O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti samariddin elmirzayev



Download 15,21 Mb.
Pdf ko'rish
bet3/226
Sana21.04.2022
Hajmi15,21 Mb.
#568906
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226
 
 



I bob. KORPORATIV BOSHQARUVNING NAZARIY ASOSLARI 
 
1.1. Korporativ boshqaruvning mohiyati,
maqsadi va vazifalari 
Bugungi kunga kelib dunyo miqyosida keng qo‘llaniladigan 
tushunchalardan biri shak-shubhasiz korporativ boshqaruv 
tushunchasidir. 
“Korporativ 
boshqaruv 
oldindan 
mavjud, 
shuningdek ushbu atama yangi hamdir”
3
. Bunga korporativ 
boshqaruv organlari tomonidan faoliyati samarali tashkil etilib 
kelinayotgan 
yirik 
aksiyadorlik 
kompaniyalari, 
transmilliy 
korporatsiyalar va hokazolarning milliy va jahon iqtisodiyotidagi 
o‘rni sabab bo‘lmoqda. Shundan kelib chiqqan holda dunyoning 
deyarli barcha mamlakatlarida, xususan mamlakatimizda ham 
korporativ boshqaruv tizimini samarali tashkil etish masalasiga 
jiddiy e’tibor qaratilib kelinmoqda. Keltirilayotgan jihatlar sabab 
korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati, uning maqsad va 
vazifalarini to‘g‘ri anglash maqsadga muvofiq.
Korporativ boshqaruvning iqtisodiy mohiyati uzoq yillardan 
buyon o‘rganilib kelinmoqda va bu borada tadqiqotchilarning 
fikrlari xilma-xilligiga guvoh bo‘lish mumkin.
Masalan M.Xamidulin esa “Korporativ boshqaruv – korpo-
ratsiya mulkdorlarining korporatsiya kapitalini shakllantirishga, 
undan foyda olish maqsadida yanada samarali foydalanishga 
hamda olingan daromadlarni korporativ munosabatlarning barcha 
ishtirokchilari o‘rtasida adolatli taqsimlashga qaratilgan strategik 
muhim qarorlarni belgilash, ta’riflash va qabul qilishga doimiy va 
real ta’sirini ta’minlashdagi ongli, bevosita ishtirokidir”
4
, deb izoh-
laydi. Tashkiliy huquqiy shakl sifatida korporatsiyalar barcha 
mamlakatlarda, jumladan O‘zbekistonda qo‘llanilmaydi. Shu 
nuqtayi nazardan korporatsiyalar, kompaniyalar, aksiyadorlik 
jamiyatlari, mas’uliyati cheklangan jamiyatlari va boshqalarni 
umumlashtirgan holda korporativ tuzilma tushunchasi bilan 
ifodalaymiz. 
3
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 4.
4
Хамидулин М.Б. Финансовые механизмы корпоративного управления. Монография. – Т.: Молия, 
2008. –204 с. 


10 
A.Xoshimovning ta’kidlashicha “Korporativ boshqaruvning 
asosiy mazmuni aksiyadorlik jamiyatining faoliyatiga jalb etilgan 
turli shaxslar manfaatlari muvozanatini o‘rnatishdan iborat”
5

Mazkur izohda korporativ boshqaruv faqatgina aksiyadorlik 
jamiyatlari bilan bog‘langan. Vaholanki korporativ boshqaruv yirik 
mas’uliyati cheklangan jamiyatlarda ham joriy etilishi mumkin.
D.Suyunov tomonidan “Korporativ boshqaruv – bu mulk 
shaklidan qat’i nazar amaldagi huquqiy-me’yorlarga asoslanib, 
boshqaruvning ma’lum bir tamoyillari asosida korxona maqsadiga 
erishish uchun amalga oshiriluvchi faoliyat majmuidir”
6
, deya 
berilgan ta’rif korporativ boshqaruvning mohiyatini nisbatan 
to‘liqroq ochib berilgan. 
Bob Trikker esa korporativ boshqaruv tushunchasini 
operatsion, o‘zaro aloqadorlik, aksiyadorlar, moliyaviy-iqtisodiy va 
ijtimoiy nuqtayi nazarlardan ta’riflaydi
7
.
Xususan, 
operatsion 
nuqtayi 
nazardan 
korporativ 
boshqaruvga kompaniyalar boshqariladigan va nazorat qilinadigan 
tizim sifatida qaraladi va bunda direktorlar kengashi kompaniyani 
boshqarishga mas’ul hisoblanadi. Boshqaruvda aksiyadorlarning 
roli esa direktorlar va auditorlarni tayinlash va o‘z manfaatlarini 
qanoatlantiradigan darajada boshqaruv tarkibini shakllantirishdan 
iborat. 
O‘zaro aloqadorlik nuqtayi nazaridan esa korporativ boshqaruv 
tuzilmasi tashkilotdagi turli xil ishtirokchilar o‘rtasidagi huquq va 
majburiyatlar taqsimotini belgilab beradi. Bunda aksiyadorlar, 
kengash a’zolari, menejerlar va boshqa hissadorlar o‘rtasida qaror 
qabul qilishdagi jarayonlar va tartiblar belgilab beriladi. 
Aksiyadorlar nuqtayi nazaridan korporativ boshqaruv kengash 
faoliyati hamda uning aksiyadorlar, menejerlar, tashqi auditorlar va 
boshqalar bilan aloqadorligini nazarda tutadi. Korporativ boshqaruv 
5
Хашимов А.А. Ўзбекистонда интеграциялашган корпоратив тузилмаларни бош
қ
ариш 
методологиясини такомиллаштириш.: И
қ
тисод фанлари доктори илмий даражаси учун дисс.иши. – 
Т.: 2007. – 338 б. 
6
Суюнов Д. Корпоратив бош
қ
арув механизми: муаммо ва ечимлар. Монография. – Т.: Академия, 
2007. – 319 б. 
7
Bob Tricker. Corporate governance: principles, policies and practices. – UK.: Oxford university press, 
2012. – P. 29-31.


11 
kompaniyaning ta’sischilar (aksiyadorlar) oldidagi javobgarligi va 
huquqlarini ifodalovchi jarayon sifatida ifodalanadi.
Moliyaviy-iqtisodiy nuqtayi nazardan korporativ boshqaruv 
kompaniyaning moliyaviy ta’minotchilari va ularning mablag‘lari 
qaytib kelishi o‘rtasidagi munosabatlarni ifodalaydi. Bunda egalik 
huquqi va investorlar huquqlari himoyasiga alohida e’tibor 
qaratiladi. 
Ijtimoiy nuqtayi nazardan korporativ boshqaruv ijtimoiy va 
iqtisodiy hamda jamoa va individual maqsadlari o‘rtasidagi 
muvozanatni ta’minlash bilan izohlanadi. 
Korporativ boshqaruvning asosiy maqsadi – past qiymatda 
investitsiyalar jalb qilish, aksiyadorlarga to‘lanadigan dividendlarni 
maksimallashtirish, 
kompaniyaning 
bozordagi 
ulushi 
va 
kapitallashuv darajasini oshirib borishdir. Shuningdek umumiylik 
nuqtayi nazaridan korporativ boshqaruvning maqsadini korporativ 
tuzilma mulkidan samarali foydalanish ustidan mulkdorlarning 
nazorati hamda istiqbolni belgilab berishi sifatida ham ifodalash 
mumkin. 
Korporativ boshqaruvning asosiy vazifalari esa quyidagilardir: 
- korporativ tuzilma joriy moliyaviy-xo‘jalik faoliyatini nazorat 
qilib borish; 
- aksiyadorlar (shu jumladan minoritar aksiyadorlar) 
huquqlarini himoya qilish va qonuniy manfaatlarini ta’minlash; 
- aksiyadorlik jamiyatlari investitsion jozibadorligini oshirib 
borish orqali biznes qiymatini maksimallashtirish; 
- rivojlanish strategiyalarini belgilash va ularni amalga oshirib 
borish ustidan nazorat o‘rnatish va boshqalar. 
Korporativ boshqaruvning tarixan rivojlanishi korporativ 
boshqaruv nazariyalari shakllanishiga ham xizmat qildi. Bunday 
nazariyalar quyidagilar: 
- aksiyadorlar nazariyasi; 
- agentlik nazariyasi; 
- shartnomalar nazariyasi; 
- manfaatdor tomonlar nazariyasi; 
- korporativ ijtimoiy mas’uliyat nazariyasi. 


12 
Aksiyadorlar nazariyasiga ko‘ra aksiyadorlik jamiyatida 
menejerlarining eng asosiy majburiyati aksiyadorlar moddiy 
farovonligini, boyligini muntazam oshirib borishi lozim. Bunga 
sabab sifatida aksiyadorlik jamiyatlari aksiyadorlar mulki asosida 
faoliyat yuritishi, aksiyalar bo‘yicha yuqori risk aynan aksiyadorlar 
zimmasiga tushishi bilan izohlanadi. 
Agentlik nazariyasi korporativ boshqaruvning rivojlanib 
borishi natijasida mullka egalik qilishning korporativ tuzilmani 
boshqarishdan ajratilishi natijasida yuzaga kelgan (1.1-rasm). 
1.1-rasm. 

Download 15,21 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   226




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish