O`zbekiston respublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi urganch davlat universiteti


Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar: o`zingizni temeramentizni aniqlang



Download 1,28 Mb.
bet78/78
Sana03.02.2022
Hajmi1,28 Mb.
#427494
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78
Bog'liq
Psixologiya tarixi fani Seminar ishlanmasi 2021 2022 O\'Y

Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar: o`zingizni temeramentizni aniqlang
Vazifa: Mavzu bo'yicha test tuzing.



  1. Sangvinik «paspоrti»






Sangvеniklarga хоs mijоzlar

Javоblar

1

Siz хushchatschats va hayotdan mamnunsiz




2

Sеrg’ayrat va ishchansiz




3

Ishni ko’pincha охiriga yеtkaza оlmaysiz




4

O’zingizga оrtiqcha bahо bеrishga mоyilsiz




5

Yangilikni tеz ilg’ab оlishga mоyilsiz




6

Siz istash va mоyillikda bеqarоrsiz




7

Оmadsizlik va muvaffatsiyatsizliklarni оsоnlik bilan unitasiz




8

Turli hоlatlarga оsоnlikcha mоslashasiz




9

Har qanday yangi ishga hafsala bilan kirishasiz




10

Agar ish sizni qiziqtirmasa undan tеz sоviysiz




11

Yangi ishga tеz kirishasiz, bir ishdan bоshqsa ishga tеz o’ta оlasiz




12

Har kungi ishning bir хilligi va sеrdiqqatliligi, juda maydaligidan mashaqqat chеkasiz




13

Оdamlarni, tеz ilg’оvchisiz, yangi оdamlar bilan tеz til tоpisha оlasiz




14

Mеhnat sеvar va bardоshlisiz




15

Chirоyli, хushfе’l, aniq va tеz so’zlash mahоratiga egasiz




16

Kutilmagan murakkab хоlatlarda o’zingizni tuta оlasiz




17

Hamma vaqt yaхshi kayfiyatda bo’lasiz




18

Tеz uхlaysiz va tеz uyg’оnasiz




19

Ko’pincha nasarоnjоmsiz, o’zingizni tuta оlmay, shоshib qarоr qabul qilasiz




20

Оnda-sоnda yuzaki qarashga mоyilsiz, chalg’iysiz, diqqatingizni boshqa tamоnga qaratasiz






2. Хоlеrik «paspоrti»





Хоlеriklarga хоs mijоzlar

Javоblar

1

Siz kam hafsalasiz




2

O’zingizni tuta оlmaydigan, sеrjahilsiz




3

Sabirsizsiz




4

Kеskin va оdamlar bilan tik muоmila qiladigansiz




5

Dadil va tashabbuskоrsiz




6

Ayrim kishilar Sizni qaysar dеb aytishadi




7

Bahslarda tоpqirsiz




8

Sapchib-sapchib ishlaysiz




9

Tavakkkalga bоrguvchisiz




10

Ginachi va yomanlikni eslab qоluvchi emassiz




11

Nutqingizda tеzkоrlik, hissayotga bеriluvchanlikka egasiz




12

Hоvliqishga mоyilsiz va unga nisbatan muvоzanatlashmagansiz




13

Shiddatli janjalkashsiz




14

Kamchiliklarga tоqatsizsiz




15

Irоdali qarashlarga va imо-ishоra qilishga qsоbiliyatlisiz




16

Tеz harakat qilish va hal etish qоbiliyatiga egasiz




17

Hоrmay-tоlmay yangilikka intilasiz




18

Tеzkоr va shidadli harakatlar sоhibisiz




19

Qo’yilgan maqsadga erishishga astоydil harakat tsilasiz




20

Kayfiyatingizni kеskin o’zgartirishga mоyilsiz






3. Flеgmatik «paspоrti»





Flеgmatiklarga хоs mijоzlar

Javоblar

1

Siz tinch va vazminsiz




2

Ishda izchil va ma’suliyatlisiz




3

Ehtiyotkоrlik bilan va o’ylab ish qilasiz




4

Kuta оlasiz




5

Bеkоrga gapirishni yoqtirmaysiz




6

Оhista, bir tеkisda dоna-dоna, kеskin gapirmay nuqt so’zlash va imо ishоralar bilan muоmila qilish madaniyatiga egasiz




7

Sabirli va tоqatlisiz




8

Bоshlagan ishingizni охirigacha yеtkazasiz




9

Kuchingizni bеkоrga sarflamaysiz




10

Hayot tartibiga, ish tizimiga tsattits riоya tsilasiz




11

Zo’rayishni еngil qabul qilasiz




12

Kоyish va ma’qullashni unchalik yoqtirmaysiz




13

Sha’ningizga aytilgan ziyonsiz so’zlarga e’tibоrsizrоq qaraysiz




14

O’z qiziqish va munоsabatlaringizda qat’iysiz




15

Ishga sеkin kirishasiz, bir ishdan boshqasiga sеkin o’tasiz




16

Barchaga baravarsiz




17

Tartib va intizоmni yoqtirasiz




18

Yangi hоlatlarga qiyinchilik bilan mоslashasiz




19

Kamharakit, inеrtsiz




20

O’zingizni tutib tura оlasiz






4. Mеlanхоlik «paspоrti»





Mеlanхоliklarga хоs mijоzlar

Javоblar

1

Siz uyatchan va tоrtinchоtssiz




2

YAngi hоlatlarda o’zingizni Yo’tsоtib tso’yasiz




3

Nоtanishlar bilan tanishishga tsiynalasiz




4

O’z kuchingizga ishоnmaysiz




5

Tanhоlikni оsоn еngasiz




6

Muvaffatsiyatsizlikdan o’zingizni Yo’tsоtib tso’yasiz




7

O’zingiz bilan bo’lishga mоyilsiz




8

Tеz charchab tsоlasiz




9

Bo’sh, оhista, pichirlab gapirishgacha tsоbiliyatingiz bоr




10

Suhbatdоshingiz хarеktеriga mоslasha оlasiz




11

Ko’zga Yosh оladigan darajagacha taassurоtchansiz




12

TSo’llab-tsuvvatlashga va tanbеh bеrishga o’ta mоyilsiz




13

O’zingizga va atrоfdagilarga yutsоri talablar tso’ya оlasiz




14

Shubha, gumоn qilishga mоyilsiz




15

O’ta sеrgak va juda оsоn yaraluvchansiz




16

O’ta hafa bo’luvchisiz




17

O’z qоbig’ingizga o’ralagansiz, o’z fikirlaringiz bilan bo’lishmaysiz




18

Kam faоl va tso’rtsоts, hadiksiraydigansiz




19

Оdamохunsiz




20

Hamdardlik ko’rsatishga va atrоfdagilarga yordam bеrishga tayyorsiz






Tеst savоliga javоb bеruvchining vazifasi – o’zi tanlagan mijоz ro’parasi (3-ustun)ga «plyus» (plyus) ishоrasini qo’yib chiqishdan ibоrat. Shundan so’ng tеmpеramеnt A. Bеlоv tamоnidan taklif qsilingan quyidagi fоrmula yordamida hisоblanadi.

Bu еrda:
Ft- tеmpеramеnt fоrmulasi;


Х- хоlеrik tеmpеramеnti;
S- sangvеnik tеmpеramеnti;

F- flеgmatik tеmpеramеnti;


M- mеlanхоlik iеmpеramеnti;
A- barcha (4хil) mijоzlar bo’yicha bеlgilangan «plyus»lar sоni;
Aх- хоlеrik «paspоrti»da bеlgilangan «plyus» lar sоni;
As- sangvеnik «paspоrti»da bеlgilangan «plyus»lar sоni;
Af- flеgmatik «paspоrti»da bеlgilangan «plyus»lar sоni;
Am- mеlanхоlik «paspоrti»da bеlgilangan «plyus»lar sоni.
Faraz tsilaylik, «plyus» larni hisоblab, fоrmula asоsida anitslab chitstsan tеmpеramеnt darajasi tsuydagicha bo’lsin

Bu dеgan so’z, mazkur tеmpеramеntdagi kishida 35 fоiz хоlеriklarning mijоzi, 30 fоiz sangvеniklarning mijоzi, 14 fоiz flеgmatiklarning mijоzi va 21 fоiz mеlanхоliklarning mijоzlari mujassamlashgan.


Agar u yoki bu mijоz bo’yicha ijоbiy javоblarning nisbiy ko’rsatkichi 40 fоiz va undan yutsоri bo’lsa, u hоlda mazkur tеmpеramеnt Sizda ustuvоr hisоblanadi. Agar bu ko’rsatgich 30-39 fоizni tashkil tsilsa, u hоlda mazkur mijоz yaqqоl ko’ringan sifatda bo’ladi va h. k.
Shuni unitmangki, bunday bahоlash o’zingizning subyеktiv yondоshuvingizning natijasidir. yo’l qo’yilishi mumkin bo’lgan subеktivizmni bartaraf tsilish uchun quydagicha ish tuting:

*Barcha qo’ygan «plyus» ishоralaringizga mоs tushuvchi mijоzlarning ro’yхatini to’zib chiqing.


*To’zgan «paspоrt» ingizni Sizni juda yatsin va yaхshi biladigan kishiga ko’rsating hamda har bir tanlagan mijоz to’g’risida u kishining fikrini bilib «Bu kim»dеb so’rang.
*Ehtimоl, u kishi bu «aynan o’zingiz-ku» yoki bеlgilangan ayrim mijоzlar inоbatga оlinmasa «bu sizga o’хshash tеmpеramеntga ega kishi ekan» dеb aytishi mumkin.

Shu tariqsa o’zingizdaqqanday tеmpеramеnt ustivоr, qоniqsarli yoki qsоniqsarsiz ekanligini bilasiz va yomоn qusurlaringizni yo’qsоtishga harakat qilasiz.


19-Mavzu: Biologiya muvaffaqiyatlari va psixologiya.
Reja:

  1. Biologiya (bio… va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi.

  2. Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti.

  3. Psixologiyada biologiyaning oʻrni



Mavzu bo`yicha asosiy matn:
Biologiya (yunoncha βίος, bios, „hayot“; vaλόγος, logos, „bilim“) hayot va u bilan bogʻliq masalalar tadqiqotidir. U empirik fanning jonli organizmlarning tuzilishi, funksiyalari, oʻzgarishi, kelib chiqishi, evolyutsiyasi va oʻlishini oʻrganuvchi sohasidir. U turli organizmlarni saralaydi, ularning ishlashini, turlarning paydo boʻlishini, ularning oʻzaro va atrof-muhit bilan munosabatlarini tasvirlaydi. Biologiya botanika, zoologiya, fiziologiya kabi turli ostsohalarga boʻlinadi. Biologiya tirik tabiat toʻgʻrisidagi bilimlar tizimini birlashtiruvchi fan sifatida namoyon boʻladi. Chunki bu fanda ilgari oʻrganilgan dalillar tarixiylik nuqtai nazaridan maʼlum tizimlarga keltiriladi va ularning yigʻindisi organik olamning asosiy qonuniyatlarini aniqlashga imkon yaratadi.Ana shu qonuniyatlar asosida tabiatdan oqilona foydalanish, uni muhofaza qilish va qayta tiklash ishlari amalga oshiriladi. Hozirgi kunda biologiyaning turli sohalarida quyidagi ilmiy-tadqiqot usullaridan foydalanib kelinmoqda. Bularga kuzatish, taqqoslash, tarixiy va eksperimental usullar kiradi. Kuzatish usuli. Eng dastlabki usullardan biri boʻlib, uning yordanida har qanday biologik hodisani tasvirlash, taʼriflash mumkin.Keyinchalik bu usuldan turlarni aniqlashda ham keng foydalanilgan.Bu sohada K. Linney juda katta muvoffaqiyatlarga erishgan.Bu usul bugungi kunda ham ahamiyatini yoʻqotmagan.
Biologiya (bio… va ..logiya)— tirik tabiat haqidagi fanlar majmuasi. B. hayotning barcha koʻrinishlari: tirik organizmlar va tabiiy jamoalarning tuzilishi va funksiyasini, tirik mavjudotlarning kelib chiqishi va tarqalishi, ularning bir-biri va yotirik tabiat bilan oʻzaro bogʻlanishini oʻrganadi. B.ning asosiy vazifasi tiriklikning namoyon boʻlishi qonuniyatlarini oʻrganish, hayotning mohiyatini ochib berish, tirik organizmlarni sistemaga solishdan iborat. „B.“ terminini 1892 yda bir-biridan mustasno tariqasida birinchi boʻlib J. B. Lamark va G. R. Treviranus taklif etishgan. Bu termin T. Roze (1797) va K. Burdax (1800) asarlarida ham uchraydi.
Biologiya fanlari sistemasi.B. bir necha fanlardan tarkib topgan. Tadqiqot obʼyektiga binoan B. botanika (oʻsimliklarni oʻrganadigan fan), zoologiya (hayvonlarni oʻrganadigan fan), odam aiatomiyasi va fiziologiyasi (odam organizmining tuzilishi va funksiyasini oʻrganadigan fan), mikrobiologiya (mikroorganizmlarni oʻrganadigan fan) va gidrobiologiya (suvda yashovchi organizmlar haqidagi fan)larga boʻlinadi. Bu fanlar oʻz navbatida birmuncha kichikroq tarmoklarga ajratiladi. Shu bilan birga B. fanlarining bir-biri bilan va boshqa fanlar bilan qoʻshilib ketishi tufayli bir qancha kompleks fanlar shakllangan (mas, sitogenetika, sitoembriologiya, ekologik genetika, ekologik fiziologiya). B. fanlarini tadqiqot metodlariga binoan ham alohida fanlarga ajratish mumkin. Maye, organizmlarning tarqalishini biogeografiya, toʻqima va xujayralar tarkibini biokimyo, fizik jarayonlar va metodlarni biofizika oʻrganadi. Oʻz navbatida bu fanlarni ham tekshirish obʼyektlariga binoan alohida fanlarga ajratish mumkin (mas, oʻsimliklar biokimyosi, hayvonlar biokimyosi). Biokimyoviy va biofizik metodlar koʻpincha oʻzaro qoʻshilib yoki boshqa fanlar bilan birgalikda yangi fanlarni hosil qiladi (mas, radiatsiyey biokimyo, radiobiologiya). Biologik tadqiqotlardan oliigan natijalarni taxlil qilish va umumlashtirishda biometriya, yaʼni biologik mat. katta ahamiyatga ega. Tirik organizmlar tuzilishini oʻrganish darajasiga binoan ham bir qancha fanlar shakllangan (mas, molekulyar biologiya, gistologiya, anatomiya, ekologiya va boshqalar). B.ning bevosita amaliyot bilan bogʻlangan masalalarini parazitologiya, gelmintologiya, immunologiya, bionika, kosmik biologiya kabi fanlar oʻrganadi. Insonni biologik evolyutsiya mahsuli va obʼyekta yeyfatida antropologiya, ijtimoiy hayot mahsuli yeyfatida sotsial biologiya oʻrganadi.
Rivojlanish tarixi. Hayvonlar va oʻsimliklar odamlar uchun oziq-ovqat manbai boʻlganligi nazarda tutiladigan boʻlsa, B. tarixi odam gʻorda hayot kechira boshlagan davrdan, hatto undan ham oldinroq boshlangan deyish mumkin. Ibtidoiy odamlar boshlana topgan gʻorlarga chizilgan hayvonlarning rasmlari va ov manzarasi ularni hayvonlar tuzilishidan xabardor ekanligini koʻrsatadi. Xuddi shunday rasmlar Surxondaryo viloyatidagi Koʻhitang togʻining Zirovutsoy darasi gʻorlaridan topilgan.Hozirgi zamon B. fanining rivojlanishi Oʻrta dengiz boʻyida yashovchi xalqlar (Qad. Misr, Yunoniston) sivilizatsiyasi bilan bogʻliq. Yunon va Rim naturfilosoflari birinchi boʻlib hayotning mohiyati va kelib chiqishini materialistik nuqtai nazardan tushuntirib berishga harakat qilishgan. Xususan Demokrit atrof muhitdagi narsa va hodisalar doimiy boʻlmasdan oʻzgarib turishi toʻgʻrisidagi materialistik gʻoyani ilgari surgan. Arastu birinchi boʻlib hayvonlarni sistemaga solib oʻrganishni taklif etgan. Galen xayvonlar (maymun va choʻchqa)ning ichki tuzilishi asosida odamning ichki tuzilishini, qon tomirlari va nervlar funksiyasini tasvirlab bergan birinchi fiziologeksperimentator hisoblanadi (oʻsha davrda odam jasadini yorib tekshirish taqiqlangan edi).
Oʻrta asrlarda Gʻarbiy Yevropa mamlakatlarida fanlar taraqqiyoti deyarli toʻxtab qolgan bir davrda Oʻrta Osiyo xududidagi davlatlarda tabiiy fanlar jadal surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Bu davr fanlari tarixida Muhammad Xorazmiy, Abu Nasr Forobiy, Abu Ali ibn Sino va Abu Rayhon Beruniy kabi allomalar alohida oʻrin tutadi. Beruniy tabiat 5 element: boʻshliq, havo, olov, suv va tuprokdan yaratilgan deb eʼtirof etadi. U oʻzining „Hindiston“ asarida tabiatni daraxtdagi eng bakuvvat va sogʻlom novdalarining oʻsishiga imkon beradigan bogʻbonga oʻxshatadi. Bu bilan u tirik organizmlar oʻrtasida yashash uchun kurash borishi va tabiiy tanlanish sodir boʻlishini bashorat kiladi. Ibn Sit oʻz asarlarida oʻsimlik va hayvonlar hamda boshqa tabiiy jismlar, hodisalar va ularning sabablari toʻgʻrisida yozib qoldirgan.
Uygʻonish davridagi geografik kashfiyotlar, oʻsimlik va hayvonot dunyosiga qiziqishning kuchayishi bir qancha mamlakatlarda botanika va hayvonot bogʻlarining tashkil etilishiga olib keladi. Bu davrda hayvonlar va oʻsimliklar toʻgʻrisida koʻplab asarlar paydo boʻladi. Ana shu davrda italiyalik botanik A. Chezalpino guli, urugʻi va mevasining tuzilishiga binoan oʻsimliklarni tasnif qilishga urinib koʻrdi, uning asarlarida metamorfoz, tartib va tur toʻgʻrisidagi ayrim tushunchalar ilk bor uchraydi. 16—17-asrlardahayvonlar toʻgʻrisida bir qancha ensiklopedik asarlar paydo boʻladi. Shveysariyalik olim K. Gesnerning 5 jildli „Hayvonlar tarixi“, italiyalik U. Aldrovandining 13 jildli monografiyasi, fransuz naturalisti G. Rondele va italyan Ch. Salvianining dengiz orti mamlakatlari hayvonlari toʻgʻrisidagi asarlari shular jumlasidandir. Bu davrda anatomiya sohasida ayniqsa katta kashfiyotlar qilindi.Ingliz olimi U. Garvey (1578—1657) oʻzining qon aylanish sistemasi toʻgʻrisidagi taʼlimotini yaratadi.Italiyalik olim F. Redining tajribalari tufayli (1667) hayotning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga katta zarba berilgan boʻlsada, uning batamom barham topishiga olib kelmadi.Koʻpchilik olimlar tuxum hujayraga ega boʻlmagan tuban organizmlar oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi mumkin degan fikrga ega edi.16-asrda mikroskopning kashf etilishi B.ning rivojlanishi uchun katta ahamiyatga ega boʻldi. Angliyalik R. Guk tomonidan hujayraning kashf etilishi (1665), gollandiyalik A. Levenguk tomonidan bir hujayralilar va spermatozoidlar (1673), ingliz T. Millington (1676) va nemis R.Kamerarmus (1694) tomonidan oʻsimliklarda jinsiy tafovutlarning, italyan Malpigi (1675—79) va ingliz N. Gryu (1671—82) tomonidan oʻsimlik toʻqimalari, shuningdek baliklar tuxum hujayrasi (N. Steno, 1667) va kapillyar qon tomirlarining kashf etilishi mikroskop ixtiro qilinishi bilan bogʻliq. Bu kashfiyotlar embriologiyada ovistlar va animalistlar deb ataluvchi ikki oqimning paydo boʻlishiga olib keldi. Ulardan birinchilari—organizm mitti murtak holida tuxum hujayra ichida, ikkinchilari—urugʻ hujayra ichida boʻladi, keyingi oʻzgarishlar faqat miqdor oʻzgarishlardan iborat, degan xato fiqolarni ilgari surdi (qarang Preformizm). 17-asr oxiri va 18-asr boshlarida oʻsimlik va hayvonlarning sunʼiy sistemasini yaratish borasida bir qancha urinishlar boʻldi. Ingliz olimi J. Rey 18 mingdan koʻproq oʻsimliklarni tavsiflab, oʻsimliklarni 19 sinfga, fransuz J. Turnefor ularni 22 sinfga boʻladi. Rey tur tushunchasini anikdab berdi va umurtqasizlar tasnifini ishlab chiqdi. Hayvonlar va oʻsimliklarning mukammal sunʼiy sistemasini shved tabiatshunosi K. Linney oʻzining „Tabiat sistemasi“ (1735) asarida taklif qildi. Linney oʻz sistemasida odamni sut emizuvchilar sinfiga va maymunlar bilan birga primatlar turkumiga kiritgan boʻlsada, turlarning oʻzgarmasligi, dunyoni ilohiy kuch tomonidan yaratilganligi toʻgʻrisidagi metafizik gʻoyani yoklab chiqdi. Linneyning binar nomenklaturasi (turni urugʻ va tur nomlari orqali atalishi) oʻsimliklar va hayvonlar sistematikasida ayniqsa juda katta ahamiyatga ega boʻldi. Lekin Linneyning sunʼiy sistemasi koʻpchilik tabiatshunos olimlarni qoniqtirmasdi.Shu sababdan bir qancha olimlar tabiiy sistemani tuzishga urinib koʻrishdi.Botanika sohasida bunday sistemani ilk bor fransiyalik botanik A. L. Jyusye 1789 yilda ishlab chikdi. Hayvonlar va oʻsimliklarni sistemaga solish gʻoyasi hamma olimlarga ham bir xilda maʼqul boʻlmadi. Fransiyalik tabiatshunos J. Byuffon tabiatdagi har qanday sistema, shu jumladan Linney sistemasiga ham qatʼiy qarshi chiqadi. J. Byuffon „Tabiiyot tarixi“ (1749—88) asarida hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni koʻrsatadi, yaqin formalar oʻrtasidagi oʻxshashlikni ularning oʻzaro qarindoshligi bilan tushuntirishga harakat qiladi. Nemis vrachi va kimyogari G. Shtal kishi faoliyati uning ruhi tomonidan boshqarib borilishini taʼkidlaydi va buning dal ili sifatida fiziologik reaksiyalarning asabiyruhiy taʼsirlar bilan bogliqligini koʻrsatib oʻtadi. Uning „hayot tonusi“ toʻgʻrisidagi fikri nemis fiziologi A. Gallerning taʼsirlanish toʻgʻrisidagi gʻoyasida (1753) oʻz ifodasini topadi. U va chex anatomi va fiziologi Y. Proxoska miya ishtirokisiz taʼsirotni qabul qiluvchi hamda organlarni harakatlantiruvchi nerv kuchi borligini koʻrsatib berdi. Italiyalik olimlar L. Galvani va A. Volta hayvonlar organizmidagi elektrni aniqlaydi, bu hodisa elektrofiziologiya fanining paydo boʻlishi va rivojlanishiga olib keldi. Ingliz olimi J. Pristli oʻsimliklarni hayvonlar nafas olishi uchun zarur boʻlgan kislorod ishlab chiqarishini koʻrsatib beradi. Fransuz olimlari A. Lavuazye, P. Laplas va A. Segen hayvonlarning nafas olishi va oksidlanish reaksiyalarida kislorodning ahamiyatini koʻrsatib berdi. Organik dunyoning tarixiy taraqqiyoti toʻgʻrisidagi gʻoyalar 18-asrning ikkinchi yarmidan boshlab shakllana boshladi. Nemis olimi G. V. Leybnits tirik mavjudotlarning gradatsiyasi tamoyillarini eʼlon qiladi va oʻsimliklar bilan hayvonlar oʻrtasida oraliq formalar mavjud degan fikrni oʻrtaga tashlaydi. Minerallardan boshlab odamgacha boʻlgan „tiriklik pogʻonasi“ (gradatsiya) tamoyili, shveysar naturalisti Sh. Bonne (1745—64) fikricha, hayot tuzilishi va rivojlanishining uzluksizligini koʻrsatadi. J. Byuffon Yer tarixi toʻgʻrisidagi oʻz gipotezasini ishlab chikdi. Uning fikricha, Yer tarixi 80—90 ming yildan iborat boʻlib, 7 davrga boʻlinadi, faqat eng soʻnggi davrda oʻsimliklar, hayvonlar va odam paydo boʻlgan. Fransuz olimi J. B. Lamark „Zoologiya falsafasi“ (1809) asarida „tiriklik pogʻonasi“ni evolyutsiya nuqtai nazaridan tushuntirib beradi. Tirik organizmlarning tubandan kjsak formalargacha takomillashib borishi uning fikricha organizm uchun xos boʻlgan ichki progressga intilish (gradatsiya tamoyillari) tufayli sodir boʻlgan.Lamark evolyutsiyani toʻgʻri tushuntirgan boʻlsada, uning asosiy sabablarini ochib berolmadi. Fransuz olimi J. Kyuvye tirik organizmlarning tarixiy almashinishi va bir qancha turlarning qirilib ketishini tushuntirish uchun oʻzining katastrofalar goyasini ilgari suradi. Fransuz olimi E.J. SentIler hayvonlar tuzilishidagi umumiylikni tushuntirishga urinib, tuzilishdagi oʻxshashlik ularning kelib chiqishidagi oʻxshashlikni aks ettirishini taʼkidlaydi. T. Shvann tomonidan asoslab berilgan hujayra nazariyasi (1839) organik dunyoning birligini tushunib olishda hamda sitologik va gistologik tekshirishlarning rivojlanishida katta ahamiyatga ega boʻldi. 19-asrning oʻrtalarida oʻsimliklarning oziqlanish xususiyati va uning hayvonlarnikidan farq qilishi hamda tabiatda moddalar aylanishi prinsiplari kashf etiladi (Yu. Libix, J. B. Bussengo). Hayvonlar fiziologiyasi sohasida E. DyubuaReymonning ishlari tufayli elektrofiziologiyaga asos solinishi, K. Berner tomonidan organlarning ovqat hazm qilishdagi ahamiyati tushuntirib berilishi (1845,1847); G. Gelmgols va K. Lyudvig tomonidan nervmuskul sistemasi va sezgi organlarini oʻrganish metodlari ishlab chiqilishi; I. M. Sechenovning oliy nerv faoliyatini materialistik nuqtai nazardan talqin qilishi („Bosh miya reflekslari“, 1863) katta ahamiyatga ega boʻldi. L. Paster olib borgan tadqiqotlar tufayli hozirgi organizmlarning oʻz-oʻzidan paydo boʻlishi toʻgʻrisidagi taʼlimotga uzilkesil zarba berildi (1860—64). S. N. Vinogradskiy xemosintez yoʻli bilan anorganik moddalardan organik moddalarni sintezlovchi xemosintez bakteriyalarini (1887— 91), D. I. Ivanovskiy viruslarni (1892) kashf etdi.
19-asrda Ch. Darvin tomonidan evolyutsiya nazariyasining ishlab chiqilishi B.ning rivojlanishi tarixida ayniqsa katta ahamiyatga ega.Uning „Turlarning paydo boʻlishi…“(1859) asarida evolyutsiyaning asosiy mexanizmi—tabiiy tanlanish ochib beriladi. B.da Darvin gʻoyalarining gʻalabasi bilan evolyutsion solishtirma anatomiya (K. Gegenbaur), evolyutsion embriologiya (A. O. Kovalevskiy, I. I. Mechnikov), evolyutsion paleontologiya (V. O. Kovalevskiy) kabi yangi yoʻnalishlarga asos solindi. Hujayraning boʻlinishi (E. Strasburger, 1875; V. Flemming, 1882 va boshqalar), jinsiy hujayralarning yetilishi, uruglanishi (O. Gertvig, 1875; G. Fol 1877; E. van Beneden, 1884; T. Boveri, 1887, 1888) hamda u bilan boglik boʻlgan mitoz va meyozda xromosomalarning taqsimlanishini oʻrganish sohasida erishilgan muvaffaqiyatlar jinsiy hujayralar yadrosida irsiy axborotning saqlanishi toʻgʻrisida koʻplab gʻoyalarning paydo bulishiga olib keldi. Ana shu davrda (1865) G. Mendel tomonidan irsiylanish qonuniyatlari ochilishi bilan genetika faniga asos solindi.
20-asr yangi B. fanlarining rivojlanishi, B.da klassik tadqiqotlar miqyosining yanada kengayishi bilan ajralib turadi. Shu asrda genetika, sitologiya, fiziologiya, biokimyo, rivojlanish B.si, evolyutsion taʼlimot, ekologiya, biosfera haqida taʼlimot, shuningdek mikrobiologiya, virusologiya, gelmintologiya, parazitologiya va B.ning boshqa koʻp tarmoqlari jadal surʼatlar bilan rivojlandi. Mendel ochgan qonunlar asosida mutatsiya va irsiyatning xromosoma nazariyalari ishlab chiqildi (T. Boveri, 190207; U. Setton, 1902). Xromosoma nazariyasini T. Morgan va shogirdlari V. Iogansenning sof liniya toʻgʻrisidagi taʼlimotiga (1903) asoslanib gen, genotip, fenotip tushunchalarini ishlab chiqishdi. 20-asrning oʻrtalarigacha genlarning kimyoviy tabiati irsiy molekulalar shaklida ekanligi nazariy jihatdan talqin qilinib kelindi (N. K. Kolsov, 1927). Mikroorganizmlardagi transduksiya va transformatsiya hodisalarini oʻrganish asosida DNK molekulasi genetik informatsiyani tashuvchi ekanligi aniklandi (AQSH, O. Eyveri, 1944). DNK qush spirali tuzilishining oʻrganilishi (J. Uotson, F. Krik, 1953) genetik kodning kashf etilishiga olib keldi.Bu kashfiyotlar molekulyar genetikaga asos soddi. Oqsillarning aminokislotalardan iborat tarkibi oʻrganilganligi, ayrim oqsillar (insulin)ning sintez qilinishi, viruslar va faglarning nukleoproteidlardan tuzilganligining koʻrsatib berilishi 20-asr oʻrtalarida qilingan eng muhim kashfiyotlardandir. Elektron mikroskopning kashf etilishi oddiy mikroskopda koʻrinmaydigan strukturalarni koʻrishga, hujayraning eng nozik tuzilishini tekshirishga, bakteriyalar va viruslarning tuzilishini batafsil oʻrganishga imkon berdi. Nishonli atomlar usuli organizmda sodir boʻladigan jarayonlarni oʻrganish uchun yoʻl ochdi. Gistologik kimyo differensial sentrifugalash, rentgenostruktura analizi usullari tirik organizmlar kimyoviy tarkibi, hujayra organoidlari va qismlarini mukammal tekshirish usullarini koʻrsatib berdi. Ana shu kashfiyotlar tufayli 20-asrning 2-yarmida B.ning eng yosh sohasi—molekulyar B. dunyoga keldi va tez surʼatlar bilan rivojlana boshladi. Molekulyar B. sohasidagi tadqiqotlar B. fanining barcha sohalarida yangi gʻoyalar paydo boʻlishiga olib keldi; hujayraning tuzilishi va funksiyasi haqidagi tushunchalarni tubdan oʻzgartirib yubordi. 20-asrda hayvonlar fiziologiyasi sohasida ham katta yutuqlarga erishildi.Rus olimi I. M. Sechenov (1829—1905) nerv sistemasini oʻrganib, bosh miya reflekslari toʻgʻrisidagi taʼlimotga asos soldi. I. P. Yaavlovshartli va shartsiz reflekslar, qon aylanish va ovqat hazm qilishning nerv regulyatsiyasi sohasida bir qancha yirik kashfiyotlar qildi. Uning shartli reflekslar va oliy nerv faoliyati toʻgʻrisidagi taʼlimoti Nobel mukofotiga sazovor boʻldi. Bu davrda neyrofiziologiya ham tez surʼatlar bilan rivojlana boshlaydi. Oʻsimliklar fiziologiyasida fotosintez jarayonlari, avvalo xlorofillni oʻrganishda ancha katta yutuqqa erishildi, xlorofill sintez qilindi, oʻsimliklarni oʻstiradigan baʼzi gormonlar (auksinlar, gibberellinlar) ajratib olindi va sunʼiy sintez qilindi. Evolyutsion nazariya sohasida ham muhim kashfiyotlar qilindi, xususan 20—30- yillarda madaniy oʻsimliklarning kelib chiqish markazlari aniklandi; mutatsion oʻzgaruvchanlik, individlar sonining oʻzgarib turishi va izolyatsiyani tanlanishning muayyan yoʻnalishda taʼsir etishidagi oʻrni ochib beriddi (N.I. Vavilov, S. S. Chetverikov, B. S. Xoldeyn, R. Fisher, S. Rayt, J. Haqsli, F. T. Dobrjanskiy, E. Mayr va boshqalar). Bu esa darvinizmning yanada rivojlanishiga, evolyutsiya omillari mikroevolyutsiya va makroevolyutsiya toʻgʻrisidagi taʼlimotlarni oʻzida jo qilgan sintetik evolyutsion taʼlimotni ishlab chiqishga imkon berdi (I. I. Shmalgauzen va boshqalar). V. I. Vernadskiyning biogeokimyo va biosfera, A. Tenslining ekosistemalar (1935) toʻgʻrisidagi taʼlimotlari B.ning katta yutuklaridan boʻlib, inson bilan tabiat oʻrtasidagi munosabatlarni ishlab chiqishda muhim ahamiyatga ega. V. Shelferd (1912, 1939), Ch. Elton (1934) va boshqalarning ishlari tufayli ekologiyaning nazariy asoslari ishlab chiqildi. 20-asr oʻrtalaridan boshlab ekologiya erishgan yutuqlar va tabiatni muhofaza qilish muammolari deyarli barcha B. fanlarini ekologiyalashtirishga olib keldi. Molekulyar biol. sohasidagi ishlar (genetik kodning ochilishi, sunʼiy genning sintezlanishi) gen injeneriyasi va biotexnologiya kabi amaliy fanlarning rivojlanishi uchun nazariy asos boʻldi. Keyingi yillarda ayniqsa populyatsion B. tez surʼatlar bilan rivojlanmoqda. Bu sohadagi tadqiqotlar son jihatdan tobora oʻsib borayotgan aholining oziq-ovqat mahsulotlariga boʻlgan ehtiyojini toʻlaroq qondirish, qirilib ketayotgan turlarni muhofaza qilish va tirik organizmlarning biologik xilmaxilligini saqlab qolish kabi muammolarni muvaffaqiyatli yechishga imkon beradi.
Oʻzbekistonda 20-asrning 1-yarmida olib borilgan ilmiy tadqiqot ishlari asosan oʻsimlik va hayvonot dunyosi resurslarini oʻrganish va ulardan samarali foydalanish hamda atrof muhitni muhofaza qilish bilan bogʻliq. Botanika sohasida yaylovlarning fitomeliorativ holatini yaxshilash, texnika ekinlari va suv oʻtlarini oʻstirish usullari ishlab chiqildi; oʻsimliklarning geoekologik tasnifi, iyerarxik sxemasi taklif etildi; oʻsimliklarning ekstremal sharoitga moslanish xususiyatlari ochib Ye^rildi (qarang 3. Zokirov, J. K. Saidov, P. A. Baranov, V. A. Burigin, A. M. Muzaffarov, P. K Zokirovva b.); gʻoʻzaning ekologik, anatomomorfologik va genetik xususiyatlarini oʻrganish sohasida bir qancha ishlar amalga oshirildi (S. X. Yoʻldoshev, A. I. Imomaliyev, S. S Sodiqov va boshqalar).Mikrobiologik yoʻl bilan oqova suvlarni tozalash, maʼdanlarni ajratib olish, qishloq xoʻjaligi chiqindilaridan yemxashak tayyorlash, fiziologik faol moddalarni ajratib olish, oʻsimliklarning vilt va virus kasalliklariga qarshi kurash asoslari yaratildi (M. I. Mavloniy, A. F. Xolmurodov, S. A. Asqarova va boshqalar).Ekologikfaunistik ishlar teriologiya, ornitologiya, gerpetologiya, gidrobiologiya, entomologiya, parazitologiya va zoologiyaning boshqa sohalarida keng miqyosda amalga oshirildi (T. 3. Zohidov, D. N. Kashkarov, A. M. Muhammadiyev, S. N. Alimuhamedov, V. V. Yaxontov, R. O. Olimjonov, A. T. Toʻlaganov, M. A. Sultonov, J. A. Azimov va boshqalar). 20-asrning ikkinchi yarmida ayniqsa soʻnggi yillarda B.ning biokimyo, genetika, molekulyar B., biotexnologiya, biofizika va ekologiya sohalarida bir qancha muhim ishlar amalga oshirildi.Tireoid gormonlarning taʼsiri mexanizmi aniklandi (Yo. X. Toʻraqulov, T. S. Soatov). Biologik membranalarning tuzilishi, hayvonlar toksikologiyasi va biokimyosi, ionlantiruvchi nurlar, defoliantlarning taʼsir mexanizmi va ionlarni membrana orqali transporta muammolarini yechishda ham bir kator muvaffaqiyatlar qoʻlga kiritiddi (A. P. Ibragimov, J. H. Hamidov, A. Q. Qosimov). Gʻoʻzada genetik belgilarning irsiylanish mexanizmi ishlab chiqildi (J. A. Musayev, O. J. Jalilov, A. A. Abdullayev, N. N. Nazirov, A. A. Abdukarimov). Gen va hujayra injeneriyasining rivojlanishi insulin, interferon va oʻstiruvchi gormonlarni olish imkonini berdi (B. O. Toshmuhamedov, A. A. Abdukarimov, M. M. Rahimov, A. I. Gagelgans va boshqalar). B.ga oid tadqiqotlar Oʻzbekiston Fanlar akademiyasining Botanika, Zoologiya, Mikrobiologiya, Genetika, Fiziologiya va biofizika, Biokimyo institutlarida, shuningdek oliy oʻquv yurtlarida olib borilmoqda.
B.ning zamonaviy muammolari. B.ning tabiiy fanlar va kishilik jamiyatining rivojlanishiga revolyutsion taʼsir koʻrsatadigan muammolari molekulyar B., genetika fanlari muskullar, nerv sistemasi va sezgi organlari fiziologiyasi va biokimyosi (tafakkur, qoʻzgʻalish, tormozlanish va boshqalar), fotova xemosintez, tabiiy sistemalar energetikasi va mahsuldorligi bilan bogʻliq. Molekulyar B. sohasi hujayra ichida boradigan fizikkimyoviy jarayonlar va tirik sistemalar nisbiy turgʻunligining boshqarilishi, ayniqsa genlarning ishga tushirilishi mexanizmini oʻrganish ham B.ning markaziy muammolaridan biri hisoblanadi. Organizmni individual rivojlanishi davomida hujayralarning ixtisoslashib borishi va toʻqimalarning hosil boʻlishi, Yerda hayot paydo boʻlishining dastlabki davrlarida tirik organizmlarga xos murakkab polimerlarning tabiiy sintezlanishi va ulardan oʻz-oʻzini yarata oladigan tirik sistemalar paydo boʻlishini oʻrganish ham muhim masalalardan hisoblanadi. Yer yuzida aholi sonining tez surʼatlar bilan oʻsib borishi B. oldiga biosferaning mahsuldorligini oshirish, yashash muhitini ifloslanishdan saklash, oʻsimlik va hayvonlarni muhofaza qilish va ratsional foydalanishdan iborat juda koʻp muammolarni qoʻyadi. Biosfera va ekologik sistemalarni qayta qurish va ulardan foydalanish ishlari oʻsimlik, hayvonlar va mikroorganizmlarni Yerning hamma qismida inventarizatsiya qilishni nazarda tutadi. B. sohasidagi ilmiy tadqiqot ishlari Xalqaro biologik dastur yordamida koordinatsiya qilib boriladi.
Bekjon Toshmuhamedov, Ochil Mavlonov.[1]
Taqqoslash usuli yordamida bir xil predmet yoki hodisalarni boshqa predmet yoki hodisalar bilan oʻxshashligi va farqini aniqlash yoʻli orqali ularning mohiyatini ochishga asoslangan Bunda turli hodisalar uchun umumiy hisoblangan qonuniyatlarni ochishga imkon yaratiladi. Tarixiy usulni biologiyada qoʻllanilishi Ch.Darvinning nomi bilan bogʻliq, bu usul biologiyada chuqur sifatiy oʻzgarishlarni vujudga kelishiga sabab boʻladi. Hozirgi kunda bu usul yordamida hozirgi zamon olamini va uning oʻtmishini koʻrsatuvchi maʼlumotlar asosida tirik tabiatni rivojlanish jarayonlarini aniqlash mumkin. Eksperimental yoki tajriba usuli biologiyada Oʻrta asrlarda qoʻllangan boʻlsa, haqiqiy ravnaqi fizika va kimyo fanlarining usullarini qoʻllash tufayli 19-20 asrlardan keng qoʻllanila boshlandi. Bu usullar biologiyaning tegishli sohalaraida foydalanilib kelinmoqda va ular bir-birini toʻldiradi.


Psixologiya — inson faoliyati va hayvonlar xatti-harakati jarayonida voqelikning psixik aks etishi, ruhiy jarayonlar, holatlar, hodisalar, hislatlar toʻgʻri-sidagi fan. Psixologiyaning tadqiqot predmetiga sezgilar va idrok obrazlari, ta-fakkur va hissiyot, faoliyat va muomala kabi psixologik jarayonlar, kate-goriyalar kiradi. Psixologiyaning asosiy vazifalari — psixika qonuniyatlarini, inson ruhiy holatlari shakllanishini filogenetik va ontogenetik taraq,-qiyot birligida ochishdan iboratdir. Mazkur vazifalar yechimini topishda Psixologiya bir tomondan, biol. fani sohalari bilan, jumladan, fiziologiya bilan, boshqa tomondan esa, sotsiologiya, pedagogika, madaniyat tarixi, mantik hamda ijtimoiy fanlar bilan jips aloqaga kirishadi. Psixologiya eng avvalo, psixikaning insonga xos shakli boʻlmish ong va oʻzini oʻzi anglashni tadqiq etadi.
Antik davrdan boshlab psixologik bilimlar falsafa va tibbiyot fanlari negizida rivojlanib kelgan. Yunon shifokorlari Gippokrat, Erasistrat psixikaning organi miya ekanligini bilganlar va inson jonini koinotning ashyoviy boʻlagi sifatida (Demok-/shyaning moddiyunchiligi asosida) talqin qilganlar. Ularning gʻoyalari Platonning jon abadiyligi toʻgʻrisidagi taʼlimotiga qaramaqarshi qoʻyilgan. Aristotel „Jon toʻgʻrisida“gi asarida psixologik tushunchalar tizimini ishlab chiqdi.
Oʻrta asrlarda psixikaga nisbatan har xil koʻrinishdagi gʻayritabiiy qarashlar hukmronlik qildi.Shu tufayli psixologik bilimlar rivojlanmay qoldi. Ammo baʼzi faylasuflar va shifokorlar (Ibn Sino va boshqalar) asarlarida bu sohada olgʻa qadam qoʻyildi. Inson xususiyatlari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar qad.qoʻlyozmalar, yodgorliklarda oʻz aksini topa boshladi. Turli mamlakatlarda va shaharlarda tuzilgan akademiyalarda (Xorazm, Samarqand, Kiyev, Moskva va boshqa shaharlarda) Psixologiya yuzasidan tinglovchilarga saboq berilgan.
Yevropa Uygʻonish davrida Leonardo da Vinchi, X. Vives kabilar Psixologiya rivojiga oʻz hissalarini qoʻshdilar. 18-asrgakelib M. V. Lomonosov, A.N. Radishchev, G. S. Skovoroda, T. Gobbs, B. Spinoza, G. Leybnits. J. Lokk, K. A. Gelvetsii, Psixologiya A. Golbax, D. Didro Psixologiyada bir talay kashfiyot qildilar, uni amaliy maʼlumotlar bilan boyitdilar. Psixologiya 19-asrning 2yarmiga kelib mustaqil fan sifatida ajralib chikdi. Nemis olimi V. Vundt Leypsigda 1879 yil dastlabki eksperi-mental lab.ni jihozlashga erishdi.
Psixologiya taraqqiyotida umuman 19-asrdagi ek-sperimentlar alohida ahamiyat kasb etdi. Bu davrda psixologik real voqelikni oʻrganish uchun metodlar majmu-asi qoʻllana boshlandi: kuzatish, lab. eksperimenti, tabiiy eksperiment, faoliyat natijasini tahlil qilish, ruhiy jarayonlarni modellashtirish genetik metodi, test, ekspert baholash, intervyu, anketa, soʻrovnoma, tarjimai hol va h.k. 19-asr oxiri —20-asr boshlarida qator psixologik ilmiy maktablar, yoʻnalishlar vujudga keldi: bixeviorizm, geshtaltpsixologiya, personalizm, freydizm va h.k. Psixologiyaningrivojiga I. M. Sechenov (psixikaning reflektor tabiati), I. Psixologiya Pavlov (oliy nerv faoliyati) taʼlimotlari muhim hissa boʻlib qoʻshildi. Rossiyada V. M. Bexterev eksperimental lab. (Qozon, 1885), Harkov universiteti va N. N. Langening Odessadagi lab., G.Chelpanovning Kiyevdagi, S. Korsa-kovning Moskvadagi, keyinchalik V. M. Bexterev, A. Lazurskiy, A. Nechayevlarning Peterburgdagi, V. Chijning Yuryev (Tartu, Estoniya)dagi eksperimen-tal lab. lari Psixologiya taraqqiyotiga alohida taʼsir oʻtkazdi. 1912 yil Moskva universitetida Psixologiya instituti ochildi. Shu yilda I. A. Sikorskiy tomonidan Kiyevda jahonda birinchi marta Bolalar psi-xologiyasi instituti tashkil qilindi. 20-asr ning 1yarmida Rossiyada K. N. Kornilov, Psixologiya Psixologiya Blonskiy va boshqa dialekti-kaga asoslangan ilmiy Psixologiyani yaratishga kirishdilar.
Hozirgi zamon Psixologiyasi koʻp tarmoqli psixologik bilimlar tizimidan iborat fan hisoblanib, oʻzining tadqiqot predmetiga ega boʻlgan koʻplab sohalardan tashkil topgan: umumiy Psixologiya, aviatsiya Psixologiyasi, harbiy Psixologiya, differensial psixologiya, psixofiziologiya, muhandislik psixologiyasi, kosmik psixologiya, huquq Psixologiyasi, tibbiyot Psixologiyasi, neyropsixologiya, patopsixologiya, pedagogik psixologiya, mehnat Psixologiyasi, sport Psixologiyasi, max-sus Psixologiya, ijodiyot Psixologiyasi, menejment Psixologiyasi, marketing Psixologiyasi, ijtimoiy psixologiya, yosh psixologiyasi, tashkiliy Psixologiya, din Psixologiyasi, oila Psixologiyasi, Psixologiya tarixi, genetik Psixologiya, amaliy Psixologiya, eksperimen-tal Psixologiya, kasb Psixologiyasi, psixolingvistika, siyosiy Psixologiya va boshqa Psixologiyaning tarmoqlarga ajralishining asosiy sababi uning tarkibida tatbiqiy sohalar vujudga kelishidir. Psixologiya sanoatda, jamiyat boshqaruvida, taʼlim tizimida, sogʻliqni saklash, madaniyat, sport, transport, radio, televideniye va boshqa tuzilmalarda muhim masalalarni hal qilishda faol ishtirok qilmoqda. Psixologiya erishgan yutuqlari shaxs imkoniyatlarini roʻyobga chiqarish va ularni harakatga keltirishda alohida ahamiyat kasb qilmoqda hamda shu asnoda mehnat samaradorligini oshirishga taʼsir oʻtkazmoqda. Zamonavyy Psixologiyada elektron-hisoblash texnikasi, elektr va kimyoviy vositalar yordami bilan psixikani chuqur oʻrganish kabilar qoʻllanilmoqda. Psixologiyadaoʻzini oʻzi kuzatish (introspeksiya) metodi atrofida keskin bahslar davom etmoqda.Baʼzi yoʻnalishdagi psixologlar uni tadqiqot oʻtkazishning asosiy metodi deb taʼkidlasalar, boshqalari esa uning cheklanganligini eʼtirof qila-dilar, buning oʻrniga obʼyektiv metodlardan foydalanishni tavsiya etadilar.Obʼyektiv metodlar tufayli psixikaning moddiy negizi aniklangan, inson ichki munosabatlari bilan subʼyek-tiv holatlar sababiy bogʻliqligi yakka shaxsda, jamoada namoyon boʻlishi dalillangan. Jahon hamjamiyatida AQSH, Angliya, Fransiya, Germaniya, Rossiya, Shveysariya mamlakatlarida i. t. insti-tutlari va markazlarida, universitetlarda psixologik izlanishlar keng koʻlamda olib borilmoqda.
Oʻzbekistonda Psixologiya 1928 yildan eʼtiboran hozirgi Milliy universitetda fan sifatida oʻqitila boshlandi. 1929 yil Xalq maorifi komissarligi qoshida Psixologiya labo-ratoriyasi ochildi.Keyinchalik pedagogika institutlarida Psixologiyaning bir necha sohalari boʻyicha talabalarga bilim berila boshlandi. 20-asrning 2yarmida M. Vohidov, M. Davletshin singari mahalliy kadrlar yetishib chikdi. Hozirgi davrda Psixologiya fanlari doktorlari V. Tokareva, E. Gʻoziyev, B. Qodirov, Gʻ. Sho-umarov, R. Gaynutdinov, V. Karimova, Sh. Barotov, A. Jabborov, R. Sunnatovalar Psixologiyaning umumiy Psixologiya, pedagogik va yosh Psixologiyasi, ijtimoiy Psixologiya sohalari boʻyicha tadqiqot ishlarini amalga oshirmoqdalar. Psixolog mutaxassislar tayyorlash va tadqiqot ishlari OʻzMU, SamDU, Fargʻona universiteti, Qarshi universiteti, Termiz universiteti bazalarida yoʻlga qoʻyilgan. Respublikamizda psixologik xizmat joriy qilingan va uning tarmogʻi tobora kengayib bormoqda.
Psixologiyada biologiyaning oʻrni
Psixologlar odatda organizmni ongning asosi deb hisoblashadi, shuning uchun ham hayotiy muhim soha hisoblanadi. Psixiyatristlar va nevroopsikologlar ong va tananing interfeysida ishlaydi. Bilogiya psixologiya, shuningdek fiziologik psixologiya deb nomlanuvchi yoki neuropsixologiyada xulq-atvor va aqliy jarayonlarning biologik substanslarini oʻrganiladi. Ushbu sohadagi asosiy tadqiqot mavzularni insonni boshqa hayvonlarga nisbatan oʻrganadigan qiyosiy psixologiya, shuningdek, hissiyotlarning fizik mexanizmini, shuningdek, neyron va ruhiy ishlov berishni oʻz ichiga oladi. Asrlar mobaynida biologik psixologiyada asosiy masala miyadagi funktsional funktsiyalarni qanday joylashtirish mumkinligi va qanday qilib joylashtirilishi edi. Zamonaviy nevropsikologiyani 1870-yillarda Frantsiyada Pol Broca chap frontal girusga nutq ishlab chiqarishni kashf etgan va bu bilan miya funktsiyasining yarim sharni lateralizatsiyasini namoyish etgan. Koʻp oʻtmay, Karl Vernicke nutqni tushunish uchun zarur boʻlgan sohani aniqladi.
Mavzu yuzasidan taqdimot tayyorlash.


Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar:


Shakllarda inson harakterini belgilang v anima uchunligini ayting





20-Mavzu: A.A.Potebnya maktabi.
Reja:



  1. XIX asrda Rossiyada ilm-fan taraqqiyoti..

  2. A.A.Potebnya maktabi haqida.

  3. V.Gumboltning tilning ijtimoiy mohiyati haqidagi nazariyasining Potebnyatomonidan rivojlantirilishi..



Mavzu bo`yicha asosiy matn:
XIX asrda. psixologiya bo'yicha D. Vellanskiy, P. Lyubovskiy, A. Galichlarning bir qator asarlari nashr etildi. Galich ("Inson surati") asl olim sifatida harakat qiladi va o'z hayoti uchun yangi bo'lgan, ijtimoiy hayot sharoitida psixikaning inson faoliyati bilan bog'liqligi haqidagi g'oyalarni rivojlantiradi. Psixikaning mohiyati va psixologiyaning vazifalari to'g'risida murakkab savollarni A.I.Gersen ilgari surgan. Psixika - bu miyaning boshqa organlari, masalan, jigar va boshqalar funktsiyalaridan farq qiluvchi maxsus funktsiyasi, fiziologiya va psixologiya oldida har xil vazifalar turadi: fiziologiyaning vazifasi organizmni o'rganishdir, psixologiya esa umuman boshqacha dunyo.
Potebnya tilning ijtimoiy mohiyati haqidagi taniqli nemis mutafakkiri va tilshunosi V. Gumboldt (1767-1835) g'oyasining rivojlanishiga erishdi. Gumboldtning fikriga ko'ra, til nafaqat odamlar o'rtasidagi tashqi aloqa vositasi, balki u xalqning "lingvistik ongi" mahsulidir, uning "ruhini" belgilaydi. Gumboldtning so'zlariga ko'ra, "... til o'ziga tegishli bo'lgan odamlar atrofida, doirani tasvirlaydi, undan odam boshqa til doirasiga kirishi bilanoq, faqat tark etish uchun beriladi". Turli xil xalqlar biologik, irqiy va hokazo xususiyatlar bilan emas, balki "dunyoga qarashlari" bilan farq qiladi. Shuning uchun bir nechta tillarni bilish dunyo haqidagi tushunchalarni boyitadi.Gumboldt tilning ichki shakli muammosini ilgari surdi, uni mahalliy psixologiya fanida A.A.Potebneya, keyinroq G.G.Shpet (1927), D.N.Uznadze (1948) puxta ishlab chiqdi. So'zni shakllantirish yo'lini izlab, til va ongning tarixiy rivojlanishi g'oyasidan kelib chiqib, Potebnya so'z bilan tashqi shaklni, ya'ni aniq ovozni, tovush bilan aniqlangan va mos keladigan tarkibni ajratib turadi. tushunchasi va so'zning ichki shakli yoki eng yaqin etimologik ma'nosi, mazmunni ifodalash usuli. So'z fikrlash vositasi bo'lib, uni ob'ektivlashtirishga xizmat qiladi. Musiqa, rassomchilik ham tafakkurni ob'ektivlashtirish shakllari, ammo tildan olingan bo'lsa-da, qo'shimcha lingvistikdir. Ular shuningdek, ushbu uchta jihatga ega: tarkib (g'oya), ichki shakl (rasm) va tashqi shakl.


Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar:
Mavzu yuzasidan referat yozish.


21-Mavzu: Rossiyada pedagogik qarashlar va pedagogik psixologiyaning vujudga kelishi.
Reja:

  1. XIX asrdagi rus psixologik fikri.

  2. XIX asrda Rus psixologiyasi; D. Vellanskiy, P. Lyubovskiy, A. Galichю

  3. Rossiyada Pedagogik psixologiya fanining yuzaga kelishi.

Rossiyada XIX asr feodal shakllanishining parchalanish davri bo'lib, 1930-1950 yillarda "feodalizmning chuqur inqirozi bilan yakunlandi. Zulm qilingan ommaning, birinchi navbatda dehqonlarning serfdomga qarshi kurashining o'sishi va paydo bo'lishi va dekabristlarning rivojlanishi.


Rossiyadagi feodalizm inqirozi o'z yechimini dehqonlar (1861) va boshqa burjua islohotlari va kapitalizmning o'rnatilishi natijasida krepostnoylik huquqining bekor qilinishida topdi. Ijtimoiy-iqtisodiy hayotdagi voqealar ijtimoiy va tarixiy fikrning turli yo'nalishlari kurashida aks etdi. Mafkuraviy hayotda 20-yillarning oxiri - 30-yillarning boshlarida. rasman zodagonlar yo'nalishi konservativ harakat tomonidan namoyish etilgan (S. S. Uvarov, J. P. Pogodin, S. P. Shevyrev). Ushbu yo'nalish "rasmiy millat" ning mulkdor-krepostnoy mafkurasini himoya qildi, podshoh va xalqni birlashtirish g'oyasini asoslab berdi, "uchta ildiz tuyg'usi" - mustabidlik, pravoslavlik va kuchli bo'lgan serfal Rossiyaning o'ziga xosligini saqlab qoldi.
XIX asrning ikkinchi yarmida. psixologik bilim manbalaridan biri tilshunoslik edi. V. Dahlning tushuntirish lug'atining paydo bo'lishi juda katta voqea bo'ldi. Xarkovda rivojlangan ajoyib tilshunos, tarixiy tilshunoslik ilmiy maktabining asoschisi A.A Potebnya (1835-1891) faoliyati psixologiya uchun alohida ahamiyatga ega edi. Uning asarlarida ("Fikr va til", "Rus grammatikasi haqida eslatmalardan", "Adabiyot nazariyasiga oid eslatmalardan. She'riyat va nasr. Yo'llar va raqamlar. She'riy va afsonaviy fikrlash") til masalalari, tilning o'zaro aloqasi. , hissiy bilish va fikrlash, ong va tilning birligi inson ongining tarixiy rivojlanishi, uning ijtimoiy mohiyati muammosini ochib berdi. Potebnya, shuningdek, odamning hayoti jarayonida o'z-o'zini anglashning rivojlanishini kuzatib boradi, tilni uning eng muhim sharti deb ko'rsatib beradi.Uning "Hayvonlarning rivojlanish tarixi" (1828-1837) yirik asarida embriologiya asoslarini K.M.Ber (1792-1876) yaratgan. 19-asrning ikkinchi yarmida mikrobiolog, Nobel mukofoti sovrindori, fagotsitoz doktrinasini yaratuvchisi
I.I Mechnikov (1845-1916) bo'lgan. Uning "Inson tabiatiga oid tadqiqotlar" va "Optimizm tabiatiga oid tadqiqotlar" asarlari juda mashhur edi.
XIX asrda. psixologiya bo'yicha D. Vellanskiy, P. Lyubovskiy, A. Galichlarning bir qator asarlari nashr etildi. Galich ("Inson surati") asl olim sifatida harakat qiladi va o'z hayoti uchun yangi bo'lgan, ijtimoiy hayot sharoitida psixikaning inson faoliyati bilan bog'liqligi haqidagi g'oyalarni rivojlantiradi. Psixikaning mohiyati va psixologiyaning vazifalari to'g'risida murakkab savollarni A.I.Gersen ilgari surgan. Psixika - bu miyaning boshqa organlari, masalan, jigar va boshqalar funktsiyalaridan farq qiluvchi maxsus funktsiyasi, fiziologiya va psixologiya oldida har xil vazifalar turadi: fiziologiyaning vazifasi organizmni o'rganishdir, psixologiya esa umuman boshqacha dunyo.
PEDAGOGIK PSIXOLOGIYA - ta'lim va tarbiya sharoitida insoniyat rivojlanish qonuniyatlarini o'rganadigan psixologiya fanining bir bo'lagi.
Ta'lim psixologiyasi umumiy psixologiya, bola, yosh, differentsial psixologiya, psixofiziologiya va boshqa psixologik bilimlarning tarmoqlari bilan chambarchas bog'liq, bunda aqliy rivojlanish va o'rganish o'rtasidagi o'zaro bog'liqlik masalalari birinchi o'rinda turadi. "Ta'lim psixologiyasi" atamasini P.F. Kapterev 1874 yilda va asosan rus tadqiqotchilari tomonidan qo'llaniladi. Chet elda "ta'lim psixologiyasi" va "maktab psixologiyasi" atamalari ko'pincha qo'llaniladi.
XIX asrning ikkinchi yarmida Ta'lim psixologiyasi mustaqil fan sifatida paydo bo'lishidan oldin, pedagogika fanining ko'plab vakillari (J.A. Komenskiy, J. Lokk, J.J. Russo, I. Pestalozzi, F.A.Distweg va boshqalar). bola haqidagi psixologik bilimlarga asoslangan ta'lim va tarbiya jarayoni. 19-asrning oxiridan boshlab ta'lim psixologiyasi dastlab pedologiya doirasida, so'ngra G'arbiy Evropada ham, AQShda ham mustaqil intizom sifatida rivojlanib bormoqda (D. Selli, E. Meyman, J. Devi, J. Boldvin, E. Kirkpatrik, S Xol va boshqalar) va Rossiyada (P.P. Blonskiy, P.F.Kapterev, A.F. Lazurskiy, N.N. Lange, A.P. Nechaev, N.P. Rumyantsev, M.M. Rubinshteyn, I.A. Sikorskiy, G.I. Chelpanov)
Pedagogika rus psixologiya fanining rivojlanishidagi muhim yo'nalish edi. To'g'ridan-to'g'ri islohotgacha bo'lgan davrda, ayniqsa 60-yillarda xalq ta'limi sohasidagi ilg'or harakat bilan bog'liq. XIX asr nafaqat mutaxassislar, balki butun ilg'or rus jamoatchiligi e'tiborini tortdi. Taniqli rus jarrohi N.I.Pirogovning "Hayotiy savollar" (1856) maqolasi jamoatchilik tomonidan alohida javob oldi. K.D.Ushinskiyning fikriga ko'ra, Pirogov g'oyalari "shu paytgacha bizda uxlab yotgan pedagogik fikrni uyg'otdi" va tarbiya printsipi, birinchi navbatda, u tomonidan ilgari surilgan shaxsdagi inson, tarbiyalash printsipi sog'lom pedagogikaning talabiga aylanishi kerak. psixologiyaga asoslangan. " Progressiv pedagogik fikrning motivi ta'limning maqsadi sifatida har tomonlama rivojlangan, yuksak axloqiy shaxsni shakllantirish, tarbiyachining o'quvchiga insonparvarlik munosabati g'oyasi edi.
XIX asr pedagogik tafakkur nazariyotchilari (N. X. Vessel, P. D. Yurkeviz) psixologiyaning pedagogika uchun eng muhim ahamiyatiga ishora qildi. Pedagogikaning psixologiya bilan organik birikmasi rus pedagogik fikrining fundamental asarida - K.D.Ushinskiyning "Inson ta'lim sub'ekti sifatida" asarida uchraydi. Bu erda butun dunyo psixologik fikrining yutuqlaridan foydalanilgan. Faoliyatning, ayniqsa mehnatning ma'naviy taraqqiyotda, fe'l-atvor va axloqiy fazilatlarni shakllantirishdagi alohida o'rni tan olingan. Ushinskiyning ishi rus ta'lim psixologiyasining kashshofi edi. Bunga o'tishni "Pedagogik psixologiya" muallifi (1877) P.F.Kapterev (1849-1922) amalga oshirdi. Kitobning epigrafiyasi allaqachon xarakterlidir: "Men barcha ta'limni psixologik asosga keltirmoqchiman" deb ta’kidlagan edi.


Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar:
Mavzu yuzasidan referat yozish.


22-Mavzu: A.Ben psixologiyasi.
Reja:

  1. XIX asrda ingliz assotsiativ psixologiyasi.

  2. Ben Aleksandr psixolog, assotsiativ psixologiyaning vakili

Ben Aleksandr
Ben Aleksandr (Bain, 1818-1903) - ingliz. psixolog, assotsiativ psixologiyaning vakili.
U ikki asari bilan "Tuyg'ular va aql" (1855) va "Tuyg'ular va iroda" (1859) asarlari bilan Yevropada shuhrat qozondi, unda u psixika sohasidagi uyushmalarni ularning fiziologik asoslari bilan uzviy bog'liqligi va ular o'rtasidagi munosabatlar ruhiy va jismoniy ularning parallelligi haqida postulat asosida o'ylangan.
Ruhiy hayotning har qanday haqiqati ikki tomonga ega: aqliy va jismoniy. Shunga ko'ra, psixologiya ikki fan qonunlariga bo'ysungan deb hisoblandi: "hayvon biologiyasi" - bir tomondan, boshqa tomondan esa ong qonunlari.
Ben Aleksandr assotsiatsiyaning ikkita asosiy va ikkita qo'shimcha qonunlarini aniqladi. Ularning asosiylari - tutashganlik va o'xshashlik bo'yicha assotsiatsiya qonunlari. Murakkab birlashma qonuni qo'shimcha hisoblanadi. U uyushma (o'zi ongda paydo bo'lishi uchun juda zaif), o'tgan tajribadan kelib chiqqan holda boshqa uyushmalar bilan aloqasi bilan mustahkamlanganda ishlaydi.Buyuk Britaniyadagi Aberdin universiteti prof. (1860). 2 jildli "Mantiq" asarida (1870) tabiiy fanlarga mantiqiy usullarni qoʻllanishning barcha uslublarini mufassal bayon qilgan. Bundan tashqari inson miyasi va uning nerv sistemasida yuz beruvchi fizik jarayonlarni psixologik tadqiq qilish bilan shugʻullangan. Uning asarlari fiziologik psixologiyaning vujudga kelishiga maʼlum darajada asos boʻlgan.
Mavzu yo’zasidan keys savollari va topshiriqlar:
Mavzu yuzasidan taqdimot ishi tayyorlash.
Mavzuni quyidagi sxema orqali izohlang topshiriqi



23-Mavzu: Inson psixikasini ta’riflashda naturalizm.
Reja:

  1. Naturalizm XIX-asrning oxirgi choragida Yevropa va AQSH yuzaga kelgan oqim.

  2. Naturalizmning inson harakatlarini eksperimental o’rganishdagi roli.

  3. Naturalistlar faoliyati haqida; E. Zolya, G. Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va boshqalar.

Naturalizm (frans. naturalizme, lot. naturalis — tabiiy) — 19-asrning oxirgi choragida Yevropa va AQSH adabiyoti va sanʼatida yuzaga kelgan oqim va ijodiy metod; real borliqni obʼyektiv, aniq va hissiz aks ettirishga intilgan. N. tabiiy fanlarda erishilgan muhim muvaffaqiyatlar taʼsirida yuzaga kelgan. Asosiy tasvir obʼyekti — inson, uning tabiiy va fiziologik hayot tarzi; tabiat va atrof muhitni uning maishiy va moddiy muhiti deb bilgan. Bu esa, oʻz navbatida, badiiy imkoniyatlari cheklangan badiiy mada-niyat taraqqiyotini taʼminladi: Fransiyada E.Mane, E. Dega, A.Tuluzlotrek; Belgiyada K. Menye, P.Polyus; Germaniyada M. Liberman, X. Bartels, K. Kolvits; Italiyada verizm vakili V.Vela va boshqa Tasviriy sanʼatda N. borliqni gʻoyaviy mazmunsiz, badiiy umumlashma va tanlashlardan holi, tashki ji-hatdan aynan hayotiy aks ettiradi. Loʻnda, yuzaki tasvirlash, ikkinchi darajali ba-tafeillik, oddiy koʻchirish 1820—30 yillardayoq namoyon boʻddi (ayniqsa, fransuz rassomlari P.Delorosh, O. Berne va boshqalar), akademik tasvirlash bilan osongina qoʻshilib salon sanʼatining koʻplab turlarini yuzaga keltirdi. 19-asr oʻrtalaridan N. tarixiy, diniy va majoziy janrlardagi anʼanaviy koʻtarinkilik tu-shunchalari qasddan "pasaytirib" maishiy dalillarda izoqlangan joʻngina hayotga keltirilishi oʻziga xos voqea boʻldi.


Adabiyotda N. inson harakterini ilmiy (eksperimental) oʻrganishni maqsad qilib qoʻydi. Adabiy-badiiy asarga "insoniy hujjat" deb qaraldi. N. dastlab Fransiyada paydo boʻldi. Fransuz adibi Emil Zolya oʻzining "Eksperimental roman" (1880), "Naturalist romanchilar", "Teatrda naturalizm", "Dramaturglarimiz" (1881) asarlarida N.ni ijodiy metod sifatida asoslab berdi, E. Zolya atrofida naturalistok maktab vujudga keldi (G. Mopassan, P. Aleksis, A. Dode va boshqalar). J. Shanflyori, L.E.Dyuranchi, G.Flober, aka-uka E. va J. Gonkurlar, P. Amp (Fransiya), A.Xold (Germaniya) va boshqa ham N. nazariyasini rivojlantirishga katta hissa qoʻshdilar.


Naturalistlarning ayrim tasvir prinsiplariga, insonni axloqiy jihatdan yalangʻoch holatda koʻrsatishlariga, tasvir obʼyektini tanlashga ehtiyoj yoʻqligi xususidagi qarashlariga tanqidiy munosabatlar bildirilgan. Ayni chogʻda, ushbu oqimning dunyo ada-biynazariy tafakkuri tarixidagi mavjud voqelik ekani tan olingan; mavzu doirasining kengligi, yangicha tasvir usullari, shaxs va olomon munosabatlarini oʻrganganlari ijobiy hodisa sifatida baholangan.


Fransuz adabiy muhitida paydo boʻlgan N. taʼsiri, maʼlum vaqt oʻtgach, boshqa mamlakatlarda ham sezilgan. Jumladan, N.ning Germaniyada A. Xols, G. Gauptman, Angliyada J.Mur, J.Tissing , AQShda S.Kreyn, F.Norris, X.Garlend kabi namoyandalari bor edi. Garchand Rossiya adabiy muxitida "naturalizm" atamasi bevosita qoʻllan-magan boʻlsa ham, bu oqim taʼsiri D.Ye. Maminsibiryak, P. D. Boborikin ijodida seziladi. N.ga xos ayrim unsurlar boshqa ijodiy metodlar asosida yozilgan turli badiiy asarlarda ham uchrashi mumkin.[1]




Mavzuni Venn diagrammasiga solib tushuntiring


Asosiy va qo’shimha o’quv adabiyotlar hamda axborot manbalari
Asosiy adabiyotlar
1.Батыршина А.Р История психологии: Учебное пособие\А.Р.Батыршина. М-Флинта, 2011.-224 с
2. Бреслав, Г.М. История научной психологии: Уч.\М Инфра 2019 -432 с
3. Веракса. Н.Е. История возрастной психологии:Детская психология.-М.:Academia, 2017.-288
4. Ильин, Г.Л История психологии: Учебник для академического бакалавриата-Люберцы: Юрайт, 2016-389 с
5. Константинов, В. История психологии. Стандарт третьего поколения.-СПб.: Питер, 2019.-432 с
Qo’shimcha adabiyotlar.
6. 2019-2023 yillarda Mirzo Ulug’bek nomidagi O’zbekiston Milliy universitetida talab yuqori bo’lgan malakali kadrlar tayyorlash tizimini tubdan takomillashtirish va ilmiy salohiyatni rivojlantirish chora tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining qarori. PQ-4358. 2019 yil 17 iyun.
7. O’zbekiston Respublikasida korrupsiyaga qarshi kurashish tizimini yanada takomillashtirish chora tadbirlari to’g’risida. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining Farmoni PF-5729-son.2019 yil 27 may.
8. Mirziyov Sh.M. O’zR Prezidentining Oliy Majlisga Murojaatnomasi. 28.12.2018. O’zbekiston Respublikasi Prezidentining rasmiy vebsayti.
9.Mirziyov.Sh.M. Buyuk kelajagimizni mard va oliy janob xalqimiz bilan birga quramiz. Toshkent, O’zbekiston nashriyoti, 2017
10. Ильин, Г.Л История психологии: Учебник для академического бакалавриата-Люберцы: Юрайт, 2016-389 с
11. Константинов, В. История психологии. Стандарт третьего поколения.-СПб.: Питер, 2019.-432 с
Axborot manbalari.
13.http\\textshare.tsx.org
14.http:\\www.mgimo.ru\fileserver
15. http:\\www.ssu.runnet.ru\...
16. http:\\www.philol.msu.ru/rls2001/ru/sch 14.htm
17. http:\\www.voppsy.ru
18. http:\\psyhol.ras.ru
19 http:\\psyberia.ru
Download 1,28 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   70   71   72   73   74   75   76   77   78




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish