O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti buxgalteriya hisobi va audit fakulteti hba-80 guruh talabasi Xudayberdiyev Nodirbek Moliya vazirligi, G’aznachilik tizimi organlari, Markaziy bank, Davlat soliq



Download 144,31 Kb.
bet1/5
Sana21.06.2022
Hajmi144,31 Kb.
#689921
  1   2   3   4   5
Bog'liq
PEiRc9xfjjWVdN9PH0k3xia0vLHakCd9


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS TA’LIM VAZIRLIGI TOSHKENT MOLIYA INSTITUTI



Buxgalteriya hisobi va audit fakulteti HBA-80 guruh talabasi Xudayberdiyev Nodirbek

Moliya vazirligi, G’aznachilik tizimi organlari, Markaziy bank, Davlat soliq qo’mitasi, Davlat bojxona qo’mitasi va boshqalar. Ularning moliyaviy boshqaruv sohasidagi vakolatlari va vazifalari.

Moliya vazirligining asosiy vazifalari quyidagilar hisoblanadi:
moliya tizimining, soliq va narx-navo siyosatining O‘zbekiston Respublikasining ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishiga faol ta’sir ko‘rsatishini, ishlab chiqarish samaradorligini oshirishini, milliy daromadning, korxonalar va tashkilotlar daromadlarining va boshqa moliyaviy resurslarning o‘sishini ta’minlash, moliya-kredit vositalarining xo‘jalik mexanizmining boshqa elementlari bilan aloqalarini mustahkamlash;
respublikaning moliyaviy resurslarini ijtimoiy ishlab chiqarishni rivojlantirish va fan-texnika taraqqiyotining ustuvor yo‘nalishlariga jamlash, ijtimoiy rivojlanishni jadallashtirish, ma’lum maqsadga yo‘naltirilgan yaxlit xalq xo‘jaligi dasturlarini mablag‘ bilan ta’minlash, zarur moliya, valyuta rezervlarini tashkil etish;
rahbarlikning iqtisodiy usullari, uzoq muddatli me’yorlar va normativlardan keng foydalanish, ishlab chiqarish va ijtimoiy rivojlanish, moliyaviy resurslarni rejalashtirish va ulardan foydalanish masalalarini hal etishda markazlashtirilgan asoslarni mintaqalarning o‘zini o‘zi boshqaruvi, korxonalar, birlashmalar, tashkilotlarning mustaqilligi bilan qo‘shib olib borish asosida moliya, sug‘urta, narx belgilashning davlat tomonidan boshqarilishini takomillashtirish;
moliya va narx mexanizmining aksilxarajat yo‘nalishini oshirish, uni resurslarning barcha turlaridan oqilona foydalanishni rag‘batlantirish tomon yo‘naltirish, nobudgarchiliklarni bartaraf etish, ishlab chiqarish va muomala chiqimlarini kamaytirish, foyda (daromad)ni ko‘paytirish;
moliya, budjet, valyuta va soliqni rejalashtirish va mablag‘ bilan ta’minlash usullarini takomillashtirish;
sug‘urta munosabatlari barcha qatnashchilarining huquqlari va qonuniy manfaatlarini ta’minlash maqsadida O‘zbekiston Respublikasi hududidagi sug‘urta tashkilotlari faoliyatini nazorat qilish;
auditorlik tashkilotlari tomonidan litsenziya bitimlarida nazarda tutilgan litsenziya talablari va shartlariga rioya qilinishini nazorat qilish;
korxonalar, vazirliklar, idoralar, banklar va davlat sug‘urta tashkilotlarida buxgalteriya hisobi va hisobotini tashkil etish va takomillashtirish ishlarini muvofiqlashtirish, xo‘jalik yuritishning yangi shakllarini joriy etish sohasida mahalliy moliya organlarining faoliyatini muvofiqlashtirish;
soliq solish, narx belgilash, sug‘urta, valyuta-moliya, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida qonunchilik va me’yoriy aktlarni ishlab chiqishda qatnashish;
moliya, soliq, narx belgilash, sug‘urta, valyuta, auditorlik va tashqi iqtisodiy faoliyat, shuningdek soliq maslahati bo‘yicha faoliyat sohasida ilmiy-tadqiqot ishlarini amalga oshirish;
fuqarolarning pensiya ta’minoti sohasidagi davlat siyosatining asosiy yo‘nalishlarini ishlab chiqish;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi daromadlari va xarajatlarining mutanosibligini ta’minlash;
budjetdan tashqari Pensiya jamg‘armasi tomonidan unga yuklangan vazifalar va funksiyalarning, ayniqsa pensiyalarni va boshqa tegishli to‘lovlarni tayinlash va to‘lashning belgilangan qoidalarini qo‘llash yuzasidan bajarilishini muvofiqlashtirish va nazorat qilish.
Moliya vazirligi quyidagi vakolatlarga egadir:
respublika vazirliklari va idoralaridan, boshqa boshqaruv organlaridan, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlardan respublika budjeti istiqbolini belgilash, valyuta rejasini tuzish va ularning ijrosini nazorat qilishni amalga oshirish uchun materiallarni, buxgalteriya hisob-kitoblari va balanslarni, moliya-budjet, valyuta va soliq rejalashtirishi, budjetdan va valyuta jamg‘armasidan sarflanadigan xarajatlarni mablag‘ bilan ta’minlash uchun boshqa materiallar va hisobotlarni, narx belgilashga oid materiallarni va monopoliyaga qarshi faoliyat olish;
kredit muassasalaridan banklar haqidagi qonunchilikka, ularning Ustavlariga muvofiq muassasalar, korxonalar, tashkilotlarning a’mollari va schyotlari haqidagi materiallarni olish;
mablag‘larni qonunsiz ravishda sarf qilganliklari yoki ilgari berilgan mablag‘larni sarflaganlik to‘g‘risidagi hisobotlarni va boshqa hisobotlarni taqdim etmaganligi uchun tegishli vazirliklar va idoralar, korxonalar, tashkilotlar, muassasalarning rahbarlarini xabardor qilgan holda korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarni budjetdan va valyuta jamg‘armasidan mablag‘ bilan ta’minlashni cheklab qo‘yish, zarur hollarda umuman to‘xtatish hamda Vazirlik huquqi doirasida amaldagi qonunchilikda belgilangan boshqa jazolarni qo‘llash;
taftish va tekshirishlar davomida naqd pullarni, qimmatbaho qog‘ozlarni, buxgalteriya hisobi reyestrlarini, hisobotlar, smetalar va rejalarni ko‘rsatishni talab qilish; soxtaliklar va boshqa suiiste’molliklar aniqlangan hollarda hujjatlar yig‘majildida hujjatni olganlik to‘g‘risidagi qaydnoma yoki ana shu hujjatning nusxasini, olib qo‘yilgan hujjatlarning reyestrini qoldirgan holda zarur hujjatlarni olib qo‘yish; boshqa muassasalar, korxonalar va tashkilotlardan tekshirilayotgan obyektlarning a’mollari bilan bog‘liq ma’lumotlarni va hujjatlarning nusxalarini olish, moliyaviy faoliyatning aniqlangan buzilishlarini bartaraf etish to‘g‘risida ularning rahbarlariga bajarilishi majburiy bo‘lgan ko‘rsatmalar berish;
vazirliklar va idoralar, korxonalar, birlashmalar, muassasalar, tashkilotlarning hisobotlari va balanslariga zarur tuzatishlar kiritish yuzasidan takliflar berish, shuningdek, ana shu takliflarni bajarish uchun ko‘rilgan chora-tadbirlarni tekshirish;
mahsulotlarni sotish hajmlari va soliq stavkalarining o‘zgarishi bilan bog‘liq daromadlar va daromad manbalari bo‘yicha viloyatlar bo‘yicha o‘zgarishlar kiritish;
sug‘urta tashkilotlari uchun majburiy bo‘lgan iqtisodiy normativlarni belgilash, qonun hujjatlariga muvofiq sug‘urta bozori professional qatnashchilari faoliyatini, shu jumladan sug‘urta tashkilotlari tomonidan belgilangan iqtisodiy normativlarga rioya qilinishini tekshirish, shuningdek sug‘urta bozorining professional qatnashchilariga aniqlangan qoida buzishlarni bartaraf etish to‘g‘risida bajarilishi majburiy bo‘lgan yozma ko‘rsatmalar kiritish;
sug‘urtalovchilar tomonidan sug‘urta faoliyati to‘g‘risidagi qonun hujjatlari, belgilangan iqtisodiy normativlar, shu jumladan to‘lov qobiliyati normativlari buzilganligi uchun ularga sug‘urtalovchi uchun belgilangan ustav sarmoyasi eng kam miqdorining 0,1 foizigacha miqdorda belgilangan tartibda jarima solish;
tegishli mahalliy budjetlarga (daromadlar va xarajatlar o‘rtasidagi vaqtinchalik kassa tafovutini qoplashga) budjet subvensiyalari va ssudalar ajratishda, hududlar bo‘yicha to‘lanishi kerak bo‘lgan barcha soliqlar va boshqa majburiy to‘lovlar tushumlarining to‘liqligidan, shuningdek ish haqi (yagona ijtimoiy to‘lov bilan birga), nafaqalar va ularga tenglashtirilgan to‘lovlar bo‘yicha O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti xarajatlarini birinchi navbatda so‘zsiz moliyalashtirishning zarurligidan kelib chiqqan holda, ularning miqdorlarini aniqlashtirish;
respublika budjetidan Qoraqalpog‘iston Respublikasi budjetiga va viloyatlarning mahalliy budjetlariga berilayotgan daromadlarning tasdiqlangan hajmlariga, ularning hududida shakllantirilayotgan soliq tushumlarini hisobga olgan holda, o‘zaro hisob-kitoblar vositasida daromadlar va xarajatlar o‘rtasida paydo bo‘ladigan kassa tafovutlarini tartibga solib, aniqlashtirishlar kiritish;
mintaqalarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirish tendensiyasi va dinamikasining, O‘zbekiston Respublikasi Davlat budjeti daromadlarini ko‘paytirish rezervlari safarbar qilinishining, shuningdek soliqlarning barqaror tushishidan mahalliy hokimiyat organlarining manfaatdorligi oshishining tizimli tahlilidan kelib chiqqan holda budjet daromadlari prognozini har chorakda davlat soliq va bojxona xizmatlari organlariga yetkazish;
maxsus vakolatli davlat organi bilan birgalikda sug‘urtalovchilar va sug‘urta vositachilari, lotereyalar va tavakkalchilikka asoslangan boshqa o‘yinlar o‘tkazuvchi tashkilotlar hamda auditorlik tashkilotlarining jinoiy faoliyatdan olingan daromadlarni legallashtirishga va terrorizmni moliyalashtirishga qarshi kurashish bo‘yicha ichki nazorat qoidalariga rioya etishini tekshirish, qonun buzilishlari aniqlangan taqdirda qonun hujjatlarida belgilangan tartibda choralar ko‘rish.

Download 144,31 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish