O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi toshkent moliya instituti “iqtisodiyot” fakulteti


–jadval Jahon mamlakatlarida yalpi davlat qarzi dinamikasi3, (YAIMga nisbatan foizda)



Download 269,38 Kb.
bet3/11
Sana11.07.2022
Hajmi269,38 Kb.
#776599
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11
Bog'liq
Kurs ishi (Xalqaro KM) Ulug\'bek (копия)

1 –jadval
Jahon mamlakatlarida yalpi davlat qarzi dinamikasi3, (YAIMga nisbatan foizda)




2016

2017

2018

2019

2020

Jahon

81,3

94,9

101,5

105,5

110,2

shu jumladan:










Rivojlangan mamlakatlar

65,7

75,8

79,5

79,7

81,1

AQSH

75,5

89,1

98,2

102,5

106,5

Yevrohudud

70,3

80,0

85,6

88,1

92,9

Fransiya

68,2

79,2

82,3

86,0

90,3

Germaniya

66,8

74,5

82,5

80,5

82,0

Gresiya

112,5

129,3

147,9

170,6

158,5

Irlandiya

44,5

64,9

92,2

106,5

117,1

Italiya

106,1

116,4

119,3

120,8

127,0

Portugaliya

71,6

83,1

93,2

108,0

123,0

Ispaniya

40,2

53,9

61,3

69,1

84,1

Yaponiya

191,8

210,2

216,0

230,3

237,9

Buyuk Britaniya

52,2

68,1

79,4

85,4

90,3

Kanada

71,3

81,4

83,0

83,4

85,6

Jadval ma’lumotlaridan ko‘rishimiz mumkinki eng salbiy ko‘rsatkichlar Yaponiya va Gresiyaga tegishli bo‘lib, 2020-yilda yalpi qarzlar YAIMga nisbatan % da 158,5 va mos ravishda 237,9 % ga teng bo‘lgan. Lekin Yaponiyada yalpi qarzlarning asosiy qismini ichki qarzlar tashkil etsa, Gretsiyada esa aksincha tashqi qarzlar tashkil qiladi.
Endi esa O‘zbekistonda tashqi qarzlar dinamikasini ko‘rib chiqamiz.
1 – rasm. O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi dinamikasi4
«Davlat qarzining so‘nggi yillardagi o‘sishi dinamikasiga qaramay, xalqaro me'yorlarga ko‘ra O‘zbekiston Respublikasi davlat qarzi (YaIMga nisbatan - 40,4 foiz), shu jumladan davlat tashqi qarzi (YaIMga nisbatan - 36,5 foiz) mo‘'tadil darajada saqlanib qolmoqda», – deyiladi hisobotda.
O‘zbekiston uchun davlat tashqi qarzining xavfsiz darajasi YaIMga nisbatan 60 foiz deb hisoblanadi.
2021-yil uchun O‘zbekiston Respublikasining Davlat budjeti to‘g‘risida»gi qonunga ko‘ra, O‘zbekiston Respublikasi nomidan va davlat kafolati ostida jalb qilingan davlat qarzining summasi yalpi ichki mahsulotning yillik prognoz ko‘rsatkichiga nisbatan 60 foizdan oshmasligi belgilangan.
Xalqaro kredit va tashqi qarzlarning nazariy va metodologik asoslarini o‘rganish va ishlab chiqishda chet el iqtisodchilari D.Salvatore, P.Krugmana, F.Lariana, M.Obsfelda, A.Oslunda, Dj.Saksa, S.Fishera, A.I.Mixaylushkina, Ye.F.Jukova, S.R.Moiseyev, L.T.Litvinenko, L.N.Krasavinoy, P.D.Shimko, G.M.Kostyunina va boshqa olimlar o‘zlarining ilmiy ishlari va tadqiqotlari asosida yoritib berganlar
Shuni qayd etish lozimki, zamonaviy sharoitlarda xalqaro kredit bir tomondan iqtisodiy jarayonlar regulyatori funksiyasini bajarsa, boshqa tomondan esa xalqaro kreditning o‘zi davlat va davlatlararo tartibga solishning obyektiga aylanib qoladi.
Xalqaro kreditini berishning asosiy shartlaridan biri bu foiz stavkasini aniqlash hisoblanadi. Foiz stavkasi kreditning bahosi hisoblanadi va o‘z ichiga quyidagi komponentlarni oladi:
• depozitlarni jalb qilish xarajatlari;
• moliyalashtirish xarajatlari;
• bankning operasion xarajatlari;
• kreditni taqdim etish va kreditga xizmat ko‘rsatish bilan bog‘liq xarajatlar;
• riskka tortilgan kapitalga to‘g‘ri keluvchi foyda normasi.
Rivojlangan davlatlar tajribasi shuni ko‘rsatadiki, chet el kredit liniyalarini jalb qilinishi mazkur davlatlarning yuksak darajada taraqqiy etishida hal qiluvchi omillardan biri bo‘lgan. O‘zbekistonda Prezidentimiz Sh.Mirziyoyev rahbarligida Vatan ravnaqi, yurt tinchligi, xalq farovonligini ta’minlash maqsadida chet el kredit liniyalari jalb etish strategik ustuvor vazifa sifatida qaralib, mazkur masala - davlat iqtisodiy siyosatining muhim yo‘nalishi sifatida belgilangan. Bugungi kunda chet el kredit liniyalari hisobidan yurtimizda faoliyat ko‘rsatayotgan korxonalarni jadal modernizasiya qilish va texnik qayta jihozlashni ta’minlash, yuksak texnologiyalar asosida ishlaydigan avtomobilsozlik va gaz-kimyo, elektr texnikasi va to‘qimachilik, oziq-ovqat va farmasevtika, axborot va telekommunikasiyalar tarmog‘i hamda boshqa yo‘nalishlardagi yangi va zamonaviy ishlab chiqarish quvvatlarini tashkil etishga qaratilgan faol siyosatni yuritishga katta e’tibor berilmoqda. Bular Vatanimiz ravnaqi, xalqimiz farovonligini ta’minlash maqsadida mamlakatimizda chet el kredit liniyalarini jalb etishning tegishli tashkiliy - huquqiy, institusional tuzilmalari va infratizimini yaratish hamda mavjud shart-sharoitlarni izchil rivojlantirish borasida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilganini yaqqol tasdiqlaydi.
Bugungi kunda respublikamiz turli sohalarda dunyodagi eng yirik xalqaro moliyaviy institutlar bilan hamkorlik qilmoqda. Bular qatoriga Jahon banki va uning guruhiga kiruvchi boshqa institutlar, Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro taraqqiyot banklari, rivojlangan mamlakatlarning boshqa yirik banklarini misol qilib keltirish mumkin.
«O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro valyuta fondi, Xalqaro tiklanish va taraqqiyot banki, Rivojlanish xalqaro assotsiatsiyasi, Xalqaro moliya korporatsiyasi, ko‘p tamonlama sarmoya ajratishni kafolatlovchi agentlikka a’zoligi to‘g‘risida»gi 1992-yil 2-iyuldagi Qonuni bu sohada qabul qilingan ilk qonunlardan biri bo‘ldi. Ushbu qonun O‘zbekiston Respublikasining teng huquqlilik asosida jahon hamjamiyati tarkibiga kirishi zarur ekanligini hisobga olib, O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliya tashkilotlariga kirishi, bu tashkilotlarga a’zo bo‘lishi hamda ularning imkoniyatlaridan respublikani rivojlantirish uchun foydalanishining huquqiy asoslalarini belgilab berdi. Ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasi Prezidentinig shu sohadagi vakolatlari ko‘rsatib o‘tilgan, qonunga ko‘ra Prezident O‘zbekiston Respublikasi nomidan yuqorida nomlari tilga olingan xalqaro tashkilotlarga a’zolik bilan bog‘liq rezalyutsiyalardagi muddatlar va shartlarni qabul qilib, ushbu tashkilotlarning bitimlaridagi tegishli moddalarni qabul etishga vakil deb tan olingan.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki mazkur xalqaro moliya tashkilotlari tegishli hujjatlarida nazarda tutilgan moliya muassasasi sifatida ishtirok etadi hamda o‘ziga qonunchilik bilan berilgan vakolatlar doirasida Xalqaro valyuta fondi va Xalqaro tiklanish va tarakkiyot banki hujjatlari moddalarida ko‘zda tutilgan barcha operasiyalar va bitimlarni O‘zbekiston Respublikasi nomidan amalga oshirish huquqiga ega hisoblanadi.
XVF va XTTB bitimlari moddalarining turli qoidalarida nazarda tutilgan operasiyalar va kelishuvlarda to‘lanishi yoki Respublikaga o‘tkazilishi mumkin bo‘lgan xar qanday summani qabul qilib olish huquqi ham O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankiga berilgan. Bundan tashqari, Markaziy bank xalqaro moliya tashkilotlari to‘lovlarining O‘zbekiston Respublikasidagi kirituvchisi, deb tayinlangan.
O‘zbekiston Jahon bankiga 1992-yil 21-sentyabrda O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 633 - XII sonli “O‘zbekiston Respublikasining Xalqaro Valyuta Fondi va Jahon Banki tashkilotlariga a’zo bo‘lish to‘g‘risida»gi Qonuniga binoan a’zo bo‘ldi, uning oldidagi majburiyatlarini bajarish uchun 12,1 mln AQSH dollari miqdorida badal to‘ladi.
Xalqaro moliya institutlarining O‘zbekistondagi asosiy yo‘nalishlari quyidagilardan iborat:
• Bozor strukturasining shakllanishda texnik yordam ko‘rsatish;
• ishlab chiqarish va ijtimoiy sohalarni rivojlantirish bo‘yicha loyihalarni amalga oshirishga moliyaviy jihatdan ko‘mak berish;
• mutaxassislarni tayyorlash va qayta tayyorlash;
• moliya sektorini va bank infratuzilmasini rivojlantirish;
• bozor infratuzilmasini rivojlantirish;
• energetika majmuini rivojlantirish;
• turizm infratuzilmasini rivojlantirish, shuningdek, tabiiy resurslarni o‘zlashtirish.
Bozor tizimlarini shakllantirishga, yo‘l, aeroport qurilishi hamda qishloq xo‘jaligiga texnik jihatdan yordam berish borasida respublikada makroiqtisodiy sohada monitoring o‘tkazish, ularni tahlil etish, bank tizimi, buxgalteriya hisob - kitoblarini, kommunikasiyalarini rivojlantirish kabi tadbirlar kiradi. Jumladan, bu borada Jahon bankining vakillari bilan birgalikda respublikada bank tizimining rivojlanish darajasi yo‘nalishida tadqiqot ishlari olib borildi, undan kelib chiqqan holda bozor mexanizmining infrastrukturasini mujassamlash, ilmiy - texnikaviy salohiyat darajasini aniqlash borasida ham ancha ishlar olib borildi.
O‘zbekistonning xalqaro moliya institutlari bilan aloqalarini mustahkamlash yo‘lidagi eng katta qadamlardan biri – bu mamlakatimizning Xalqaro valyuta fondi bilan o‘zaro aloqalarining o‘rnatilishi hisoblanadi. O‘zbekiston Respublikasi XVF ga 1992-yilning 21-sentyabrida a’zo bo‘ldi. 1992-yilning 2-iyulida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Kengashi tomonidan «Xalqaro valyuta fondida agentlik qilish to‘g‘risida» gi O‘zbekiston Respublikasining qonun qabul qilindi.O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Maxkamasining 1993-yil 21-martdagi 93F- sonli buyrug’iga asosan O‘zbekistonning XVF ga kvota to‘lovlari amalga oshiriladi. O‘zbekiston Respublikasi Markaziy banki ko‘rsatilgan xalqaro moliya tashkilotlarning aloqa agentini depozit avuari hamda O‘zbekiston Respublikasining shu tashkilotlarga a’zolik bilan hamkorlik operasiyalarini amalga oshirish vakili xisoblanadi.
Xalqaro valyuta fondining missiyasi O‘zbekistonga texnik yordam va maslahat xizmatlarini ko‘rsatish maqsadida tashrif buyuradi. Missiya faoliyati iqtisodiy sektor, moliya va statistika sektoridagi va iqtisodiy reformalarning kelajak yo‘nalishlarini aniqlash bilan bog‘liqdir.
XVF kreditlari milliy valyutani barqarorlashtirish va to‘lov balansini mustahkamlashga O‘zbekiston hukumatiga ajratiladi.
O‘zbekiston Respublikasi Markaziy Banki O‘zbekiston Respublikasining xalqaro moliyaviy tashkilotlari bilan o‘zaro munosabatlarida aloqa agenti sifatida ish yuritadi. Markaziy Bank va Moliya Vazirligi O‘zbekiston Respublikasi hukumati bilan kelishilgan holda tashkilotlari oldidagi moliya majburiyatlarini vaqtida bajarish, ya’ni zayom mablag‘larini olish, foiz to‘lovlarini to‘lash va respublika tomonidan qarz majburiyatlarini to‘lash kabilarni ta’minlaydi.
O‘zbekiston Respublikasining “Xorijdan mablag‘ jalb qilish to‘g‘risida” gi 1996-yil 29-avgustdagi qonuni xorijdan mablag‘ jalb qilish bilan bog‘liq munosabatlarni tartibga soladi.
Ushbu qonunda O‘zbekiston Respublikasining kafolatlari, kafolat fondi, qarz oluvchining majburiyatlari, O‘zbekiston Respublikasi Moliya Vazirligining, O‘zbekiston Respublikasi Markaziy bankining vakolatlari xalqaro moliya tashkilotlariga axborot taqdim etish, xorijdan mablag‘larni jalb qilish bilan bog‘liq masalalar yuzasidan baxslarni hal etish, qonun hujjatlarini buzganlik kabi masalalar aloxida moddalar bilan belgilanib berilgan.

Download 269,38 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   11




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish