O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent


PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT BO’YIChA AUDIT DASTURI



Download 206,69 Kb.
bet25/30
Sana18.02.2022
Hajmi206,69 Kb.
#453208
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30
Bog'liq
pul oqimlari togrisidagi hisobotni tuzish usullari va uni auditorlik

PUL OQIMLARI TO’G’RISIDAGI HISOBOT BO’YIChA AUDIT DASTURI


ØTekshirilayotgan korxona
ØAudit o’tkazish davri 2011 yil “28” fevral
ØKishi-soat miqdori 110
ØAuditorlik guruhi rahbari_Yaqubov O._ ØAuditorlik guruhi tarkibi _Yaqubov O.,Salimov T._ ØAuditorlik tavakkalchiligi %_5
ØMuhumlilik darajasi % 4





Tekshiriladigan savollar ro’yxati va (yoki) auditorlik muolajalari

Auditorlik muolajalarga: ya’ni testlar, uslubiyotlar va boshqalarga asoslanganligi

O’tkazish davri

Ijrochi

Ishchi hujjatlar

1

2

3

4

5

b

1. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotni buxgalteriya hisobi registrlar ko’rsatkichlari bir biriga
muvofiqligining auditi

1.1

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot

Nazoratlash, kuzatish

2.03-

Salimo







ishonchliligini ta’minlovchi omil sifatida




3.03

v T




buxgalteriya hisobi schetlaridagi yozuvlar













asoslanganligini tekshirish










1.2

Hisob registrlari to’g’ri tuzilganligini

So’rov, hisoblash, analitik

2.03-

Salimo







tekshirish

amallar

3.03

v T

1.3

Korxona pul oqimlari to’g’risidagi

Kuzatish, so’rov, analitik

2.03-

Salimo







hicobotini o’rganish va u belgilangan

amallar

3.03

v T




muddatlarda taqdim etilishini tekshirish










1.4

Tahliliy hisob ko’rsatkichlarni Bosh kitob

So’rov, hisoblash, analitik

2.03-

Salimo







va boshqa hisobot moddalaridagi

amallar

3.03

v T




ko’rsatkichlar bilan solishtirish










2. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot to’g’ri tayyorlanganligining auditi

2.1

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot to’g’ri

So’rov, hisoblash, analitik

2.03-

Salimo







tayyorlanganligini tekshirish

amallar

3.03

v T

2.2

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda

Kuzatish, so’rov, analitik

2.03-

Salimo







faoliyatlar bo’yicha pul oqimlari to’g’ri

amallar

3.03

v T




aks etilganligini tekshirish










2.3

Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotda

So’rov, hisoblash, analitik

2.03-

Salimo







hisob-kitob operatsiyalari to’g’ri aks

amallar

3.03

v T




etilganligini tekshirish










2.4

Balansda pul mablag’lari to’g’ri aks

Nazoratlash, kuzatish

2.03-

Salimo







etilganligini tekshirish




3.03

v T

2.5

Boshqa turdagi hisobot shakllari to’g’ri

So’rov, hisoblash, analitik

2.03-

Salimo







tayyorlanganligini tekshirish

amallar

3.03

v T

№3-«Auditni rejalashtirish»nomli AFMS, №14-«Au-ditorlik tanlash», №9-
«Jiddiylik va auditorlik riski», №6-«Auditni hujjatlashtirish» va auditorlik tekshiruvini amalga oshirishni tartibga soladigan boshqa standartlar bilan o’zaro chambarchas bog’liq. Shunday qilib, boshqa standartlardagi talablarni o’rganmasdan va izchil bajarmasdan, ushbu standart talablarini bajarish mumkin emas.
Auditor o’z ishini shunday rejalashtirishi lozimki, buxgalterlik (moliyaviy) hisobotlarini, moliya-xo’jalik muomalalarining ishonchliligini va qonuniyligini, hamda ular buxgalteriya hisobi schyotlarida aks ettirilishining to’g’riligini o’z vaqtida va sifatli auditorlik tekshiruvidan o’tkaziladi.
Auditni rejalashtirish quyidagilarni ta’minlashi lozim:

  1. buxgalterlik hisobi va hisobotining holati hamda ichki nazorat tizimining samaradorligi to’g’risida zarur axbo-rotlarni olish;

  2. bajarilishi lozim bo’lgan nazorat amallarining mazmunini, o’tkazish vaqtini va hajmini aniqlash;

Auditni rejalashtirish kutilayotgan ishlar rejasini tuzish va auditorlik dasturini ishlab chiqishni o’z ichiga oladi.
Kutilayotgan ishlar rejasida quyidagi ko’rsatkichlar aks ettiriladi:
Øaudit o’tkazish muddati va ishlarning davomiyligi;
Øbajariladigan ishlar hajmi;
Øauditor qo’llaydigan usullar va amallar.
Auditor o’z rejasini tekshiriladigan korxona rahbariyati va xodimlari bilan muhokama qilishi mumkin. Bu o’tkaziladigan auditning ta’sirchanligini oshirish va auditorlik amallarini korxona xodimlari faoliyati bilan muvofiqlashtirishga imkon yaratadi.


    1. Pul oqimlari to’g’risidagi hisobotning to’g’ri tuzilganligini tekshirish


Korxonada pul oqimlari to’g’risidagi hisobot auditni o’tkazish vaqtida buxgalteriya hisobi schetlaridagi yozuvlarning tekshiruvi eng mas’uliyatli
vazifalardan biri hisoblanadi, zero bu korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyati ko’rsatkichlarini tavsiflovchi asosiy ma’lumotlar olinadigan ushbu hisobotning ko’rsatkichlarni ishonchliligini ta’minlash uchun xizmat qiluvchi asosiy omil hisoblanadi. Ushbu ishni malakali bajarmasdan turib, haqqoniy auditorlik xulosasini tayyorlash uchun asosiy baza hisoblangan hisobot ko’rsatkichlari ishonchliligiga to’liq ishonch hosil qilib bo’lmaydi.
Auditor pul oqimlari to’g’risidagi hisobtni auditorlik tekshiruvidan o’tkazishda hisobotdagi ko’rsatkichlar, hisob registrlari va dastlabki hujjatlar auditning ma’lumot bazasi sifatida qo’llaniladi.
Hisobot davrida audit o’tkazish uchun ma’lumot materiallari korxonaning hisob registrlari - Bosh kitob, jurnal-orderlar yoki memorial orderlar, sintetik va tahliliy hisobning aylanma qaydnomalari, hisob-kitob-to’lov qaydnomalari, shaxsiy schetlar, tahliliy hisob varaqalari va boshqalardan olinadi. Bunda hisob registrlarida korxonaning moliyaviy va xo’jalik operatsiyalari bo’yicha barcha buxgalteriya yozuvlari ikki yoqlama yozish usuli bilan jamlanadi, ya’ni, har bir xo’jalik operatsiya tegishli schetlarning debeti va kreditida aks etiladi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moddalarini yoppasiga yoki tanlab olib tekshiruv o’tkazganda auditor hisob registrlarida buxgalteriya schetlari, qayd etilgan registrlarda xo’jalik operatsiyalari iqtisodiy mazmunidan kelib chiqib, to’g’ri korrespondentsiyalanganligini baholashi va kelajakda to’g’rilash maqsadida, tasodifan sodir etilgan xatoliklarni va tasodifiy noto’g’ri buxgalteriya yozuvlarini (o’tkazmalarini) aniqlashi lozim. Bunday tekshiruv hozirgi vaqtda dolzarb hisoblanadi, chunki ayrim rahbarlar, soliq to’lovlarini kamaytirish, kelajakda kredit olinishini ta’minlash va tashqi foydalanuvchilarga noto’g’ri ma’lumotlar taqdim etish maqsadida o’zlarining hozirgi kundagi haqiqiy moliyaviy va mulkiy holatini ko’rsatishni istamaydilar, korxonaning hisobot ma’lumotlarini, shu jumladan, tegishli moliyaviy xo’jalik operatsiyalari bo’yicha aylanmalarni noto’g’ri aks ettirish hisobiga, buzib ko’rsatishga harakat qiladilar. Shularni hisobga olgan holda, xalqaro auditorlik standartlarida ham,
korxonalarda tovlamachilik yoki xato tavakkalchiligini oshiruvchi imkoniyatlar vujudga kelishi nazarda tutiladi.
Buxgalteriya schetlaridagi yozuvlar, buxgalteriya schetlari korrespondentsiyalanishi hamda pul ifodasida to’g’ri asoslanganligini aniqlash uchun tekshirilayotgan buxgalteriya yozuvlariga taalluqli bo’lgan va amalda sodir etilgan xo’jalik operatsiyalarini yozma ravishda tasdiqlovchi, buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga huquqiy maqom beruvchi dastlabki hujjatlarni diqqat bilan o’rganib chiqish lozim.
Ma’lumki, buxgalteriya hisobida barcha yozuvlar dastlabki hujjatlar asosida yuritiladi. Bundan keyin, undagi ma’lumotlar hisob registrlariga ko’chirib yoziladi, u erda ular bir xil tizimga keltiriladi, ya’ni, buxgalteriya schetlarida qayd etiladi.
Hisobot davrining oxirida hisob registrlari ma’lumotlariga asosan korxona hisoboti to’ldiriladi.
Dastlabki hujjatlar hisob ma’lumotlari harakatini boshlab beradi, korxona moliyaviy-xo’jalik faoliyatini yoppasiga va uzluksiz aks etish uchun buxgalteriya hisobini kerakli bo’lgan ma’lumotlar bilan ta’minlaydi.
Hisobga olish uchun faqat to’g’ri rasmiylashtirilgan, ya’ni, barcha rekvizitlari to’ldirilgan hujjat qabul qilinadi. Faqat shu holatda dastlabki hujjat huquqiy maqomga ega bo’ladi. Bunday rekvizitlar bo’lib: hujjat nomi, kodi; tuzilgan sanasi, xo’jalik operatsiya mazmuni; xo’jalik operatsiya o’lchamlari (natura va pul ifodasida); xo’jalik operatsiyalari sodir etilishi bo’yicha va to’g’ri rasmiylashtirilishi yuzasidan mas’ul mansabdor shaxslar lavozimlari, shaxsiy imzolar va ularning yoritishlari va boshqalar hisoblanadi. Hozirgi vaqtda ayrim rekvizitlarni kodlar bilan almashtirib yozishga ruxsat etilgan. Korxonada buxgalteriya hisobi hisoblash texnikasi yordamida avtomatlashtirilgan bo’lsa bunday holatlar ko’proq uchraydi.
Dastlabki buxgalteriya hujjatlardagi yozuvlarni siyoh, kimyoviy qalam, sharikli ruchka pastasi, yozuv mashinkalari, kompyuterning printeri va boshqalar bilan amalga oshirish mumkin.
Har bir korxonada rahbar bosh buxgalter bilan kelishgan holda dastlabki hujjatlarni imzolash huquqiga ega bo’lgan shaxslar ro’yxatini tasdiqlaydi.
Buxgalteriyaga kelib tushgan barcha dastlabki hujjatlar majburiy tekshiruvdan o’tkazilishi lozim. Tekshiruv hujjatlarning shakllari (hujjatlar va uning rekvizitlari to’liq va to’g’ri rasmiylashtirilganligi) va mazmuni (operatsiyalar qonuniyligi, alohida ko’rsatkichlarning logik jihatdan bog’langanligi) bo’yicha amalga oshiriladi. Amaldagi qonunchilikka zid holda sodir etilgan operatsiyalar bo’yicha hujjatlarni ijro etish va rasmiylashtirish taqiqlanadi. Bunday hujjatlar tegishli qapop qabul qilish uchun korxona rahbari va bosh buxgalteriga topshiriladi. Qayta ishlovdan o’tgan dastlabki hujjatlar, ulardan qaytadan foydalanish imkoniyatini bartaraf etish maqsadida, tegishli belgilar bilan tamg’alanishi lozim.
Ayrim buxgalteriya yozuvlari tegishli dastlabki hujjatlar asosida emas, amaldagi me’yorlar, ko’rsatmalar, qarorlar, qonunlar va boshqa me’yoriy hujjatlar asosida amalga oshiriladi, masalan, soliq to’lovlari, turli xil foizlar (shartnomalarda kelishilgan miqdorlar chegarasida) va boshqalar. Bunday holatlarda auditor yuqorida qayd etilgan yozuvlar bo’yicha tegishli buxgalteriya ma’lumotnomalari va ular asosli ravishda amaldagi qonunchilikka muvofiq to’g’ri to’ldirilganligi nuqtai-nazaridan, shuningdek, bunday buxgalteriya yozuvlari bo’yicha summalar to’g’ri hisoblanganligi va tegishli ravishda rasmiylashtirilganligi nuqtai-nazaridan ham tekshirishga majburdir.
Buxgalteriya ma’lumotnomalarini saqlash dastlabki hujjatlarni saqlash tartibiga muvofiq ta’minlanadi, ularni saqlash bo’yicha mas’uliyat esa, korxona rahbari va bosh buxgalter zimmasiga yuklanadi. Korxona faoliyati tekshiruvining amaliyotida auditorlar hisobot shakllarini xato to’ldirilganligi bilan to’qnashadilar. Bosh kitob bo’yicha aylanmalarni yopib, barcha o’tkazmalarni to’g’ri amalga oshirib va soliqlarni hisoblab, buxgalter belgilangan hisobot shakllarini noto’g’ri to’ldiradi. Auditor hisobot ma’lumotlarini Bosh kitob, aylanma qaydnoma ma’lumotlari bilan solishtirishi
hamda hisobot shakllari bir-biriga muvofiqligini sinchkovlik bilan tekshirishi lozim.
Shuningdek, buxgalter muayyan xo’jalik operatsiyalarni qayd etish usulini bilmasligi natijasidan kelib chiqadigan takror sodir etiladigan xatolarga yo’l qo’yishi va har gal noto’g’ri o’tkazmalarni amalga oshirishi mumkin. Ushbu xatolarni aniqlash unchalik qiyin emas, chunki ular yaqqol ko’zga tashlanadi. Aksariyat holatlarda ularni Bosh kitob yoki to’ldirilgan pul oqimlari to’g’risidagi hisobot shaklini kuzatgandayoq aniqlab olish mumkin. Ushbu xatolar moliyaviy hisobotni muhim ravishda buzib ko’rsatishga olib keladi va odatda, har gal hisobot davri bo’yicha korxonaning buxgalteriya ma’lumotlarini to’g’rilanishini talab qiladi. Shuningdek, buxgalteriya hisobini yuritish va soliq qonunchiligini bilmaslik bilan bog’liq bo’lgan xatolar, amalda sodir etilmagan xo’jalik operatsiyalarini aks etish, soxta hujjatlarni va oldindan soxta ma’lumotlarga ega bo’lgan hujjatlarni aniqlash va boshqa holatlar ham uchraydi. Masalan, xo’jalik operatsiya sodir etilgan vaqtga O’zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan belgilangan valyuta kursini noto’g’ri qo’llash sababli xato sodir etilishi mumkin. Xato, albatta, hisobot davrida to’g’rilanishi lozim, chunki u to’g’ridan-to’g’ri foyda (zarar) miqdori bilan bog’liq va bu arzimas xato moliyaviy natijalar bo’yicha jiddiy noto’g’riliklarga olib kelishi mumkin.
Bozor sharoitida korxonalarga xo’jalik mustaqillik berilishi munosabati bilan tovlamachiliklar, moddiy qiymatliklarning nobudgarchiligi keskin kamayadi degan noto’g’ri fikr mavjud. Bu sharoitda ham amaliyotda korxonada qonunchilikni buzish va suiiste’molchiliklar sodir etilishi kuzatiladi. Bundan tashqari, ularni sodir etish usullari va shakllari o’zgaradi va murakkablashadi.
Pul oqimlari to’g’risidagi hisobot moddalari puxta o’tkazilgan inventarizatsiyasi bilan asoslangan bo’lishi kerak. Inventarizatsiya O’zbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tomonidan 1999 yil 19 oktyabrda EG/17-19-2075- son bilan tasdiqlangan O’zbekiston Respublikasi 19-son “Inventarizatsiyani tashkil etish va o’tkazish” nomli Buxgalteriya hisobi milliy standarti (BHMS) (ro’yxat raqami 833, 1999 yil 2 noyabr) da belgilangan tartibda o’tkaziladi.
Bunda yillik moliyaviy hisobotni taqdim etishga qadar doimiy ishlab turgan inventarizatsiya komissiyalari tomonidan inventarizatsiya davomida aniqlangan, boyliklar haqiqiy mavjudligining buxgalteriya hisobi ma’lumotlariga qaraganda tafovutlari tartibga solinishi kerak. O’tkazilgan inventarizatsiyalar soni va natijalari, shuningdek ularni o’tkazmaslik sabablari yillik moliyaviy hisobotga ilova qilinadigan tushuntirish xatida aks ettirilishi kerak.
Moliyaviy hisobot shakllariga rahbar va bosh buxgalter imzo chekadi, imzolar muhr bilan tasdiqlanadi.
Hisobotda ustiga yozishlar bo’lmasligi kerak. Xatolar tuzatilgan taqdirda tegishli qaydlar qilinadi, ularni moliyaviy hisobotlarga imzo chekkan shaxslar tasdiqlab, tuzatish sanasini ko’rsatadilar.
Joriy hamda o’tgan yil hisobot ma’lumotlaridagi (ular tasdiqlanganidan keyin) tuzatishlar uning ma’lumotlarini buzishlar aniqlangan hisobot davri uchun tuzilgan hisobotda amalga oshiriladi, bunda tuzatishlar hisobot davri (chorak, yil boshidan) uchun ma’lumotlarga kiritiladi.
Iqtisodiyotni modernizatsiyalash sharoitida pul mablagini va uning ekvivalentlarini saklanishi, kirimi va sarfini ustidan kattik va tizimli nazorat urnatish lozim. Chunki ular tez xarakat kiladigan va ugirlanishi nisbatan oson bulgan mablaglardir.
Shuning uchun ularni saklash, kirim va sarflanishini nazorat kilishning kuyidagi usullarini kullash maksadga muvofikdir:
A.Pul mablaglarining ichki nazorati.
Ichki nazorat tizimi kuyidagilarni ta’minlash maksadida ishlab chikilgan siyosat va tadbirlardir:
-aktivlarni ximoya kilish;
-sub’ektning moliyaviy siyosatini mosligini ta’minlash;
-buxgalteriya schyotlarida aks ettirilgan kursatkichlarning ishonchliligini ta’minlash.
Pul mablaglari va aktivlar ustidan urnatilgan kattik ichki nazorat tizimi, pul mablaglari va ularning ekvivalentlarining amalga oshirilgan
baxolanishi moliyaviy xisobotlaridan foydalanuvchilar anik va ishonchli bulib xisoblanadi.
Pul mablaglari ustidan urnatilgan ichki nazorat kuyidagi vazifalarni bajarishi kerak:

  • pul mablaglarini aloxida saklash va aloxida xisobini yuritish;

  • nakd pulga amalga oshirilgan barcha muomalalarning xisobini

yuritish;

    • kassada fakat zarur bulgan nakd pulning koldigini saklash;

    • kassadagi nakd pul koldigining doimiy tekshiruv xisoblarini amalga oshirish;

    • daromad keltirmaydigan pul mablaglarining kaytarilishini taminlash;

    • pul mablaglarini jismoniy nazorat kilish (vakti-vakti bilan kassadagi nakd pullarni inventarizatsiya usuli yordamida tekshirib turish).

V. Pul mablaglarining kelib tushishini nazorat kilish kuyidagi tartibda amalga oshiriladi:
Xamma sub’ektlarda pul mablaglarning tushishini kup manbalari va xar xil nazorat muomalalari mavjud. Amalda kuyidagi muomalalar kuprok ishlatiladi:

    • pul mablaglarini tulash, nakd pulga amalga oshiriladigan muomalalarni aks ettirish va kassadagi koldiklarni takkoslash buyicha majburiyatlarni ta’minlash. Bu tartib ugirlikni kalbaki xujjatlar bilan berkitish va ugirlik tavakalchiligini kamaytiradi;

    • pul mablaglarining bankdagi schetlarga tushishidan boshlab, doimiy va tuxtovsiz pul olish uchun xar bir aloxida xodimga majburiyatini belgilash.

Bu nazorat uz navbatida kuyidagilarni talab etadi:

  1. Kechiktirilmagan xisoblashishlar, ya’ni xisoblashishlarni belgilangan vaktda amalga oshirish;

  2. Kechiktirilmagan yozuvlar, muomala yozuvlarini uz vaktida amalga oshirish;

  3. Olingan barcha pul mablaglarini uz vaktida deponentlash, ya’ni tegishli maksadlar yoki majburiyatlarga yunaltirish.

Pul mablaglarining boshkaruv funktsiyasini bajarish buyicha tuxtovsiz nazoratni ta’minlash va yozuvlarni yuritish. Bu nazorat, kundalik va kassadagi nakd pulning kutilmagan xisobi, ichki taftish va kundalik olingan pul mablaglari, tulovlar va koldikning kundalik xisobotini uz ichiga oladi.
S. Pul mablaglarining sarfini nazorat kilish tartibi kuyidagilardir:
Kupchilik kompaniya va firmalar juda kup remitentlarga pul tulaydilar. Pul mablaglarini nazorat kilish tizimi xar bir kompaniya va firma uchun ayrim ishlab chikarilsa xam kuyidagi koidalar kup xollarda umumiy xolda kullaniladi:

    • Pul mablaglarining xarajatlari xakidagi xujjatlarni yuritish buyicha cheklarni yozish, imzolash, ularni yuborish va yozuvlarni yuritish buyicha majburiyatlarni taksimlab berish:

    • Xujalik extiyojlari uchun sarflangan xarajatlarni kichik summadan tashkari (kichik kassalar), oldindan rakamlangan cheklar bilan rasmiylashtirish (xarajat orderlar bilan):

    • Agar kichik kassaning schetlari kullanilsa, ulardan foydalanish buyicha xukuklarni nazorat kilish zarur;

    • Xarajatni tasdiklovchi zarur xujjatlar mavjud bulsagina kassaning chikim orderlarini yozish;

    • Pul mablaglarini ruyxatga olish va rasmiylashtirish ustidan nazorat kilish, ya’ni kassaning kirim va chikim daftarining uz vaktida va tugri yuritish.

Pul oqimi tushchunchasi korxona tijorat faoliyatining sof pulli natijasi sifatida ifodalanadi. Pul oqimlari - pul mablaglari hamda ular ekvivalentlarining oqimi (tushumi) va chiqimi (sarflanishi, chiqishi)dan iborat. Korxonaning pul oqimini:

  • ular harakatlanishining yo’nalishi bo’yicha;

  • tushumlarning tavsiflari bo’yicha guruhlarga ajratish mumkin.

Pul oqimi o’z harakatining yo’nalishi bo’yicha quyidagilarga bo’linadi:

  • pul mablag’lari kirimi (ijobiy pul mablag’lari oqimi), ya’ni korxona tomonidan olingan mablag’lar;

  • pul mablag’lari chiqimi (salbiy pul oqimi), ya’ni korxona tomonidan

sarflangan mablag’lar.
Tushumlar tavsifi bo’yicha pul oqimi quyidagilarga ajratiladi:

  • bir xil va doimiy ravishda bo’lmagan tushumli pul oqimi;

  • bir xil bo’lgan, lekin doimiy ravishda bo’lmagan (bir xil muddatda bo’lmagan) tushumi pul oqimi;

  • bir xil (teng) miqdordagi va doimiy bir muddatda tushuvchi pul oqimi.

Bozor iqtisodiyoti sharoitida pul mablag’lari bi-lan birgalikda qisqa muddatli investitsiyalar katta ahamiyatiga egadir. Mamlakatimizda investitsion mu-hitni barpo etish hamda investitsion faoliyatni ri-vojlantirish ishlari amalga oshirilayotgan vaqtda qisqa muddatli investitsiyalarning iqtisodiyotdagi o’rni yanada oshadi.
Yuqorida takidalanagn pul oqimalarining xarakatini xujjatlarda rasmiylashtirishini tekshirish muxim axamiyat kasb etadi. Shundan kelib chiqqan xolda pul mablag’larini auditorlik tekshiruvidan o’tkazishning asosiy maqsadi: korxona kassasidagi milliy (5010) va xorijiy valyutadagi (5020) naqd pul mablag’larini, bankdagi hisob-kitob (5110), valyuta (5200) schyotlari va boshqa maxsus (5500), pul ekvivalentlari (5610) hamda yo’ldagi pul (o’tkazmalari) mablag’lari (5710) schyotlariga doir muomalalarni auditorlik tekshiruvidan o’tkazib, moliyaviy hisobotning «Pul mablag’lari» bo’limi bo’yicha ma’lumotlarning ishonchliligi va bankdagi schyotlarda pul mablag’larini hisobga olish uslubiyotining O’zbekiston Respublikasida amal qilayotgan me’yoriy hujjatlarga muvofiqliligi to’g’risida xulosa bildirish, ularni saqlanishi va ishlatilishining maqsadga muvofiqligi, buxgalteriya hisobida to’g’ri aks ettirilishi hamda qonuniyligini ta’minlashdan iborat.



    1. Download 206,69 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   22   23   24   25   26   27   28   29   30




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish