Fanning asosiy vazifalari
– quyidagilardan iborat : zagotovka va mashina
detallarini yasash va ishlov berishning texnologiyaviy usullarini qo‘llanish
soxalarini o‘rganish; talabalarda materiallarning zamonaviy texnikadagi o‘rni, ilm
va fan jamiyatning bevosita ishlab chiqaruvchi kuchi, metall va nometall
materiallarning turlari, material tanlash va uni baholash kriteriyasi xaqida zarur
bilim va ko‘nikmalar xosil qilishdir.
Ta’lim tizimi oldiga qo‘ygan eng asosiy vazifa yuqori malakali texnik
kadrlarni tayyorlash darajasini yanada ko‘tarishdan iborat. Bu vazifani bajarish
uchun asosiy e’tibor o‘qitish jarayonining o‘zini yanada takomillashtirishga va
o‘quvchilarni tarbiyalashga qaratilmog‘i lozim bu esa, o‘z navbatida
o‘qituvchilarning pedagogik hamda metodik mahoratiga va tayyorgarligiga bog‘liq
bo‘ladi. Shu sababdan fan va texnika tez sur’atlar bilan rivojlanayotgan hozirgi
sharoitda har bir pedagogning asosiy vazifasi – yosh texnik kadrlarni hozirgi
zamon mashinasozlik va qishloq xo‘jalik mashinasozligi sanoatining talablariga
muvofiq, mashina, mexanizm va detallar ishlab chiqarishida konstruksion
materiallar texnologiyasi fanining to‘liq o‘zlashtirilgan holda ilmiy axborotlarni
yaxshi tushunadigan, bilimlarni mustaqil o‘zlashtira oladigan va ulardan o‘z ishida
foydalana oladigan qilib tarbiyalash maqsadida o‘qitishni yangi pedagogik
texnologiyalar asosida har tomonlama takomillashtirishdir.
Yuqorida aytilgan tadbirlardan yana biri konstruksion materiallar
texnologiyasi kursidan o‘quvchilarga bilim berishni tubdan yaxshilashdir.
O‘quvchilar mashg‘ulotlar jarayonida materiallarning ichki tuzilishi va xossalarini
va ularga ishlov berishni o‘rganadilar.
Ilmiy-texnika taraqqiyoti tufayli zamonaviy mashinalarni ishlab chiqarishda
o‘z kasbini yaxshi egallash bilan birga umumiy ta’lim fanlarini yaxshi biladigan
hamda texnik tayyorgarlikka ega bo‘lgan texnik mutaxassislarga talab ortib
bormoqda. Shu sababdan nazariy darslarda hamda amaliy-tajriba mashg‘ulotlarida
6
o‘quvchilarda texnik fikrlash hamda ijodiy qobiliyatni rivojlantirish zarur,
shundagina o‘quvchilar o‘z fikrlash doiralarini mustaqil kengaytira oladilar hamda
yangi mashinasozlik materiallarini yaratilishida ishtirok etadilar.
Talabalarga konstruksion materiallarni ishlabchiqarish texnologiyasi,
cho‘yan va po‘lat ishlab chiqarish texnologiyasi, asosiy uskunalarning tuzilishi
hamda bu sohada joriy qilinayotgan ilg‘or texnologiyalarni ishlab chiqarishga
tadbiq etilishiga ijodiy yondashish o‘rgatiladi.
Masalan Amerika Qo`shma shtatlarida eng ko’p qo`llaniladigan 6ta
materiallardan alyuminiy va plastmassalarga ehtiyojning ortib borayotganligi
kuzatilgan.
2
Figure 1.14 shows graphically how the production of six materials in the United States on a weight basis varied over
the past years. Aluminum and polymers show an outstanding increase in production since 1930. On a volume basis the
production increases for aluminum and polymers are even more accentuated since these are light materials.
Bizlarga ma’lumki xozirgi vaqtda ximiyaviy elementlar davriy sistemasida elementlar
metallar va metallmaslarga bo‘linadi, metallar barcha elementlarini yarmidan ko’prok qismini
tashkil etadi va elektr uzatuvchanligi temperaturaga bog‘liq bo‘ladi. Metallarissiklikni ham
yaxshi o‘tkazadi.
Metallarga shunday ta’rif bersa bo‘ladi, «temperature pasaygan sari elektr o‘tkazuvchanligi
ortadigan issiklikni yaxshi o‘tkazadigan, bog‘lanuvchan va o’ziga xos yaltiroqlikka ega bo‘lgan
elementlar moddalar deb ataladi»
Metallar elementlar davriy sistemasi jadvalining asosan chap qismida
joylashgan. Barcha metallar ikki gruppaga, ya’ni qora metallar gruppasiga va
rangli metallar gruppasiga bo‘linadi.
2
William F.Smith Foundations of materials science and engineyering, p16
7
Do'stlaringiz bilan baham: |