O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent arxitektura-qurilish instituti samig’ov N. A., To’laganov A. A., Komilov X. X. Bino va inshootlar restavratsiyasi toshkent-2002



Download 0,82 Mb.
Pdf ko'rish
bet1/56
Sana23.07.2022
Hajmi0,82 Mb.
#845660
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56
Bog'liq
bino va inshootlar restavratsiyasi



O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS
TA’LIM VAZIRLIGI
TOSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH INSTITUTI
Samig’ov N.A., To’laganov A.A., Komilov X.X.
BINO VA INSHOOTLAR RESTAVRATSIYASI
Toshkent-2002


2
UDK
Mualliflar: N. Samig’ov, A. To’laganov, X. Komilov
«Bino va inshootlarni restavratsiyasi». O’quv qo’llanma. (Texnika fanlari
doktori, professor N.A.Samig’ov tahriri ostida, Toshkent TAQI, , 2002 y.
Ushbu o’quv qo’llanmasida arxitektura yodgorliklari restavratsiyasi uchun
qurilish materiallari yaratish, restavratsiya usullari va loyihasini tayyorlash,
restavratsiya va konservatsiya ishlarini olib borish haqida eng zamonaviy
materiallar berilgan.
O’quv qo’llanmasi bino va inshootlar restavratsiyasi bilan shug’ullanuvchi
bakalavrlar, magistralar, aspirantlar va loyiha institutlari xodimlari uchun
mo’ljallangan.
Mazkur
o’quv
qullanma
«Qurilish
»
ta’lim
yo’nalishi
«Bino
va
inshootlarni qayta qurish va ta’mirlash» mutaxasisligi bo’yicha «Bino va
inshootlar»
restavratsiyasi
fanidan
magistrlik
malakasini
oluvchilarga
mo’ljallangan.
Taqrizchilar: 1. professorXasanov B.B.
Toshkent irrigatsiya va kishlok
xujaligini mexanizatsiyalash injenerlari instituti, Kafedra mudiri.
2. professor K.S.Abdurashidov
T
OSHKENT ARXITEKTURA-QURILISH
INSTITUTI
, Kafedra mudiri.
O’zbekiston Respublikasi Oliy va O’rta maxsus ta’lim vazirligi turdosh oliy o’quv
yurtlari uchun o’quv qo’llanmasi sifatida tavsiya etilgan.


3
SO’Z BOSHI
Har bir mamlakatning jahondagi mavqei uning er usti va osti boyliklari bilan
emas, balki uning madaniyat tarixi bilan belgilanadi. Barcha sivilizatsiya tarixiga
ega bo’lgan mamlakatlar o’zining madaniy yodgorliklari, shu jumladan arxitektura
obidalari bilan umuminsoniy manaviyat boyliklariga xissa qo’shib kelmoqda. Bu
sohada Birlashgan millatlar tashkilotining Ta’lim, Ilm-fan va Madaniyat bo’limi
(YUNESKO) dunyodagi barcha umuminsoniy qadriyatlarni belgilash, tiklash va
asrash borasida ko’p ishlarni qilmoqda. Ma’lumki, O’zbekiston Respublikasi
xududi o’ta boy sivilizatsiya tarixiga ega. Unda madaniy qadriyatlar, shu jumladan
arxitektura yodgorliklari ko’p bo’lib, o’ziga xos ansambllarni tashkil etgan.
O’zbekiston Respublikasi 1991 yilda mustaqillikka erishgach madaniy
qadriyatlarga bo’lgan munosabat tubdan o’zgardi. O’zbekiston Respublikasi
xukumati barcha tarixiy obidalarni avaylab asrash, tiklash va kelajak avlodlarga
etkazish masalasini qat’iy qo’ydi va tegishli tashkilotlarni bu ishlarga jalb etdi.
Ayniqsa O’zbekiston Respublikasi Oliy majlisi 7 sessiyasida 30 avgust 2001
yilda qabul qilingan "Madaniy meros ob’ektlarini muxofaza qilish va ulardan
foydalanish" O’zbekiston Respublikasi qonuni qabul qilinishi bu soxada katta
o’zgarishlar yaratdi.
YUNESKO tomonidan Xiva shahri Ichan-Qal’a ansambli, Buxoro shahri
markazi, SHahrisabz shahri va Samarqand shahri arxitektura yodgorliklari jahon
umuminsoniy qadriyatlari deb e’lon qilinishi, o’zbekistonni qadimdan rivojlangan
mamlakat ekanligini dunyoga tanitdi. SHu tufayli hozirgi kunda dunyoda bu
umuminsoniy qadriyatlarga bo’lgan qiziqish keskin ortib bormoqda va rivojlangan
mamlakatlar obidalarimizni
restavratsiya qilish, konservatsiyalash
ishlariga
investitsiya kiritish istagini bildirmoqdalar.
1995 yilda Angliyaning Buxorodagi Boyon quli xon va Somoniylar
maqbarasi restavratsiyasiga 50 ming AQSH dollari ajratilishi va shu mamlakat
restavratori janob KEPSning o’zbek ustalari bilan birga ishlashi, GFR Fulda
restavratsiya ilmiy-texnika markazi tomonidan Samarqand shahri SHohi-zinda
ansambli SHodi-mulk-og’a maqbarasi restavratsiyasi uchun 1997-1999 yillarda


4
mablag’ ajratgani va "Bauxaus" universiteti "Qurilish materialari" instituti bilan
hamkorlikda ishlarni olib borgani bunga yaqqol misoldir.
Ma’lumki,
O’zbekiston
Respublikasi
xududidagi
arxitektura
yodgorliklarining ko’pi Sohibqiron Amir Temur va Temurzodalar davriga
mansubdir. SHu sababli jahonda Amir Temur ota yurti SHahrisabzga qiziqish juda
katta bo’lmoqda.
2002 yil 7-14 yanvar kunlari YUNESKO eksperti, professor Tierri
Joffroyning
SHaxrisabzga
safari
dunyo
hamjamiyatining
arxitektura
yodgorliklarimizga bo’lgan qiziqishini yana bir bor namoyon etdi.
Bino
va
inshootlarni
restavratsiya
kilishdan
maqsad
arxitektura
yodgorliklarini avvalgi xolida qayta tiklash va konservatsiyalash, kelajak
avlodlarga mukammal ravishda etkazishdir.
Bino va inshootlar restavratsiyasi quyidagi dolzarb vazifalarni o’z ichiga
oladi:
-
Bino va inshootlarning texnikaviy xolatini aniqlash;
-
Restavratsiya usulini belgilash;
-
Restavratsiya loyihasini yaratish;
-
Restavratsiya ishlarini bajarish loyihasini yaratish;
-
Restavratsiya qilingan bino va inshootlarni texnikaviy ekspluatatsiya
qilish;
-
Restavratsiya qilingan binoni baholash.
Arxitektura yodgorliklari restavratsiyasi konservatsiyalash, fragmentar
restavratsiyasi va yaxlit restavratsiyani shakllarida bo’lishi mumkin.
Bino va inshootlar restavratsiyasi dolzarb masalalarining to’g’ri echilishi
tarixiy obidalarni qayta tiklash, avaylab asrash, kelajak avlodlarga etkazishda
asosiy omildir.


5

Download 0,82 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   56




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish