O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti


ATB “Agrobank”da mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash



Download 0,92 Mb.
Pdf ko'rish
bet4/17
Sana09.09.2021
Hajmi0,92 Mb.
#169363
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
Hisobot BI91 BOBOJNOVA ZILOLA

2.ATB “Agrobank”da mijozlarning kreditga layoqatliligini baholash 

ko‘rsatkichlari. 

Korxonaning  kreditga  layoqatliligini  o‘rganish  tijorat  bankiga  kredit  berish 

mumkinligini aniqlashga, uning miqdorini, foiz stavkasining darajasini belgilashga 

imkon  beradi.  Bundan  tashqari,  kreditga  layoqatliligini  aniqlash  ssudani  o‘z 

vaqtida qaytarish ehtimolini, eng asosiysi bank riskini kamaytirishga imkon beradi. 

Bank  va  korxonalar  faoliyatida  kreditga  layoqatlilikni  baholash  uslubiyotini 

shakllantirishda  mezonlarga  tayaniladi.  Ushbu  mezonlar  korxonalarning  kreditga 

layoqatliligini to‘liq baholash imkoniyatini ochib berish zarur. 

Jahonda  va  mamlakatimiz  amaliyotida  kreditga  layoqatlikni  baholashda 

quyidagimezonlarga tayaniladi35. 

   mijozning xarakteri (Fe’l atvori); 

   Mijozning qarz olish qobilyati

   olingan qarzni uzish yuzasidan mablag‘lar ishlab topishga qobilligi; 

   Mijozning kapitali; 

   Kreditning ta’minlanganligi; 

   kredit operatsiyalarini amalga oshirish chogidagi shart sharoitlar; 

   mijoz faoliyatining qonuniy jihatlarini nazorat qilish darajasi. 

Korxonalarning  kreditga  layoqatliligi  tahlilining  uslubiy  asoslari  korxona  va 

bank nuqtai nazaridan alohida belgilanishi, yo‘lga qo‘yilishi va yuritilishi lozim. 

Korxonalarning  kreditga  layoqatliligi  tahlili  va  baholashni  tartibga  solishda 

asosiy me’yoriy hujjat O‘zbekiston Respublikasi Moliya vazirligining 1998 yil 26 

iyuldagi  17-17/86-sonli  buyrug‘i  bilan  tasdiqlangan  (O‘zR  Adliya  vazirligi 

tomonidan  14.08.1998  y.  474-son  bilan  ro‘yxatga  olingan)  1-son-“Hisob  siyosati 

va moliyaviy hisobot” nomli BHMS hisoblanadi. 

Korxonalarning  kreditga  layoqatliligini  o‘rganishda  har  bir  tijorat  banki 

tomonidan  ishlab  chiqiladigan  kreditlash  va  unga  tenglashtirilgan  operatsiyalarni 

amalga oshirish tartibi (kredit siyosati) uslubiy asos bo‘lib xizmat qiladi. 

Kreditlash  va  unga  tenglashtirilgan  operatsiyalarni  amalga  oshirish  tartibi 

(kredit siyosati)da korxonalarning kreditga layoqatliligini o‘rganishda uslubiy asos 



sifatida xo‘jalik sub’ektlarining kreditni to‘lash qobiliyatini hisoblash uslubiyoti va 

tavakkalchilikni baholash tizimi ko‘rsatib berilgan. 

Har bitta bankining kreditlash va unga tenglashtirilgan operatsiyalarni amalga 

oshirish tartibi ishlab chiqilgan bo‘lib unga ko‘ra xo‘jalik sub’ektlarining kreditni 

to‘lash  qobiliyatini  hisoblash  uslubiyoti  va  tavakkalchilikni  baholash  tizimi 

(Skoring  tahlil  tizimi)  farq  etadi  Xo‘jalik  sub’ektlarining  kreditni  to‘lash 

qobiliyatini  hisoblash  uslubiyoti  va  tavakkalchilikni  baholash  tizimida  kreditga 

layoqatlik  –  bu  xo‘jalik  sub’ektlarining  moliyaviy  holatini,  ularning  kreditini  o‘z 

vaqtida va to‘la qaytirish qobiliyatini baholash deb ta’rif berilgan. 

Xo‘jalik  sub’ektlarining  kreditga  layoqatliligi  bir  qator  ko‘rsatkichlar  bilan 

tavsiflanadi.  Ko‘rsatkichlar  soni  chegaralanmaydi  va  har  bir  tijorat  banki 

tomonidan  xizmat  ko‘rsatadigan  mijozlari  faoliyatining  o‘ziga  xos  tomonlaridan 

kelib chiqib belgilanadi. 

Kreditga  layoqatlikgi  baholashda  ko‘rsatkichlarni  hisoblash  uchun  kerak 

bo‘ladigan hujjatlar: 

1. Buxgalteriya balansi (shakl №1);  

2. Daromadlar va xarajatlar to‘g’risidagi hisobot (shakl №2);  

3. Kapital o‘zgarishi to‘g’risidagi hisobot (shakl №3);  

4. Pul oqimlari to‘g’risidagi hisobot (shakl №4);  

5. Buxgalteriya balansiga ilovalar (shakl №5); 

6. Auditorlik hisoboti;  

7.  Boshqa  kredit  muassasalarda  ochilgqan  hisob-kitob  varaqlari  to‘g’risida 

ma’lumot. 

Mazkur  uslubiyotda  kreditga  layoqatlilikning  zarur  majburiy  ko‘rsatkichlari: 

kreditni  qoplash  koeffitsenti,  likvidlilik  va  o‘z  mablag‘lari  bilan  ta’minlanganlik 

(mustaqillik  koeffitsenti),  shuningdek  o‘z  aylanma  mablag‘larining  mavjudlik 

dinamikasi,  to‘lanmagan  qarzlar,  foyda  olib  faoliyat  ko‘rsatishi  va  aylanma 

mablag‘larning aylanuvchanligi kabi ko‘rsatkichlar ko‘rib chiqiladi 

Korxonalarning  kreditga  layoqatliligini  aniqlashda  turli  xil  ko‘rsatkichlardan 

foydalaniladi.  Ko‘rsatkichlar  soni  chegaralanmagan,  ya’ni  qarz  oluvchining 




faoliyatidan kelib chiqqan holda, har bir tijorat banki uni  o‘zi mustaqil aniqlaydi. 

Banklar  orqali  qarz  oluvchining  kreditga  layoqatliligini  baholash  turlicha  bo‘lishi 

mumkin,  lekin  ularning  hammasi  ma’lum  bir  andozaga  tushirilgan  moliyaviy 

koeffitsientlardan  foydalanadilar.  ATB  “Agrobank”  da  xo‘jalik  yurituvchi 

sub’ektlarni  to‘lovga  layoqatlilik  sinfi  5  ga  bo‘linib,  ular  korxonaning  moliyaviy 

hisobotlari yordamida quydagi ko‘rsatkichlar orqali aniqlanadi: 

- qoplash koeffitsienti; 

- likvidlilik koeffitsienti; 

- mustaqillik (avtonomiya) koeffitsienti, 

- sof aylanma aktivlarning aylanuvchanligi koeffitsenti; 

- Tovar moddiy zaxiraning aylanuvchanligi koeffitsenti; 

- debitor qarzdorliklarining aylanuvchanligi koeffitsenti  

kiradi. 

Likvidlilik 

mijozning  o‘z 

majburiyatlarini  o‘z 

vaqtida  bajarilishini 

(qoplanishini)  bildiradi.  Likvidlilik  ko‘rsatkichlari  forma  balansidagi  eng  likvidli 

elementlar  va  qisqa  muddatli  majburiyatlarning  nisbati  qandayligini  baholash 

uchun  qo‘llaniladi.  Tez  sotiladigan  aktivlar  hisobiga  bu  majburiyatlarning 

qoplanishi qanchalik yuqori bo‘lsa, firmaning mavqei shunchalik ishonchli hamda 

bankdan kredit olishga imkoniyati shunchalik yuqori bo‘ladi.Likvidlilik va qoplash 

koeffitsientlari  qarz  oluvchining  balans  likvidliligini,  ya’ni  passivdagi 

majburiyatlarni 

qoplash 

uchun 


aktivdagi 

pul 


mablag‘larining 

etarlilik 

imkoniyatlarini tasvirlaydi. 

1. Qoplash koeffitsienti 

Balansning  qoplash  koeffitsienti  joriy  aktivlardan  kelgusi  davr  xarajatlari, 

kechiktirilgan xarajatlar va muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar ayirmasining joriy 

mabjuriyatlarga nisbati sifatida hisoblanadi. 

 

Bu yerda: 

JA 

– 

jami aktivlar 




KDX 

– 

kelgusi davr xarajatlari 



KX 

 kechiktirilgan xarajatlar 



MO‘DQ – muddati o‘tgan debitor qarzdorliklar 

Agar likvidli aktivlar qisqa muddatli majburiyatlardan kamida ikki marta ortiq 

bo‘lsa  xo‘jalik  sub’ektining  moliyaviy  holatini  yaxshi  deb  hisoblash  mumkin.  Bu 

mezon  (kriteriy)ning  eng  yuqori  chegarasidir.  Xo‘jalik  yurituvchi  sub’ekt  qisqa 

muddatli majburiyatlari miqdoriga teng likvidli aktivlarga ega bo‘lganda bu mezon 

(kriteriy)ning eng quyi chegarasi deb qabul qilinadi. 




Download 0,92 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish