О`zbekiston respublikasi oliy va o’rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 1,27 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/161
Sana21.01.2022
Hajmi1,27 Mb.
#394007
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161
Bog'liq
tarixiy olkashunoslik

manbalardan 
biri  Muhammad Hakimxon 
to`raning  «Mun
taxab 
VI•  takorix»  nomli  asaridir.  Asarda  XVIII  asrn
ing 
70  millaridan  to 
Qo`qon xoni Umarxonning vafoti 
(1822), undan
 so`ng taxtga o`tirgan Madalixongacha bo`lgan 
davrdagi Qo`qon
 xonligi tarixiga doir siyosiy voqealar 
tasvirlagan. 
Hakimxon  to`ra  xon  bilan  birga  yurib,  XIX  asrning  birinchi  choragidagi  voqealarga 
aralashadi. U saroydagi fisq-fujur, viloyaxlardagi siyosiy tortishuvlar, xonlikning tashqi va ichki 
siyosatini, Buxoro amirligidagi siyosiy hodisalarni o`z ko`zi bilan ko`rib, ularni o`z asarida aks 
ettirgan.  Ashtarxoniylardan  so`ng  taxtga  o`tirgan  o`zbeklarning  ming  sulolasi  haqida, 
Umarxonning hukmronlik qilgan (1810—1822) vaqtdagi siyosiy voqealar aniq va izchillik bilan 
ifodalangan. Asarning qimmati shundaki, Rossiyaning O`rta Osiyoga nisbatan tutgan siyosati va 
o`sha vaqtdan O`rta Osiyoliklarning Rossiyaga bergan bahosini aniqlashda u muhim o`rin tutadi, 
chunki  muallif  Rossiyada  bo`lib,  u  erdagi  hayot  bilan  bevosita  tanishgan,  Rossiya  bilan 
bog`lanish  masalasida  ilg`or  fikrlarni  bayon  qilgan.  Muallif  o`z  asarida  1821  —  1825  yillarda 
Buxoroda  bo`lib  o`tgan  xitoy-qipchoqlar  qo`zg`olonida  qatnashganlarni  «xoin  kishilar»  deb 
qoralaydi. Bu esa muallif tutgan yo`lni yaqqol ko`rsatib turibdi.
 
Qo`qon xonligi tarixiga oid manbalardan biri mulla Avaz Muhammadning fors-tojik tilida 
yozilgan «Tarix jahonnumai» asari bo`lib, o`z ko`zi bilan ko`rganlarining bayoni xamda tarixiy 
manbalar  asosida  yozilgan  ikki  kitob  va  geografik  qo`shimchadan  iborat.  Asarning  birinchi 
qismida  insonning  paydo  bo`lishidan  boshlab,  to  XVI  asrgacha  bo`lgan  hukmdorlar  tarixi 
berilgan.
 
Asarning  ikkinchi  qismida  Qo`qon  xoni  Olimxon  (1798-1810)  va  Umarxon  (1810-1822) 
hukmronligi davri siyosati to`liq berilgan. 
 
Asarda  Buxoro  amirining  xitoy-qipchoqlar  va  qoraqalpoq  xalqlariga  nisbatan  tutgan 
siyosati, Qo`qon xonligi bilan Buxoro amirligi o`rtasidagi munosabatlar, rus askarlari tomonidan 
Samarqand  va  Kattaqo`rg`on  erlarining  bosib  olinishi,  yo`l  va  imoratlar  qurilishi,  ayrim 
voqealarning  sanalari  va  h.  k.  lar  berilgan.  SHu  bilan  birga,  asarda  1842  yili  Qo`qonda 
ko`tarilgan  xo`ja  qalandar'  boshchiligidagi  qo`zg`olon,  1847  yilda  Toshkent  hokimiga  qarshi 
ko`tarilgan harakat  kabi  muhim  voqealar xaqida ham  so`z boradi.  Asarda keltirilgan bu dalillar 
tarixni  o`rganish  uchun  muhimdir.  Biroq  bu  xildagi  asarlar  o`sha  davr  hukmron  feodal  sinf 
mafkurasi ruhida yozilgan bo`lib, unga tanqidiy ko`z bilan qarash talab qilinadi.
 
Qo`qon   xonligi    tarixchiligida   Mulla   Niyoz   Muhammadning  «Tarixi  SHohruhiy» 
degan  asari  ham  diqqatga  sazovordir.  Muallifning  bu  asari  Qo`qon  xonligining  XVIII  va  XIX 
asrning  70-yillarigacha  bo`lgan  tarixiga  oid  muhim  ma`lumot  beradi.  Bu  ma`lumotlar  shu  davr 
tadqiqotchilari uchun juda qimmatlidir.
 
Toshkentdagi  qoryog`di  mahallalik  Muhammad  Solih  Qoraxo`ja  o`g`lining  1880—1885 
yillar  orasida  yozgan  «Tarixi  jadida-i  Toshkand»  («Toshkentning  yangi  tarixi»)  nomli  1200 
betdan iborat asari ham juda muhim ahamiyatga ega bo`lib, u O`rta Osiyoda o`tgan uch xonlikda 
yozilgan tarixiy asarlardan birmuncha farq qiladi. Asar fors-tojik tilida  yozilgan. U hukmdorlar 
o`rtasidagi  urushlar tarixidan iborat  bo`lib, ikkinchi  qismi  Qo`qon xonligi  va Toshkent  tarixiga 
bag`ishlangan.  Bunda  muallifning  yangicha  tarix  yozish  niyatida  ish  boshlagani  va  A.  Kundan 


 

maslahatlar  olganligi  seziladi.  SHuningdek,  asarda  Qo`qonning  siyosiy  hayotida  ustunlik  rolini 
o`ynagan guruhlar va shaxslar, Toshkentda bo`lib o`tgan siyosiy harakatlar, xalq qo`zg`olonlari, 
shu  qo`zg`olonlarning  yo`nalishi  va  sabablari  haqida  (bu  masala  boshqa  hech  bir  asarda 
bunchalik yoritilmagan) mufassal ma`lumotlar berilgan. Bu asar yangi davr tarixchiligida yangi 
intilish  edi.  Asar  O`zbekiston  Fanlar  akademiyasining  SHarqshunoslik  institutida  nodir  asarlar 
qatorida saqlanmoqda.
 
XIX  asrning  birinchi  yarmida  Xiva  xonligida  yozilgan  tarixiy  manbalardan  eng  muhimi 
Munis va Ogahiylarning asarlari hisoblanadi.
 
Munis  (1778—1829)  ning  otasi  Avazbiy  mirob  Xiva  xoni  eltuzarga  qadar  ham,  uning 
hukmronligi  vaqti  (1804—1806)  da  ham  saroy  xizmatida  bo`ladi.  eltu

Download 1,27 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   161




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish