O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikni xorijiy kredit liniyalari orqali kreditlash tartibini xorijiy tajribaga asoslanib takomillashtirish



Download 269,38 Kb.
bet9/11
Sana11.07.2022
Hajmi269,38 Kb.
#776599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi (Xalqaro KM) Ulug\'bek (копия)

3.Mamlakatimizda kichik va xususiy tadbirkorlikni xorijiy kredit liniyalari orqali kreditlash tartibini xorijiy tajribaga asoslanib takomillashtirish
Mamlakatimizda kreditlash tartib-taomillari va moliyalashtirish mexanizmlarini soddalashtirish va tijorat banklarining resurs imkoniyatlarini oshirish hisobiga banklarimiz tomonidan kichik biznes sub'ektlariga ajratilayotgan milliy va xorijiy kreditlar hajmi yildan yilga o'sib bormoqda. Ammo tadbirkorlik subyektlariga berilayotgan kreditlar bo‘yicha yuqoridagi muammolar to'siq bulib turibdi. Ushbu mauammolarni hal qilish hozirgi kunda ko'pchilik banklarning kichik biznes bilan bog'liq muammolarini ancha oydinlashtirgan bo'lar edi.
Yuqorilardan kelib chiqib quyidagilarni bu kamchiliklarning yechimi sifatida ko'rib chiqamiz.
-Banklarning ta'minotlarni baxolashdagi mustaqilligini oshirish va nomoliyaviy institutlar tomonidan berilayotgan kafilliklarni kamaytirish yoki cheklash;
-Kichik biznesni kreditlashda xorijiy kreditlar hissasini oshirish, berilayotgan kreditlarda bank marjasi faqat 2-3% ni tashkil qilgani uchun ushbu mablag‘lardan olingan daromadlarni soliqdan ozod qilish;
-Banklarning kreditlash jarayonidagi mustaqilliklarini oshirish: mijoz xujjatlarini ko'rib chiqish muddatlarini asoslangan hollarda uzaytirish, kreditga layoqatlilikni aniqlashning ob'ektivligini oshirish;
-Tijorat banklar tomonidan kichik biznes va xususiy tadbirkorlarni, ayniqsa dehqon va fermer xo‘jaliklarni,oilaviy tadbirkorlik bilan shug‘ullanuvchilarni tadbirkorlarni xalqaro kreditlashda kredit miqdoridan cheklovlarni hamda kreditning foiz stavkasi kamaytirish;
-Kreditlashning overdraft, kontokorrent usullardan keng foydalanish, chunki bu kredit shakllari mijozni doimiy tarzda nazorat qilishda yordam beradi;
-Kichik biznes sohasiga oid har bir qabul qilingan Farmon, Qaror va Nizomlarni bevosita uyushma-tashkilotlar orqali kichik biznes sub'ektlariga tushuntirish.
Mamlakatimizda kichik biznes subyektlarini xalqaro kreditlar hisobidan kreditlash amaliyotini takomillashtirish, fikrimizcha, quyidagi chora- tadbirlarni amalga oshirishni taqazo etadi:
1. Kichik biznes subyektlarining ustav kapitalini o'z mablag'lari hajmidagi salmog'ini oshirish orqali ularga xalqaro kreditlarni ajratish yo'llarini tuzish. Ustav kapitali korxonalar faoliyatini moliyalashtirishning barqaror moliyalash manbai hisoblanadi. Shu sababli, ularning ustav kapitali hajmini oshirish kichik biznes subyektlarining to'lovga qobilligini oshirishda yordam beradi va bu holat albatta ularga berilgan xalqaro kreditlarni qaytarishda muommolar keltirib chiqarishini oldini oladi.
Taraqqiy etgan mamlakatlarda amaliyotida kichik biznes subyektlarining ustav kapitalini ularning o'z mablag'lari hajmidagi salmog'ining yuqori va barqaror bo'lishi ularning likvidliligi va to'lovga qobilligini ta'minlashning zaruriy sharti hisoblanadi. Shu sababli ularda kicjik biznes subyektlari foydasi hisobidan kapitallashish darajasiga alohiga e'tibor beradi.
2. Asosan kichik biznes subyektlariga berilgan xalqaro kreditlar qaytmay qolishini oldini olish maqsadida, ularning joriy likvidlilik darajasini pasayishini oldini olish, debitorlik qarzlarini aylanish tezligini oshirish va ular tomonidan yuqori likvidli qimmatli qog'ozlarga investitsiya qilishni oshirish lozim.
3. Kichik biznes sohasiga xalqaro kreditlarni jalb etish jozibadorligini oshirish zarur. Jahon moliyaviy inqirozi sharoitida kichik biznesni bozor iqtisodiyoti talablari darajasida xalqaro kreditlar ajratish iqtisodiy tizim boshqaruviga bog'liq. Xalqaro tajribalar shuni ko'rsatadiki, kichik biznesni xalqaro kreditlash siyosati turli nazariy tavsiyalarga asoslanadi va u davlat tomonidan iqtisodiy muhitni takomillashtirishni boshqarishga bog'liq.
Rivojlangan Yevropa mamlakatlarida monetarizm siyosati asosida iqtisodiyotni erkinlashtirishda davlat ilmiy- texnika taraqqiyotini ishlab chiqarishga jalb etishda, ilm-fan va aholini himoya qilish institutlarini rivojlantirib borishda siyosiy va iqtisodiy jihatdan asosiy vazifalarini bajarilishini amalga oshirmoqda.
Demak, kichik biznes subyektlariga xalqaro kreditlarni ajratishdagi asosiy yo'nalishlardan biri ilmiy va malakaviy kadrlar tayyorlash, ilm- fan taraqqiyotini ta'minlashdan iborat deb hisoblash mumkin.
4. Respublikamizda devalvatsiya jarayoni uzliksiz davom etayotganligini hisobga olib, kichik biznes subyektlariga berilayotgan xalqaro kreditlar foiz stavkalri yuqori ekanligi barchaga ma'lum, shu yuzasidan xorijiy kreditlarning foiz stavkalarining yuqori chegarasini belgilab qo'yish maqsadag muvofiq bo'lar edi deb hisoblaymiz.
5. Agar kichik biznes sohasiga kreditlar xorijiy valyuta ya'ni AQSH dollarida berilgan deb hisoblaylik, kichik biznes subyektlari ham devalvatsiya natijasida ko'tarilishi va bankning foiz stavkalarini qaytarishi juda og'irlik qilishi mumkin. Va natijada olingan kreditlar qaytmasligiga bu esa xorijiy hamkorlarimizning ishonchini oqlamasligizga olib kelishi mumkin. Avvalo kichik biznes subyektlariga eksport qilish yo'lini ochib berishimiz va imtiyozli xalqaro kredit liniyalari hisobidan kreditlar berishimiz albatta mamlakat inflatsiya darajasiga ham iqtisodiy ko'rsatkichlarimizga ham ijobiy hissa qo'shadi deb ayta olishimiz mumkin.
Umuman olganda, O‘zbekistonda iqtisodiy sharoitni hisobga olgan holda kichik biznesni xalqaro kreditlashning maxsus mexanizmini yaratish maqsadga muvofiqdir. Qolaversa, byudjetdan tashqari fondlarning bu boradagi faoliyatini mustaqil bo‘lishiga e'tibor qaratish va sohani kreditlashda nafaqat tijorat banklarini, balki kredit uyushmalarini ham mas'uliyatini oshirish kerak. Shu bilan birga yuqoridagilarni hisobga olgan holda, bu soha bo‘yicha kasbiy ta'limni rivojlantirishi lozim. Chunki hozirda eng ko‘zga ko‘ringan muammolardan biri aynan kadrlar masalasidir. O‘ylaymizki, bu boradagi islohotlar kelajakda kichik korxonalarimizni bozorda o‘z o‘rinlarini topishga va olingan barcha kreditlarni o'z vaqtida qaytarishlariga yordam beradi. Kichik biznes va tadbirkorlik aholi orasida ish yuritish va tadbirkorlik ko'nikmalarini rivojlantirish, uning bozor munosatlariga moslashganlik darajasini oshirishda potensial samarali vositadir. Fuqarolarga nafaqat o'z ishchi kuchi, balki o'z mulki, jumladan, ishlab chiqarishga mo'ljallangan mulk egasi bo'lishga imkon yaratib, u o‘rta sinf - jamiyatning progressiv taraqqiyotini ta’minlashga qodir, demokratiya va ijtimoiy barqarorlikda manfaatdor ijtimoiy qatlamning shakllanishi uchun asos yaratadi.
Kichik biznes va tadbirkorlik butun iqtisodiyotning samaradorligini sezilarli darajada oshiradi. Ular iste’mol talabining o‘zgarishlariga hammadan tez moslashadi, iqtisodiy vaziyatning tebranishlariga muvofiq tarzda o‘z faoliyati ixtisosini tez va nisbatan asoratsiz o‘zgartira oladi. Ular faoliyatini tashkil qilish uchun kamroq resurs talab qiladi va bankrot bo‘lgan holda jamiyat uchun fojiaviy iqtisodiy oqibatlarga olib kelmasligi bilan muhimdir, ular iqtisodiyotning hududiy tuzilmasini yaxshilaydi. Shu boisdan ularni moliyaviy qo‘llab-quvvatlash respublika uchun ijobiy ta'sir ko‘rdatadi.
Shuni bemalol ayta olamizki, iqtisodiyotni barqaror yuksaltirish, o‘rta mulkdorlar sinfini shakllantirish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va aholi daromadlarini oshirishning muhim omili bo‘lgan kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni jadal rivojlantirish borasida olib borilayotgan tizimli ishlar o‘z samarasini bermoqda. Hozirgi kunda mamlakatimizda birgina kichik tadbirkorlik subyektlari sonin 210 mingtadan oshgani buning amaliy ifodasidir.
Kichik biznes sohasining iqtisodiyotdagi ahamiyati uning iqtisodiyotda raqobat muhitini ta’minlash, yirik korxonalar uchun mahsulot va xizmatlar yetkazib berish, yangi ish o‘rinlarini yaratish va ikkilamchi bandlikni ta’minlash, bozor tizimining moslashuvchanligini oshirish, ilmiy-taxnikaviy inqilobni jadallashtirish, resurslarni ishlab chiqarishga safarbar etish, soliq tushumlari hajmining o‘sishini ta’minlash, aholi daromadlari darajasini barqarorlashtirish kabi rivojlanish omillari bilan belgilanadi. Shu sababli ularni milliy va xorijiy kreditlar bilan qo‘llab-quvvatlash mamlakat iqtisodiy ahvoli uchun muhimdir. Yuqorida ko‘rib o‘tgan barcha masalalardan kelib chiqib quyidagicha xulosa qilishimiz mumkin.
O’zbekistonda kichik biznes va xususiy tadbirkorlikni rivojlanish dinamikasi tahlili shuni ko’rsatadiki, kichik biznes bugunga kelib shunday darajaga yetdiki, endilikda uning faoliyatini takomillashtirish uchun yangicha yondashuvlar talab etiladi. Ko’p sonli tadqiqotlar shundan dalolat beradiki, rivojlangan mamlakatlarda kichik va o’rta biznes avj olgan sari korxonalar o’rtasidagi ham vertikal (tik) ham gorizontal (yotiq) munosabatlar va aloqalarda son va sifat jihatidan o’zgarishlar ro’y beradi.
Kredit liniyalari orqali kreditlash asosan quyidagi tartibda amalga oshiriladi, ya'ni, kichik biznes sub'ektlari Tadbirkorbank kredit liniyalari hisobidan dastlabki (boshlang‘ich) sarmoyani shakllantirishga kredit olish uchun ularning asosiy talab qilib olinguncha depozit hisobvarag‘iga xizmat ko‘rsatuvchi tijorat bankiga murojaat qiladilar. Kredit liniyasi hisobidan kredit olish uchun kichik biznes sub'ektlari tijorat banklariga quyidagi hujjatlarni taqdim etishlari kerak bo'ladi:

  • kredit berish to‘g‘risida ariza;

  • biznes reja;

  • kreditning qaytarilish ta'minoti.

Olingan kreditning qaytarilmaslik xavfini oldini olish maqsadida qarz oluvchi quyidagi ta'minot turlarini bankka taqdim etishi mumkin:

  • mulk yoki qimmatli qog‘ozlar garovi;

  • uchinchi shaxsning kafilligi;

  • sug‘urta kompaniyasining qarz oluvchining kreditni qaytara olmaslik xavfi sug‘urta qilinganligi to‘g‘risidagi sug‘urta polisi.

Tijorat banklarining filiallari ularga bosh bank tomonidan berilgan vakolat doirasida kreditlar berish to‘g‘risidagi ariza va barcha zarur hujjatlar ilova qilingandan keyin 10 ish kunidan kechiktirmay ularni ko‘rib chiqadilar va kreditni berish yoki berilmasligi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilib u haqida mijozga bildiradilar.
Kredit berilishi to‘g‘risida yakuniy qaror qabul qilingandan keyingi ish kunidan kechiktirmagan holda bank va qarz oluvchi o‘rtasida kredit shartnomasi imzolanadi.
Kredit berilishi rad etilgan taqdirda, bank tomonidan kreditning rad etilishi sabablari ko‘rsatilgan holda yozma javob beriladi.
Tijorat banki (filiali) kredit qo‘mitasining qarori yakuniy hisoblanadi va bankning xorijiy tashkilotlar bilan hamkorlikda ochilgan kredit liniyasi hisobiga kreditlar berish uchun asos bo‘lib xizmat qiladi.
Qarz oluvchilar investitsiya loyihalarining texnik-iqtisodiy asoslantirilganligi, bankka taqdim qilingan biznes-reja, boshqa axborot va hisobotlardagi ma'lumotlarning haqqoniyligi, loyihalarning biznes-reja asosida amalga oshirilishi bo‘yicha qonunchilikka muvofiq javobgar bo‘ladilar.
Kreditlar alohida ssuda hisobvarag‘ini ochish orqali tovar-moddiy boyliklar uchun qarz oluvchining to‘lov topshiriqnomalari asosida to‘lovni amalga oshirish yo‘li bilan beriladi.
Kredit bo‘limi boshlig‘i (xodimi)ning farmoyishiga ko‘ra alohida ssuda hisobvaraqlari bo‘yicha berilgan ssudalar muddatli majburiyatnoma bilan rasmiylashtiriladi, u kreditlash muddatlariga bog‘liqholda 91903 - "Qarz oluvchilarning o‘rta muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari" va 91905 - "Qarz oluvchilarning uzoq muddatli ssudalar bo‘yicha majburiyatlari" ko‘zda tutilmagan holatlar hisobvaraqlarida to‘liq qaytarilgungacha hisobga olinadi.
Qaytarish muddati kelganda va qarz oluvchida pul mablag‘lari bo‘lmaganda kredit muddati kechiktirilgan ssudalar hisobvarag‘i orqali undirishga taqdim etiladi, unga doir muddatli majburiyatlar 2-son kartotekaga joylashtiriladi va kalendar navbati tartibida ijro etiladi.
Tijorat banklari kreditdan foydalanishning butun muddati davomida doimiy monitoringni amalga oshiradilar. Monitoring qarz oluvchi loyihasini va kredit shartnomasi shartlarini amalga oshirishga har tomonlama yordam ko‘rsatishga yo‘naltirilishi kerak.
Monitoring jarayonida mijozning xo‘jalik-moliyaviy faoliyati, uning tuzilgan shartnomalarga muvofiq mahsulot etkazib berish majburiyatlarini bajarishi, ishlab chiqarish, noishlab chiqarish xarajatlari va yo‘qotishlar, muomala chiqimlari, foyda hajmlari, o‘z aylanma mablag‘lari mavjud bo‘lishi dinamikasi, tovar-moddiy boyliklar zaxiralari ahvoli, aylanma mablag‘larning muomalada bo‘lishi tahlil qilinadi. Bank qarz oluvchining kreditga qodirlik bo‘yicha doimiy monitoringini amalga oshiradi va uni qarz oluvchining maxsus ma'lumotlar yig‘majildida tizimga soladi.
Bankka taqdim etilgan garov holati hamda kreditdan samarali va maqsadli foydalanilishi joyida o‘rganiladi.
Kreditdan foydalanish muddati tugagach, qarz oluvchi olingan kreditni bankka o‘z muddatida va shartnomada nazarda tutilgan tartibda qaytarishi shart.
Qarz oluvchi berilgan kreditdan maqsadga ko‘ra foydalanmaganligi aniqlangan taqdirda bank qarz oluvchiga bundan keyin kredit berishdan bosh tortishga, qarz oluvchidan kredit summasini kredit shartnomasida belgilangan tartibda muddatidan oldin qaytarishni va hisoblangan foizlarni to‘lashni talab qilishga haqlidir.
Qarzdor kredit shartnomasi shartlariga binoan kreditni qaytarishdan va unga hisoblangan foizlarni to‘lashdan yoki shartnoma shartlariga muvofiq garov predmetini bank tasarrufiga topshirishdan bosh tortgan taqdirda, bank xo‘jalik sudiga tegishli da'vo bilan murojaat etishi lozim.


XULOSA
Mustaqillik yillarida O‘zbekiston Respublikasi ham siyosiy, ham iqtisodiy sohada ko‘pgina yutuqlarga erishdi. Ularning eng muhimlaridan biri - bu respublikamizning jahon hamjamiyatida faol ishtirok etib, milliy manfaatlarga mos keladigan ko‘p tomonlama hamkorlikni amalga oshirish va shu asosda jahon xo‘jaligida tutgan o‘z o‘rnini mustahkamlab borishdir.
Endilikda O‘zbekiston Respublikasi tashqi siyosat maydonida borgan sari munosib o‘rinni egallab bormoqda. Qo‘yilgan ko‘pgina amaliy qadamlar O‘zbekistonning xalqaro hamjamiyatda uzoq muddatli, istiqbolli yaratuvchilik ish faoliyatini olib borishga mo‘ljallangandir.
Boshqa davlatlar bilan bo‘ladigan iqtisodiy integratsiya davlatning har xil ehtiyojlarini qondirish va samaradorligini oshirishning muhim omili hisoblanadi va fan-texnika taraqqiyotini jaddalashtirishga, millatlararo yaqinlashuviga, aholining turmush darajasini oshirishga yordam beradi.
Jahon xo‘jaligida har qanday davlat, u xoh kichik xoh katta bo’lsin, iqtisodiy integratsiyasiz tez rivojlana olmaydi. Buni jahonning ko‘pgina davlatlari o‘z tajribalarida isbotlashdi. O‘zbekiston Respublikasining siyosati yuqoridagilarga erishishdir. Chunki iqtisodiy integratsiya mamlakatimiz iqtisodiyotiga bevosita ta’sir etadi. Jumladan:
- tovar, kapitallar, xizmatlar erkin harakat qiladi;
- raqobat kuchayadi;
- ishlab chiqarishda samaradorlik ortadi;
- sifatli va arzon tovarlar ishlab chiqariladi;
- ishsizlik darajasi pasayadi;
- yangi va kuchli umumiy iqtisodiyot shakllanadi;
- milliy iqtisodiyot rivojlanib boradi;
- kishilarningturmushfarovonligi yaxshilanadi va boshqalar.
Xo‘jalik aloqalarining baynalminallashtirish jarayonlarining kuchayib borishida, iqtisodiyotni rivojlantirish hamda mustahkamlashda tashki iqtisodiy omil muhim rol o’ynamoqda. Tashki iqtisodiy aloqalarning rivojlanish xususiyatlari va ularning ishlab chiqarishdagi samaradorligi milliy iqtisodiy barqarorlikni va uning rivojlanish harakatini aniklaydi.
Amalga oshirilgan islohotlar natijasi o‘laroq, kichik biznes subyektlarining samarali faoliyati orqali bir qancha ijtimoiy hamda iqtisodiy natijalarga yerishildi. Kichik biznes subyektlarini moliyaviy qo‘llab-quvvatlash jarayonida xalqaro moliya tashkilotlari ham o‘z kredit liniyalari bilan faol ishtirok etib kelmoqda. O‘zaro hamkorlikni takomillashtirish hamda bu borada yuzaga kelayotgan muammolarning oldini olish maqsadida quyida bir nechta xulosa va takliflarimni nazariy hamda amaliy asoslagan holda keltirib o‘tmoqchiman.
Birinchidan, respublikaning turli mintaqalarini yanada rivojlantirish bo‘yicha turli strategik loyihalarni ishlab chiqish va ularni moliyalashtirish bo‘yicha turli moliya institutlarining kredit liniyalarini jalb qilish lozim.
Ikkinchidan, yuqori ijtimoiy-iqtisodiy samaradorlikka ega bo‘lgan loyihalarni, yaxshi kredit tarixiga ega bo‘lgan mijozlarning loyihalarini moliyalashtirishda ta’minot bo‘yicha mijozlarga imtiyozlar berish yoki ishonchli kreditlar ajratish maqsadga muvofiq bo‘ladi. Biroq, loyiha xorijiy kredit liniyasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirilayotgan bo‘lsa ham, tijorat banklari O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki tomonidan o‘rnatilgan me’yorlarga amal qilishlari lozim.
Uchinchidan, kichik biznes va xususiy tadbirkorlik subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi moliyaviy-huquqiy infratuzilmani yetarli darajada rivojlantirish lozim. Bu yerda kichik biznes subyektlariga xizmat ko‘rsatuvchi konsalting firmalari, baholash agentliklari hamda turli sug‘urta tashkilotlari va ular o‘rtasida raqobatning mavjud bo‘lishi nazarda tutilmoqa. Mijozlarning kreditlash va kredit hujjatlari bo‘yicha huquqiy savodxonligini oshirishni tijorat banklari kredit inspektorlarining maxsus o‘quv kurslari orqali ham tashkil etish mumkin.
To‘rtinchidan, xorijiy kredit liniyalari mablag‘lari hisobidan lizing xizmatlarining amalga oshirilishi tijorat banklari uchun yuqori daromad olishni ta’minlaydi. Shu bilan bir qatorda mijozlar uchun lizing tashkilotlariga murojaat etmasdan, to‘g‘ridan-to‘g‘ri xizmat ko‘rsatuvchi bank orqali nisbatan qulay shartlardagi lizing xizmatini amalga oshirish imkoniyati paydo bo‘ladi.
Yuqoridagi keltirib o‘tilgan takliflarning to‘liq amalga oshirilishi natijasida kredit liniyalaridan foydalanuvchilarga yanada qulay ishbilarmonlik muhiti yaratiladi. Bu borada imtiyozli xorijiy kredit liniyalarining jalb qilinishi esa tijorat banklari kredit portfeli hamda mijozlar bazasining ortishiga va yangi ishlab chiqarish obyektlarining ishga tushirilishi mamlakatimiz hududlaridagi ishsizlik muammosi hal etishda muhim ahamiyat kasb etadi.



Download 269,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish