O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent



Download 1,26 Mb.
bet14/285
Sana20.04.2022
Hajmi1,26 Mb.
#566703
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   285
Bog'liq
Moliyaviy tahlil final (1)

Ko‘p o‘lchamli tahlilda bir nechta korxonalarni katta spektrdagi ko‘rsatkichlari taqqoslab o‘rganiladi. Bu tahlil korxonalar va ularning bo‘linmalari faoliyatini kompleks baholashda keng qo‘llaniladi.
Taqqoslashda real voqelikning, haqiqatdagi ko‘rsatkichlarning reja, o‘tgan yillar, bazis yili, o‘rtacha tarmoq, ilg‘or, qoloq, xorij ko‘rsatkichlariga nisbatan o‘zgarishlariga, ularning dinamikasiga, mutlaq va nisbiy ifodalarda baho beriladi.
1.7-jadval

Taqqoslash usulida mahsulot (ish va xizmatlar) sotish hajmi o‘zgarishini tahlil etish metodikasi




Taqqoslash birligi

Ko‘rsat- kichning
mutlaq o‘zgarishi

Ko‘rsatkich- ning nisbiy o‘zgarishi, %



Ko‘rsatkich indeksi

Bir foizli o‘zgarishning mutlaq ifodasi

Rejaga
nisbatan (∑qrpr)

∑qhph - ∑qrpr



∑qhph /
∑qrpr*100-100

∑qhph / ∑qrpr



∑qp%*∑qrpr

O‘tgan yilga
(∑qo‘po‘)

∑qhph -
∑qo‘po‘

∑qhph /
∑qo‘po‘*100-100

∑qhph / ∑qo‘po‘

∑qp%*∑qo‘po‘

Bazis yiliga
nisbatan (∑qbpb)

∑qhph - ∑qbpb



∑qhph /
∑qbpb*100-100

∑qhph / ∑qbpb



∑qp%*∑qbpb

O‘rtacha tarmoq ko‘rsatkichga
nisbatan (∑qtpt)

∑qhph - ∑qtpt



∑qhph /


∑qtpt*100-100

∑qhph / ∑qtpt



∑qp%*∑qtpt



Ilg‘or ko‘rsatkichga nisbatan
(∑qipi)

∑qhph - ∑qipi



∑qhph /


∑qipi*100-100

∑qhph / ∑qipi



∑qp%*∑qipi



Qoloq ko‘rsatkichga
nisbatan (∑qqpq)

∑qhph - ∑qqpq



∑qhph /


∑qqpq*100-100

∑qhph / ∑qqpq



∑qp%*∑qqpq



Xorij ko‘rsat kichiga nisbatan
(∑qxpx)

∑qhph - ∑qxpx



∑qhph /


∑qxpx*100-100

∑qhph / ∑qxpx



∑qp%*∑qxpx



1.8-jadval

Mahsulot sifati bo‘yicha ishlab chiqarish rejasining bajarilishi tahlili




Choraklar

Mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan tushum, mln so‘m

Haqiqatdagi darajaning rejadan farqi



Reja bajarilishi, %

Reja

Haqiqat

1

22 500

21 600

-900 (21600-22500)

96
(21600/22500)

2

20 200

20 800

+600

102.9

3

28 000

28 200

+200

107.1

4

27 000

26 300

-700

97.4

Jami

97 700

96900

-800

99.18

Korxona mahsulot (ish, xizmat)larni sotishdan sof tushum rejaga qiyosan 800 mln so‘mga kam bo‘lgan. Bu esa mahsulot (ish, xizmat)larni sotish rejasi 99.18 foizga bajarildi degani. Choraklar bo‘yicha birinchi va to‘rtinchi choraklar bo‘yicha tushum rejasi bajarilmagan. Ikkinchi va uchinchi choraklar bo‘yicha reja nisbiy ifodada 102.9 va 107.1 foizga bajarilgan.


Iqtisodiy tahlilda o‘rganiladigan hodisa va jarayonlar miqdoriy o‘lchamga ega bo‘lib, ular mutlaq va nisbiy miqdorlar bilan ifodalanadi.
Mutlaq miqdorlar iqtisodiy hodisa va jarayonlarni hajmi, miqdori, o‘lchami va darajasini ifodalaydi.
Nisbiy miqdorlar bir mutlaq miqdorni ikkinchi mutlaq miqdorga bo‘lish natijasida olingan hosilani ifodalaydi. Nisbiy miqdorlar turli shaklda: koeffitsiyentlarda (taqqoslash bazasi 1), foizlarda (taqqoslash bazasi 100), promillarda (taqqoslash bazasi 1000) va promillarda (taqqoslash bazasi 10000) ifodalanishi mumkin.
Tahlil jarayonida nisbiy miqdorlarning quyidagi turlari keng qo‘llanadi: reja vazifalarining nisbiy miqdorlari; rejani bajarishning nisbiy miqdorlari; dinamika nisbiy miqdorlari; tuzilmaviy nisbiy miqdorlar; koordinatsiya nisbiy miqdorlari; intensiv nisbiy miqdorlar; obyektlararo va hududiy taqqoslash nisbiy miqdorlari; samaradorlik nisbiy miqdorlari.
1.9-jadval

Nisbiy miqdorlarning turlari, ifodasi va ularning tasnifi


Taqqoslash turlari

Taqqoslashning nisbiy ifodasi

Tasnifi

Reja vazifalari nisbiy miqdorlari

Krv=Kjr/Ko‘y

Joriy yil reja ko‘rsatkichini (Kjr) o‘tgan yil yoki o‘tgan yillarning o‘rtacha ko‘rsatkichlariga (Ko‘y)
nisbati

Rejani bajarishning nisbiy
miqdorlari

Krb=Kh/Kr

Haqiqatda erishgan daraja (Kh) bilan reja ko‘rsatkichlari (Kr) nisbati

Dinamika nisbiy
miqdorlari

Kdn=Kb/Kbv

Iqtisodiy ko‘rsatkichlarni (Kb), (Kbv) vaqt ichida nisbiy o‘zgarishini
tavsiflaydi

Tuzilmaviy nisbiy
miqdorlar

Ktn=Kab/Kuh

O‘rganilayotgan to‘plamning ayrim birliklarini (Kab) uning umumiy
hajmiga (Kuh) nisbati

Koordinatsiya
nisbiy miqdorlari

Kkn=Kab/Kbb

To‘plam ichidagi ayrim birliklarni
(Kab, Kbb) o‘zaro nisbatlarini tavsiflaydi

Intensiv nisbiy miqdorlar

Kin=Ksm/Ktm

Turli nomdagi lekin o‘zaro
bog‘langan ko‘rsatkichlarni (Ksm, Ktm) o‘zaro nisbati

Obyektlararo va hududiy taqqoslash

Koh=Kxk/Kbxk Koh=Xo/Rbo

Nisbiy miqdorlari bir xil nomdagi lekin turli obyekt yoki hududlarga taalluqli bo‘lgan
ko‘rsatkichlarni(Kxk, Kbxk), (Xo, Rbo) o‘zaro nisbatini tavsiflaydi.

Samaradorlik
nisbiy miqdorlari

Ksn=Ks/Kr

Samara (Ks) va resurs (Kr) yoki
xarajatlar orasidagi nisbatni tavsiflaydi



O‘rtacha miqdorlar.
Mutlaq va nisbiy miqdorlarning hodisa va jarayonlarni o‘rganish, baholash va tahlil etishdagi ustunliklari, ijobiy tomonlari bilan bir qatorda, ularning qator kamchiliklari ham mavjud. Ya’ni ular
o‘rganilayotgan hodisa va jarayonlarga umumlashtirib ta’rif bera olmaydi. Bu vazifani o‘rtacha miqdorlar bajaradi.
O‘rtacha miqdorlardan rejalashtirish, boshqarish, ilmiy-tadqiqot ishlarida keng qo‘llaniladi.
O‘rtacha miqdorlar deb, bir xildagi va bir turdagi hodisalarni o‘zgaruvchan belgilari asosida umumlashtirib xarakterlovchi, ta’riflovchi miqdorlarga aytiladi.
Moliyaviy tahlil jarayonida o‘rtacha miqdorlarning qator turlaridan foydalaniladi: o‘rtacha arifmetik miqdorlar; o‘rtacha garmonik miqdorlar; o‘rtacha geometrik miqdorlar; o‘rtacha xronologik miqdorlar; o‘rtacha kvadratik miqdorlar.
O‘rtacha miqdorlarning sodda va amaliyotda keng qo‘llaniladigan turi bu o‘rtacha arifmetik miqdordir. O‘rtacha arifmetik miqdor o‘z navbatida oddiy va tortilgan ko‘rinishga bo‘linadi.
Oddiy arifmetik o‘rtacha variantlar (x) bir yoki teng marta takrorlangan paytda qo‘llaniladi.

x x1 х2 х3  ...  хn
f
x
f

Tortilgan ko‘rinishdagi o‘rtacha arifmetik miqdor quyidagi bog‘lanishlar orqali topiladi.
х х1 f1 x2 f2 x3 f3  ...  xn fn xf
f1 f2 f3  ...  fn f
Tahlilda o‘rtacha arifmetik bilan bir qatorda o‘rtacha garmonik ham keng qo‘llaniladi. O‘rtacha garmonik – bu o‘rtacha arifmetik miqdorning teskari bo‘lgan darajasidir.
O‘rtacha garmonik miqdor ham o‘rtacha arifmetik miqdorga o‘xshab oddiy va tortilgan shakllarga ega.
Oddiy o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:
х n
1
x
Tortilgan o‘rtacha garmonik miqdorlarni aniqlash formulasi:

х xf
M
M1 M 2
 ...  M n
M



гар xf
M M M M M

1
2  ...  n

x x x1 x2 xn x
Tahlilda o‘rtacha geometrik miqdorlardan odatda o‘sish sur’atlarini o‘rganishda keng foydalaniladi.
Xgeom
1.10-jadval

Mahsulot hajmining o‘sish sur’atlari


Choraklar

I

II

III

IV

O‘sish sur’ati

1,08

1,12

1,15

1,17

Oddiy o‘rtacha o‘sish sur’atini aniqlasak, ularning barchasini qo‘shib to‘rt soniga bo‘lish orqali natijaga ega bo‘linadi.


Ya’ni: 1,08+1,12+1,15+1,17=1,13
Agar narxlar o‘zgarishi yillik 1,18 foizga ortishini yagona mezon qilib olsak, u holda yillik o‘sish sur’ati quyidagicha bo‘lishi lozim.
1,18∙1,18∙1,18∙1,18 = 1,94 ni tashkil etadi
Bunday qarama-qarshilik yuzaga kelmasligi uchun geometrik formuladan foydalanish lozim.
=1.2757
Tahlilda o‘rtacha xronologik formuladan ham keng foydalaniladi.
O‘x = (X1/2+X2+...+Xn­1+Xn/2)/ n-1

1.11-jadval



Download 1,26 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   10   11   12   13   14   15   16   17   ...   285




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish