O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi


Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar



Download 5,37 Mb.
Pdf ko'rish
bet14/229
Sana23.07.2022
Hajmi5,37 Mb.
#842347
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   229
Bog'liq
2 5265091174263165031

Kompaniyalar tomonidan amalga oshiriladigan maqsadlarga misollar 
Tadqiqotlar ma’lumotlari 
Buyuk Britaniyada bir necha tadqiqotlar o‘tkazilib, ularning aksariyati 
intervyu olish yoki pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali yirik kompaniyalar 
katta boshqaruvchilari so‘rovnomasini o‘z ichiga olgan. 
Payk va Ooi (Pike va Ooi 1988) ikki bosqichda – 1980 va 1986 yillarda 


25 
pochta bo‘yicha anketalar tarqatish orqali so‘rovnoma o‘tkazganlar. 1980 yilda 
pochta bo‘yicha anketalar Buyuk Britaniyadagi 208 ta yirik kompaniyaga 
tarqatilgan. 
1986 
yilda 
anketalar 
1980 
yildagi 
anketalarga 
javob 
qaytargan 
kompaniyalarga, ushbu kompaniyalar qo‘shilish, birlashish va h.k. natijasida 
faoliyati tugatilmagan sharoitda yuborilgan. 
Har ikki tadqiqotda muayyan to‘ldirilgan anketalar soni 70%dan yuqori 
bo‘lgan. 
Har ikki holatda ham moliya top-menejerlaridan ular biznesi uchun beshta – 
ikkita qisqa muddatli va uchta uzoq muddatli moliyaviy maqsad muhimligini besh 
balli shkala bo‘yicha baholash so‘ralgan. 
O‘rta hisobda aniqlangan ma’lumotlar asosida maqsadlar ahamiyatiga qarab 
farqlash 2.1-jadvalda ko‘rsatilgan. 5 ball maqsad juda muhimligini, 1 ball esa – 
maqsad unchalik muhim emasligini anglatadi. 
2.1-jadval 
Moliyaviy maqsadlarning muhimlik darajasi
(1980-1986) 
Maqsadlar 
1980 1986 
Qisqa muddatli (1-3 yil) 
Daromadlilik darajasi (masalan, investitsiyalardan foizlarda 
ifodalangan daromad nisbati) 
4,28 4,61 
Foyda yoki 
tushum
(ya’ni, foydaning rejali me’yori) 
4,01 4,41 
Uzoq muddatli (3 yildan ko‘proq) 
Savdo-sotiqlar o‘sishi 
3,18 2,97 
Aksiya uchun foyda ko‘payishi 
2,83 4,38 
Aksiyadorlar farovonligining oshishi 
3,07 4,06 
Manba
: Pike va Ooi (1988)dan soddalashtirib olingan. 
Ushbu natijalar kompaniyalar uchun bir vaqtning o‘zida amalga oshiriladigan 
bir qator ahamiyatli maqsadlarni ko‘rsatadi. Shuningdek, ulardan to‘rttasining vaqt 
o‘tishi bilan yuqorilab boruvchi ahamiyatini aks ettiradi (savdo-sotiqlar o‘sishi 
bundan mustasno). Ma’lum bo‘lishicha, 1980 yilda qisqa muddatli maqsadlar 
so‘ralganlar uchun uzoq muddatli maqsadlarga nisbatan muhimroq bo‘lgan. 
Shunga qaramay, 1986 yilga kelib, aksiya uchun foyda (earnings per share, EPS) 
va aksiyadorlar farovonligining oshishi deyarli qisqa muddatli maqsadlar kabi 


26 
muhim maqsadga aylangan. 
Payk va Ooi tadqiqotlari natijalari muayyan darajada so‘nggi yillarda AQSH 
va Buyuk Britaniyada o‘tkazilgan boshqa tadqiqotlar ma’lumotlari bilan 
muvofiqlashadi. 
Qayd etish kerakki, foyda yoki tushum, aslida, tijorat faoliyati natijasida 
kompaniya boyligining sof o‘sishi sifatida aniqlanadi. Shunday qilib, diqqat-
e’tiborni EPS yoki daromadlarga jalb etadigan maqsadlar aksiyadorlar 
farovonligining oshirilishiga zid kelishi shart emas. Ular o‘rtasida to‘qnashuv uzoq 
muddatli foyda qisqa muddatli daromad foydasiga tahdid ostiga qo‘yiladigan 
holatdagina yuzaga keladi. 
Shunday qilib, Payk va Ooi tadqiqotlari respondentlari tomonidan qisqa 
muddatli daromad sifatida belgilanganda, ular, aslida, uni uzoq muddatli 
maqsadlarga zid ravishda qabul qilishgan. EPSni ko‘paytirish va aksiyadorlar 
farovonligini oshirish maqsadlarining xuddi shu respondentlari tomonidan yuqori 
baholanishi buni amalda tasdiqlaydi. 

Download 5,37 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish