O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Temir yo‘l transportida ishichilarga ish haqi to’lash shakllari va



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet8/114
Sana06.12.2022
Hajmi2,52 Mb.
#880035
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Temir yo‘l transportida ishichilarga ish haqi to’lash shakllari va 
tizimlari 
Mehnatga haq to‘lashning asosiy shakllari 
vaqtbay
va
ishbay 
shakllar 
hisoblanadi. 


14
Oddiy vaqtbay haq to‘lashda ish haqi miqdorini hisoblashda shtat jadvaliga 
binoan tarif stavkasi yoki lavozimiy maosh asos qilib olinadi. Mehnatga soatbay va 
kunbay haq to‘lash shakllari vaqtbay tizim turlariga kiradi. Ish haqining miqdori 
soatbay (kunbay) ishga haq to‘lash stavkasini haqiqatda ishlangan soatlar soniga 
ko‘paytirish orqali aniqlanadi. 
Lavozimiy maosh - to‘liq ishlangan oy uchun ish qaqining miqdori. Odatda, 
lavozimiy maoshlar mehnatiga vaqtbay maosh to‘lanadigan xodimlarga 
belgilanadi. 
Vaqtbay ish haqi odatda, xodim mehnatini me’yorga solib bo‘lmaydigan yoki 
bajarilayotgan ishlarni hisobga olib bo‘lmagan hollarda qo‘llaniladi. Mehnatga 
vaqtbay haq to‘lashda ishchi yoki xizmatchilarning ish haqi uning malakasi va 
ishlagan ish vaqtiga qarab belgilanadi. Rahbar va ma’muriy xo‘jalik xodimlari, 
navbatchi xodimlar (chilangarlar, santexniklar, elektriklar), ta’mirlovchi va 
mashinalarga xizmat ko‘rsatuvchi va boshqalarning mehnatiga vaqtbay haq 
to‘lanadi. Belgilangan oyda barcha ish kunlarida ishlanganda to‘liq ish haqi 
to‘lanadi. 
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay-mukofotlash shaklida tarif stavkalari 
bo‘yicha ish haqi (maosh)dan tashqari qo‘shimcha ravishda korxonada ishlab 
chiqilgan xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizom, jamoa shartnomasi yoki 
vaqtbay
• oddiy vaqtbay
• vaqtbay-mukofotlash turlarga bo‘linadi
ishbay
• oddiy ishbay
• ishbay mukofot
• ishbay progressiv
• akkord turlarga bo‘linadi


15
korxona rahbarlarining buyrug‘i (farmoyishi) asosida ayrim miqdor va sifat 
ko‘rsatkichlariga erishganligi 
mukofot beriladi. 
Mukofotlash bir oydagi yoki undan uzoqroq muddatdagi davr (chorak) ish 
yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Odatda, mehnatga haq to‘lashning bunday shakllari korxonada o‘rindoshlikda 
ishlayotgan yordamchi va xizmat ko‘rsatuvchi xodimlarga nisbatan qo‘llanadi. 
Mehnatga haq to‘lashning vaqtbay-mukofotlash shaklida tarif stavkalari bo‘yicha 
ish haqi (maosh)dan tashqari qo‘shimcha ravishda korxonada ishlab chiqilgan 
xodimlarni mukofotlash to‘g‘risidagi nizom, jamoa shartnomasi yoki korxona 
rahbarlarining buyrug‘i (farmoyishi) asosida ayrim miqdor va sifat 
ko‘rsatkichlariga erishganligi uchun
mukofot beriladi. 
Mukofotlash bir oydagi yoki undan uzoqroq muddatdagi davr (chorak) ish 
yakunlari bo‘yicha amalga oshirilishi mumkin. 
Oddiy ishbay ish haqi ishlab chiqarilgan mahsulot (ishlar) miqdori va uning 
birligi uchun narxlar asosida hisoblanadi. 
Mehnatga haq to‘lashning ishbay-mukofot shakli mehnatga haq to‘lashning 
ishbay shaklida eng ko‘p tarqalgan tizim hisoblanadi. Ishbay-mukofot shaklida 
bevosita 
ishbay 
narxdan 
tashqari, 
qo‘shimcha tariqasida belgilangan 
ko‘rsatkichlarni (ish sifati, tezkorliga, mijozlar tomonidan asosli shikoyatlarning 
yo‘kligi va boshqalar) bajarilishi yoki oshirib bajarilishi uchun mukofot beriladi. 
Mukofotlar haqiqatda ishlangan vaqt uchun ishbay ish haqi asosida to‘lanadi. 
Ishbay-mukofot shakli ishlab chiqarish me’yorlarini bajarganlik va oshirib 
bajarganlik uchun mukofotlar to‘lashni nazarda tutadi. 
Mehnatta xaq to‘lashning ishbay-progressiv tizimida ishchilarning ish haqi 
belgilangan boshlang‘ich me’yor (baza) chegarasida bo‘lsa bevosita ishbay 
narxlarda, me’yordan yuqori bo‘lsa — oshirilgan ishbay narxlarda to‘lanadi. 
Ishbay narxlarning oshirilishi har bir holda maxsus shkala bo‘yicha belgilanadi. 
 
Mehnatga haq to‘lashning akkord shaklida ish haqi uning tugashining ko‘rsatilgan 
muddatlarini hisobga olgan holda bajarilgan ishlarning butun hajmiga hisoblanadi. 
Umumiy ish haqi brigadaning har bir a’zosi ishlagan vaqt va brigada a’zosining 


16
toifasiga (tarif stavkasiga) mutanosib ravishda taqsimlanadi. Mehnatga haq 
to‘lashning akkord shaklida ish haqi mehnatda ishtirok etish koeffitsienti (MIK)ni 
hisobga olgan holda taqsimlanishi mumkin. 
Mehnatda ishtirok etishning haqiqiy koeffitsientini brigadaning har bir 
a’zosiga brigada kengashi korxona rahbari tomonidan tasdiqlangan bayonnomani 
rasmiylashtirish yo‘li bilan belgilaydi.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish