O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakulteti


Mavzu: Mahalliy budjetlar ijrosini ta’minlash mahalliy moliya organlari faolyatining hususyatlari



Download 0,62 Mb.
bet2/3
Sana17.07.2022
Hajmi0,62 Mb.
#814623
1   2   3
Bog'liq
Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko

Mavzu: Mahalliy budjetlar ijrosini ta’minlash mahalliy moliya organlari faolyatining hususyatlari.


Reja:
1.Mahalliy byudjetlarning ijtimoiy-iqtisodiy mohiyati va ularning byudjet tizimida tutgan o‘rni.
2.Маҳаллий бюджетлар ижросини таъминлашда маҳаллий молия органларини функция ва вазифалари
3.Ўзбекистон Республикасида маҳаллий бюджетлар ижросини таъминлаш амалиётининг таҳлили
4.Иқтисодий ислоҳатларнинг ҳозирги босқичида мahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlash masalalari.

1.Mahalliy byudjetlar tizimi butun mamlakat miqyosida keng ko‘lamli ijtimoiy tadbirlarni amalga oshiruvchi davlatning moliyaviy dastagi hisoblanadi. Mahalliy byudjetlar orqali hududlarning daromadlari tarmoqlararo, hududlararo hamda ijtimoiy qatlamlararo qayta taqsimlanadi. Mazkur taqsimotning oqilona tashkil etilishi, samarali faoliyati qat’iy byudjet intizomiga rioya etilishiga bog‘liqdir. Mahalliy byudjetlar umumdavlat miqyosidagi iqtisodiy va ijtimoiy vazifalarini amalga oshirishda, birinchi navbatda, davlat mablag‘larini taqsimlash va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirishda muhim ahamiyatga ega. Ular mahalliy hokimiyatlarning faoliyat ko‘rsatishlarida asosiy moliyaviy manba bo‘lib, davlatning ijtimoiy-iqtisodiy siyosatini joylarda amalga oshirishda asosiy rolni o‘ynaydi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab-ehtiyojlarni to‘laroq, qondirishni hamda davlatning markazlashgan tartibda amalga oshiradigan tadbirlarning bajarilishi bilan chambarchas bog‘langan holda ijro etishga imkon yaratib beradi. Respublika va mahalliy byudjetlari o‘rtasidagi munosabatlarni, bog‘liqligini yanada takomillashtirish, shubhasiz regionlarni iqtisodiy rivojlantirish, ular o‘rtasidagi iqtisodiy nomutanosiblikka mumkin qadar barham berishdan iborat. Bundan tashqari, mahalliy byudjetlarga tushumlarning yangi manbalarini qidirib topish, soliq undirishning progressiv tizimini joriy qilish va mavjud soliq tushumlari asosini takomillashtirish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirilgan bo‘lsada bu ishlarning haqiqiy holati hali to‘liq o‘rganilmagan. Shu sababli mahalliy byudjetlar moliyaviy barorligini ta’minlash, samarali shakllantirish masalalarini o‘rganish va tahlil qilish zarurdir. Mahalliy byudjetlar tarkibida byudjet dotatsiyasi va subventsiyalari ulushini kamaytirishda mamlakatimiz hududlarining iqtisodiy rivojlanish darajasi turlicha ekanligini ularning moliyaviy ta’minlanish ko‘rsatkichlarida ko‘rishimiz mumkin. Shunga muvofiq ravishda hududlar miqyosida daromadlarning soliq bazasi va xarajatlarning umumiy miqdori ham farq qiladi. Ayni chog‘da, mamlakatning o‘z byudjetini shakllantirish huquqiga ega har bir ma’muriy hududi, daromadlar bazasi hajmidan qat’iy nazar, o‘sha hududda yashovchi aholini davlat tomonidan kafolatlangan muayyan ijtimoiy-madaniy xizmatlar bilan ta’minlashi shart. Mamlakatning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishida mahalliy moliya tizimi hamda mahalliy byudjetlar barqarorligini ta’minlash va byudjet siyosatini to‘g‘ri tashkil etish nechog‘li zarurligini alohida ta’kidlab o‘tish lozim. Diyorimizda tub islohotlar yanada chuqurlashayotgan hozirgi vaqtda ijtimoiy hayotimizning barcha sohalarida bo‘lgani kabi moliya va byudjet sohasida ham chuqur o‘zgarishlarni amalga oshirish davr talabidir. Iqtisodiyotda bozor munosabatlari tobora rivojlanayotgan bir paytda davlat doimiy vazifalarini bajarishi uchun markazlashgan moliyaviy mablag‘larga ega bo‘lishi zaruriyati yanada kuchayadi. Ayniqsa, O‘zbekiston demokratik fuqarolik jamiyati qurishni va bozor iqtisodiyoti rivojlangan davlatlar qatoriga kirishni o‘z oldiga vazifa qilib qo‘ygan vaziyatda markazlashgan pul fondlarini shakllantirish beqiyos o‘rin tutadi. Mahalliy davlat boshqaruv organlari demokratik davlat tuzilishining muhim tarkibiy qismi hisoblanadi. Ular zimmalaridagi vazifalarini bajarishlari uchun muayyan mulkka va moliya-byudjet huquqiga ega bo‘lishlari shart. Mahalliy hokimiyat idoralari, hokimlar, xalq deputatlari kengashlari o‘z vakolatlari doirasida hududlarning moliya faoliyatini amalga oshiradilar. Bizning fikrimizcha, mahalliy byudjet mamlakat milliy xo‘jaligini moliyaviy jihatdan tartibga solish, byudjet daromadlarini rejalashtirish va byudjetdan moliyalashtirish jarayonlarini samarali tashkil etishda dolzarb vazifani bajaradi. Qonunchiligimizda ta’kidlanishicha, mahalliy byudjet davlat byudjetining tegishli viloyat, tuman, shahar pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etuvchi bir qismi bo‘lib, unda daromadlar manbalari va ulardan tushumlar miqdori, shuningdek, moliya yili mobaynida aniq maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar sarfi yo‘nalishlari va miqdori nazarda tutiladi. Mahalliy byudjetlar hududiy davlat boshqaruv organlari moliyaviy tizimining birlamchi tarkibiy qismi sanaladi. Shu bilan bir qatorda, ular mahalliy organlarni o‘z oldilarida turgan iqtisodiy, ijtimoiy va siyosiy funktsiyalarni amalga oshirishlari uchun moliyaviy resurslar bilan ta’minlab turadi. Hududiy boshqaruv organlari faoliyatining asosiy moliyaviy negizini mahalliy byudjetlar tashkil etadi. Zimmalaridagi vazifalar muvaffaqiyatli bajarilishi ko‘p jihatdan ularning moliyaviy mablag‘larga egaligiga bog‘liq. Hududlarning ijtimoiyiqtisodiy rivojlanishi mahalliy byudjetlar orqali moliyaviy mablag‘lar bilan ta’minlab boriladi. Demak, mahalliy byudjet daromadlari hamda xarajatlarini muvofiqlashtirish respublika va uning hududlari rivojida muhim ahamiyat kasb etadi. Mahalliy byudjet davlat byudjeti iqtisodiy kategoriyasining tarkibiy qismi sirasiga kiradi. Iqtisodiy ma’noda u hududiy boshqaruv organlari o‘z vazifa va funktsiyalarini ado etishlarini ta’minlash uchun zarur bo‘lgan davlatning markazlashtirilgan pul mablag‘lari fondidir. Huquqiy nuqtai nazardan esa, mahalliy byudjet mahalliy boshqaruv organlarining vazifa va funksiyalarini moliyaviy ta’minlashga mo‘ljallangan pul mablag‘lari jamg‘armasini tashkil etish va sarflashning qonunan belgilangan shaklidir. Byudjet huquqiy akt maqomiga ega bo‘lib, vakolatli hokimiyat organi tomonidan qabul qilinadi va qonuniy kuchga ega bo‘ladi. Fikrlarimizni umumlashtirib, mahalliy byudjetlar daromadlari va xarajatlari rejasi, uning ijrosi hamda byudjetlararo munosabatlar bugungi kunda hududlarimizda mavjud muammolarning bosh sababi desak, xato bo‘lmaydi. Umuman olganda, byudjetlararo munosabatlar mamlakatimizning respublika byudjeti, Qoraqalpog‘iston Respublikasining respublika byudjeti, viloyatlarning viloyat byudjetlari, Toshkent shahrining shahar byudjeti, tumanlar, shaharlar byudjetlari, shuningdek, davlat maqsadli jamg‘armalari byudjetlari o‘rtasidagi byudjet kodeksi bilan tegishli byudjetlarga biriktirilgan xarajatlarni amalga oshirish uchun zarur bo‘lgan tegishli byudjetlarni moliyaviy resurslar bilan ta’minlashga doir munosabatlardir. Hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotida yagona iqtisodiy hududni yaratish, yagona eng kam ijtimoiy xizmat standartlarini moliyaviy ta’minlash, fuqarolarga teng ijtimoiy himoya va ijtimoiy huquqlar kafolatlanishini, ya’ni mamlakatning barcha hududlarida iqtisodiy va ijtimoiy rivojlanish uchun qulay sharoitlar yaratilishini ta’minlash byudjetlararo munosabatlarning asosiy maqsadlaridir. Yurtimizda byudjetlararo munosabatlar doirasida davlat byudjetini shakllantirish, ko‘rib chiqish, tasdiqlash hamda ijro etish jarayonida davlat va mahalliy hokimiyat organlari o‘rtasida hokimiyat organlarining byudjet vakolatlari, huquqlari, majburiyatlari va mas’uliyatlari bo‘yicha munosabatlari tartibga solinadi. O‘zbekiston Respublikasi davlat byudjeti tarkibiga kiruvchi Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti hamda mahalliy byudjetlar daromadlar va xarajatlar bo‘yicha muvozanatlashgan (balanslashgan) bo‘lishi shart. Rejali xarajatlarning uning daromadlaridan ortishi (defitsit) faqat respublika byudjeti parametrlarida ko‘zda tutilishi mumkin. Mahalliy byudjetlarning iqtisodiy faoliyat yuritishlari o‘z daromad manbalari mavjudligi bilan xarakterlanadi. Ular o‘z hududlarida turli yo‘nalishdagi vazifalarni bajarishlari uchun yetarli miqdorda moliyaviy mablag‘ga ega bo‘lishlari zarur. Qilingan xulosalar asosida mahalliy byudjet daromadlarini oshirish, byudjet mustaqilligiga erishish va ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga yechim topish maqsadida quyidagi taklif va tavsiyalarni berish mumkin: Birinchidan, mahalliy byudjet doirasida mahalliy soliq va yig‘imlarni to‘liq shaklda va ushbu ko‘rsatkichlarni keyingi yillarda ham o‘zgarishsiz qoldirish, ya’ni yuqori byudjet belgilagan shartlar asosida o‘zaro taqsimlamaslik. Amalda yirik soliq tushumlarining tuman mahalliy byudjetidagi ulushi yuqori byudjetdan belgilanadi. Bunda mahalliy byudjetga keyingi yillardagi tushumlarni belgilash imkoni bo‘lmaydi. Chunki bu ko‘rsatkich vaqt o‘tishi bilan o‘zgarishi mumkin. Masalan, tumanda ishlab chiqarish korxonalari va ishlab chiqarish hajmi ko‘payib, ular to‘lagan soliqlar salmog‘i ham ortsa, kelasi yilda ajratma soliq bazasi kengaygani hisobiga kamaytiriladi. Bunday vaziyatda tuman iqtisodiy o‘sishga erisholmaydi. Ikkinchidan, ma’lum bir soliq to‘lovchining muayyan solig‘ini emas, balki barcha soliqlarini tuman ixtiyorida qoldirish. Amalda ishlab chiqarish korxonasi to‘lagan soliqlarning ayrimlari tuman mahalliy byudjetiga, ayrimlari yuqori byudjetga tushadi. Bu kelgusida tumanning iqtisodiy ahvolini yaxshilab, mahalliy byudjetga tushumlarni ko‘paytirishga qaratilgan chora-tadbirlarni belgilash, shuningdek, moliyaviy yechimini kutayotgan xarajatlarni moliyalashtirish uchun zamin yaratadi. Uchinchidan, soliqlar va yig‘imlar tushumini tuman, shahar va respublika o‘rtasida taqsimlaganda soliq turiga emas, soliq to‘lovchisiga qarab bo‘lish. Amalda bir korxona tomonidan to‘lanadigan soliq to‘lovi tushumi tuman, shahar (viloyat) va respublika o‘rtasida taqsimlanadi. Bu ishlar tuman soliq inspektsiyalari tomonidan amalga oshiriladi. Oqibatda barcha soliq to‘lovlari to‘liq to‘lanishini nazoratga olishda qiyinchiliklarga duch kelinmoqda. Agar umum tartibdagi yirik soliq to‘lovchilar respublika byudjetiga to‘liq qamrab olinsa, foydadan xoli bo‘lmasdi. Chunki ularning yuridik manzillari bir joyda, ishlab chiqarish korxonalari esa turli hududlarda bo‘ladi. To‘rtinchidan, xarajatlarni amalga oshirishda barcha hududlarni yoppasiga yuqori byudjetdan beriladigan maqsadli transfertlarga bog‘lamaslik. Beshinchidan, har yilgi mahalliy byudjet parametrlarini tumandagi real ehtiyojdan kelib chiqib, samarali yo‘nalishlarga tuman xalq deputatlari tomonidan tasdiqlash. Ya’ni “pastdan tepaga” tamoyili asosida ish tutish darkor. Bugungi kunda “tepadan pastga” tamoyili ustunlik qilmoqdada. Amalda mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlash asnosi yuqori byudjetdan mahalliy byudjet daromadlarini belgilashda soliqlar va yig‘imlarning umumiy ulushi va xarajatlarning sohalar kesimidagi reja ko‘rsatkichlari aniq belgilab beriladi va tasdiqlangan bu ma’lumotlar tuman xalq deputatlari kengashi tomonidan mahalliy byudjet parametrlarini tasdiqlashda shundoq ko‘chiriladi, xolos. Aslida-chi?.. Tumandagi real holatni hokim, deputatlar va mutasaddi rahbarlar yaxshi bilishadi. Shundan kelib chiqib, mahalliy byudjet parametrlarining daromad va xarajat yo‘nalishlarini ularning o‘zlari belgilashsa, yillar osha ko‘pchilikni qiynab kelayotgan muammolar barham topardi. Oltinchidan, tuman hokimlariga byudjet tashkilotlarini saqlash xarajatlaridan tashqari, kommunal xizmatlar va infratuzilmani yaxshilash uchun mablag‘ rejalashtirishga ruxsat berish. Amalda tumanda qaysidir kommunal sohada uzilishlar va talafotlar yuz bersa, ular bilan tegishli bo‘limlar shug‘ullanishga harakat qilishadi. Ammo masalaning to‘lato‘kis yechimi yuqori tashkilotga bog‘liq. Sababi – texnika kerakmi, xomashyo kerakmi, unga murojaat qilish, bersa-ku, xo‘p-xo‘p, bermasa, kutish lozim. Bu aholida haqli e’tirozlar tug‘ilishiga va tabiiy ne’matlar isrofgarchiligiga olib keladi. Shuningdek, mavjud muammolarni bartaraf etish uchun mablag‘lar yetishmasligi sababli kommunal sohada tez-tez avariyalar ro‘y berib turadi. Demak, ushbu soha bo‘limlarini to‘liq tuman hokimiga bo‘ysindirib, moliyaviy mablag‘lar boshqaruvini tuman xalq deputatlar kengashi zimmasiga yuklash ayni yo‘nalishdagi xatokamchiliklarni tuzatishda qo‘l keladi. Aminmizki, biz bergan taklif va tavsiyalar O‘zbekistonda mahalliy byudjetlarning faoliyatini yaxshilash va ularning moliyaviy barqarorligini ta’minlashga hizmat qiladi.
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashmasalalariMamlakatimizda olib borilayotgan byudjet-soliq siyosatiga ko‘ramahalliybyudjetlarning moliyaviy barqarorligini ta’minlash asos qilinib, uo‘ziningtashkiliy-huquqiy asoslari bilan ifodalanadi. Mahalliy byudjetlarningmoliyaviybarqarorligi hududlarning potensialidan kelib chiqib o‘zining daromadlari orqaliijtimoiy va iqtisodiy xarajatlarini to‘la qoplay olishi, byudjetningyuqoribyudjetlardan subvensiya, dotatsiya hamda byudjet ssudalari olmasdanbalansberishiga aytiladi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy jihatdan barqarorliginingvaqtbo‘yicha 3 xil turga bo‘lib o‘rganish mumkin: 1) joriy barqarorlik (joriy moliya yili ichida); 2) o‘rta muddatli barqarorlik (ikki yildan besh yilgacha); 3) uzoq muddatli barqarorlik ko‘rinishlarida bo‘ladi. Joriy moliya yilida byudjet balansliligini saqlab qolinganligi, kassauzulishlarning yo‘qligi, o‘zgaruvchan iqtisodiy konyuktura holatlaridato‘g‘rimoliyaviy qarorlarning qabul qilinganligi - bularning barchasi joriymoliyaviybarqarorlik xususiyati hisoblanadi. O‘rta muddatli moliyaviy barqarorlikningo‘ziga xos xususiyati shundan iboratki, hududlar o‘zini o‘zi boshqaruv 16 organlarining kreditga layoqatliligi va investitsiyalash qobiliyatlari ma’lumimkoniyatlari mavjudligidir. Byudjet holatiga ta’sir etuvchi hududningijtimoiyiqtisodiy rivojlantirish strategiyasining mavjudligi va salbiy faktorlar harakatiningqisqarishi – bu mahalliy byudjet moliyaviy barqarorligining uzoq muddatli faktorihisoblanadi. Mahalliy byudjet organlarining barqaror rivojlanayotgansharoitidapulfondlarining va risklarning mavjud holatida o‘zining moliyaviy xavfsizligini saqlabqolishi mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligini anglatadi. Shunuqtainazardan aytish mumkinki, mahalliy byudjetlarning moliyaviybarqarorligimajburiy shartlari bo‘lib, daromadlar va xarajatlarning muvozanatliligi, to‘lovgalayoqatliligi, byudjetning mustaqilligi, mahalliy boshqaruv organlari yuqoribyudjetdan yordam olmasdan moliyaviy resurslarni byudjetga safarbar qilaolishqobiliyati, shuningdek barcha moliyaviy majburiyatlarni amalgaoshirilishihisoblanadi. Hududiy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi ushbubyudjetlarningmoliyaviy holatining eng asosiy xarakteristik jihati hisoblanadi. Mamlakatimizqonunchiligida rasmiy “byudjet barqarorligi” tushunchasining mavjudemasligiunianiqlashning bir qancha metodlari va usullarini ishlab chiqishni taqazoqiladi.Moliya nazariyasi va amaliy moliya faoliyatida moliyaviy barqarorlikdoimbalanslilik, stabillik va muvozanatlilik tushunchalari bilan tenglashtiriladi. Bizningnazarimizda, mahalliy byudjetlarning moliyaviy barqarorligi tushunchasigamahalliy boshqaruv organlarininig o‘z funksiya va vazifalarini amalgaoshirishvahududdagi aholini ijtimoiy qo‘llab quvvatlash uchun muhimbo‘lganmoliyaviyresurslar bilan ta’minlash imkoniyatlarini xarakterlovchi moliyaviyholat sifatidaqaraladi. Mahalliy moliya tizimning barqarorligi mahalliy hokimiyat organlariningmunitsipal darajadagi o‘z daromadlari manbalariga va maksimal darajadabyudjetmajburiyatlari xarajatlarini to‘liq moliyalashtirishga zamin yaratadiganhajmdaularni safarbar qilish vakolatlariga ega bo‘lishi orqali ta’minlanadi. Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligi tushunchasi birinchiborakademik G.B.Polyak tomonidan taklif etilgan. Olimning fikriga ko‘ra, hududiy 17 byudjetlarning barqarorlik darajasi minimal byudjet xarajatlarini qoplashuchunzarur bo‘lgan mablag‘lar hajmi bilan belgilanadi.



Polyak tomonidan quyidagi ko‘rsatkichlar orqali byudjet barqarorligining4darajasini baholashning miqdoriy kriteriyasi taqdim etilgan: - O‘z daromadlari hajmi (DS) - soliqli va soliqsiz daromadlar bazasini; - tartibga soluvchi daromadlar hajmi (DR) – soliqli daromadlargataalluqlibo‘lib, vaqtinchalik va tabaqalashtirilgan normativlar bo‘yicha taqsimlabberiladi;- qo‘shimcha manbalar (Id), ya’ni byudjetlardagi keskin holatlarni susaytirishga qaratilgan; - byudjet qarzdorligi miqdori (Z). Mahalliy byudjetlarda moliyaviy barqarorlik darajasi ko‘rsatkichlari 3-rasmdako‘rsatilgan. Quyidagi sxema orqali biz mahalliy byudjetlarimizning turli davrlardagibarqarorligini ko‘rishimiz mumkin. Afsuski, bizda ayrimhududlarimiznobarqarorholatda ekanligini ta’kidlash joiz. Shu hududlarimizni moliyaviybarqarorliginita’minlash, ularning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish uchun mahalliybyudjetlarhuquqiy asoslarining asosiy yo‘nalishlaridan biri bo‘lib kelmoqda. Mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdan mustahkamlashvanomarkazlashtirish asosida hududlarni kompleks rivojlantirishni barqarormoliyalashtirish, byudjetlararo munosabatlarni yanada takomillashtirish, mahalliydavlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini kuchaytirish, kichikbiznesva xususiy tadbirkorlikni rivojlantirishga ko‘maklashish, yangi ishjoylari yaratishhamda aholi bandligini ta’minlash, muhandislik-kommunikatsiya, yo‘l-transportvaijtimoiy infratuzilmani jadal rivojlantirish hisobiga soliq salohiyatini kengaytirishbo‘yicha aniq maqsadga yo‘naltirilgan chora-tadbirlarni amalgaoshirishdaularning mas’uliyatini oshirishni ta’minlash maqsadida quyidagilar mahalliybyudjetlar darajasida soliq-byudjet siyosatining ustuvor vazifalari etibbelgilangan 12 : -birinchi, soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarning aniq turlarini ulargabiriktirib qo‘yish orqali mahalliy byudjetlarning daromad bazasini tubdanmustahkamlash; -ikkinchi, viloyatlar, shahar va tuman byudjetlarini subventsiyadanchiqarish,ularning yuqori turuvchi byudjetlar ajratmalariga bo‘lgan qaramligini bosqichma-bosqich qisqartirish, buning asosida hududlarni ijtimoiy-iqtisodiyrivojlantirishmasalalarini hal etishda mahalliy davlat hokimiyati organlari erkinligivamas’uliyatini oshirish; -uchinchi, mahalliy byudjetlarning daromadlarini oshirishuchuntizimliasosda qo‘shimcha rezervlarni aniqlab borish; -to‘rtinchi, deputatlik va jamoat nazoratini keng jalb qilganholda, mahalliybyudjetlarni shakllantirishning shaffofligini va uning bajarilishi ustidannazoratnita’minlash; -beshinchi, mahalliy byudjetlar daromadlar bazasini mustahkamlashhamdaxarajatlarining tasdiqlangan parametrlarini o‘z vaqtida, maqsadli moliyalashtirish,ijtimoiy soha obyektlari va infratuzilmani yanada rivojlantirish va tegishli darajadasaqlab turishni ta’minlash ustidan mahalliy davlat hokimiyati organlari, moliyavasoliq organlarining javobgarligini kuchaytirish
Mahalliy byudjetlar moliyaviy barqarorligini ta’minlashningtashkiliy-huquqiy asoslari Mamlakatimizda byudjet tizimi taraqqiyotining hozirgi bosqichi davlatningyaxlit byudjet va ijtimoiy siyosatining manfaatlari mushtarakligini ta’minlashasosidagi o‘ta mas’uliyatli vazifalarini samarali boshqarilishi talabetmoqdaki,ushbu vazifani ikki jihatini ajratib ko‘rsatish muhimdir. Birinchidandavlat ijtimoiysiyosatining joylardagi ijobiy ijrosi yoki hududiy iqtisodiyot muammolarikeskinlashuvining oldini olinishidir, ikkinchidan mahalliy byudjet huquqvamajburiyatlaring kengayib borishi sharoitida shunga mos tarzdaularimkoniyatlarini yaxshilashning zarurligidir. Ushbu har ikki jihatningo‘zarobog’liqtarzda birgalikda olib borilishi mamlakat ijtimoiy-iqtisodiy taraqqiyotinghozirgikundagi o‘ta muhim moammosini ijobiy hal etishga imkon beradi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy ehtiyojlarni to‘laroq hisobgaolishvaularni davlat markazlashtirilgan tartibda amalga oshiradigan chora-tadbirlarbilanto‘g‘ri muvofiqlashtirish imkonini beradi. Shuning uchun mahalliyhokimiyatorganlari mahalliy byudjetga daromadlar kelib turishini va resurslardanmaqsadlifoydalanishdan manfaatdorlar, chunki joylarda iqtisodiyot va madaniyatningo‘sishsur’atlari mahalliy zaxiralarni safarbar etishga, mablag‘larni rejali sarflashgadoir ishlarni tashkil etishga bevosita bog‘liq bo‘lib, bu esa, o‘z navbatida, O‘zbekistonRespublikasining davlat byudjetini muvaffaqiyatli bajarishga imkonyaratadi. Barchamizga ma’lumki, mamlakatimizda mahalliy byudjetlar huquqiy,iqtisodiy, tashkiliy va boshqa mexanizmlar bilan tartibga solinib qo‘yilganbo‘lib,ular mahalliy byudjetlarni samarali faoliyat yuritishlari uchun asos bo‘libxizmatqiladi Hududiy iqtisodiyotni rivojlantish va mahalliy byudjetlar imkoniyatlarinihamda iqtisodiy erkinlashtirish shart-sharoitida mahalliybyudjetlarnishakllanishiva ijrosini ta’minlashda mahalliy hokimiyat organlariningmoliyaviyva huquqiy rolini oshirish yo‘nalishlarining ilmiy tadqiqi hozirgi kundadolzarbahamiyat kasb etadi. Biz bilamizki byudjetlarning mustaqilligini byudjet tiziminingasosiytamoyilisifatida belgilangan bo‘lib ushbu tamoyil turli darajadagi vakolatli hokimiyatorganlarining o‘zlariga berilgan vakolatlari doirasida byudjet jaroyonini mustaqilravishda amalga oshirish huquqlarini angaltadi. Har bir darajadagi byudjetdaromadlarining o‘z manbalari shuningdek, joylardagi vakolatli hokimiyatorganlarining qonunlarida belgilangan doirada mahalliy soliqlar va yig’imlarsoliqstavkalrini o‘zgartirish huquqini qonun asosida mustahkamlabqoyilgan.Daromadlar manbalari belgilanishi va ular mahalliy byujetlarga tushishi qonunasosida mustahkamlab qo‘yilishi mahalliy hokimiyat organlariningmustaqilligivabyudjetlarni shakllantirishdan manfaatdorligini oshiradi. Mahalliy byudjetlariizning moliyaviy imkoniyatlarini oshirish, ularningfaoliyatini tartibga solishda quyidagilar tashkiliy huquqiy asos sifatidaqaralmoqda:1. O‘zbekiston Respublikasi Byudjet Kodeksi. Byudjet Kodeksi orqali mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasi, xarajatlaryo‘nalishlari, Byudjetlar orasidagi munosabatlar, byudjet sohasidagi vakolatlarhamda turli holatlr tartibga solinadi. Aynan Byudjet Kodeksiga ko‘rahududiymoliya organlari quyidagi vakolatlarga ega: – Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shaharmahalliy byudjetlari, tumanlar va shaharlar byudjetlari loyihalarinitayyorlaydi hamda ularni tegishincha Qoraqalpog‘istonRespublikasi Vazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar vashaharlarhokimliklariga ko‘rib chiqish uchun kiritadi; – soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlarni ularning manbalari kesimidato‘liqva o‘z vaqtida tushishi ustidan monitoringni amalga oshiradi; – tegishli byudjetning ijro etilishi jarayonida unga tushumlarni ko‘paytirishbo‘yicha qo‘shimcha zaxiralarni aniqlaydi; – byudjet tashkilotlariga va byudjet mablag‘lari oluvchilargaularuchunnazarda tutilgan byudjetdan ajratiladigan mablag‘lar hajmlarini yetkazadi;– byudjet tashkilotlarining xarajatlar smetalari va shtat jadvallarini hamdabyudjet mablag‘lari oluvchilarning xarajatlar smetalarini, shuningdekulargakiritilgan o‘zgartirishlarni ro‘yxatdan o‘tkazadi; – ushbu Kodeksida nazarda tutilgan tartibda tegishli byudjetlar parametrlarigamoliya yili mobaynida o‘zgartirishlar kiritadi; – tegishli byudjetlarning mablag‘laridan maqsadli foydalanilishi ustidannazoratni amalga oshiradi; – yuqori turuvchi moliya organlariga hamda Qoraqalpog‘istonRespublikasiVazirlar Kengashiga, viloyatlar va Toshkent shahar, tumanlar vashaharlarhokimliklariga tegishli byudjetning ijrosi to‘g‘risida har choraklikhisobotlarni taqdim etadi; – byudjet tashkilotlari va byudjet mablag‘lari oluvchilar xarajatlarinimaqbullashtirishni amalga oshiradi; – tegishli byudjetlar ijrosining byudjet hisobini yuritadi; – mahalliy davlat hokimiyati organlarining tegishli byudjetlar daromadlarivaxarajatlari balansliligiga ta’sir ko‘rsatuvchi normativ-huquqiyhujjatlarinimoliyaviy va iqtisodiy ekspertizadan o‘tkazadi; – Davlat byudjeti daromadlari prognozini davlat soliq xizmati organlarivabojxona organlariga har chorakda tegishli ma’muriy-hududiybirliklarbo‘yicha etkazadi; – byudjet ssudalarini beradi. 22 Hududiy moliya organlari qonun hujjatlariga muvofiq byudjet sohasidaboshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.13 . 2. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining har yilda “O‘zbekistonRespublikasining keying yil asosiy makroiqtisodiy ko‘rsatkichlari prognozivadavlat byudjeti parametrlari to‘grisida”gi Qarori. Ushbu Qaror orqali mahalliybyudjetlarning asosiy manbasi bo‘lmish soliqlar va boshqa majburiyto‘lovlarningstavkalari, mahalliy byudjetlarga umumdavlat soliqlaridan ajratmalar me’yorlari,mahalliy byudjetlarning aylanma kassa me’yori va boshqa asosiy ko‘rsatkichlaro‘zifodasini topadi. 3. O‘zbekiston Respublikasining 1993-yil 2-sentabrdagi 913-XII-sonli“Mahalliy davlat hokimiyati to‘g‘risida”gi Qonuni. Ushbu qonunorqali mahalliyhokimliklar, Xalq deputatlarining viloyat, tuman, shahar Kengashiningvakolatlari,byudjetni qabul qilishi, Mahalliy hokimiyat organlarining viloyat, tuman, shaharbyudjetdan tashqari jamg‘armalari, mahalliy mulk obyektlarini boshqarishvaboshqa masalalar o‘z qonuniy ifodasini topgan. 4. Hududiy davlat boshqaruvi va ijroiya organlarining mahalliybyudjetlarparametrlarini tasdiqlash to‘g‘risidagi Qarorlari. Ushbu Qarordamahalliybyudjetlarning asosiy parametrlari, yuqori byudjetdan o‘tkazib berladigandaromadva maqsadli subvensiyalar hajmi, Umumdavlat soliqlaridan shahar vatumanlarmahalliy byudjetlariga ajratmalar me’yori, viloyat, shahar va tumanlar mahalliybyudjetlarining aylanma kassa mablag‘larining yo‘l qo‘yiladiganengkammiqdorlari, mahalliy hokimliklarning ayrim qarorlariga kititilayotgano‘zgarishlarmavjud bo‘ladi. 5. O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-fevraldagi PF-4947sonli “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yichaHarakatlarstrategiyasi to‘g‘risida”gi Farmoni. Ushbu Farmonda mamlakatimizni 2017-2021yillarda yanada rivojlantirishga qaratilgan chora-tadbirlar joy olganbo‘lib, uningasosini quyidagi beshta asosiy ustuvor yo‘nalish tashkil etadi: – Davlat va jamiyat qurulish tizimini takomillashtirishningustuvoryo‘nalishlari; – Qonun ustuvorligini ta’minlash va sud-huquq tizimini yanada islohqilishningustuvor yo‘nalishlari; – Iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishning ustuvor yo‘lishlari; – Ijtimoiy sohani rivojlantirishning ustuvor yo‘nalishlari; – Xavfsizlik, millatlararo totuvlik va diniy bag‘rikenglikni ta’minlashhamdachuqur o‘ylangan, o‘zaro manfaatli va amaliy tashqi siyosat sohasidagiustuvor yo‘nalishlar. Ushbu yo‘nalishlardan iqtisodiyotni rivojlantirish va liberallashtirishningustuvor yo‘nalishlaridan biri sifatida viloyat, tuman va shaharlarni kompleksvamutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish, ularning mavjud salohiyatidansamaraliva optimal foydalanish bo‘lib, bu sohada qilanayotgan asosiy vazifalardanbirimahalliy byudjetlarning moliyaviy imkoniyatlarini barqarorlashtirishhamdahududlarni har tomonlama rivojlantirish hisoblanadi. 6. O‘tgan 2017- yilda Prezidentimiz tashabbusi bilan mahalliybyudjetlarmoliyaviy imkoniyatlarini oshirish va mustaqilligini ta’minlashgatashkiliy-huquqiy asos bo‘ladigan O‘zbekiston Respublikasi Prezidentiningfarmonvaqarorlari, Vazirlar mahkamasining qarorlari hamda tegishli ijro organlariningbirqancha yo‘riqnomalari ishlab chiqildi. Bularning ayrimlari sifatida quyidagilarniqayd etishimiz mumkin: – O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 7-iyundagi “Mahalliybyudjetlarni shakllantirishda joylardagi davlat hokimiyati organlariningvakolatlarini kengaytirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi PF-5075 -sonli Farmoni–O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 -yil 13-dekabrdagi“Mahalliy davlat hokimiyati organlarining moliyaviy erkinligini oshirish, mahalliybyudjetlarga tushumlarning to‘liqligini ta’minlash bo‘yicha soliqvamoliyaorganlari javobgarligini kuchaytirishga oid qo‘shimcha chora-tadbirlarto‘g‘risida”gi PF-5283 -sonli Farmoni –O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017-yil 7-iyundagi “Mahalliydavlat hokimiyati organlarining byudjet vakolatlarini kengaytirishvamahalliybyudjet daromadlarini shakllantirishdagi mas’uliyatini oshirish to‘g‘risida”pq-3042-sonli qarori – O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2017-yil 29-iyundagi“Mahalliy byudjetlarning daromadlar bazasini kengaytirish zaxiralarini aniqlashishlarini tashkil etish chora-tadbirlari to‘g‘risida” 445-son qarori vaboshqaqonuniy-huquqiy hujjatlar. Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasining byudjet tiziminingmuhim tarkibiy qismini tashkil etadi. Ular davlat hokimiyatining har bir mahalliyorgani o‘z faoliyatini amalga oshirishi uchun uning ixtiyorida aniqmoliyaviybaza yaratadi. Mahalliy byudjetlar tizimi mahalliy talab extiyojlarni to‘liqroqhisobga olish hamda davlat tomonidan markazlashgan tartibdaamalgaoshiradigan tadbirlar bilan to‘g’ri olib borish imkonini beradi. Mahalliy byudjetlarning daromadlari – mahalliy o‘z-o‘zini boshqarishorganlari oldidagi muhim strategik ahamiyatga molik bo‘lgan vazifalarningamalgaoshirish uchun zarur bo‘lgan markazlashtirilgan pul fondini shakllantirishbilanbog‘liq pulli munosabatlar shaklidir. Mahalliy byudjetlarni daromadlarini shakllantirish O‘zbekistonRespublikasi“Byudjet kodeksi” ning 52-moddasiga asosan amalga oshiriladi. Ushbumoddagamuvofiq, Qoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetining, viloyatlar vaToshkentshahar mahalliy byudjetlarining daromadlari: 1) belgilangan normativlarga muvofiq umumdavlat soliqlari, shu jumladan: - yuridik shaxslardan olinadigan foyda solig‘i; - yagona soliq to‘lovi; - jismoniy shaxslardan olinadigan daromad solig‘i; - tadbirkorlik faoliyatining ayrim turlari bo‘yicha qat’iybelgilangansoliq; - qo‘shilgan qiymat solig‘i; - aktsiz solig‘i; - yer qa’ridan foydalanganlik uchun soliq; - suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq; 2) mahalliy soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar, shu jumladan: - obodonlashtirish va ijtimoiy infratuzilmani rivojlantirish solig‘i; - transport vositalariga benzin, dizel yoqilg‘isi va gaz ishlatganlikuchunolinadigan soliq; - mol-mulk solig‘i; - yer solig‘i; - yagona yer solig‘i; - ayrim turdagi tovarlar bilan chakana savdo qilish huquqi va ayrimturdagixizmatlarni ko‘rsatish uchun yig‘im; 3) yuridik va jismoniy shaxslardan, shuningdek chet davlatlardantushganqaytarilmaydigan pul tushumlari; 4) bozorlardan tushadigan daromadlar; 5) boshqa daromadlar hisobidan shakllantiriladi. Boshqa daromadlargadavlatdaromadiga o‘tkazilgan mol-mulkni realizatsiya qilishdan tushgantushumlar,davlat aktivlarini joylashtirishdan, foydalanishga berishdanvasotishdanbelgilangan normativlar bo‘yicha olingan daromadlar, qonun hujjatlarigamuvofiqQoraqalpog‘iston Respublikasi byudjetiga, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliybyudjetlariga yo‘naltiriladigan davlat bojlari, yig‘imlar, tovon pullari vajarimasanksyalari, egasiz mol-mulkni, meros huquqi bo‘yicha davlat ixtiyorigao‘tganmol-mulkni, huquq bo‘yicha davlat daromadiga o‘tkazilishi lozimbo‘lganxazinalarni realizatsiya qilishdan tushgan tushumlar va qonun hujjatlarigamuvofiqboshqa daromadlar kiradi. O‘zbekiston Respublikasining respublika byudjetidanajratiladigansubvensiyalar, o‘tkazib beriladigan daromadlar va dotatsiyalar Qoraqalpog‘istonRespublikasi respublika byudjetining, viloyatlar viloyat byudjetlariningvaToshkent shahri shahar byudjetining daromadlari hisoblanadi. Suv resurslaridan foydalanganlik uchun soliq, tadbirkorlikfaoliyatiningayrim turlari bo‘yicha qat’iy belgilangan soliq, O‘zbekiston Respublikasidaishlabchiqariladigan pivo va o‘simlik yog‘i uchun aktsiz solig‘i Qoraqalpog‘istonRespublikasi byudjeti, viloyatlar va Toshkent shahar mahalliybyudjetlaridaromadlariga o‘tkazib beriladi. Mahalliy byudjetlarning daromadlarining 2015-2017- yillardagi salmog‘ikeltirilgan mazkur jadvalda daromadlar uch guruhga bo‘lingan, mahalliysoliqlar,Umumdavlat soliqlaridan ajratmalar, subvensiyalar. Jadvaldan ko‘rinadiki, 2015-2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarining taxminan 25-27foizi mahalliysoliqlar hisobiga shakllangan, umumdavlat soliqlaridan ajratmalar vaboshqadaromadlarnin ulushi 61.6 foizdan 66 foizgacha ko‘tarilishi reja qilinmoqda.



Bunga asosiy sabab sifatida umumdavlat soliqlaridanajratmalarnormativlarini belgilash nisbatlari takomillashtirib borilayotganligini vamahalliybyudjetlarning boshqa daromadlari salmog‘i ham ortib borayotganligi bilanizohlash mumkin. 2018-yilda ham mahalliy byudjetlarni subvensiyadanchiqarishjarayoni davom ettiriladi, chunonchi mahalliy byudjetlar mablag‘larida subvensiyalar ulushi 2015-yilda 13.5 foiz bo‘lgan bo‘lsa, 2017-yilda6.5foizbo‘lishi kutilmoqda. O‘z navbatida Davlat byudjetining shakllanishida mahalliybyudjetlarmuhim ahamiyat kasb etadi. Ushbu rasmdan ko‘rinib turibdiki, mahalliybyudjetlarning 2017 -yildagi o‘zgarish tendensiyasini ko‘rish mumkin

Shu o‘rinda davlat byudjeti barqarorligini ta’minlashda, daromadlarvaxarajatlarning bir biriga mutanosib bo‘lishi muhim ahamiyat kasbetadi. Davlat byudjeti daromadlarining asosiy qismi soliqli tushumlar ekanligini hisobgaolib,bugungi kunda Respublikamizda olib borilayotgan byudjet-soliqsiyosatimamlakatda makroiqtisodiy barqarorlikni ta’minlashga va yuqori iqtisodiyo‘sishsur’atlarini qo‘llab-quvvatlashga qaratilgandir. 2016-2017-yillardada respublika byudjeti daromadlarining mahalliybyudjetdaromadlaridagi ulushi viloyatlar kesmida 5-rasmda keltirilgan. Bungako‘ra2016-2017 -yillarda mahalliy byudjetlar daromadlarida eng salmoqli o‘ringaegabo‘lganoltita hudud Andijon, Qashqadaryo, Samarqand, Farg‘ona va Toshkent viloyatlarihamda Toshkent shahri hududlarining jamidagi ulushi taxminan 9-12foizatrofida,o‘rtacha hududlar sifatida oltita hududni, eng kichik hududlar sifatidaesaJizzaxvaSirdaryo viloyatlarini kiritamiz. Oltita yirik hududning mahalliybyudjetdaromadlarining jamidagi ulushi 2016-yilda 62.6 foizni tashkil etganbo‘lsa, 2017-yilda 59.9 foiz bo‘lishi reja qilingan.Bundan shu narsa ko‘rinadiki, hududlarningijtimoiy va iqtisodiy jihatdan tenglashtirish siyosati ijobiy samara bermoqda. Respublika va mahalliy byudjetlarni samarali boshqaruvini tizimli tartibgasolishda quyidagi chora-tadbirlarni kelgusida amalga oshirish maqsadgamuvofiqbo‘ladi: soliq yuki darajasini asosli ravishda kamaytirib borish, davlat byudjetidaromadlari tarkibida bevosita va bilvosita soliqlar ulushini oshirishyoki soliqqatortish nisbatining optimal darajasini aniqlash lozim. Chunki YaIMni soliqlarorqali qayta taqsimlash va davlat xarajatlari salmog‘iningkamaytirilishiiqtisodiyotda ishsizlik darajasini kamayishga xizmat qilib, soliqyukiningkamaytishiga mutanosib ravishda davlat xarajatlarining qisqartirilishi yangiisho‘rinlarini yaratib, ishlab chiqarishni kengaytirishga hamda oxir oqibat iqtisodiyo‘sishni ta’minlashga olib keladi. Iqtisodiyotda soliqqa tortishmexanizminingishlash samaradorligini baholashda YaIMdagi soliqlar ulushi bilanDavlatbyudjetida ijtimoiy xarajatlar ulushi ko‘rsatkichini o‘zaro bog‘liqlikdatadqiqetishmaqsadga muvofiqdir.
Hulosa
Davlat byudjetininghududiybo‘linmalari bo‘lib, Davlat byudjetining ajralmas bir bog’ini hisoblanarekan.Shuningdek mahalliy byudjetlar har bir mamlakat davlat byudjetiningajralmasqismi hisoblanadi. Davlat byudjetining mablag’larini taqsimlashdasohalarbo‘yicha yo‘naltirishda mahalliy byudjetlarning o‘rni beqiyosdir. Shuninguchunham mahalliy byudjetlar iqtisodiy hamda huquqiy tomondan boshqaribbyudjetmablag’larini to‘gri sarflanishi daromadlarini esa o‘z vaqtida byudjetgakelibtushushini nazorat qilib borsa davlatimiz iqtisodiy va ijtimoityjihatdano‘sibboraveradi Mahalliy byudjetlar O‘zbekiston Respublikasi Davlat byudjetituzilishining asosiy qismi sifatida o‘zida 14 ta mustaqil byudjetnimujassamlashtiradi. Mahalliy byudjetlar huquqiy jihatdan ham tartibga solib qo‘yilgan. Bular,O‘zbekiston Respublikasining Konstitutsiyasi, O‘zbekiston Respublikasi MoliyaVazirligining buyruqlari, O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiningqarorlari, O‘zbekiston Respublikasi Prezidenting Qaror va Farmonlari,O‘zbekiston Respublikasining “Buxgalteriya hisobi to‘g’risida”gi qonuni,O‘zbekiston Respublikasining “Mahalliy davlat hokimiyat to‘g’risida”gi Qonuni,O‘zbekiston Respublikasining Soliq Kodeksi, O‘zbekiston RespublikasiningByudjet Kodeksi kabilar mahalliy byudjetlarning tashkiliy huquqiyasoslarihisoblanar ekan. Bular mahalliy byudjetining asosi hisoblanadi.



Download 0,62 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish