O’zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus talim vaziRLİGİ


• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish



Download 60,71 Kb.
bet5/24
Sana02.01.2022
Hajmi60,71 Kb.
#83787
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24
Bog'liq
1-b menejment Asadbek Qurolboyev praftika ish

• kishilar hayoti va faoliyati uchun zarur shart-sharoitlarni ta’minlaydigan iqtisodiy tizimni barpo etish;

•ko’p ukladli iqtisodiyotni yaratish;

• xususiy mulkning davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlash;

• korxonalar va fuqarolarga keng iqtisodiy erkinliklar berish;

• iqtisodiyotda chuqur tarkibiy o’zgarishlar qilish va raqobatbardosh mahsulotlarni ishlab chiqarish;

• jahon iqtisodiy tizimiga qo’shilib borish;

• kishilarda yangicha iqtisodiy fikrlashni shaklllantirish.

Islohotlarning huquqiy asoslari. Iqtisodiy islohotni amalga oshirishning asosiy omillaridan biri bozor iqtisodiyotining huquqiy negizini yaratishdan iboratdir. Shu boisdan islohotlarning huquqiy asoslarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Iqtisodiy sohaga tegishli bo’lgan 100 dan ortiq qonunlar qabul qilindi. Bu qonunlarni mazmun-mohiyati jihatidan bir qator yo’nalishlarga bo’lish mumkin.

1. Mulkchilik munosabatlari va ko’p ukladli iqtisodiyotni shakllantiruvchi qonunlar. Bu yo’nalish doirasida mulkchilik to’g’risida, mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risida, ijara to’g’risida, davlat uy-joy fondini xususiylashtirish to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi.

2. Xo’jalik yuritishni tartibga soluvchi qonunlar, ya’ni xususiylashtirish, mulkchilik, tadbirkorlik, korxonalar, fermer xo’jaligi, dehqon xo’jaligi, shirkat xo’jaligi to’g’risida qonunlar qabul qilindi. Bozor infratuzilmasini yaratuvchi va uning faoliyatini tartibga solib turuvchi banklar va bank faoliyati, pul tizimi, tadbirkorlik, sug’urta, birjalar va birja faoliyati to’g’risida, qimmatli qog’ozlar va fond birjasi to’g’risida va boshqa qonunlar qabul qilindi. Korxona bilan davlat o’rtasidagi, korxonalar o’rtasidagi munosabatlarni yo’lga qo’yuvchi, soliq tizimi, monopolistik faoliyatni cheklash, korxonalarning bankrot bo’lishi haqida qonunlar qabul qilindi, xo’jalik protsessual kodeksi ishlab chiqildi, xo’jalik sudi tuzildi.

3. O’zbekistonning tashqi iqtisodiy faoliyatini belgilab beruvchi huquqiy normalar yaratildi. Tashqi iqtisodiy faoliyat to’g’risida, Chet el investitsiyalari to’g’risida, O’zbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalari to’g’risida qabul qilingan qonunlar mamlakatimiz tashqi aloqalarining rivojlanishi tarixida yangi sahifa ochdi.

Xususiylashtirish. 1991 yil 18 noyabrda qabul qilingan mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish to’g’risidagi qonunga muvofiq, davlat mol-mulkni xususiylashtirish masalalari bo’yicha 20 dan ortiq maxsus dasturlar ishlab chiqildi va ularni amalga oshirishga davlat boshchilik qildi. Xususiylashtirish jarayoni umumiy uy-joy fondini, savdo, mahalliy sanoat, xizmat ko’rsatish korxonalarini, qishloq xo’jalik maxsulotlarini tayyorlovchi xo’jaliklarni davlat tasarrufidan chiqarishdan boshlandi. Bu «kichik xususiylashtirish» deb nom oldi. Kichik xususiylashtirish 1994 yildayoq tugallandi. Davlat ixtiyorida bo’lgan bir milliondan ortiq kvartira yoki davlat uy-joy fondining 95 foizdan ortiqrog’I fuqarolarning xususiy mulki bo’lib qoldi. Bunda har 3 kvartiraning bittasi egalariga imtiyozli shartlar bilan yoki bepul berildi. Urush faxriylari, o’qituvchilar, tibbiyot xodimlari, ilmiy xodimlar va ijodiy ziyolilarga kvartiralar bepul berildi. 2002 yilga qadar Respublika uy-joy fondining 98 foizga yaqini xususiylashtirildi. Davlatga qarashli mulkni, korxonalarni xususiylashtirishga davlatning o’zi tashabbuskor bo’ldi va boshchilik qildi. Davlat mulkini xususiylashtirish boshlangandan keyin to 1994 yil oxirigacha 54 mingga yaqin korxona va obekt davlat tasarrufidan chiqarildi. Shularning 18,4 mingtasi xususiy mulkka, 26,1 mingtasi aktsiyadorlik, 8,7 mingtasi jamoa, 661 tasi ijara korxonalariga aylandi. 1994 yil 21 yanvarda e’lon qilingan «Iqtisodiy islohotlarni yanada chuqurlashtirish chora-tadbirlari to’g’risida»gi va 1994 yil 16 martda elon qilingan «Mulkni davlat tasarrufidan chiqarish va xususiylashtirish jarayonini yanada rivojlantirishning ustivor yo’nalishlari to’g’risida»gi Prezident farmonlari xususiylashtirish jarayoniga yangi turtki bo’ldi. O’rta va yirik korxonalarni aktsiyadorlik jamiyatlariga, ijara korxonalariga aylantira boshlandi, bu jarayonga aholi va chet ellik investorlar kengroq jalb qilindi. Davlat mulkini sotish bo’yicha kim oshdi savdolari va tanlovlar tashkil etildi. 2004 yil boshlarida respublikamizda 1800 ta aktsiyadorlik jamiyatlari faoliyat yuritdi, 1,2 mln.dan ortiq fuqaro aktsiyalarga ega bo’ldi va ulardan daromad olmoqda.

Kichik va o’rta biznes. Respublikada kichik va o’rta biznesni davlat yo’li bilan qo’llabquvvatlash uchun tadbirkorlikni rivojlantirish fondi, kichik va o’rta biznesni rivojlantirishga ko’maklashish fondi tuzildi, dunyodagi nufuzli banklarning sarmoyalari jalb etildi. Tadbirkorlar va biznesmenlarga maslahatlar bilan ko’maklashish maqsadida nemis texnikaviy ko’maklashuv jamiyati O’zbekistonda kichik va o’rta biznesni qo’llab328 quvvatlash markazini, Evropa hamjamiyati komissiyasi amaliy aloqalar markazini ochdilar. Markaziy Osiyodagi Amerika tadbirkorlik fondi va Markaziy Osiyodagi Buyuk Britaniya investitsiya fondi tadbirkorlarga zarur maslahatlar bilan ko’maklashdilar. Faqat 1999 yili kichik va o’rta biznes korxonalariga Evropa tiklanish va taraqqiyot banki, Osiyo taraqqiyot banki, Germaniya tiklanish bankining 200 mln. AQSh dollaridan ortiq kredit mablag’lari jalb etildi va o’zlashtirildi. Kichik va xususiy tadbirkorlikning mamlakat yalpi ichki mahsulotidagi salmog’i 1991 yilda 1,5 foizni, 1999 yilda 12,6 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2004 yilda 35,6 foizga etdi. 2004 yil faoliyat yuritayotgan kichik biznes korxonalari soni 39,1 mingtaga etdi. Faqat 2004 yilda bu sektor hisobiga 425 ming ish o’rinlari yaratildi. 2004 yil 1 oktyabrida mazkur sektorda ish bilan band bo’lganlar soni 6,1 mln. kishini yoki iqtisodiyotda jami band bo’lganlarning 61,5 foizini tashkil etdi. Agrar islohotlar. Agrar islohotlarga ustuvorlik berildi. Negaki, respublika aholisining 62 foizi qishloqda yashaydi, qishloq xo’jaligida YaIM ning 30 foizi, mamlakat valyuta tushumlarining 55 foizi shakllanadi. Agrar islohotlar natijasida qishloq xo’jaligidagi davlat tasarrufidagi mulk xususiylashtirildi. Bugungi kunda qishloq xo’jaligida nodavlat sektorining ulushi 100 foizni tashkil qilmoqda. Islohotlar yillarida odamlarga shaxsiy tomorqa uchun qo’shimcha ravishda 550 ming gektar sug’oriladigan er ajratildi va shaxsiy tomorqa uchun berilgan er maydoni 700 ming gektarga etdi, 9 milliondan ortiq odam ana shu er hosilidan foydalanmoqda. Qishloqda xo’jalik yuritishning maqbul shakllarini yaratishga alohida e’tibor berildi. Agrar islohotlarning dastlabki yillarida sovxoz va kolxozlar jamoa xo’jaliklariga aylantirilgan edi. Ammo ular xo’jalik yuritishda o’zlarini to’la-to’kis oqlamaganliklari tufayli mulk paylari asosida shirkatlarga aylantirildi. 1999 yilda 898 ta, 2000 yilda 856 ta qishloq xo’jaligi korxonalari shirkatlarga aylantirildi. Ularning umumiy soni 2002 yilning 1 yanvari holatiga ko’ra ruspublika bo’yicha 1900 taga etdi, ularda 1 mln. 400 ming kishi shirkat a’zosi sifatida mehnat qildi. Agrar munosabatlar tizimida shirkat xo’jaligida paychilik asosiga qurilgan oila pudratiga keng o’rin berildi. Qishloq xo’jaligida fermer va dehqon xo’jaliklari salmoqli o’rin egallamoqda. 2004 yilda fermer xo’jaliklari soni 85,5 mingdan ziyodni tashkil etdi. Bu turdagi xo’jaliklar don, kartoshka, sabzavot-poliz mahsulotlari, go’sht, sut, tuxum etishtirishda tobora salmoqli o’rinni egallab qishloq xo’jalik ekinlarini etishtiradigan asosiy ishlab chiqaruvchilarga aylanmoqda. Qishloqda shaxsiy yordamchi xo’jaliklar dehqon xo’jaliklari sifatida qayta shakllandi. Dehqon xo’jaligi - bu oilaviy mayda tovar xo’jaligi bo’lib, tomorqa er uchastkasi oila boshlig’iga umrbod meros qilib beriladi, mahsulotlar oila a’zolarining shaxsiy mehnati asosida etishtiriladi va sotiladi. 2003 yilda 3,5 mln.dan ortiq dehqon xo’jaligi faoliyat yuritdi respublikada etishtirilgan go’shtning 93,7 foizi, sutning 95,9 foizi, kartoshkaning 90 foizi, sabzavot-poliz mahsulotlarining 70,3 foizi, tuxumning 53,5 foizi dehqon xo’jaliklari tomonidan tayyorlandi. 2003 yilda respublikamiz qishloq xo’jaligida ishlab chiqarilgan jami mahsulotlarning 22,2 foizi shirkat xo’jaliklariga, 14,9 foizi fermer xo’jaliklariga, 62,9 foizi dehqon xo’jaliklarida etishtirildi.

Mustaqillik yillarida amalga oshirilgan agrar islohotlar natijasida qishloq hayoti yangilandi, dehqon va fermerning mehnatga munosabati, dunyoqarashi o’zgardi. Ular erning haqiqiy egasiga, o’z mehnati evaziga etishtirgan mahsulotning egasiga aylanmoqda.

Narxni erkinlashtirish. Iqtisodiy islohotlarning birinchi bosqichidayoq narxlar erkinlashtirildi. Bu jarayon ijtimoiy larzalarsiz o’tdi. Negaki, davlat turli kompensatsiya jamg’armalari tuzdi, bolalar uchun nafaqalar joriy etdi, eng kam ish haqi, pensiya, nafqalar va stipendiyalar muntazam suratda oshirib borildi. Narxni erkinlashtirish iqtisodiyotda raqobatchilik muhitini vujudga keltirish bilan bevosita bog’liq. 1992 yil avgust oyida O’zbekiston Respublikasining «Monopol faoliyatni cheklash to’g’risida»gi qonuni kuchga kiritildi. Bu qonun asosida raqobatchilikni rivojlantirishga qaratilgan bir qator normativ hujjatlar ishlab chiqildi va amalga oshirildi. Moliya vaziri tizimida tuzilgan Antimonopol va narx-navo siyosatini o’tkazish Bosh Boshqarmasi monopoliya mavqeidagi korxonalarni belgilab, ularning mahsulotlari bo’yicha narxlarni va rentabellikni tartibga solib turibdi.

Bozor infratuzilmasi. Iqtisodiy islohotlarning muhim yo’nalishlaridan biri bozor infratuzilmasini yaratishdan iborat bo’ldi. Shu boisdan respublikamizda bozor munosabatlarini shakllantirish va rivojlantirishga xizmat qiluvchi infratuzilmaning asosiy bo’g’inlari - turli muassasalar, tashkilotlar va korxonalar majmuasi yaratildi. Avvalombor, ishlab chiqarishga xizmat qiluvchi transport, aloqa, suv va energetika ta’minoti, yo’l va ombor xo’jaligi tuzilmalari yaratildi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlar uchun xizmat qiluvchi 58 ta tovarlar va xomashyo birjalari, 24 ta biznes inkubator, 496 ta auditorlik va konsalting firmalari, ko’plab savdo uylari, auktsionlar, tijoratchilik idoralari, reklama firmalari, savdo-sotiq va ularni nazorat qiluvchi davlat muassasalari tashkil etildi. Bozor munosabatlarini rivojlantirishda axborot infratuzilmasi alohida ahamiyatga ega. Shu boisdan iqtisodiy faoliyat uchun zarur bo’lgan axborotlar, xabarlar va ma’lumotlarni to’plovchi, umumlashtiruvchi vositalar, firmalar vujudga keldi. Xo’jalik yurituvchi sub’ektlarni moliya-kredit munosabatlariga xizmat qiluvchi infratuzilma - yangi bank tizimi, o’z-o’zini kreditlash idoralari, sug’urta kompaniyalari, moliya kompaniyalari, soliq undirish idoralari, pul jamg’armalari yaratildi. Bozor iqtisodiyotiga xizmat qiluvchi bank-moliya tizimi yaratildi. 2002 yildanda 37ta bank, shu jumladan 13 ta xususiy bank faoliyat ko’rsatdi. Banklarning 17 tasi dunyodagi eng nufuzli banklar bilan korrespondentlik aloqalari o’rnatgan. Respublikada davlat ishtirokida tuzilgan bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi «Kafolat», «Agrosug’urta», «O’zbekinvest» kabi yirik sug’urta kompaniyasi faoliyat ko’rsatmoqda. Ko’plab xususiy sug’urta kompaniyalari, shuningdek, xorijiy mamlakatlar bilan hamkorlikda ishlaydigan qo’shma sug’urta kompaniyalari ham vujudga keldi va moliya bozorida xizmat ko’rsatmoqda. Bozor iqtisodiyotiga o’tish sharoitida ish bilan bandlik masalasi jiddiy muammoga aylanadi. Negaki, iqtisodiy tizim o’zgarayotgan paytda malakasiz kishilargina emas, ma’lum ixtisosga ega bo’lgan xodimlarga ham talab cheklanadi, ishsizlar toifasi kengayadi. Bunday sharoitda ishsizlar sonining ko’payishiga yo’l qo’ymaslik tadbirlari ko’rildi. Respublika bo’yicha 225 dan ortiq mehnat birjasini o’z ichiga oluvchi katta tormoq barpo etildi. Har bir tumanda mehnat birjasi tashkil etildi. Ishsizlarni ro’yxatga olish, ularning kasbini o’zgartirish mexanizmi yaratildi, ishsizlik bo’yicha nafaqa to’lash yo’lga qo’yildi. Yangi ish o’rinlarini tashkil etishga e’tibor berildi. 1993 yilda Respublikada 185,1 ming yangi ish o’rinlari tashkil etilgan bo’lsa, 1998 yilda bu ko’rsatkich 345,9 mingni tashkil etdi yoki 1,8 marta ko’p ish o’rinlari yaratildi. 2000 yilda faqat kichik va xususiy biznes rivoji hisobiga 192,5 ming yangi ish o’rinlari yaratilgan bo’lsa, bu ko’rsatkich 2004 yilda 425 mingdan oshdi. 2003 yil 1 yanvarda iqtisodiyot sohasida band bo’lganlarning 76,6 foizi nodavlat sektor hissasiga to’g’ri keldi. Iqtisodiy islohotlar borasida qo’yilgan yana bir muhim qadam - 1994 yil 1 iyuldan milliy valyutamiz-so’ming muomalaga kiritilishi bo’ldi. Bu tadbir katta siyosiy ahamiyatga, e’tiborga molikdir, chunki o’z milliy valyutasiga ega bo’lmagan davlat chinakam mustaqil bo’la olmaydi. Respublika hukumati milliy valyuta qadrini mustahkamlash, uning erkin aylanishini taminlash choralarini amalga oshirib bordi. 2003 yil 15 oktyabrdan boshlab so’m qisman konvertatsiyalanadigan valyuta maqomiga ko’tarildi.. Muxtasar qilib aytganda, mustaqillik yillarida amalga oshirilgan iqtisodiy islohotlar natijasida bozor iqtisodiyoti asoslari shakllandi. Ko’p ukladli iqtisodiyotni, mulkdorlar tabaqasini shakllantirishdan iborat strategik vazifa amalda ro’yobga chiqdi. 2004 yil boshlarida respublikamizda mulkchilikning nodavlat sektori xususiy mulk egalari, fermer, shirkat va dehqon xo’jaliklari, aktsiyadorlik jamiyatlari, qo’shma korxonalar, kooperativlar, jamoa mulki, mas’uliyati cheklangan jamiyatlar, jamoat tashkilotlari) ulushi 90,2 foizga etdi. Davlat tasarrufidagi korxonlar ulushi esa 9,2 foizga tushdi.


Iqtisodiyotning barqarorlashuvi va rivojlanishi

Mustaqillikning dastlabki yillarida sanoat va qishloq xo’jalik mahsulotlari ishlab chiqarish tobora pasayib bordi, xo’jalik yuritish murakkablashib qolgan edi. Buning sababi O’zbekiston iqtisodiy jihatdan qaram bo’lib, korxonalari mustaqil xo’jalik yurita olmasdi, boshqa hududlarda joylashgan zavod, fabrikalardan keltiriladigan asbob-uskuna va butlovchi qismlarga butunlay qaram edi. Sobiq Ittifoq parchalangach, aloqalar uzildi. Natijada ko’pgina korxonalarda mahsulot ishlab chiqarish keskin kamaydi, ayrimlari to’xtab qoldi. Shu boisdan O’zbekistonda iqtisodiy tanglikdan chiqish, makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish tadbirlari ko’rildi. Makroiqtisodiyotni barqarorlashtirish uchun O’zbekiston iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar qilish, raqobatbardosh tovarlar ishlab chiqarishga qod ir korxonalar qurish va buning uchun zarur investitsiyalar ajratish yo’llaridan bordi. Iqtisodiyotda tarkibiy o’zgarishlar uchun zarur mablag’lar davlat byudjeti va aholi jamg’armalari hisobiga ajratildi. 1991-2002 yillarda iqtisodiyotga jalb etilgan jami investitsiyalar 28,4 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xalq xo’jaligi tarkibini qayta qurish maqsadida chet el investitsiyasini jalb qilish choralari ko’rildi. «Chet el investitsiyalari to’g’risida», «Chet ellik investorlar huquqlarini kafolatlari va ularni himoya qilish choralari to’g’risida»qonunlar qabul qilindi. Chet el investitsiyasini O’zbekiston iqtisodiyotiga jalb qilish bevosita investitsiyalar tarzida, davlat qarzlari, xalqaro moliya va iqtisodiy tashkilotlar, qarz beruvchi mamlakatlarning investitsiya yoki moliyaviy kredit resurslari shaklida amalga oshirildi. Iqtisodiyotga kiritilayotgan xorijiy investitsiya salmog’i yildan yilga o’sib bordi. 1992-1999 yillarda iqtisodiyotda 4,4 mlrd. AQSh dollari hajmida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1999 yilning o’zida iqtisodiyotning ustuvor tormoqlari 1 mlrd. 324 mln. AQSh dollari miqdorida chet el investitsiyalari o’zlashtirildi. 1991-2002 yillarda Respublika iqtisodiyotida o’zlashtirilgan chet el investitsiyalari hajmi 14 mlrd. AQSh dollarini tashkil etdi. Xorijiy investitsiyalar ishtirokida faoliyat ko’rsatayotgan korxonalar soni 2003 yilda 2087 taga etdi.

Yoqilg’i mustaqilligi. Mustaqillik yillarida iqtisodiyotning hayotiy muhim tarmoqlari rivojlantirildi, yangi sanoat tarmoqlari bunyod etildi. Bunga mamlakatning yoqilgi mustaqilligiga erishishi yaqqol misoldir. 90-yillarning boshlarida chetdan 6 million tonnaga yaqin neft mahsulotlari keltirilar, 600 ming tonna paxta tolasi Rossiya va boshqa mamlakatlarga neft mahsulotlari uchun berilardi. Shu boisdan mamlakatimizda neft mustaqilligi uchun kurash boshlandi, buning zamini - 2 trillion kubmetrga yaqin gaz zahiralari, 160 dan ortiq neft koni bor edi. Yiliga 2,5 mlrd. kub metr gaz haydash quvvatiga ega bo’lgan Ko’kdumaloq kompressor stantsiyasi, Buxoro neftni qayta ishlash zavodi barpo etildi. 1996 yilga kelib chetdan neft mahsulotlarini sotib olish to’xtadi, neft mustaqilligiga erishildi. 1991 yilda 2,9 mln. tonna neft (gaz kondensati bilan birgalikda) mahsulotlari ishlab chiqarilgan bo’lsa, 2000 yilda bu ko’rsatkich 7,5 mln. tonnadan oshdi. Shu davrda tabiiy gaz ishlab chiqarish 41,8 mlrd. kub metrdan 56,4 mlrd. kub metrga o’sdi. O’zbekiston yoqilgi mustaqilligiga erishdi.

Mashinasozlik va avtomobilsozlik sanoati. Mustaqillik yillarida mashinasozlik sanoati jadal rivojlandi. 1994 yilda barpo etilgan O’zbekiston-Isroil «O’zIz mash» qo’shma korxonasida paxta terish mashinalarining gorizontal shpindelli yangi xili yaratildi. Bu agregat jahon mashinasozligining eng yangi yutug’idir, deb e’tirof etildi. 1992 yilda Janubiy Koreya bilan hamkorlikda O’zbekistonda avtomabil ishlab chiqaruvchi korxona barpo etishga kelishib olindi. 1993-1996 yillarda Asaka shahrida «O’zDEU avto» zavodi barpo etildi va Damas, Tiko, Neksiya rusumli avtomabillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. 1996 yilda 25,3 ming, 1997 yilda 64,9 ming, 1998 yilda 54,4 ming, 1999 yilda 58,4 ming, 2004 yilda 70 ming dona engil avtomobil ishlab chiqarildi. «O’zDEU» zavodida 1999-2003 yillarda «Matiz», «Lasetti» rusumli avtomobillar ishlab chiqarish yo’lga qo’yildi. O’zbekiston dunyoda avtomobil ishlab chiqaruvchi 28-mamlakatga aylandi. Samarqandda avtobus va yuk mashinalari ishlab chiqarishga ixtisoslashgan «Sam Koch avto» zavodi qurildi. 2000 yilda «Sam Koch avto» zavodi 483 ta avtobus, 102 ta yuk avtomobili ishlab chiqardi. Respublikamizda avtomobillarga butlovchi qismlar ishlab chiqaruvchi o’nlab yangi korxonalar bunyod etildi. Hozirgi paytda «O’zDEU» zavodi uchun zarur bo’lgan butlovchi qismlarning 20 foizi O’zbekistonda ishlab chiqarilmoqda. Avtomobilsozlik sanoatida 14 mingga yaqin ishchi va xizmatchi mehnat qilmoqda. Mashinasozlik sano atining yirik korxonalari - Toshkent traktor zavodi, O’zbekiston qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent va Chirchiq qishloq xo’jaligi mashinasozligi, Toshkent agregat zavodi va boshqa korxonalar mustaqillikning dastlabki yillarida uchragan qiyinchiliklarni engib o’tdi. Birgina Toshkent traktor zavodi 2000 yilda 954 ta, 2001 yilda 1002 ta traktor ishlab chiqarilgan bo’lsa, hozirgi paytda yiliga 3,5-4 ming donagacha traktor, minglab tirkamalar ishlab chiqarilmoqda.

Iqtisodiyotda barqaror yuksalish. Iqtisodiyot tarkibidagi tub o’zgarishlar, yangi korxonlalarning bunyod etilishi sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish sohasida samarali natijalar berdi. 1991-2002 yillarda 1872 korxona va boshqa ishlab chiqarish muassasalari qurildi, mahsulotning 9,5 mingdan ortiq yangi turlarini ishlab chiqarish o’zlashtirildi. 1990 yilda Respublika bo’yicha ishlab chiqarilgan sanoat mahsulotlari hajmini 100 foiz deb olsak, undan keyingi yillarda kamayib, 1992 yilda 94,7 foizga, 1993 yilda 98,1 foizga tushgan edi. 1995 yilga kelib makroiqtisodiyotda barqarorlikka erishildi va 1996 yildan boshlab barqaror o’sish ta’minlanmoqda. Sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi oldingi yilga nisbatan 1997 yilda 106,5 foizga, 1998 yilda 105,8 foizga, 1999 yilda 106,1 foizga, 2000 yilda 106,4 foizga, 2001 yilda 108,1 foizga, 2002 yilda 108,1 foizga, 2003 yilda 108,4 foizga, 2004 yilda 109,4 foizga o’sdi. Un va un mahsulotlari, kiyimkechak, poyabzal, shakar va qand mahsulotlari ishlab chiqarish sezilarli darajada ko’paydi, iste’mol buyumlari importi kamaydi. Yalpi ichki mahsulot ishlab chiqarish 1991-1995 yillarda pasayib bordi, 1996 yildan boshlab o’sish boshlandi. Oldingi yilga nisbatan 1996 yilda YaIM 101,7 foizga, 1997 yilda 105,2 foizga, 1998 yilda 104,4 foizga, 1999 yilda 104,4 foizga, 2000 yilda 104 foizga, 2001 yilda 104,5 foizga o’sdi. Natijada, 2001 yilda birinchi bor yalpi ichki mahsulotning 1991 yilga nisbatan 103 foiz o’sishiga erishildi. MDH davlatlari orasida birinchi bo’lib O’zbekiston iqtisodiy barqarorlikka erishgan, iqtisodiy ko’rsatkichlari izchil o’sib borayotgan mamlakatdir. 2004 yilda yalpi ichki mahsulot 7,7 foizga o’sdi. Shahar va qishloqlarimizning qiyofasi o’zgarib, aholi turmush saviyasi o’sib bordi. Yirik inshootlar, korxonalarning bunyod etilishi, iqtisodiyotdagi tarkibiy o’zgarishlar, izchil o’sish sur’atlari odamlarning moddiy va ijtiomiy hayotini, farovoniligini yildan yilga yaxshilanishiga zamin bo’lib, xizmat qilmoqda. Aholini tabiiy gaz, ichimlik suvi bilan ta’minlash darajasi salmoqli darajada o’sdi. Birgina 1999 yilda 4,5 ming km gaz tarmog’i-shundan 4,3 ming kilometri qishloq joylarida, 2 ming km.dan ziyod ichimlik suv tarmog’i - shundan 1,9 ming kilometri qishloq joylarida ishga tushirildi. Jahondagi etakchi firmalarning havo kemalari bilan ta’minlangan O’zbekiston Havo yo’llari aviakompaniyasi dunyoning 25 mamlakati bilan havo aloqlarini o’rnatgan, u mustaqillik yillarida 25 milliondan ko’p yo’lovchiga xizmat qildi. Ijtimoiy hayot. Aholini ijtimoiy himoyalashga alohida e’tibor berilmoqda. O’zbekistonda islohotlar boshlangan dastlabki paytdayoq, uning asl maqsadi insonga munosib turmush va faoliyat sharoitlarini vujudga keltirishdan iborat, deb belgilangan edi. Bozor munosabatlariga o’tishning ilk davridan boshlab aholini oldindan ijtimoiy himoyalash yuzasidan zarur chora-tadbirlar ko’rib borildi. Shu maqsadda miqdori muntazam o’zgartirib turilgan ish haqi, pensiyalar, turli nafaqalar, stipendiyalar, kompensatsiya to’lovlari tarzidagi pul to’lovlari keng qo’llanildi. Mamlakatning 2 mln. 640 ming fuqarosi pensiya va moddiy yordam oladi. Bunday to’lovlar miqdori 2000 yilda 187,8 mlrd. so’mni tashkil etdi. Faqat 2000 yilning o’zida aholining kam ta’minlangan qismiga fuqarolarning o’zini o’zi boshqarish organlari - mahalla yig’inlari orqali 54,2 mlrd. so’m miqdorida nafaqa, ko’mak va boshqa turdagi yordamlar berildi. Mustaqillik yillarida mamlakatda 70 mln. kv.m. turar joylar, 19,5 ming o’rinli kasalxonalar, 95,7 ming marta tashrifli poliklinikalar, 805,9 ming o’rinli maktablar, 15,3 ming o’rinli akademik litseylar, 126,5 ming o’rinli kasb-hunar kollejlari qurilib foydalanishga topshirildi. Aholini ichimlik suvi bilan ta’minlash va gazlashtirish bo’yicha keng qamrovli dasturlar amalga oshirilmoqda. 1991-2000 yillarda 22,6 ming km. suv quvurlari va 54,1 ming km. gaz tarmoqlari yotqizildi. Aholining uy-joylarini gazlashtirish darajasi 46,2 foizgacha, ichimlik suvi bilan markazlashgan holda ta’minlash esa 64,2 foizdan 77,6 foizgacha ko’tarildi. Yosh oilalarni qo’llab-quvvatlash dasturi amalga oshirilmoqda. Respublikada aholiga tibbiy va ijtiomiy xizmat ko’rsatishning rivojlangan tizimi bunyod etildi. Mustaqillik yillarida ambulatoriya-poliklinika muassasalarining soni 3 mingdan 4,8 minggacha yoki 1,6 baravar ortdi. Qishloq joylairda 1600 ta vrachlik punktlari ochildi. Aholiga 81,5 mingdan ortiq shifokorlar turli ixtisosliklar bo’yicha malakali tibbiy yordam ko’rsatmoqda. 1994 yilda aholining dori-darmonga bo’lgan ehtiyoji Respublikada ishlab chiqarilgan mahsulot hisobiga bor-yo’g’i 4,5 foizga qondirilar edi. 2003 yilga kelib, katta miqdorda sarmoya jalb etilganligi hisobidan, bu ko’rsatkich 25 foizgacha o’sdi. Xulosa qilib aytganda, mustaqillik yillarida iqtisodiyotning boshqaruv tizimi tubdan o’zgartirildi, xo’jalik yuritishning bozor iqtisodiyotiga mos yangi tizimi yaratildi. Bozor infratuzilmasi asoslari barpo qilindi. Mamlakatimiz iqtisodiy tanazzul davridan o’tib oldi, makroiqtisodiy va moliyaviy barqarorlikka erishildi, iqtisodiy o’sishni ta’minlovchi zarur shart-sharoitlar vujudga keldi. Xususiy mulkchilikning huquqiy asoslari yaratildi. Davlat mulkini xususiylashtirish natijasida ko’p ukladli iqtisodiyot shakllandi. Eng muhimi, odamlarimizning tafakkuri, hayotga bo’lgan munosabati tubdan o’zgarmoqda. Turmush darajasi, oilasining farovonligi o’ziga bog’lik ekanligini tushunib etayotgan odamlar tobora ko’payib bormoqda.

Mamlakat iqtisodiyotining turli soha va tarmoqlarini rivojlantirishda ilm-fanning o‘rni va ahamiyatini kuchaytirish, fan va texnikaning muhim ilmiy va texnologik muammolarini hal etish, xalqaro ilmiy-texnik hamkorlikni kuchaytirish, ilm-fan sohasiga xorijiy investitsiyalarni jalb qilishga qaratilgan xalqaro va respublika miqyosidagi ilmiy va ilmiy-amaliy anjumanlarni samarali o‘tkazish, universitet professor-o‘qituvchilari, doktorantlar hamda talabalarning anjumanlarda faol ishtirokini ta’minlash dolzarb vazifalardan biri hisoblanadi.


O‘zbekiston tizimli islohotlarini boshqa mamlakatlardan ko‘ra kechroq boshlagan bo‘lsa-da, o‘tish davri iqtisodiyotiga ega boshqa mamlakatlar tajribasidan muhim saboqlarni olishi mumkin, deb hisoblaydi Jahon banki mutaxassislari. Rivojlanayotgan mamlakatlarga yordam beruvchi yirik xalqaro moliya tashkiloti yaqinda O‘zbekiston iqtisodiyotiga bag‘ishlangan yangi hisobotini taqdim etdi. Unda o‘tgan 2018 yil va joriy 2019 yilning birinchi yarmida mamlakatda yuz bergan makroiqtisodiy, ijtimoiy va tarkibiy o‘zgarishlar hamda yaqin 2 yil – 2021 yilgacha bo‘lgan istiqbollar keng sharhlanadi.

UzAnalytics mazkur hisobotning O‘zbekiston iqtisodiyoti istiqbollari, xavflar va ish o‘rinlarini yaratishga bag‘ishlangan boblarining muhim jihatlari va asosiy xulosalarini e'tiboringizga havola etadi.

Iqtisodiy istiqbollar va xavflar

Ijobiy iqtisodiy istiqbollar

O‘zbekiston iqtisodiyotining o‘sish sur'atlari sekin, ammo ijobiy bo‘lib qolmoqda. Islohotlar ishlab chiqarishdagi cheklovchi omillarni (to‘siqlarni) bartaraf etish va yuqori o‘sish potensialiga ega tarmoqlarni liberallashtirishga yordam beradi. Meva-sabzavotchilik, turizm, oziq-ovqat sanoati, to‘qimachilik va kimyo sanoati shunday tarmoqlar qatoriga kiradi. Biznesda soliq yukining sezilarli darajada kamaytirilishi zikr etilgan jarayonlarni yanada qo‘llab-quvvatlaydi. 2019–2020 yillarda narx-navoning liberallashuvi va oylik ish haqi oshirilishi sababli inflatsiya yuqori darajada saqlanib qoladi. Biroq 2021 yilga borib u pasayishi kutilmoqda. Jahon banki prognozlariga ko‘ra, tashqi savdo balansining salbiy saldosi yuqoriligicha qoladi. Sababi, O‘zbekiston iqtisodiyoti kelgusi bir necha yilda ishlab chiqarishni modernizatsiya qilish uchun ko‘plab mashina va uskunalarni import qilishni davom ettiradi.

-Qoraqalpog‘iston: bajarilgan ishlar tahlili va istiqbolli rejalar


O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 15-dekabr kuni Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrif buyurdi.

Tashrifdan asosiy maqsad avval berilgan vazifalar ijrosini ko‘rish, tahlil qilish va kelgusi ikki yilda amalga oshirilishi zarur bo‘lgan ustuvor yo‘nalishlarni belgilab olishdir.

Davlatimiz rahbari 2017-yil 20-21-yanvar kunlari Qoraqalpog‘istonda bo‘lib, hudud iqtisodiyotini rivojlantirish, ijtimoiy sharoitlarni yaxshilash bo‘yicha tizimli chora-tadbirlarni belgilab bergan edi. O‘tgan vaqt mobaynida ular to‘la amalga oshirildi.

Tashrif yakunlariga ko‘ra ishlab chiqilgan dasturga muvofiq, sanoatni rivojlantirish borasida umumiy qiymati 160 milliard so‘mga yaqin 242 loyiha bajarildi. Bu qariyb 4 ming ish o‘rni yaratish imkonini berdi.

Masalan, Qorao‘zak tumanidagi “Qoraqalpoq sement” korxonasida birinchi bosqichda yiliga 200 ming tonna sement, Nukus shahridagi “Texnik global” korxonasida “Samsung” brendi ostida yiliga 150 ming televizor, “Nukus polimer” korxonasida yiliga 8 ming tonna polietilen quvurlar va xo‘jalik buyumlari ishlab chiqarish yo‘lga qo‘yildi. To‘rtko‘l tumanidagi “Vegateks global” korxonasida yiliga 5 ming tonna ip-kalava ishlab chiqarilmoqda.

Qoraqalpoq aholisi uchun nihoyatda muhim va dolzarb masala bo‘lgan ichimlik suvi muammosi yillar davomida hal etilmay kelayotgan edi. Shuni inobatga olib, qisqa vaqtda 101 kilometrlik “Qo‘ng‘irot – Mo‘ynoq” suv quvuri va “Qo‘ng‘irot” suv taqsimlash inshooti qurib bitkazildi. Buning natijasida Mo‘ynoq tumanidagi 25 ming aholi toza ichimlik suvi bilan ta’minlandi.

Bundan tashqari, investitsiya dasturiga muvofiq byudjet mablag‘lari va Orolbo‘yi hududini rivojlantirish jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan mavjud suv tarmoqlari rekonstruksiya qilindi va yangilandi. Shu tariqa 35 aholi punktida 50 mingdan ziyod odam ichimlik suvi bilan ta’minlangani bu boradagi ishlarning izchil davomi bo‘ldi.

Nafaqat Qoraqalpog‘iston, balki butun mamlakatimizning faxri bo‘lgan, dunyoda “Sahrodagi Luvr” deb shuhrat qozongan I.Savitskiy nomidagi Qoraqalpoq davlat san’at muzeyining muhtasham ikkinchi korpusi qurilib, yuksak xalqaro standartlar asosida jihozlandi va foydalanishga topshirildi.


Qoraqalpoq davlat o‘lkashunoslik muzeyi binosi, O‘zbekiston Qahramoni Ibroyim Yusupov nomidagi iqtidorli bolalar maktabi, Amir Temur nomidagi istirohat bog‘i, zamonaviy imkoniyatlarga ega yirik sport majmuasi bunyod etildi. Imom Eshon Muhammad jom’e masjidi rekonstruksiya qilinib, foydalanishga topshirildi.

Bunday o‘zgarishlar barcha tumanlarda, qishloq va ovullarda ro‘y berdi. Hudud iqtisodiyoti rivojlandi, aholi turmush darajasi oshdi. Eng muhimi, odamlar buni o‘z hayotlarida sezmoqda.

Shu bois Qoraqalpog‘iston aholisi Prezidentimizning bu galgi tashrifini ham ko‘tarinkilik bilan kutdi. Tashrif kun tartibi, tanishilgan obyektlar va belgilangan chora-tadbirlar shunga yarasha ahamiyatli, keng ko‘lamli bo‘lmoqda.

Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyev Qoraqalpog‘iston Respublikasiga tashrifini Chimboy tumanidagi 8-maktabgacha ta’lim muassasasidan boshladi.

Tashrif bolalar bog‘chasidan boshlanganida katta ma’no mujassam. Prezidentimiz o‘zining har bir chiqishi va hududlarga tashrifida maktabgacha ta’lim sifatini oshirish, maktabgacha ta’lim muassasalarida bolalarni maktabga sifatli tayyorlashni tubdan yaxshilash, ta’lim-tarbiya jarayoniga jahon amaliyotida keng qo‘llaniladigan zamonaviy ta’lim dasturlari va texnologiyalarini joriy etish tashabbusini ilgari surmoqda va bu borada muhim vazifalar qo‘ymoqda.

Prezidentimizning 2016-yil 29-dekabrdagi “2017-2021-yillarda maktabgacha ta’lim tizimini yanada takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida”gi qarori qabul qilinib, maktabgacha ta’lim muassasalarining moddiy-texnik bazasini mustahkamlash, jumladan, qishloq aholi punktlarida yangi ana shunday inshootlar qurish, ularni zamonaviy uskunalar, o‘quv-metodik qo‘llanmalar, multimedia resurslari bilan ta’minlash choralari ko‘rilmoqda.

Shavkat Mirziyoyevning joriy yil 30-sentabrdagi "Maktabgacha ta’lim tizimi boshqaruvini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari to‘g‘risida"gi farmoni bilan Maktabgacha ta’lim vazirligi tashkil etildi. Yangi vazirlikning asosiy vazifalari bosqichma-bosqich barcha bolalarni maktabgacha ta’lim tizimiga qamrab olish, o‘zaro raqobat qiluvchi davlat va nodavlat MTMlari tarmog‘ini yaratish, amaliyotga maktabgacha ta’lim va bolalarni tarbiyalashning muqobil shakllarini joriy etishdan iborat.

Mazkur qaror va farmon ijrosi yuzasidan bugun Qoraqalpog‘iston Respublikasida ham keng ko‘lamli ishlar amalga oshirilmoqda. Hududda 318 ta maktabgacha ta’lim muassasasi bo‘lib, ularning 3 tasi xususiy, 7 tasi turli tashkilotlar tasarrufida. Ularda 48 ming 106 nafar, umumiy bolalarning 32 foizi ta’lim-tarbiya olmoqda. Davlatimiz rahbari mazkur bog‘chada bolalarga yaratilgan sharoitlar bilan tanishdi, ularni yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami bilan tabrikladi.

Hududlarni barqaror va jadal rivojlantirish uchun ularning kompleks va mutanosib ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini, tabiiy xom ashyo resurslaridan foydalanish samaradorligini, iqtisodiy va investitsiyaviy salohiyatini, shuningdek, hududlarning boshqa qiyosiy ustunliklarini baholashning yagona tizimini joriy etish maqsadida:

1. Statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnomalar natijalari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanishini reyting baholash tizimi (bundan buyon matnda – reyting baholash) joriy etilsin va bunda quyidagilarga alohida eʼtibor qaratilsin:

barqaror va mutanosib iqtisodiy taraqqiyotni taʼminlash, iqtisodiy islohotlar samaradorligi;

-yangi ish oʻrinlari yaratish, ishsizlikni kamaytirish va mehnat bozori samaradorligini taʼminlash;

-ijtimoiy xizmatlardan foydalanish imkoniyatlarini oshirish va aholi turmush sifatini yaxshilash;

-aholi va biznes uchun zarur shart-sharoitlar yaratish, ishlabchiqarish infratuzilmasining barqarorligi hamda ishonchliligini taʼminlash;

-hududlarning raqobatbardoshlik darajasini oshirish, ularning iqtisodiyotini yana-da diversifikatsiya qilish;

-ishbilarmonlik muhiti sifatini yaxshilash, tadbirkorlikni doimiy qoʻllab-quvvatlash va jadal rivojlantirish;

-hududlarning moliyaviy mustaqilligiga erishish hamda bank-moliya sohasini rivojlantirish;

-mahalliy davlat hokimiyati organlarining fuqarolar murojaatlari bilan ishlash samaradorligi va maʼlumotlarning ochiqligini oshirish.

2. Reyting koʻrsatkichlari asosida hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash tartibi toʻgʻrisidagi nizom 1-ilovaga muvofiq tasdiqlansin.

3. Belgilansinki:

Reyting baholash ushbu qarorning 6-bandida nazarda tutilgan axborot tizimi ishlab chiqilgandan soʻng 2019-yil uchun sinov rejimida amalga oshiriladi;

reyting baholash natijalari asosida reyting koʻrsatkichlarini aniqlash Qoraqalpogʻiston Respublikasi, viloyatlar, Toshkent shahri, tumanlar va shaharlar kesimida amalga oshiriladi;

Oʻtgan yil uchun reyting baholash natijalari har yili 1-fevral (tezkor baholash) va 15-iyunga (yakuniy natijalar) qadar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi, Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlariga kiritiladi;

Reyting baholash natijalari har yili Vazirlar Mahkamasi va davlat hokimiyati vakillik organlari yigʻilishlarida tanqidiy muhokamaga qilinishi shart.

4.Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga reyting baholash natijalarini umumlashtirish, shuningdek, reyting baholashni amalga oshirishda ishtirok etuvchi tegishli organlar, tashkilotlar va muassasalar faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish hamda muvofiqlashtirish vazifasi yuklansin.

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga, zarurat boʻlganda, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasi bilan kelishgan holda reyting koʻrsatkichlari tizimi hamda ularni hisoblash usullariga oʻzgartirish va qoʻshimchalar kiritish vakolati berilsin.

5. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi, Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi huzuridagi Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti (keyingi oʻrinlarda – Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti), “Ijtimoiy fikr” respublika jamoatchilik fikrini oʻrganish markazi (keyingi oʻrinlarda – “Ijtimoiy fikr“ markazi), Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi (keyingi oʻrinlarda – Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi), Davlat statistika qoʻmitasi, Savdo-sanoat palatasi:

-ikki oy muddatda ilgʻor xorijiy tajribalarni hisobga olgan holda hududlarni reyting baholash uchun aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazish metodologiyasini ishlab chiqsin hamda Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi va Vazirlar Mahkamasiga kelishish uchun kiritsin;

-tasdiqlangan metodologiya asosida har yili tuman hamda shaharlarda aholi va tadbirkorlar oʻrtasida soʻrovnoma oʻtkazsin.

6. Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligi Axborot texnologiyalari va kommunikatsiyalarini rivojlantirish vazirligi bilan birga 2020-yil 1-iyunga qadar masʼul organlar, tashkilotlar va muassasalar tomonidan hududlar reytingini tuzish uchun maʼlumotlarni onlayn rejimda kiritish imkonini beruvchi axborot tizimi (keyingi oʻrinlarda – axborot tizimi) ishlab chiqilishini, shuningdek, 2019-yil yakunlari boʻyicha oʻtkazilgan sinov rejimidagi reyting baholash natijalari asosida uning takomillashtirilishini taʼminlasin.

7. Belgilab qoʻyilsinki:

OʻzbekistonRespublikasiIqtisodiytaraqqiyotvakambagʻallikni qisqartirishvazirligi – axborottiziminingbuyurtmachisi;

Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti mablagʻlari va qonun, hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa manbalar – axborot tizimini yaratish hamda uni kelgusida qoʻllab-quvvatlash, shuningdek,soʻrovnomalarni tashkil etish va oʻtkazishning moliyalashtirish manbalari hisoblanadi.

8. Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi:

Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vazirligiga uning asoslantirilgan hisob-kitoblariga muvofiq axborot tizimini ishlab chiqish va joriy etish, shuningdek, Soʻrovnomalarni tashkil etish bilan bogʻliq xarajatlarga Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi zaxira jamgʻarmasi hisobidan zarur mablagʻlarni;

2020-yildan boshlab har yili axborot tizimini texnik va dasturiy jihatdan qoʻllab-quvvatlash, shuningdek, soʻrovnomalarni oʻtkazish uchun Oʻzbekiston Respublikasi Iqtisodiyot va sanoat vazirligi buyurtmanomalariga asosan zarur mablagʻlarni Oʻzbekiston Respublikasi Davlat byudjeti xarajatlari parametrlarida nazarda tutgan holda ajratsin.

9. Belgilab qoʻyilsinki:

-davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar rahbarlari hisobot yilidan keyingi 15-yanvar (tezkor) va 1-iyundan (yakuniy) kechiktirmay hisobot yili yakuni boʻyicha tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga haqqoniy va oʻz vaqtida kiritishni taʼminlaydi;

reyting jarayoniga jalb etilgan davlat organlari, tashkilot va muassasalar rahbarlari soʻrovnomalarni shaffof va xolisona oʻtkazish hamda tegishli maʼlumotlarni axborot tizimiga kiritish uchun shaxsan javobgardir;

-davlat boshqaruvi organlari va boshqa tashkilotlar tomonidan axborot tizimiga ishonchsiz yoki notoʻgʻri maʼlumotlarni kiritish, shuningdek, ularni oʻz vaqtida kiritmaslik holatlari aniqlangan taqdirda, tegishli rahbarlarga nisbatan intizomiy jazo choralari qoʻllaniladi.

10. Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti va Vazirlar Mahkamasining ayrim qarorlari 2-ilovaga muvofiq oʻz kuchini yoʻqotgan deb hisoblansin.

11. Mazkur qaror ijrosini tashkil etishning quyidagi tartibi belgilansin:

a) Oʻzbekiston Respublikasi Bosh vazirining oʻrinbosari – iqtisodiy taraqqiyot va kambagʻallikni qisqartirish vaziri J.A. Qoʻchqorov:

mazkur qaror ijrosini sifatli taʼminlasin, belgilangan chora-tadbirlarni amalga oshirishga masʼul vazirlik va idoralarning samarali faoliyatini tashkil etsin hamdamuvofiqlashtirsin, aniqlangan kamchiliklarni oʻz vaqtida bartaraf etsin;

axborot tizimiga kiritilgan statistik koʻrsatkichlar va soʻrovnoma natijalarini oʻz vaqtida umumlashtirsin hamda hududlar reytingini aniqlasin;

ushbu qarorning maqsad va vazifalariga erishish, shuningdek, baholash mezonlari va tahlil usullarini aniqlash maqsadida Prognozlashtirish va makroiqtisodiy tadqiqotlar instituti, “Ijtimoiy fikr” markazi, Iqtisodiy tadqiqotlar va islohotlar markazi, Davlat statistika qoʻmitasi va Savdo-sanoat palatasi bilan birgalikda davlat organlari hamda boshqa tashkilotlarning masʼul xodimlari uchun davriy seminarlar tashkil etsin;

reyting koʻrsatkichlarining monitoringini va ommaviy axborot vositalari, shu jumladan rasmiy veb-saytda hududlarning ijtimoiy-iqtisodiy rivojlanish darajasini baholash natijalari toʻgʻrisidagi maʼlumotlar muntazam ravishda keng yoritilishin taʼminlasin;

b) Oʻzbekiston Respublikasi Hisob palatasi raisining oʻrinbosari B.T. Turabov – hududlarning reyting koʻrsatkichlari shakllantirilishini monitoring qilsin;

v) masʼul vazirlik, idora va tashkilotlar rahbarlari – axborot tizimiga maʼlumotlarning oʻz vaqtida, sifatli va toʻlaqonli kiritilishi hamda soʻrovnomalar oʻtkazilishi uchun barcha zarur choralarni koʻrsin;

g) Oʻzbekiston Milliy axborot agentligi bosh direktori A.K. Koʻchimov va Oʻzbekiston Milliy teleradiokompaniyasi raisi A.D. Xadjayev – mazkur qarorning mazmun-mohiyati, uning amaliy ahamiyatini yoritib berish boʻyicha maqolalar chop etilishini hamda matbuot anjumanlari, tematik telekoʻrsatuvlar oʻtkazilishini tashkil etsin.



12. Mazkur qarorning ijrosini nazorat qilish Oʻzbekiston Respublikasining Bosh vaziri A.N. Aripov zimmasiga yuklansin.




Download 60,71 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   24




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish