O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta`lim vazirligi toshkent moliya instituti



Download 6,56 Mb.
Pdf ko'rish
bet203/229
Sana01.01.2022
Hajmi6,56 Mb.
#305560
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   229
Bog'liq
budjet tizimi

8-BOB. DAVLAT MOLIYAVIY NAZORATI 

8.1.Davlat moliyaviy nazorati 

1.  Davlat  moliyaviy  nazoratiningmazmuni,  vazifalarivaahamiyati. 

Davlat moliyaviy nazoratining prinsiplari. 

Davlat  moliyaviy  nazoratitegishli  davlat  hokimiyati  organlarining  hamda 

mahalliy  o’z-o’zini  boshqarish  organlarining  davlat  moliyaviy  resurslarining 

shakllanishi,  taqsimlanishi,  maqsadga  muvofiq  va  samarali  ishlatilishi  ustidan, 

shuningdek,  davlat  va  mahalliy  mulkdan  qonuniy  asosda  foydalanish  ustidan 

nazorat  qilish  yuzasidan  moliyaviy  huquq  normalari  bilan  tartibga  solinadigan 

maqsadli faoliyatdir. Bu faoliyatning asosiy maqsadi nazorat qilinadigan ob’ektlar 

faoliyatidagi  kamchiliklarni  topish  va  mansabdor  shaxslarni  jazolashdan  iborat 

bo’lib qolmasdan, balki bu kamchiliklarning oldini olish, ularga yo’l qo’ymaslik, 

ogohlantirishdan iboratdir.  

Davlat  moliyaviy  nazorati  budjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlarining 

moliyaviy nazorat ob’ektlari tomonidan buzilishi hollarini aniqlash,  bartaraf etish 

va unga yo’l qo’ymaslik maqsadida davlat moliyaviy nazorat organlari tomonidan 

amalga oshiriladi. 




 

 

 



 

Davlat  moliyaviy  nazorat  organlari  davlat  moliyaviy  nazoratini  davlat 

moliyaviy  nazorat  organlari  yoki  vakolatli  organ  tomonidan  tasdiqlanadigan 

nazorat qilish yillik rejalariga muvofiq amalga oshiradi. 

Ayrim  hollarda  rejadan  tashqari  davlat  moliyaviy  nazoratini  amalga 

oshirishga: 

O’zbekiston  Respublikasi  Prezidentining  yoki  O’zbekiston  Respublikasi 

Vazirlar Mahkamasining: 

 davlat  moliyaviy  nazorat  organiga  budjet  to’g’risidagi  qonun  hujjatlari 

buzilganligi  faktlari  to’g’risida  ma’lumotlar  kelib  tushgan  hollarda  davlat 

moliyaviy nazorat organlari rahbarlarining qarorlari asosida yo’l qo’yiladi. 

O’zbekiston Respublikasi Hisob palatasi, O’zbekiston Respublikasi Moliya 

vazirligi  va  uning  tasarrufidagi  vakolatli  organlar  davlat  moliyaviy  nazorat 

organlaridir. 

Davlat  budjetining  va  davlat  maqsadli  jamg’armalari  budjetlarining 

daromadlari qismi bo’yicha davlat moliyaviy nazorati berilgan vakolatlar doirasida 

davlat soliq xizmati organlari tomonidan amalga oshiriladi. 



 

 

 



Bizga  ma’lumki,  umumdavlat  moliyaviy  nazorati  butun  mamlakat 

miqyosida tegishli vakolatlarga ega bo’lgan ixtisoslashgan davlat nazorat organlari 

tomonidan amalga oshiriladi. 

 

Umumdavlat  moliyaviy  nazoratining  asosini  budjet nazorati tashkil qiladi. 



Budjet  nazoratibarcha  darajadagi  budjetlarning,  davlatning  budjetdan  tashqari 

fondlarining  shakllanishi,  davlat  moliyaviy  resurslarining  qonuniy  va  maqsadga 

muvofiq  ishlatilishi  ustidan  nazoratni  ta’minlaydi.  Nazoratning  bu  turini 

O’zbekiston  Respublikasi  Moliya  Vazirligi,  uning  qoshidagi  Nazorat-taftish 

boshqarmasi,  Moliya  vazirligi  G’aznachiligi  kabi  ixtisoslashgan  operativ 

boshqarish va nazorat organlari amalga oshiradilar.  

 

Umumdavlat moliyaviy nazorati quyidagi nazorat 



turlarini qamrab oladi:

 

byudjet nazorati



 

- valyuta nazorati  

 

- soliq nazorati



 

- bojxona nazorati

 

- pul muomalasi nazorati  



 


 

 

 



 

Ijtimoiy-iqtisodiy  o’zgarishlar,  ijtimoiy-siyosiy  tangliklar  va  moliyaviy-

iqtisodiy  inqirozlar  sharoitida  budjet  nazoratining  ahamiyati  o’sib  boradi  va 

yangicha mazmun kasb etadi. 

Budjet nazorati: 

 



davlat moliyaviy nazoratining muhim qismi bo’lib, budjet jarayonida 

amalga oshiriladi; 

 

bosh  maqsadi  -  budjet  munosabatlarining  barcha  ishtirokchilari 



tomonidan budjet qonunchiligiga rioya etilishini nazorat qilish; 

 



budjet  tizimi  budjetlari  mablag’larining  tashkil  topishi,  taqsimlanishi 

va  foydalanilishining  qonuniyligi,  maqsadga  muvofiqligi  va  samarali  ekanligini 

davlat organlari tomonidan tekshirish tadbirlari tizimi sifatida qaraladi

 



qonunbuzarliklarning  oldini  olish,  aniqlash,  fosh  qilish  va  bartaraf 

etish bo’yicha choralarni qo’llashga, davlat budjetini shakllantirish va xarajatlarni 

amalga  oshirishda  yangi  imkoniyatlarni  topishga,  soliq-budjet  intizomini 

yaxshilashga yo’naltirilgan; 

 

hukumatning 



vakolatli 

organlari 

tomonidan 

Hisob 


palatasi 

(O’zbekistonning  moliyaviy  nazoratni  amalga  oshiruvchi  oliy  mustaqil  organi)ni 

jalb  qilgan  holda,  moliya  va  soliq  organlari  tomonidan  (hukumat  ijroiya 



 

 

 



organlarining nazorati) amalga oshiriladi. 

Budjet nazoratining vazifalari: 

 

budjet moddalari hajmi, tarkibi va maqsadliligi bo’yicha to’g’ri tuzilishi va 



ijro etilishini ta’minlash; 

 



budjet  mablag’lari  hisobiga  xarajatlarni  nazarda  tutuvchi  yoki  budjetning 

shakllanishi  va  ijrosiga  ta’sir  etuvchi  davlat  organlarining  qonun  va 

normativ-huquqiy  hujjatlari  loyihalari,  davlat  dasturlari  va  boshqa 

hujjatlarning moliyaviy ekspertizasini amalga oshirish; 

 

buxgalteriya hisobi va hisoboti yuritilishining to’g’riligi ustidan nazorat; 



 

budjet  mablag’lari  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalar  mablag’larining 



samarali va maqsadli ishlatilishi ustidan nazorat; 

 



barcha  darajadagi  budjetlar  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalarga  tu-

shumlar to’liq va o’z vaqtida kelib tushishi ustidan nazorat

 

budjet  jarayonining  barcha  bosqichlarida  budjet  va  soliq  intizomiga  rioya 



qilinishi ustidan nazorat; 

 



turli  darajadagi  budjetlarning  daromadlar  bazasini  oshirish  va  ularning 

xarajatlar qismini kamaytirish zaxiralarini aniqlash; 

 

budjetlararo munosabatlar mexanizmini amalga oshirish ustidan nazorat; 



 

budjet  va  budjetdan  tashqari  jamg’armalar  mablag’lari  harakatlarining 



qonuniyligi va o’z vaqtidaligi ustidan nazorat

 



isrofgarchilik  va  moliyaviy  suiiste’mollarni  aniqlash,  soliq  imtiyozlari, 

davlat  dotatsiyalari, subventsiyalar,  transfertlar  va  alohida  to’lovchilar  yoki 

hududlarga  boshqa  turdagi  yordamlarni  berish  bo’yicha  noqonuniy 

qarorlarning  oldini  olish  va  aybdor  shaxslarga  tegishli  jazo  choralarini 

qo’llash; 

 



budjet-moliya  intizomini  kuchaytirish  maqsadida  profilaktika,  axborot-

tushuntirish ishlari olib borish.  




 

 

 



 

 

Yuqorida sanab o’tilgan elementlar yig’indisi budjet nazorati mexanizmini 



tashkil  etadi  va  u  moliya  (budjet)  qonunchiligining  normativ-huquqiy  hujjatlari 

bilan tartibga solinadi. 

Budjet  nazoratining  sub’ektlari  hokimiyatning  vakillik  organlari 

(parlament  nazorati)  hamda  hukumat  va  davlat  boshqaruvi  (ijro)  organlari 

(ma’muriy  nazorat),  Moliya  vazirligi,  G’aznachilik,  hududlarning  moliya 

organlari, budjet mablag’larining bosh tasarrufchilari va boshqalardir. 




Download 6,56 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   199   200   201   202   203   204   205   206   ...   229




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish