O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “moliya” kafedrasi



Download 5,45 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/208
Sana13.06.2022
Hajmi5,45 Mb.
#663188
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208
Bog'liq
0.2-КУРС МОЛИЯ Moliya3-modul O'UM, 2021

1.3
 
. Notijorat tashkilotlari moliyasining xususiyatlari 
Notijorat tashkilotlari yuridik shaxs bo’lib, foyda olish ularning asosiy 
maqsadi emas va ularda olingan foyda ishtirokchilar o’rtasida taqsimlanmaydi. 
Ularning qatoriga sotsial, xayr-ehson, madaniy, ma’rifiy, ilmiy, boshqaruv, 
sog’liqni muhofaza qilish, jismoniy tarbiya va sportni rivojlantirish, fuqarolar va 
tashkilotlarning qonuniy manfaatlarini himoya qilish, qarama-qarshiliklar va 
ziddiyatlarni echish, yuridik xizmatlar ko’rsatish va shunga o’xshash boshqa 
maqsadlarga erishish uchun tashkil etilgan tashkilotlar kiradi. Notijorat 
tashkilotlarining oldiga qo’yilgan maqsadlar xilma-xil bo’lganligi uchun bu sektor 
o’zining ham juda keng va rang-barang bo’lishi, tabiiydir. Notijorat sektorning bir 
guruh korxonalari, asosan, o’z a’zolarining iqtisodiy manfaatlariga, ma’lum 
toifadagi shaxslarning rivojlanishiga xizmat qiladi.
Turli mamlakatlar iqtisodiyotida tarixiy an’analar va iqtisodiy taraqqiyot 
bosqichlariga muvofiq ravishda notijorat sektor faoliyatining masshtablari bir-
biridan 
farq 
qiladi. 
Biroq, 
bir 
necha 
miqdoriy 
tavsifnomalarning 
(ko’rsatkichlarning) 
tahlili, 
yaxlit 
olinganda, 
bu 
sektorning 
taraqqiy 


topayotganligidan dalolat beradi. Ana shunga o’xshash tavsifnomalarga 
(ko’rsatkichlarga) quyidagilarni kiritish mumkin: 
• notijorat tashkilotlarining soni. Yevropa mamlakat-larida har 1000 
kishiga 4ta notijorat tashkiloti to’g’ri keladi. Finlyandiya shu ma’noda rekordchi 
hisoblanib, bu erda har 1000 kishiga 21tadan to’g’ri keluvchi notijorat 
tashkilotlari mavjud. Bu ko’rsatkichning darajasi Rossiyada 3,3ga tengdir; 
• notijorat tashkilotlari ta’minlaydigan aholining bandlilik darajasi. Bu 
tashkilotlar, ma’lum ma’noda, muhim ish beruvchilar bo’lib hisoblanadi. Hozirgi 
paytda bu sektorda ishchi kuchining o’rtacha 3,4% ishlaydi (Vengriyada – 1%dan 
boshlab, AQShda – 7%gacha). Notijorat tashkilotlarning faoliyat ko’rsatishi 
iqtisodiyotning boshqa sektorlarida faol ravishda qo’shimcha ish o’rinlarining 
yaratilishiga o’z ta’sirini ko’rsatadi. Bu tashkilotlar tovarlar va xizmatlarni sotib 
oluvchilar bo’lganligi uchun, oxir oqibatda, bu narsa tadbirkorlik faoliyatining 
faollashuviga olib keladi; 
• notijorat tashkilotlarining operativ xarajatlari. Bu ko’rsatkich yalpi 
milliy mahsulotning o’rtacha 3,5%ini tashkil etadi (Vengriyada – 1,2%, AQShda – 
6,3%). Rossiyada bu raqam 2%ga tengdir. 
Hozirgi sharoitda notijorat sektor katta iqtisodiy salohiyatga ega bo’la 
borib, bu erda moliyaviy va inson resurslarining sezilarli qismi to’planmoqda va u 
zamonaviy bozor munosabatlari tizimida muhim ish beruvchiga aylanib bormoqda. 
Notijorat asosda xo’jalik yuritishning asosiy xususiyatlari quyidagilardan 
iborat: 
• faoliyatning foyda olishga emas, balki ma’lum bir missiyaga 
erishishga yo’naltirilganligi; 
• e’lon qilingan maqsadlarga erishish uchun olingan foydadan vosita 
sifatida foydalanish; 
• bozor xo’jaligining iqtisodiy samaradorligi va faoliyatning sotsial 
samaradorligini birgalikda qo’shib olib borish. 
Notijorat tashkilotlari faoliyatining moliyaviy manbalarini quyidagi besh
asosiy guruhga ajratish mumkin: 


• byudjet assignovaniyalari (byudjetdan ajratmalar); 
• tijorat faoliyati:
- tovarlar, ishlar va xizmatlarni realizatsiya qilishdan olingan tushum;
- aktsiyalar, obligatsiyalar, boshqa qimmatli qog’ozlar va omonatlar 
bo’yicha olinadigan daromadlar; 
- notijorat tashkilotning mulkidan, notijorat tashkilotlarining yordami 
asosida tuzilgan xo’jalik jamiyatlarining faoliyatidan olinadigan daromadlar; 
- va boshqalar. 
• tijorat tuzilmalari va xususiy shaxslarning qurbonliklari (homiylik 
yordamlari); 
• ta’sischilardan doimiy ravishda va bir vaqtning o’zida tushib turishi 
mumkin bo’lgan tushilmalar; 
• qonun bilan ta’qiqlanmagan boshqa tushilmalar (masalan, 
ko’ngillilarning mehnat sarflari, resurslarni jalb qilish bo’yicha o’tkazilgan 
tadbirlar (lotereyalar, auktsionlar, ko’ngilxo’shlik, madaniy, sport va boshqa 
ommaviy tadbirlardan)dan kelgan tushilmalar. 
Notijorat sektorni davlat tomonidan to’g’ri (bevosita) qo’llab-
quvvatlashning uch asosiy shakli mavjud: 
• to’g’ridan-to’g’ri (bevosita) byudjet investitsiyalari; 
• hamkorlikda moliyalashtirish; 
• davlat sotsial buyurtmasi. 
Notijorat sektorni egri (bilvosita) moliyalashtirish shaklidan ham, ya’ni 
notijorat tashkilotlarini davlat va mahalliy hokimiyat organlari oldidagi to’lovlari 
va boshqa shunga o’xshash majburiyatlaridan ozod qilish shaklidan ham 
amaliyotda tez-tez foydalaniladi. Egri (bilvosita) moliyalashtirishning asosiy 
ko’rinishlari quyidagilardan iborat bo’lishi mumkin: 
• nosoliqli imtiyozlarni taqdim etish; 
• soliqli imtiyozlashtirish. 
Bu erda, o’z navbatida, nosoliqli imtiyozlar quyidagi ko’rinishlarda 
namoyon bo’ladi: 


• notijorat tashkilotlarining faoliyati uchun binolarni ijaraga olish, er 
maydonlarini ajratish; 
• litsenziyalashtirishning soddalashtirilgan tizimini o’rnatish (belgilash); 
• aloqa xizmatlari va kommunal xizmatlarni to’lashda imtiyozli 
tariflardan foydalanish; 
• va boshqalar. 
Shuningdek, soliqli imtiyozlashtirish quyidagi ko’rinishlarda bo’lishi 
mumkin: 
• hadya etuvchilar uchun imtiyozlar; 
• qurbonlik (homiylik) qiluvchi yuridik shaxslar uchun imtiyozlar. 
Davlat organlari notijorat tashkilotlarining faoliyatiga aralashish, agar 
ularning sarflanishi tashkilotning maqsadlariga mos kelayotgan bo’lsa, 
xarajatlarning yo’nalishiga o’zgartirishlar kiritish huquqiga ega emas. 
Notijorat tashkilotlarining ikkiga bo’linadi: 
1)
davlat notijorat tashkilotlari; 
2)
nodavlat notirat takilotlari. 
Davlat 
notijorat 
tashkilotlari 
byudjet 
mablag’lari hisobidan 
moliyalashtiriladigan tashkilotlarga aytiladi. 
Nodavlat notijorat tashkiloti — jismoniy va (yoki) yuridik shaxslar 
tomonidan ixtiyoriylik asosida tashkil etilgan, daromad (foyda) olishni o’z 
faoliyatining asosiy maqsadi qilib olmagan hamda olingan daromadlarni (foydani) 
o’z qatnashchilari (a’zolari) o’rtasida taqsimlamaydigan o’zini o’zi boshqarish 
tashkilotidir. 
Nodavlat notijorat tashkiloti jismoniy va yuridik shaxslarning huquqlari 
va qonuniy manfaatlarini, boshqa demokratik qadriyatlarni himoya qilish, ijtimoiy, 
madaniy va ma’rifiy maqsadlarga erishish, ma’naviy va boshqa nomoddiy 
ehtiyojlarni qondirish, xayriya faoliyatini amalga oshirish uchun hamda boshqa 
ijtimoiy foydali maqsadlarda tuziladi. 



Download 5,45 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   208




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish