O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet2/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
 
© 
“Iqtisod-moliya” nashriyoti, 2019 
 



Akajonlarim Do‘stiyor va Sirojiddin
Elmirzayevlarning yorqin xotirasiga 
 bag‘ishlayman! 
 
 
 
 
KIRISH 
 
Bozor qonuniyatlarini hisobga olgan holda ijtimoiy-iqtisodiy 
taraqqiyot 
yo‘nalishlari 
belgilangan 
davlatlarda 
korporativ 
boshqaruv amaliyotiga doimiy ravishda diqqat-e’tibor qaratilgan, 
desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Shu boisdan mazkur masala xalqaro 
iqtisodiy tashkilotlarning ham e’tiboridan chetda qolmasdan 
kelmoqda. Xususan, Jahon banki guruhi tomonidan har yili e’lon 
qilib kelinayotgan “Biznes yuritish” (Doing Business) hisobotlarida 
biznes yuritishga ta’sir etuvchi muhim omil sifatida minoritar 
investorlar huquqlarini himoya qilish holati alohida davlatlar 
kesimida tahlil qilinib, reyting tuzib chiqilmoqda. Shuningdek 
Iqtisodiy hamkorlik va taraqqiyot tashkiloti tomonidan 2015-yilda 
hozirgi real shart-sharoitlardan kelib chiqqan holda “Korporativ 
boshqaruv prinsiplari” qayta e’lon qilinganligi
1
korporativ boshqaruv 
amaliyotining milliy va jahon iqtisodiyoti uchun qay darajada 
muhimligini ko‘rsatmoqda. 
Respublikamizda ham iqtisodiy taraqqiyotni ta’minlash 
maqsadida korporativ tuzilmalar, xususan aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyatini samarali tashkil etish maqsadida qator islohotlar 
o‘tkazilmoqda. 2017-2021-yillarda O‘zbekiston Respublikasini 
yanada rivojlantirish bo‘yicha Harakatlar strategiyasida “korporativ 
boshqaruvning zamonaviy standart va usullarini joriy etish, 
korxonalarni strategik boshqarishda aksiyadorlarning rolini 
kuchaytirish”
2
masalasi alohida belgilab qo‘yildi. Bunda korporativ 
boshqaruv tizimi samaradorligini oshirish, aksiyadorlik jami-
yatlarida axborotlarni oshkor qilish va faoliyat shaffofligini 
ta’minlash, aksiyadorlar, shu jumladan minoritar aksiyadorlar 
1
 
http://www.doingbusiness.org

https://www.oecd.org/daf/ca/Corporate-Governance-Principles-
ENG.pdf
 
2
O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha 
Harakatlar strategiyasi to‘g‘risida”gi 4947-sonli Farmonidan. 



huquqlarini himoya qilish kabi jihatlarga ustuvor darajada e’tibor 
qaratilmoqda. Keltirilayotgan jihatlar mamlakatimizdagi aksiya-
dorlik jamiyatlarining investitsion jozibadorligini ta’minlashda 
alohida ahamiyat kasb etishini ham shu o‘rinda qayd etib o‘tish 
zarur. 
Yuqoridagilardan kelib chiqqan holda iqtisodiy sohalar 
bo‘yicha tayyorlanayotgan mutaxassislarning zamonaviy korporativ 
boshqaruv xususida 
yetarli darajada bilim, 
malaka 
va 
ko‘nikmalarga ega bo‘lishini ta’minlash iqtisodiy oliy o‘quv yurtlari 
oldida turgan dolzarb masalalardan biridir. Bunda esa aksiyadorlik 
jamiyatlari (umuman, barcha korporativ tuzilmalar) faoliyati 
bo‘yicha real amaliyot va bu boradagi ilg‘or xorij tajribalari asosida 
o‘quv adabiyotlari yaratish va ta’lim tizimiga joriy etish maqsadga 
muvofiq sanaladi.
Respublikamizda tayyorlanib kelinayotgan 5A230601 – “Davlat 
moliyasini boshqarish”, 5A230602 – “Korporativ moliya va qimmatli 
qog‘ozlar bozori”, 5A230603 – “Investitsiyalarni boshqarish” 
magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyor-
langan va taqdim etilayotgan “Zamonaviy korporativ boshqaruv” 
darsligi aynan aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ boshqaruvning 
amaldagi mexanizmi, rivojlangan davlatlar ilg‘or tajribalari, xalqaro 
tashkilotlar 
tomonidan 
belgilangan 
korporativ 
boshqaruv 
prinsiplarini qamrab olgan. 
Fan dasturi asosida darslikda korporativ boshqaruvning 
nazariy asoslari, korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va 
modellari, korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyatlari 
faoliyati tashkiliy asoslari, aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv 
organlari, aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, o‘tkazish 
va rasmiylashtirish, korporativ nizolarning oldini olish va 
manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish, aksiyadorlik 
jamiyatlari faoliyat samaradorligini baholash, korporativ boshqa-
ruvda ichki nazorat tizimi, korporativ boshqaruvda axborotlarni 
oshkor etish va shaffoflik, minoritar aksiyadorlar va ularning 
huquqlarini ta’minlash, davlat ulushi mavjud aksiyadorlik 
jamiyatlarida korporativ boshqaruv, korporativ moliyaviy siyosat va 
uning asosiy yo‘nalishlari, aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli 



qog‘ozlar muomalasi, aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish 
operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish, korporativ birlashmalar 
tashkil etish va ularning faoliyat mexanizmi, korporativ boshqa-
ruvda foydani taqsimlash mexanizmining qo‘llanilishi, aksiyadorlik 
jamiyatlari 
tomonidan 
yirik 
bitimlar 
tuzish, 
aksiyadorlik 
jamiyatlarini qayta tashkil etish va tugatish masalalari atroflicha 
o‘rganilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. Har bir bob bo‘yicha amaliy 
misollar, xorijiy tajribalardan misollar keltirilganligi darslikning 
mazmunan boyishiga xizmat qilgan. 
Xususan, Darslikning “Korporativ boshqaruvning nazariy 
asoslari” birinchi bobida korporativ boshqaruvning mohiyati, 
maqsadi va vazifalari, korporativ boshqaruv ishtirokchilari, 
korporativ boshqaruv nazariyalari, korporativ boshqaruv va korpo-
rativ menejment, korporativ boshqaruv prinsiplari, O‘zbekistonda 
korporativ boshqaruvning tashkiliy va huquqiy asoslari, korporativ 
boshqaruv kodeksining qo‘llanish xususiyatlari xususida fikr 
yuritilgan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvning zamonaviy uslublari va 
modellari” nomli ikkinchi bobida xalqaro darajada tan olingan 
korporativ boshqaruv modellariga umumiy tavsif, Anglo-amerika 
modeli xususiyatlari, Korporativ boshqaruvning nemis modeli, 
korporativ boshqaruvning yapon modeli, Korporativ boshqaruvning 
oilaviy modeli kabilar batafsil yoritilgan.
Darslikning “Korporativ tuzilma sifatida aksiyadorlik jamiyat-
lari faoliyati tashkiliy asoslari” nomli uchinchi bobida aksiyadorlik 
jamiyatlarining vujudga kelishi va rivojlanish evolyutsiyasi, aksiya-
dorlik jamiyatlarining afzalliklari va kamchiliklari, aksiyadorlik 
jamiyatlari tashkiliy asoslari bayon qilingan.
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlarida boshqaruv organlari” 
nomli to‘rtinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlari tashkiliy tuzilmasi 
va boshqaruv organlari tarkibi , aksiyadorlar umumiy yig‘ilishi va 
uning vakolat doirasi, kuzatuv kengashi va uning korporativ 
boshqaruvdagi roli, ijroiya organi tashkiliy tuzilishi va faoliyat 
mexanizmi yoritilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. 
Darslikning “Aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish, 
o‘tkazish va rasmiylashtirish” nomli beshinchi bobida aksiyadorlar 



umumiy yig‘ilishining tashkil etilishi, aksiyadorlar umumiy 
yig‘ilishida ovoz berish va ovoz natijalarini rasmiylashtirish, 
aksiyadorlar umumiy yig‘ilishini tashkil etish va o‘tkazishning 
amaldagi holati atroflicha tadqiq qilingan. 
Darslikning “Korporativ boshqaruv tizimini baholash” nomli 
oltinchi bobida korporativ boshqaruv tizimini baholashning 
tashkiliy jihatlari o‘rganilgan, aksiyadorlik jamiyatlarida korporativ 
boshqaruv tizimini baholash natijalari tahlil qilingan.
Darslikning “Korporativ nizolarning oldini olish va manfaatlar 
to‘qnashuvini samarali boshqarish” nomli yettinchi bobida 
korporativ nizolar, ularning yuzaga kelish sabablari va 
tasniflanishi, manfaatlar to‘qnashuvini samarali boshqarish prin-
siplari, manfaatlar qarama-qarshiligi kelib chiqishining oldini olish, 
manfaatlar qarama-qarshiligini boshqarish va bartaraf qilish kabi 
masalalarga e’ibor qaratilgan.
Darslikning “Korporativ boshqaruvda ichki nazorat tizimi” 
nomli sakkizinchi bobida ichki nazorat tizimining tashkiliy jihatlari 
va amal qilish mexanizmi, taftish komissiyasi faoliyat mexanizmi, 
ichki audit xizmati faoliyat mexanizmi 
haqida fikr yuritilgan. 
Darslikning “Korporativ boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni 
oshkor etish va shaffoflik” nomli to‘qqizinchi bobida korporativ 
boshqaruvda hisobdorlik, axborotlarni oshkor etish va shaffoflikni 
ta’minlashning tashkiliy xususiyatlari, axborotlar oshkoraligini 
ta’minlash maqsadida aksiyadorlik jamiyatlari korporativ veb-
saytlarida e’lon qilinadigan axborotlar, aksiyadorlik jamiyatlarining 
emitent sifatida axborotlarni oshkor etishlari bo‘yicha talablar 
bayon qilingan. 
Darslikning “Minoritar aksiyadorlar va ularning huquqlarini 
ta’minlash” nomli o‘ninchi bobida aksiyadorlarning huquqlari va 
ularga amal qilishi, minoritar aksiyadorlar va ular huquqlarini 
himoya qilish, aksiyadorlar huquqlarini himoya qilish tartiblari 
keltirilgan. 
Darslikning “Davlat ulushi mavjud aksiyadorlik jamiyatlarida 
korporativ boshqaruv” nomli o‘n birinchi bobida davlat va 
korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi moliyaviy munosabatlarning 
iqtisodiy mohiyati, korporativ boshqaruvda davlat ishtirokining 



o‘ziga xos xususiyatlari, oltin aksiya amaliyoti va uning 
O‘zbekistonda qo‘llanilish xususiyatlari o‘rganilgan, aksiyadorlik 
jamiyatlarida davlat ishtirokining amaldagi holati tahlil qilingan. 
Darslikning “Korporativ moliyaviy siyosat va uning asosiy 
yo‘nalishlari” nomli o‘n ikkinchi bobida korporativ moliyaviy 
munosabatlar tizimi, korporativ moliyani boshqarishning tashkiliy 
xususiyatlari va konsepsiyalari, korporativ moliyaviy siyosat asosiy 
yo‘nalishlari tadqiq qilingan.
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar 
muomalasini tashkil etish” nomli o‘n uchinchi bobida aksiyadorlik 
jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasining nazariy va tashkiliy 
jihatlari, aksiyadorlik jamiyatlari aksiyalarini va boshqa qimmatli 
qog‘ozlarini joylashtirish hamda olish tartibi bayon etilgan, 
aksiyadorlik jamiyatlarida qimmatli qog‘ozlar muomalasi amaldagi 
holati tahlil qilingan 
Darslikning “Aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirish 
operatsiyalarini tashkil etish va o‘tkazish” nomli o‘n to‘rtinchi 
bobida aksiyalarni ochiq obuna tartibida joylashtirishning iqtisodiy 
mohiyati, afzalliklari va kamchiliklari, aksiyalarni ommaviy 
joylashtirish amaliyotini tashkil etish va o‘tkazish bosqichlari, 
mamlakatimizda aksiyalarni ommaviy joylashtirish amaliyoti 
keltirilganligiga guvoh bo‘lish mumkin. 
Darslikning “Korporativ birlashmalar va ularda korporativ 
boshqaruv mexanizmi” nomli o‘n beshinchi bobida korporativ 
birlashishlarning iqtisodiy mohiyati, bozor iqtisodiyoti sharoitidagi 
ahamiyati va amalga oshirilishi, korporativ birlashmalarning tur-
lari, o‘zbekistonda xoldinglar faoliyat mexanizmi bayon qilingan.
 
Darslikning “Korporativ boshqaruvda foydani taqsimlash 
mexanizmi” nomli o‘n oltinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlarida 
foydani taqsimlash va dividend siyosatining tashkiliy xususiyatlari 
keltirilgan va aksiyadorlik jamiyatlari dividend siyosatining 
amaldagi holati tahlil qilingan. 
Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatlari tomonidan yirik bitimlar 
tuzish” nomli o‘n yettinchi bobida aksiyadorlik jamiyatlarida yirik 
bitimlar tuzish tartibi, aksiyadorlik jamiyatining affillangan 
shaxslari bilan bitimlar tuzish amaliyoti keltirilgan. 



Darslikning “Aksiyadorlik jamiyatini qayta tashkil etish va 
tugatish” nomli o‘n sakkizinchi bobida aksiyadorlik jamiyatini qayta 
tashkil etish, mamlakatimizda qo‘shib yuborish, qo‘shib olishga 
oldindan rozilik berish tartibi, aksiyadorlik jamiyatlarini tugatish 
tartibi bayon qilingan. 
Darslikdagi “Davlat va korporativ tuzilmalar o‘rtasidagi 
moliyaviy munosabatlarning iqtisodiy mohiyati” nomli 11.1-
paragrafi Toshkent moliya instituti “Moliyaviy menejment” kafedrasi 
katta o‘qituvchisi J.J.Qurbonov tomonidan yozilgan. 
Darslikni tayyorlashda mahalliy olimlar qatori xorijiy olimlar 
ilmiy 
tadqiqot 
ishlaridan, 
xalqaro 
hisobotlardan 
keng 
foydalanilganligini ham qayd etib o‘tish zarur. 
Har bir bob yuzasidan amaliyot darslari uchun keltirilgan 
qator topshiriqlar talaba va magisrantlarni masala yuzasidan 
mustaqil mushohada yuritishga undaydi va fikrlash doirasini 
kengaytirishga xizmat qiladi. Bunda klasterli topshiriqlar, T-sxema 
bo‘yicha topshiriqlar, muammoli vaziyatlar bo‘yicha fikrlar 
bildirishga yo‘naltiradigan masalalar o‘rganuvchining o‘z fikrini 
bayon etishini rivojlantirishida ham ahamiyatga ega. 
Har bir mavzu bo‘yicha keltirilgan nazorat savollari, test 
variantlari talabalarning mavzu bo‘yicha bilimlarini mustaqil 
tekshirish imkonini beradi va ma’ruza darslarini mustahkamlashga 
xizmat qiladi. 
Darslik 5A230601 – “Davlat moliyasini boshqarish”, 5A230602 
– “Korporativ moliya va qimmatli qog‘ozlar bozori”, 5A230603 – 
“Investitsiyalarni boshqarish”, 5A230604 – “Xalqaro moliya” 
magistratura mutaxassisliklari uchun mo‘ljallab nashrga tayyor-
langan bo‘lsa-da, undan boshqa iqtisodiy yo‘nalishlar va mutaxas-
sisliklar, xususan 5231900 – “Korporativ boshqaruv” bakalavriat 
yo‘nalishi, 5A231901 – “Korporativ boshqaruv” magistratura 
mutaxassisligi 
talabalari, 
korporativ 
boshqaruv, 
moliyaviy 
menejment, korporativ moliya sohalari bo‘yicha tadqiqotlar olib 
borayotgan ilmiy izlanuvchilar va amaliyotchi mutaxassislar ham 
foydalanishlari mumkin.

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish