O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti sirtqi fakultet


Tijorat banklarida kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlarni aniqlash, oldini olish va ularning miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari



Download 65,11 Kb.
bet7/9
Sana18.07.2022
Hajmi65,11 Kb.
#822411
1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
BANKLARNI KREDIT OPERATSIYALARI VA HISOBINI TAKOMILLASHTIRISH

2. Tijorat banklarida kredit portfeli tarkibidagi muammoli kreditlarni aniqlash, oldini olish va ularning miqdorini kamaytirish chora-tadbirlari.


Kredit muammoli deb tan olingan taqdirda, bank tomonidan uning qaytishini ta`minlash uchun kerakli chora-tadbirlar ko`rilishi lozim. Amaliyotda qaytmayotgan kreditlar muammosini yechishning to`rtta asosiy usuli qo`llaniladi.
• Garovni sotish
• Aktivlarni sotish
• Qarzni restrukturizatsiya qilish
• Kreditni kengaytirish
U yoki bu usulni tanlashga biri qator omillar tasir ko`rsatadi. Bu jarayonda qarzdorning quyidagi xususiyatlarini hisobga olish maqsadga muvofiqdir:
• faoliyatning tashkiliy shakli;
• kredit shartnomasining amal qilish muddati;
• qarzdor qarzlarining aktivlarga nisbati;
• qarzdor kapitalining aktivlarga nisbati;
• aktivlarni joriy majburiyatlarga nisbati;
• sof daromadni sotish hajmiga nisbati;
• qaytarilmagan qarzlarning ulushi;
• qarzdorning joriy foiz to`lovlarini to`lay olish qobiliyati;
• kredit shartnomasini amal qilish davrida garov qiymatining o`zgarishi;
• kreditlarni qaytmaslik muammosini yechishning har bir usulini amalga oshirish xarajatlarining qiymati.
Muammoli kreditlar bilan ishlash faoliyatini tizimli ravishda olib borish maqsadida muammoli kreditlarni tasniflashni quyidagi asosiy yo`nalishlari asosida olib borish maqsadga muvofiq bo`ladi: muddati bo`yicha, sifati bo`yicha, ta`minoti bo`yicha, resurs manbai bo`yicha, kreditni berish to`g`risidagi qarorni qabul qiluvchi subyekti bo`yicha.
Tijorat banklarda kredit oluvchilarni o`rganishda kredit ajratilishini so`rab taqdim etilgan ariza bank muassasasida bir necha bosqichda ko`rib chiqiladi. Bu bosqichlar quyidagi ketma-ketlikda bo`lishi mumkin:
1-bosqich - kredit arizasini ko`rib chiqish va qarz oluvchi bilan suhbat.
2-bosqich - kreditni qaytarish qobiliyatini o`rganish va tavakkalchilikni ssuda jihatidan baholash.
3-bosqich - kredit shartnomasini tayyorlash va izohlash.
4-bosqich - shartnoma shartlarining bajarilishi va kredit qaytarilishi ustidan nazorat.
Dastlabki uchta bosqichda kredit shartnomasini tayyorlash va kredit berilishi
yuzasidan tashkiliy ishlar amalga oshiriladi. Qarz oluvchi korxona rahbari va bank
boshqaruvchilari o`rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
To`rtinchi bosqich esa kredit shartnomasi shartlari bajarilishi, kreditlarning maqsadli ishlatilishi va o`z vaqtida qaytarilishi ustidan nazorat olib boriladi.
Bunday nazoratning asosiy maqsadi - davomiy tarzda navbatdagi qarz bo`yicha foizlar to`lanishini ta`minlash. Kreditlarning qaytarilishi bilan bog`liq qiyinchiliklar tasodifan va birdaniga kelib chiqmaydi. Tajribali bank xodimi bunday qiyinchiliklarni ularning boshlanishidayoq aniqlab olishi mumkin va u muammoni hal qilishni hamda bankning foydasi uchun choralar ko`rishi mumkin.
Kredit faoliyati davrida qarz oluvchi bankka buxgalteriya balansini, moliyaviy natijalar haqidagi hisobotni, naqd pul oqimi haqidagi hisobotni va boshqa hisobotlarni topshirib turishi kerak. Ularni tahlil qilib borish va o`tgan davr hisobotlari bilan solishtirib borish kreditning o`z vaqtida qaytish-qaytmasligini ko`rsatib berish mumkin.
Buxgalteriya hisobotlarida moliyaviy kamchiliklar aniqlangandan so`ng, bank xodimi albatta korxonaga tashrif buyurishni (mijoz ofisiga) tashkil etish kerak. Kreditdan unumli foydalanish joylarda, korxona va tashkilotlarda, qoida bo`yicha, har chorakda tekshirilishi kerak.
Muammoli kreditning qaytarilishini aniqlashda birinchi qadam holis bo`lgan vaziyatni tekshiruvdan o`tkazgandan keyin qarz oluvchining holatini aniqlab olish (u vaziyatni to`g`rilamoqchi, unga ishonish mumkinmi, boshqaruv foydalilikni tiklay oladimi) kerak.
Bundan tashqari, bankning holatini ham hisobga olish, uning umidsiz qarzlari miqdorini bilish kerak. Agar ko`p bo`lsa, qimmat turadigan sudga o shirishoperatsiyasini boshlash kerak emas, qarzning bir qismidan kechib ishni tinch kelishuv bilan hal etishni taklif qilish kerak.
Agar mijoz bunga rozi bo`lsa, vaziyatni quyidagicha choralar bilan tuzatish
mumkin:
• aktivlarni sotish;
• qo`shimcha chiqimlarni kamaytirish;
• marketing usulini o`zgartirish;
• boshqaruv organini o`zgartirish va yuqori lavozimlarga boshqa shaxslarni tayinlash.
Boshqa qaror bankka kreditning ta`minoti sifatida garovga qo`yilgan mulkni sotishdan iborat. Buning uchun avvalo hujjatlarni tekshirish (garov shartnomasini) va bank haqiqatdan ham garovni to`g`ridan-to`g`ri sotish huquqiga egami, yo`qmi aniqlash kerak. Keyin garovni sotish imkoniyatlari qandayligini aniqlash kerak. Odatda bu qimmat turadigan va ko`p vaqt oladigan ish. Shuning uchun, garovni sotishda qarz oluvchi bilan hamkorlikni ta`minlash muhim. Aytish kerakki, kredit olgan mijozning foydasiz ishidan tashqari kredit qaytarilishidagi qiyinchiliklar, bank xodimlari kredit arizasini ko`rib chiqayotgandagi, kredit shartnomasi shartlarini ishlab chiqishdagi va keyingi nazoratdagi xatoliklardan kelib chiqishi mumkin. Quyidagi xatoliklar tez-tez uchrab turadi:
• Qarz oluvchiga keragicha qat`iy munosabatda bo`lmaslik (masalan, kredit arizasini do`stlik yoki qarindoshlik munosabatlariga bog`liq holda qo `llab-quvvatlash);
• Yaxshi o`tkazilmagan moliyaviy tahlil;
• Kredit bo`limi xodimining korxona ehtiyojlari, soha mutaxassisi bilan yetarlicha tanishmasligi natijasida kreditni yomon strukturalash (tuzish);
• Kreditning yetarlicha ta`minlanmasligi (masalan, garovni o`z bahosidan ortiqcha baholash va xokazo);
• Kreditni hujjatlarda rasmiylashtirishdagi xatolar (masalan, kredit shartnomasida bank foydasini ta`minlovchi muhim shartlarning belgilanmasligi);
• Kreditni qaytarish vaqtida qarz oluvchi ustidan yomon nazorat olib borish (mijozni joylarda tekshirmaslik va xokazo).
Kreditning o`z vaqtida qaytarilmasligi har ikki tomonga ham o`zining salbiy ta`sirini o`tkazadi. Shunday ekan, bank kreditlaridan samarali foydalanish imkoniyati kredit berish jaroyonini to`g`ri tashkil qilinishiga ham bog`liq. Chunki, yuqorida aytib o`tganimizdek, bankdan olingan kredit, kredit olishdan oldin tuzilgan biznes rejaga asosan ishlatilishi (maqsadli ishlatilishi) kerak. Buning ustidan bank doimiy ravishda nazorat olib boradi. Hozirgi kunda qarz oluvchilar tomonidan biznes rejani ahamiyatsiz, faqatgina kredit olish uchungina zarur bo`lgan hujjat deb hisoblanishi hollari amaliyotda uchrab turadi. Bunday holda bank kreditidan samarali foydalanish imkoniyati cheklanib qolishi yoki biznes rejada ko`rsatilmay qolgan, haqiqatda mavjud bo`lgan imkoniyatlardan foydalanish mumkin bo`lmay qolishi mumkin.

3. Tijorat banklarida mavjud muammoli kreditlar bilan ishlash tizimini takomillashtirish masalalari


Muammoli kreditlarni boshqarish tizimi hozirgi kunda barcha tijorat banklarining asosiy muammolaridan biri. Bu muammolar ichki va tashqi omillar natijasida o`rganiladi. Birinchi navbatda qarz nima uchun qaytmadi sababini o`rganib, qarzdorning moliyaviy holati to`g`risida boshqarma bilan kelishgan holda ish ko`riladi. Muammoli kreditni kelib chiqishining asosiy sababi bu bank tomonidan nazoratning sust olib borilganligi, qarzdor bilan boshqaruvning aloqasi
yomonligiga ham bog`liq bo`ladi.
Har bir bankda muammoli kreditlar bo`yicha ichki nazorat bo`limi tashkil qilinishi kerak. Ichki nazorat tizimi muammoli kreditlar bilan ishlashda asosiy rol o`ynaydi. Ichki nazorat xodimlariga kredit inspektorlari, kredit bo`lim boshlig`i, ichki auditor, bosh buxgalter hamda bank boshqaruvchilari kiradi. Har bir bank xodimlari ajratgan kreditlar yuzasidan javobgar hisoblanadi. Agar boshqarma xodimi kreditlash jarayonida kredit funksiyalariga to`liq rioya qilmasa, kredit hujjatlarini rasmiylashtirishni noto`g`ri amalga oshirsa, shunda ham muammoli kreditlar yuzaga keladi. Kreditlashni amalga oshirayotgan kredit inspektori birinchi navbatda holis, o`z kasbining mutaxassisi bo`lishi lozim.
Bank tomonidan ajratilgan kreditlarning muammosini yuzaga kelish mexanizmi bir necha bosqichda davom etadi. Muammoli kreditlarini so`ndirilishida bank filiali va boshqarmasidan tashqari, davlat ham asosiy o`rin egallaydi. Davlat agentligi tomonidan tijorat banklari kapitali saqlanishi uchun muddati o`tgan to`lovlarni komission to`lovlarisiz bankka qaytarib beradi. Bankka qaytarilgan qiymat bank filiali likvidligini ta`minlashga xizmat ko`rsatadi. Agarda muammoli kredit bankka qaytmasa, bankda kreditni rasmiylashtirgan xodimlariga nisbatan tegishli jinoiy javobgarlik choralari ko`riladi, hamda jiddiy shartlar qo`yiladi. Muammoli kreditlar tizimini yaxshilashda nafaqat mijozdan, balki kredit xodimlariga ham qo`yiladigan talablar mavjud. Bu talablar bankning kredit siyosatida to`liq va aks ettirilishi kerak. Xalqaro valyuta fondining muammoli kreditlash tizimini takomillashtirish dasturida muammoli kreditlar bilan ishlashda bankning ichki nazorat bo`limi quyidagilarni amalga oshiradi.
Kreditorni kreditga layoqatliligini tahlili:
A) Ichki omillar, qarzdor haqida to`liq ma`lumot
1) Boshqarish sifati: motivatsiya, rostgo`ylik, to`liqlilik
2) Operatsion faoliyat sifati: moliyaviy, mahsulot sifati
3) Marketing tashkiloti
4) Bozorning boshqa a`zolari bilan raqobatdoshligi
5) O`rganadigan korxonaning biznes rejasi hamda joriy davr aktivlari likvidligi
6) Qisqa muddatli majburiyatlar hamda naqd pul va unga tenglashtirilgan vositalar
7) Biznes faoliyatini saqlagan holatida kapitalni oshirish
B) Tashqi omillar, qarzdor haqida to`liq ma`lumot
1) Xo`jalik yurituvchi faoliyatini to`liq shartlari, kreditning aniq miqdori
2) Kreditorning iqtisodiy holatini tahlili
1) Qarzdorning imkoniyat va qulayliklari biznes sharoiti bo`yicha, kapital oshirish bo`yicha grant loyihalar
Bank xodimlarining vaqtincha to`lovi ganarar miqdori to`lovlar miqdori garov sifati pasayishi muammosini hal qilish ishning sud jarayonida bo`lishi. Muammoli kreditlar bilan ishlashda ularni hisobini olib borish muntazam amalga oshirilishi kerak. Kreditlarni muddati o`tgan deb tan olishda muddati o`tgan kreditlarning tegishli hisobvaraqlarida (12505, 12605, 12705, 13205, va boshqalar) kreditni muddati davrida kreditni qaytarish grafigidagi belgilangan kreditn ing nafaqat asosiy qismini so`ndirishdagi kechikishlarni, balki kreditga hisoblangan foizlarni so`ndirishdagi kechikishlarni o`z vaqtida aks ettirilish lozim.
Muammoli kreditlarni bartaraf etish bo`yicha normativ hujjatlar sanoqli bo`lganligi sababli mavjud muammoli kreditlari bilan kurashish yo`lini bankning o`zi belgilaydi. Bankdan olgan kreditlarini o`z vaqtida to`lash majburiyatlarini bajarmayotgan qarzdorlarni to`lovga qobiliyatsiz deb e`lon qilishi va bu haqda matbuotda xabar berishi mumkin. Bank bunday qarzdorlarni bankrot deb topishni so`rab, xo`jalik sudida da`vo qo`zg`atish huquqiga ega.
Banklarda yuzaga kelgan muammoli kreditlarni berish belgilariga qarab quyidagi guruhlarga bo`lib, tasniflash maqsadga muvofiqdir. Bular:
• Bankning o`z qarori bo`yicha berilgan kreditlar;
• Hukumat qarori bo`yicha berilgan kreditlar;
• Vazirliklar kafolati bo`yicha berilgan kreditlar;
• Boshqa turli qaror va kafolatlar bo`yicha berilgan kreditlar.
Agar bank barcha riskni o`ziga qabul qilgan holda o`zi kredit berishga qaror qilib, bu kredit bo`yicha muammolar yuzaga kelgan bo`lsa, u holda bank mijozning aksiyadorlik munosabatini ko`rib chiqishi lozim. Agar mijoz bankning aksiyadori bo`lsa, kreditni qaytarish masalasini uning aksiyadorlik jamiyatidagi salmog`i hisobidan amalga oshirishi maqsadga muvofiqdir.
Muammoli kreditlar yuzaga kelish sabablari bo`yicha bir-biridan farq qilsada, ularning oldini olishda quyidagi yondashishlar qo`l kelishi mumkin.


Download 65,11 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish