O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko‘rsatkichlari



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/17
Sana09.09.2021
Hajmi0,92 Mb.
#169363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Hisobot BI91 BOBOJNOVA ZILOLA

1.Mijozning kreditga layoqatliligini baholash ko‘rsatkichlari. 

Iqtisodiy adabiyotlarda bu ko‘rsatgichning mohiyati to‘g‘risida turli ta’riflarni 

uchratish mumkin. Ko‘pgina  mualliflar  tomonidan  kreditga 

layoqatlilikka, 

korxonalarning qarz majburiyatlarini  o‘z  vaqtida  va to‘liq  bajara  olish imkoniyati 

sifatida ta’rif beriladi. Bizning fikrimizcha, bu ta’rif ko‘proq korxonaning to‘lovga 

layoqatliligiga  berilgan  ta’rifdir.  Amaliyotda  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichi 

ko‘proq  bankdan  qarz  oluvchi  korxona  faoliyatini  ifoda  qiladi.  Kreditga 

layoqatlilik ko‘rsatkichlarini ikki tomonlama ko‘rib chiqish mumkin: 

 Qarz oluvchi nuqtai nazaridan: 

Kreditga  layoqatlilik  -  kredit  shartnomasini  tuzish  imkoniyati,  olingan  kreditlarni 

o‘z vaqtida qaytara olish qobiliyatini ifodalasa

Bank  nuqtai  nazaridan  -  korxonaga  beriladigan  kreditning  hajmini  to‘g‘ri  aniqlay 

olish mas’uliyatini bildiradi. 

Ba’zi  iqtisodchilar  qarz  oluvchining  kreditga  layoqatlilik  ko‘rsatkichini 

baholashda  birinchi  o‘ringa  korxonaning  daromad  olish  imkoniyatini  qo‘yishadi. 

Bizning  fikrimizcha,  daromad  olish  -  korxonaning  ishlab  chiqarish  yoki  boshqa 

faoliyat  turining  natijasi  hisoblanib,  shu  natijaga  erishish  maqsadida  korxona 

kreditga muhtojlik sezadi. 

Agar  qarzlarni  to‘lash  miqyosida  qaraydigan  bo‘lsak,  kreditga  layoqatlilikka 

nisbatan to‘lovga layoqatlilik tushunchasi kengroqdir. Chunki to‘lovga layoqatlilik 

jismoniy  va  huquqiy  shaxslarning  barcha  qarz  va  majburiyatlarini  o‘z  vaqtida 

to‘lay olish imkoniyatini ifodalaydi. Kreditga layoqatlilik to‘lovga layoqatlilikdan 

farq  qilib,  ssuda  bo‘yicha  qarzlarni  o‘z  vaqtida  to‘lash  imkoniyatini  ko‘rsatadi. 

Undan  tashqari  kreditga  layoqatlilik  to‘lovga  layoqatlilikdan  to‘lash  manbalari 

bilan ham farq qiladi. 

Kreditga  layoqatlilik  –  bu  mijozning  moliyaviy  faolyatiga  har  tomonlama 

berilgan  bah  obo‘lib  u  qarz  oluvchining  so‘ralayotgan  kreditni  (  asosiy  qarz 

summasi  va  u  bo‘yicha  fondlarni)  o‘z  vaqtida  qaytarish  va  boshqa  qarz 

majburiyotlarini to‘lay olish qobilyatini ko‘rsatradi. Korxonaning kreditga layoqati 




uning moliyaviy holatini belgilaydi. Kreditga layoqatlilik qanchalik yuqori bo‘lsa, 

moliyaviy barqarorlik shunchalik yuqori bo‘ladi. 

Kreditga  layoqatlilik  va  to‘lov  qobiliyati  moliyaviy  barqarorlikni  aks  ettirsa 

ham, ushbu tushunchalar o‘rtasida farq mavjud. To‘lov qobiliyati ko‘proq darajada 

kompaniyaning  barcha  likvid  aktivlarini  sotish  orqali  o‘z  majburiyatlarini  to‘lash 

qobiliyatini  aks  ettiradi,  kreditga  layoqatlilik  esa  eng  likvid  aktivlar  tufayli 

qarzlarni  to‘lashni  aks  ettiradi.  Kam  likvidli  aktivlar:  transport,  uskunalar  va 

boshqalar yordamida majburiyatlarni to‘lash ishlab chiqarishning barqarorligini va 

natijada uzoq muddatli istiqbolda moliyaviy barqarorlikni buzishi mumkin. 

Bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  xo‘jalik  subaktlarining  banklar  faolyatining 

tijoratlashuvi  yuzaga  keladi.  Korxonalar  iqtisodiy  harakatda,  faoliyatda  albatta, 

qarz  kapitaliga  zaruriyat  sezadilar.  Negaki,  biznesni  dastlabki  qadamiga  etarli 

mablag‘ tadbirkorlarda doimo ham etarli bo‘lmaydi. Iqtisodi rivojlangan davlatlar 

biznes  hayotini  kuzatish  shuni  ko‘rsatadiki  faoliyatni,  biznesni  90  foizi  qarz 

kapitali  hisobiga  yo‘lga  qo‘yiladi.  Bundan  ko‘rinib  turibdiki,  korxonalar  doimo 

aniq  biznes  loyihalari,  rejalari  asosida  qarz  kapitali  jalb  qiladilar  va  uni 

ishlatishdan naf ko‘radilar. 

Keyingi  yillarda  turli  korxonalar  qaysi,  mulkchilik  shakliga  asoslanganiga 

qaramasdan  iqtisodiy  jihatdan  mustaqil  bo‘lgan  korxonalarda  qo‘shimcha  pul 

mablag`lariga  ehtiyoj  yuzaga  keladi  va  bu  ehtiyoj  zarur  bo‘lgan  bank  kreditlari 

hisobidan  qoplanishi  mumkin.  Shu  sababli  bozor  iqtisodiyoti  sharoitida  kredit  va 

uning muhim elementlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning  o‘rni va roli 

muhim elemetlaridan biri kreditga layoqatlilikni baholashning o‘rni va roli muhim 

ahamyat  kasb  etadi.  Chunki  banklar  ham  bozor  munosabatlarining  mustaqil 

subyektlaridan  biri  bo‘lib,  iqtisodiy  jihatdan  faolyat  natijalari  uchun  o‘zlari 

javobgar  hisoblanadilar.  Banklarning  maqsadi  ham  korxonalarnikiga  o‘xlash 

bo‘lib,  ular  o‘z  daromadlari  hisobidan  qoplab  yuqori  foyda  olishga  intiladilar. 

Banklarning  foyda  bilan  ishlashi  ularning  yanada  keng  tarmoqli  faoliyat  olib 

borishiga,  mijozlarga  ko‘satadigan  xizmat  turlari  va  xodimlarini  moddiy 

rag‘batlantirishga, ko‘proq  mablag`  ajratishga  o‘z  aksionerlariga  ko‘proq  mablag` 




ajratishga  oz  aksionerlariga  ko‘proq  divedetlar  to‘lashning  va  bularning  barcha 

bankka  bo‘lgan  ishonchning  yanada  oshishga  imkoniyat  yaratadi.  Tijorat 

kreditlarining  samara  bilan  banka,  qaytib  kelishini  ta`minlashi  uchun  mijozning 

moliyaviy  hayotini  uning  kreditini  o‘z  vaqtida  qaytara  olish  imkoniyotlarini 

tekshirib ko‘rish lozim.

  

Korxonaning  kreditga  layoqatini  baholashning  maqsadi  qarz  oluvchining 



bankrotlik xavfi darajasini aniqlashdir. Ushbu protsedura tijorat banklari va boshqa 

moliyaviy  institutlar  tomonidan  amalga  oshiriladi.  Korxonaning  kreditga 

layoqatlilik  darajasi  qarzga  olingan  kapital  bo‘yicha  foiz  stavkasi  miqdorini 

belgilaydi,  kreditga  layoqatlilik  qanchalik  yuqori  bo‘lsa,  kredit  beradigan 

banklarning foizi shunchalik past bo‘ladi. 

Kreditlash jamiyatini turli xildagi risk omillari bilan bo‘g`liq bo‘lgan, kreditga 

layoqatlilik  kreditni  o‘z  vaqtida  to‘liq  qaytarib  berish  qobilyatini  aniqlashdan 

iborat.  Shu  bois  bank  o‘ziga  olishga  tayyor  bo‘lgan  risk  darajasi  u  taqdim 

etayotgan kredit hajmi va kredit berish shartlarini qay darojada bajarishiga bog`liq. 

Bank nafaqat imzoning ma`lum kunlaridagi to‘lov qobilyatini baholashi, shu 

bilan birga, uning kelajatdagi moliyaviy barqarorligini ham prognozlashi zarur. 

Moliyaviy barqarorlikni va kredit passivlarini qabul qilgan moddalar bo‘yicha 

guruhlashtirishi  operasiyalaridagi  risk  hisobini  obektiv  baholash,  bank  kredit 

resurslarini samaradi boshqarish hamda foyda olish imkonini beragi. 

Bozor  munosabatlarining  rivojbanishi  korxonalarning  to‘lov  qabilyati  va 

barqaror  ligini  aniqlashda  chet  el  tajribasiga  asoslangan  bug`alteriya  hisobini 

yuritish zaruratini tug`diradi, bunda bugalteriya ballansining yangi tahlilini yuritish 

asosiy  o‘rin  egolaydi.  Balansdagi  aktiv  va  passivlarni  qabul  qilgan  moddalar 

bo‘yicha  guruhlashtirilishi,  to‘lov  qobilyoti  va  kreditga  layoqatlilikni  yetarli 

darajoda chuquroq tahlil qilish imkonini beradi. 

Bank  resurslarini  kamaytirish  va  uning  daromadini  oshirishda  kredit 

jarayonini to‘g`ri tashkil qilish, mijozning kreditga layoqatlilligini aniqlosh muhim 

o‘rin tutadi. Mijozga berilgan kredit o‘z vaqtida qaytib kelishini xoxlaydigan bank 

avvalambor mijozning kredit zayovkasi va uning kredit zayovkasi va uning kredit 




tarixini mukkamal o‘rganib chiqish lozim. Bu jarayon bank riskini oldini olishning 

ilk bosqichi hisoblanadi. 

Qarz  oluvchining  kreditga  layoqatliligini  o‘rganish  va  kredit  berilgandan 

keyin kredit monitorining muntazam olib borish bank riskini kamaytirish va uning 

daromadini oshirishning navbatdagi bosqichlaridan biri hisoblanadi. 

Kreditga  layoqatlilik  –  bu  xo‘jalik  subeyktlari  tomonidan  kreditlarini  o‘z 

vaqtida  va  to‘laligicha  olish  qobilyatini  hamda  moliyoviy  ahvoliga  berilgan 

bahodir. 

Korxonalarning  tomonidan  olingan  kredit  resurslar  nafaqat  korxonaning 

to‘lovga  qobilligiga  balki  uning  mablag‘larining  harakatchanlik  (likvidlilik) 

darajasiga  ham  bog‘liq.  SHu  sababli  tahlil  etishda  buxgalteriya  balansi 

ma’lumotlari  asosida  korxonalarning  harakatchan  mablag‘larini  holatiga,  tez  va 

sekin  pulga  aylanuvchi  aktivlariga,  nolikvid  mablag‘lar  holatiga,  ularning  to‘lov 

muddati  kelgan,  qisqa  va  uzoq  muddati  majburiyatlarga  nisbatiga,  doimiy 

passivlarni nolikvid va likvid mablag‘larni manbalashiga baho berish talab etiladi. 

Kreditga  layoqatlik  tahlilining  maqsadi  -  korxonalarning  kredit,  qarz 

mablag‘larini  jalb  etishi  yuzasidan  ularning  moliyaviy  holati  va  natijalarini  tahlil 

etish  orqali  pul  mablag‘larini  ko‘paytirish  imkniyatlarini  retrospektiv  tahlilini 

amalga oshirishdan iborat. 

Korxonalarning  kreditga  layoqatligini  baholashda  tahlil  oldiga  quyidagi 

vazifalar qo‘yiladi: 

   korxonalarning  kreditga  layoqatligini  davriy  oraliqlar  bo‘yicha 

o‘rganish; 

  korxonalarning moliyaviy barqarorligi, aktivlar va kapital foydaliligini 

baholash; 

  mablag‘larni  joylashinuvidagi  holat,  ularning  aylanuvchanligini 

baholash; 

  muddati  o‘tgan  majburiyatlarning  holati,  korxonalarning  moliyaviy 

mustaqillik  darajasidagi  o‘zgarishlar,  sotish  hajmidagi  o‘sish,  likvid 

mablag‘larning holati kabi qo‘shimcha ko‘rsatkichlarga baho berish; 




Kreditlash  jarayoni  kredit  bo‘yicha  defoltni  keltirib  chiqarishi  mumkin 

bo‘lgan  ko‘p  sonli  va  turli  xil  xatar  omillarining  ta'siri  bilan  bog‘liq.  Kreditlar 

berishda tijorat banki ularning defoltiga olib keladigan omillarni  o‘rganishi kerak. 

Ushbu tadqiqot kredit tahlili deb nomlanadi. 

Korxona  kreditga  layoqatligikni  baholashda  taxlikalar  tahlili  alohida 

o‘rganiladi. Tahlikalar tahlili maqsadi –kreditni berish imkoniyatlari va darajasini 

ximoyalanganlik darajasini baholashga qaratilgan. 

Korxonalar kreditga layoqatliligi tahlilida: 

 baholash ko‘rsatkichlari dinamikasiga; 

 buxgalteriya balansini takibiy tuzilishiga

 aktivlar va foydaning sifatiga

 pul tushumlarining kutilishiga; 

  moliya-xo‘jalik  faoliyatining  asosiy  yo‘nalishlariga  muhim  axamiyat 

qaratiladi. 

Kreditga layoqatlik tahlilini miqdoriy kursaktkichlar qatorida quyidagi asosiy 

baholash ko‘rsatkichlari tahlil etiladi: 

 likvidlik koeffitsentlari; 

 o‘z va qarz mablag‘lari nisbati koeffitsenti; 

 aylanuvchanlik va rentabellik ko‘rsatkichlari. 

Kreditlarning muddatligi uning zaruriy sharti hisoblanadi. SHu sababli kredit 

resurslarini  uzoq  va  qisqa  muddatlarga  jalb  etishda  uning  kaytarilishiga  muhim 

ahamiyat  qaratiladi.  Kredit  resurslari  kechiktirilgan  to‘lovlar  yuzasidan  foizlar 

summasi bilan birgalikda kaytariladi. 

Agar  to‘lovlar  va  foizlar  o‘z  vaqtida  amalga  oshirilsa  ushbu  mijozning 

kreditor oldidagi ishonchi ortadi. Bu holat esa mijozning kredit tarixiga yoziluvchi 

eng muhim jihatdir. 

 

 

 





Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish