O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent davlat transport universiteti «Buxgalteriya hisobi va audit» kafedrasi


Temir yo‘l transporti korxonalarida mehnat va ish haqi hisobini me’yoriy



Download 2,52 Mb.
Pdf ko'rish
bet6/114
Sana06.12.2022
Hajmi2,52 Mb.
#880035
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi t

Temir yo‘l transporti korxonalarida mehnat va ish haqi hisobini me’yoriy 
huquqiy asoslari 
Ish haqi tarif tizimini tashkil qiluvchi asosiy elementlar: 
-
tarif stavkalari va setkalari
-
tarif koeffitsientlari; 
-
xodimlar malaka ma’lumotnomasi. 
Tarif setkasi 

razryadlar va ularga tegishli bo‘lgan tarif koeffitsientlari 
ko‘rsatiladigan xujjatdir.
O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2019 yil 16 
sentyabrdagi 775-son «Mehnatga haq to‘lashning Yagona tarif setkasini 
takomillashtirish to‘g‘risida»gi qarorida tasdiqlangan yagona tarif setkasi (YATS) 


10
asosida AJ «O‘TY» xodimlari mehnatiga haq to‘lash tarmoq yagona tarif setkasini 
ishlab chiqqan. U 22
ta tarif razryadini o‘z ichiga olgan. 
Tarif stavkasi 

ishchining razryadiga muvofiq unga ma’lum vaqt birligi 
davomida to‘lanadigan ish haqi hajmi. Odatda tarif stavkasi birinchi razryad 
uchun belgilanib, qolgan razryadlar uchun esa birinchi razryad tarif stavkasini 
qolgan razryadlar tarif koeffitsientlariga ko‘paytirish yo‘li bilan aniqlanadi. 
Ishchining ish haqi hajmi u bajarayotgan ish razryadiga qarab oshib boradi, 
chunki haq to‘lash har doim bajarilgan ish razryadi bo‘yicha amalga oshiriladi. 
«O‘TY» AJ mustaqil ravshda oylik ish haqini daromad darajasiga qarab belgilaydi. 
Oylik ish haqi xodimning turli malakali ishchilar guruhiga, ish darajasining 
murakkabligiga, javobgarligiga qarab belgilanadi. Ishning murakkablik darajasi 
ko‘rsatkichi razryad hisoblanadi. 
Birinchi razryadning tarif stavkasi hajmi oy uchun hisob-kitob 
qilinayotganda qonunda ko‘rsatilgan ish haqining eng kam miqdoridan kam 
bo‘lmasligi kerak. 2020 yil 1 fevral oyidan birinchi razryad stavkasi 679 330 
so’m qilib belgilangan. «O‘TY» AJ va uning tarmoq korxonalarida xodimga ish 
haqi to‘lashning 4 guruhi belgilangan. Guruhlarni aniqlashda uzluksiz ish staji 
e’tiborga olinadi. Uzluksiz ish staji ishga qabul qilingan vaqtdan emas, balki
temir yo‘l transportida ish boshlagan vaqtdan hisoblanadi. Agar bir lavozimdan 
bo‘shab boshqa lavozimga o‘tishgacha 21 kundan oshmagan bo‘lsa (xujjatlarni 
rasmiylashtirish, tibbiy ko‘rikdan o‘tish davomida mutaxassis o‘z malakasini 
yo‘qotmagan bo‘ladi) uztuksiz ish vaqti hisoblanadi.
Korxonalarda ish vaqtidan foydalanish hisobi T-12 va T-13 shaklidagi 
tabellarda yuritiladi. Kichik korxonalarda tabelni korxona bo‘yicha yuritsa ham 
bo‘ladi. Agar korxona katta bo‘lib bir necha ishlab chiqarish bo‘linmalaridan 
tashkil topgan bo‘lsa, tabel strukturaviy bo‘linmalar va xodimlarning kategoriyalari 
bo‘yicha ochiladi. Tabel faqat ishchilarning ish vaqtidan foydalanilishini hisobga 
olish uchun emas, balki xodimlar tomonidan belgilangan ish tartibiga itoat 
qilinishini, ular bilan ish haqi bo‘yicha hisoblashish va ishlagan vaqti to‘yorisida 
axborotni olish uchun ham zarur. Tabel bir nusxada tuzilib tabelchi yoki master, 


11
yoki bunga vakolat qilingan shaxs tomonidan yuritiladi. Oyning birinchi yarmiga 
ish haqi (avans) berish va oy bo‘yicha ish haqi hisoblash uchun tabellar 
buxgalteriyaga oyiga ikki marta topshiriladi. Xodimlarning ishga kelishi va ish 
vaqtidan foydalanishi tabel bo‘yicha asosan ikki usulda nazorat qilinadi: yoppasiga 
ro‘yxatga olish, ya’ni barcha ishga kelganlar, kelmaganlar va kechikkanlarni 
belgilash yoki faqat kelmagan va kechikib kelganlarni belgilash. Tabelning titul 
betida har bir xodimning ishlagan va ishlamagan vaqtining shartli belgisi 
ko‘rsatilgan bo‘lib, u tabelga harf bilan yoki raqam bilan qo‘Yiladi. 
T-12 shakldagi tabellarda ish vaqtidan foydalanish hisobi va ish haqi hisoblash 
ko‘rsatiladi, T-13 shaklida esa faqat ish vaqtidan foydalanish hisobi aks ettiriladi. 
Bunda ish haqi hisoblash shaxsiy hisobda ,hisoblash vedomostida yoki hisoblash-
to‘lash vedomostida keltiriladi. Mehnat bo‘yicha hisobot tuzish, sex, bo‘lim va 
korxona bo‘yicha mehnatni tashkil etishni tahlil qilish uchun tabelning oxirgi 
betida vaqtdan kundalik foydalanish hisobi va oy bo‘yicha jamini ko‘rsatadigan 
jadval keltirilgan. Bu ma’lumotlarga asosan ishbay ishchilarning reja vazifalarini 
bajarilish foizi hisoblab chiqiladi. Quyida xodimlarning shaxsiy hisob namunasini 
keltiramiz.

Download 2,52 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   114




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish