmalar, videoprotsessor platasi, internetga ulanish uchun turli rusumdagi modemlar, FM radio, oddiy yoki sun’iy yo‘ldosh televideniesini qabul qiluvchi qurilmalar va boshqa shunga o‘xshash jihozlar joylanishi mumkin.

Kompyuterga ulanadigan boshqa qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, joystik, ovoz kuchaytirgich, mikrofon, printer, skaner, foto va video kamera, mobil telefon, flesh xotira, tashqi vinchester, mahalliy kompyuter tarmog‘i, internetga ulanish kabeli va boshqa shunga o‘xshash qurilmalar protsessor blokiga uning old va orqa tomoniga chiqarilgan ulanish nuqtalariga ulanadi.

Kompyuterga ulanadigan, to‘g‘rirog‘i, uning tarkibiga kiruvchi qurilmalar joylashiga ko‘ra to‘rt toifaga bo‘linadi: joylangan, ichki, tashqi va qo‘shimcha. Joylangan qurilmalar asosiy plata tarkibiga kiradi. Ichki qurilmalar turli shinalar orqali asosiy plataga ulanadi va kompyuterning protsessor bloki ichida joylashgan bo‘ladi. Tashqi qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kiruvchi va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: klaviatura, sichqoncha, monitor, printer, flesh xotira, ovoz kuchaytirgich kabi qurilmalarga aytiladi. Qo‘shimcha qurilmalar deb kompyuterning asosiy konfiguratsiyasi tarkibiga kirmaydigan va protsessor blokidan tashqarida joylashgan qurilmalar: proektor, skaner, videokamera va boshqalarga aytiladi.

1


Korpus. Kompyuter korpuslari odatda tik va yotiq ko‘rinishda bo‘ladi. Tik korpuslar Tower (minora) deb ataladi va ularning uchta turi bor: big (katta, balandligi 19 dyuym), midi (o‘rta, 16 dyuym), mini (kichik, 13 dyuym). Ulardan birinchisi odatda serverlar va o‘ta kuchli kompyuterlar, ikkinchisi ommaviy kompyuterlar, uchinchisi arzon kompyuterlar uchun mo‘ljallangan. Yotiq korpuslarning balandligi juda past bo‘lib, ular odatda ustiga monitor qo‘yishga mo‘ljallangan.

Keyingi paytda super mini tower va monoblok deb ataluvchi korpuslar ommaviylashib bormoqda. Ularning ommaviylashuvining asosiy sababi birinchidan ular kam joy egallaydi, ikkinchidan ularning boshqalardan ajralib turuvchi dizaynidir. Super mini tower korpuslarining balandligi boshqa korpuslarning balandligidan 2-3 marta kam.



Monobloklarda esa tizim korpusidan butunlay voz kechilgan. Unda barcha qurilmalar monitor korpusiga joylanadi.



Kompyuter korpusi mustahkam bo‘lishi kerak. Unga bir necha ventilatorlar o‘rnatiladi va ular kuchli tebranishlarga sabab bo‘ladi. Bu tebranishlar vinchester turidagi disklar uchun juda xavfli. Korpus karkasi kuchli bo‘lsa, ventilatorlarning tebranishi korpusning tebranishiga olib kelmaydi.

Korpusning yana bir muhim jihati uning qanday asosiy platalarga mo‘ljallanganligidir. Korpuslarning bu jihati form faktor deb ataladi. AT deb atalgan korpuslar o‘z o‘rnini AT-X deb nom olgan korpuslarga bo‘shatib berdi.

Korpuslar ularga o‘rnatilgan elektr ta’minoti blokining quvvati bilan ham farqlanadi. AT korpuslaridagi ta’minot bloki quvvati 100 – 300 Vatt bo‘lsa, AT-X korpuslarida bu ko‘rsatkich 350 – 500 Vattga teng. Ta’minot bloklari 5 va 12 Volt kuchlanishli elektr toklarini ishlab chiqaradilar.



Ilgarilari mikroprotsessorlarga ham 5 voltli kuchlanishli elektr toki berilardi. Mikroprotsessorlarda tranzistorlar soni oshishi bilan ularda ajraladigan issiqlik miqdorini kamaytirish uchun 5 volt kuchlanish avval 3 voltgacha, so‘ng 1,1 voltgacha kamaydi.


Elektr energiyasini uzluksiz ta’minlash tizimlari.

Kompyuterlarning eng birinchi dushmani elektr energiyasini ta’minlash tizimidir. Bu tizimda elektr toki kuchlanishi ko‘pincha nominal qiymati: 220 Voltdan farq qiladi. Elektr energiyasiga talab, kunning qaysi vaqtiligiga qarab o‘zgarib turadi. Kunduzi elektr energiyasiga talab kamayadi, qechqurun esa ko‘payadi. Kunduz kunlari kuchlanish 250 Voltgacha ko‘tarilsa, kechki payt 180 voltgacha pasayib ketadi.

Bu kabi elektr kuchlanishining davriy o‘zgarishiga qarshi choralar allaqachon ishlab chiqilgan bo‘lib, har qanday elektron qurilmalarning elektr quvvati ta’minoti bloklari o‘z stabilizatorlariga egalar va ular kuchlanishning bunday o‘zgarishini muvaffaqiyatli bartaraf eta oladilar.

Lekin elektron qurilmalarga eng katta xavf ularni yoqish va o‘chirish paytida paydo bo‘ladi. E’tibor bergan bo‘lsangiz, oddiy yoritish lampochkalari ham faqat ularni yoqish paytida kuyadi yoki yonmay qoladi (ular o‘chirish paytida kuygan bo‘ladi). Bunga sabab, elektr asboblarini yoqish va o‘chirish paytida kuchlanish qisqa vaqt ichida 220 Voltga o‘zgaradi. Bu esa, katta elektr impulslarining paydo bo‘lishiga olib keladi va bu impulslarning quvvati elektr asboblari chidab beradigan quvvatlardan ancha katta bo‘ladi. Shu sababli elektron qurilmalar yoqilganda ularning elektr impulslariga sezgir qismlariga elektr toki darhol ulanmay, sekin asta ulanadi, o‘chirilganda ham shu kabi ish tutiladi.



Kompyuterning birdan o‘chib qolishi uning fayl tizimi uchun katta xavf tug‘diradi. Tashqi xotiralarga yozilgan ma’lumotlardan foydalanish uchun ular kompyuterning tezkor xotirasiga yuklanib olinadi. Kompyuter bir vaqtda o‘nlab fayllarni kompyuter xotirasiga yuklab oladi va ular bilan doimiy ravishda foydalanadi.

Boshqacha aytganda, kompyuter ishlayotganda o‘nlab fayllar ulardan ma’lumot o‘qish yoki ularga yozish uchun ochiq holda bo‘ladi va ular faqat kompyuter o‘chirilishidan oldin yopiladi. Elektr tokining birdan o‘chib qolishi bu fayllar ustida bajarilayotgan amallarning tugatilmay qolishiga va bu fayllarda xatoliklar paydo bo‘lishiga olib keladi.

Fayl tizimida vujudga kelgan muammolar ma’lumotlarning o‘chib ketishiga, dasturiy ta’minotning noto‘g‘ri ishlashiga yoki butunlay ishlamay qolishiga olib keladi. Natijada dasturiy ta’minot va ba’zan operatsion tizimni qayta o‘rnatishga to‘g‘ri keladi.




Download 14,76 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   94




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish