O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti moliya fakulteti



Download 70,71 Kb.
bet2/14
Sana31.12.2021
Hajmi70,71 Kb.
#279581
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
hisobot Amonov Alisher

Ushbu amaliyotning maqsadi: nazariy bilimlarni amaliy ko’nikmalar bilan mustahkamlash.

Ushbu amaliyotning vazifalari: bank faoliyati haqida dastlabki bilimlarni egallash va tashkiliy tuzilishini o’rganishdir.

Bank – bu kredit-moliya muassasasi, boʻsh pul mablagʻlarini toʻplash, korxonalarga va umuman pulga muhtojlarga kredit, ssuda berish, naqd pulsiz hisob-kitoblarini amalga oshirish, pul va turli qimmatbaho qogʻozlar chiqarish, oltin va chet el valyutalari bilan bogʻliq operatsiyalarni bajarish va boshqa faoliyatlar bilan shugʻullanadi.

O’zbеkistоn Rеspublikasi iqtisоdiyotida bоzоr munоsabatlarini qarоr tоptirish dоlzarb tadbirlardan bo’lgan pul, krеdit va bank tizimida ham chuqur o’zgarishlarni amalga оshirishni taqоzо qildi. Bоzоr munоsabatlariga o’tish iqtisоdiy katеgоriya sifatida pulning, krеditning, fоiz, sоliq va bоshqa katеgоriyalarning mоhiyati va ahamiyatiga yangicha yondashish zarurligini taqоzо qiladi. Bоzоr munоsabatlarini talab darajasida tashkil qilish, ishlab chiqarishni rivоjlantirish, kеngaytirish va shu asоsda iqtisоdiy taraqqiyotga erishish krеditdan fоydalanishni, banklar faоliyatining samaradоrligini оshirishni, krеditdan fоydalanishda salbiy hоlatlarni оldini оlishni taqоzо qiladi.

Kredit, boʻsh turgan pul mablagʻlarini ssuda fondi shaklida toʻplash va ularni pulga muhtoj boʻlib turgan yuridik va jismoniy shaxslarga ishlab chiqarish va boshqa ehtiyojlari uchun maʼlum muddatga, foiz toʻlovlari bilan qaytarish shartida qarzga berish munosabatlarini ifodalaydi.

Banklar faoliyatini huquqiy jihatdan O‘zbekiston Respublikasining 25.04.1996-yilda qabul qilingan “Banklar va bank faoliyati to‘g‘risida”gi qonuni(2019-yil 5-noyabrdagi O‘RQ-580-sonli Qonuniga muvofiq yangi tahrirda qabul qilingan) orqali tartibga solinadi1.

Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev ta'kidlaganlaridek: "Kreditlar ishlab chiqarish va infratuzilmani rivojlantirish, tadbirkorlik faoliyatini qo‘llab-quvvatlashda zarur manba hisoblanadi."2 Shu borada ko‘rilgan tizimli choralar natijasida oxirgi ikki yilda banklar tomonidan investitsiya loyihalarini kreditlash ko‘lami sezilarli darajada kengayib, kredit portfeli hajmi 3,2 barobar oshdi. Hududlarni rivojlantirish dasturlari doirasida 6400 ta loyiha uchun 27 trillion so‘m kredit ajratildi3.



  1. O’zsanoatqurilishbank”ning O’zbekiston iqtisodiyotidagi o’rni. “O’zsanoatqurilishbank” Yunusobod filialining tashkiliy strukturasi.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB O’zbеkiston Rеspublikasidagi eng boy tarixga ega moliya muassasalaridan biri sanaladi. Uning tarixi Toshkеntda Sanoatbankning O’rta Osiyo idorasi ochilgan vaqtdan, ya'ni 1922 yildan boshlanadi.

Bankning asosiy yirik aktsionеrlari: O’zbеkiston Rеspublikasi Moliya Vazirligi, O’zbеkiston Rеspublikasi Tiklanish va taraqqiyot jamg’armasi hamda iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlari korxonalari.

“O’zsanoatqurilishbank” ATB boshqa aksionеrlari sirasiga quyidagilar kiradi: “O’ztransgaz” AK, Buxoro nеftni qayta ishlash zavodi, Farg’ona nеftni qayta ishlash zavodi, “Toshkеnt issiqlik elеktr stantsiyasi” UK, “Absolute Investments Trust” MChJ, “Talimarjon IES” UK, “O’zbеkenеrgo” DAK, “Asset Invest Trust” MChJ, “O’zbеkiston Tеmir Yo’llari” DATK, “Sho’rtan gaz kimyo majmuasi” UShK.

Bank faoliyatining prеdmеti va maqsadlari: Bank hisobvaraqlarini ochish va yuritish, to‘lovlarni amalga oshirish, omonatlarga (depozitlarga) pul mablag‘larini jalb etish, o‘z nomidan kreditlar berish bo‘yicha bank faoliyati sifatida aniqlangan operatsiyalar majmuini amalga oshiruvchi tijorat tashkiloti bo‘lgan yuridik shaxs bank deb yuritiladi.

Banklar bank faoliyatini amalga oshirish huquqini beruvchi litsenziyada ko‘rsatilgan moliyaviy operatsiyalarni amalga oshirishga haqlidirlar.

Bank faoliyatining predmeti bo‘lib, pul mablag‘lari, valyuta qimmatliklari va boshqa moliyaviy instrumentlar hisoblanadi. Pul funktsiyalarining bank xizmatlari ko‘rinishida maksimal darajada samarali amalga oshirilishi bank faoliyatining predmeti bo‘lib xizmat qiladi.

Bank foyda olishni asosiy maqsad kilib olgan tijorat tashkiloti bo'lib, bank operatsiyalarini amalga oshirishga doir qarorlar qabul qilishda mustaqildir. Bank universal bank bo‘lib, O‘zbekiston Respublikasining yagona bank tizimiga kiradi. Faoliyat ko‘rsatishni boshlagandan buyon bank jadal sur'atlarda rivojlandi. Korporativ mijozlarga xizmat ko‘rsatish sohasi bilan bir qatorda chakana segmentda ham yuqori o‘sish sur'atlariga erishdi. Hozirda “O’zsanoatqurilishbank” ATB O‘zbekistonning eng yirik tijorat banklaridan biri, universal va ishonchli moliya instituti hisoblanadi. Bank to‘liq hajmda yuqori sifatli zamonaviy bank xizmatlarini ko‘rsatadi, o‘z mijozlari va sheriklarining barcha ehtiyoj va xohish-istaklarini imkon qadar qoniqtirishga intiladi4.

Soha parametrlari bo‘yicha mijozlar bazasining diversifikatsiya qilingan tuzilmasini shakllantirish, tarif siyosatining o‘rtacha bozor darajasiga yo‘naltirilganligi, uzoq muddatli hamkorlik munosabatlarini o‘rnatish va mijoz biznesini samarali qo‘llab-quvvatlash – mijozlar borasida bank olib boradigan siyosatning asosiy yo‘nalishidir.

Bankning missiyasi: Insonlarga manfaat yetkazish va uni oliy darajaga ko`tarish.

Mijozlar – bankning maqsadi yuqori sifatli va ishonchli zamonaviy bank xizmatlarining toʼliq spektrini taqdim etish orqali mijozlarimizning talablarini qondirishdir. Bank moliyaviy xizmatlarning shunchaki oʼzidan-oʼzi mijozlar uchun unchalik qiziq boʼlmasligini, ular boshqa sezilarli talablar va maqsadlarni amalga oshirish uchun vosita boʼlishlarini tushunadi. Mijozlar bankni qadrlashlari uchun ushbu maqsadlarga yaqinlashishlariga yordam berishni istaydi.

Xodimlar – Oʼzsanoatqurilishbank uchun muhimdir va bankda ishlaydigan odamlarning shaxsiy va kasbiy maqsadlarini bilmasdan turib Bank oʼz maqsadlarini amalga oshira olmaydi.

Jamiyat -bankning missiyasi jamiyatdagi eng muhim, alohida ijtimoiy rolni taʼkidlaydi - unda ishonch, muhimlilik va barqarorlikni saqlash.

Aksiyadorlar – Bank oʼz faoliyatini ochiqlik, oshkoralik va oldindan aytib berish prinsiplari asosida qurish uchun yuqori darajadagi korporativ boshqaruvga intiladi. Banklarning kapitalligi va aksiyadorlarning daromadliligi boʼyicha yetakchi boʼlishga intiladi.

Davlat – Bank iqtisodiyotni tarkibiy oʼzgartirishlarda, iqtisodiyotning bazaviy tarmoqlarini modernizatsiya qilish, texnik va texnologik qayta jihozlash boʼyicha yirik investitsiya loyihalarini amalga oshirishda faol qatnashmoqda. Bankning vazifasi intilishlarining ulkan maqsadini belgilaydi - bank mamlakatning eng yaxshi moliyaviy kompaniyalaridan biri boʼlishni xohlaydi.

Qadriyatlar odamlar jamiyat farovonligi uchun

Bankning barcha harakatlari odamlarning, shu jumladan mijozlar va xodimlarning hayotini yaxshilaydi va ularning maqsadlariga erishishga yordam beradi.

Masʼuliyat. Har birimiz o'z harakatlarimiz va o'z vazifalarini bajarish uchun javobgardir. Bank har doim har bir mijoz va aksiyador oldida bu so'zni saqlaydi.

Xavfsizlik. Bank mijozlarning mablag'lari va shaxsiy ma'lumotlarini himoya qilish, yangi tahdidlarni kuzatish va himoyani yaxshilash uchun qo'lidan kelganicha harakat qiladi.

Mukammallashish. Bank doimo o'z ustimizda ishlaydi va mukammallikka intiladi. Borgan sari ko'proq yangi bilimlarni doimiy ravishda egallab turish muvaffaqiyatga erishishning asosiy mezonidir.

Sinergiya. Bank biznesning barcha sohalaridan maksimal sinergetik effektni oladi. Bankning ko'lami va qamrovi bank raqiblarining e'tiboridan chetda qoldiradi.

Qarash. Mijozning farovonligini saqlab qolish va yaxshilash uchun professional vositalarni taqdim etadigan tashkilot.

Bank mijozning shaxsiy farovonligini saqlash va oshirish uchun koʼplab vositalarni taklif etadi, buning uchun zarur boʼlgan barcha jarayonlar va protseduralarni yaratadi. Bank har bir mijozga eʼtibor qaratadi, munosabatlarni oʼrnatadi, nafaqat mahsulot sotadi, oʼzini va atrofini har kuni yaxshilaydi va nafaqat maktubni, balki qonunning ruhini ham kuzatadi. Аtrofidagi ekotizimlarni yaratish va hamkorlikni boshqarishni oʼrganadi.

Oʼzsanoatqurilishbank oʼz mijozi uchun qadrli boʼlishi kerak, bank barchaga oʼz maqsadlariga erishishda yordam beradi. Agar bankning mijozlariga nafaqat moliyaviy balki boshqa xizmatlar koʼrsatishni talab qilsa, bank buni amalga oshiradi.

Bank xizmatlari ko‘rsatish bo‘yicha hududiy tarmoqni kengaytirish bank faoliyatining mintaqaviy ekspansiyasi strategiyasida muhim omil sanaladi. “O’zsanoatqurilishbank” ATBning barcha filiallari bank xizmatlari sonini ko‘paytirib, yangi mijozlarni jalb qilgan holda mintaqaviy bozorlarda faol ishlamoqda. Qayerda joylashganligidan qat'i nazar bankning barcha ofislarida mijozlarga xizmat ko‘rsatish standartlari imkon qadar yuqori bo‘lishi va zamon talablariga to‘liq darajada javob berishi yo‘lida bank o‘zining barcha imkoniyatlarini ishga solmoqda. Bank tizimida tatbiq etilgan zamonaviy axborot texnologiyalari filiallarda mijozlar bank taqdim etadigan barcha xizmatlardan foydalanishlari uchun keng imkoniyat yaratadi.

Bank xizmatlari ko‘rsatishning yagona standartlari tatbiq etilgan, bankning joriy faoliyati va xizmatlari to‘g‘risida axborot muntazam chop etib boriladi, shuningdek bank xalqaro va milliy ko‘rgazma va anjumanlarning faol ishtirokchisidir. Bankning turli assotsiatsiya, birja va kliring markazlariga a'zoligi unga bank xizmatlari ko‘rsatishni takomillashtirish, yangi va innovatsion bank xizmatlarini tatbiq etish jarayonlarida, shuningdek bank xodimlarining malakasini oshirish dasturlarida ishtirok etish imkonini beradi.

“O’zsanoatqurilishbank”ning iqtisodiyotdagi ahamiyati juda ko‘pqirrali bo‘lib, ularning asosiylari quyidagilardan iborat:



  • jamiyatdagi vaqtinchalik bo‘sh pul mablag‘larni tegishli shartlar asosida o‘ziga jalb etadi;

  • qo‘shimcha moliyaviy mablag‘larga ehtiyoji mavjud xo‘jalik yurituvchi sub’ektlar va aholiga qaytarishlik, to‘lovlik, muddatlilik va ta’minlanganlik asosida mablag‘lar beradi;

  • milliy valyutaning emissiyasini tashkil etadi va uning barqarorligini ta’minlash doirasida pul – kredit siyosatini amalga oshiradi;

  • pul aylanmasini tashkil etadi va uning tartibini belgilaydi;

  • iqtisodiy munosabatlarga kirishuvchi sub’ektlar o‘rtasida hisob – kitob va to‘lovlarni amalga oshirishda vositchilik qiladi;

  • bozor ishtirokchilariga turli darajadagi komission va maslahat xizmatlarini amalga oshiradi;

  • aholiga va mijozlarga depozitar xizmatlarini taklif etadi.

“O’zsanoatqurilishbank”ning iqtisodiyotdagi o’rniga ta’sir qiluvchi omillar:

1.Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining mustahkamligi. Xalqaro bank amaliyoti va mustaqillikdan keyin bosib o‘tilgan qisqa davrda yig‘ilgan tajribalarning natijalari shuni ko‘rsatmoqdaki, bozor iqtisodiyotining asosiy o‘zagi asosan o‘zaro ishonch va halollikka tayanadi. Agar mazkur holatni aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchi yo‘qolishi bilan bog‘lab ko‘radigan bo‘lsak, banklarga nisbatan ishonch yo‘qolishi oqibatida ularning jamiyatdagi rolini pasayishiga olib keladi.

Aholi va mijozlarning bankka bo‘lgan ishonchining zaifligiga quyidagilar sabab bo‘lishi mumkin:


  • bankning mijozlar oldidagi majburiyatlarini o‘z vaqtida bajarmasa;

  • aholi va mijozlarning kreditga, ayniqsa naqd pulga bo‘lgan talabi to‘liq va o‘z vaqtida qondirilmasa;

  • mijozlarning hisobvaraqlari bo‘yicha mablag‘lar qoldig‘i va aylanmalari haqida bank siri ta’minlanmasa;

  • mijozlarning pul o‘tkazmalarini istalgan paytda va zarur miqdorda tegishli manzilga o‘tkazilmasa;

  • bankda omonatlarni saqlashning iqtisodiy manfaatdorligi pasayib ketishi va boshqalar.

Mamlakatda qonun ustuvorligini ta’minlash va bozor mexanizmlari samaradorligini oshirish lozim. “O’zsanoatqurilishbank”ning xo‘jalik sub’ektlariga kreditlarni berishda, mijozlarning naqd pullarga bo‘lgan talabini qondirish dolzarb masalalardan hisoblanadi. Bularning barchasi bankning iqtisodiyotdagi rolini yanada oshirish lozimligidan dalolat beradi.

Bankning iqtisodiyotdagi rolini oshishi yoki pasayishiga nafaqat ularning say-harakatlari, balki milliy iqtisodiyotning rivojlanganlik darajasi va raqobatbardoshligi bevosita ta’sir qiladi. Chunki, bank milliy iqtisodiyotdan ajralgan holda, alohida sub’ekt sifatida samarali faoliyat yuritishi mumkin emas.

Bankning mamlakat iqtisodiyotiga ta’sirini, ya’ni ularning rolini real sektorni kreditlash munosabatlari misolida ham ko‘rishimiz mumkin. Mamlakat real sektori ishtirokchilari bank kreditiga nisbatan doimiy ravishda ehtiyoji mavjud bo‘lib, ushbu ehtiyoj ayniqsa, iqtisodiy inqiroz sharoitida ortib ketadi. Inqiroz sharoitida iste’mol tovarlarga nisbatan talabning hamda tovar va xizmatlar bahosining pasayishi, davlat buyurtmalari hajmining qisqarishi, debitorlarning to‘lovga layoqatsizligi korxonalarda qo‘shimcha moliyaviy resurslarga bo‘lgan kuchli talabni paydo bo‘lishiga sabab bo‘ladi. Albatta, ushbu talab to‘lig‘icha banklarning kreditlari hisobidan qondirilishi, birinchidan, maqsadga muvofiq emas. Ikkinchidan, banklarda iqtisodiy inqiroz sharoitida ushbu ehtiyojni qondirish uchun yetarli moliyaviy resurslarning taqchilligi paydo bo‘ladi.

Bundan tashqari, eng muhimi bank tomonidan berilgan kreditlarning to‘liq qaytmaslik xavfi, ya’ni kredit riski vujudga keladi. Shu bois, iqtisodiy inqiroz sharoitida banklarning kreditiga talab yuqori bo‘lsada, banklar kredit quyilmalari hajmini oshirishga moyillik sezishmaydi. Bu bankning iqtisodiyotdagi rolini pasayishiga emas, balki bank ham tijorat muassasa sifatida asosiy e’tiborini iqtisodiy manfaatdorlik olishga qaratishini, eng muhimi bank risk asosida kredit sifatida beradigan mablag‘lari o‘z mablag‘lari emas, balki chetdan jalb qilingan boshqa shaxslarning mablag‘lari hisobiga faoliyat yuritayotganligini unutmaslik lozim.

O‘z navbatida, iqtisodiyotning rivojlanishi va raqobatbardoshligi mamlakatda barqaror va samarali bank tizimining tashkil etilganligi bilan bevosita bog‘liqdir. Bir so‘z bilan aytganda, banklar va milliy iqtisodiyot bir-biridan ayri holda rivojlanishining imkoniyati mavjud emas. Ular biri -birini to‘ldirgan holda, bir-biriga o‘zaro hamoxang tarzda rivojlanib va takomillashib boradigan iqtisodiy-moliyaviy sub’ektlar hisoblanadi.

Bank Kengashining bankni boshqarish vazifasini yanada samaraliroq amalga oshirish maqsadlari hamda bank faoliyatini nazorat qilish majburiyatlarini bajarish uchun bank Kengashi huzurida uning vakolatlariga kiruvchi eng muhim masalalarni ko‘rib chiqadigan va tavsiyalarni ishlab chiqadigan qo‘mitalar faoliyat ko‘rsatadi.




Download 70,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish