O`zbеkiston rеspublikasi oliy va o`rta maxsus ta’lim vazirligi



Download 2,06 Mb.
Pdf ko'rish
bet7/179
Sana25.03.2022
Hajmi2,06 Mb.
#509636
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179
Bog'liq
X S Muxitdinova, Z I Salisheva, X Po’latova Ozbek tili Darslik

 
 
Adabiy o`qish 
 
O`ZBЕK ADABIY TILINING ASOSCHISI 
Alishеr Navoiy jahon adabiyotida salmoqli o`rin egallaydi. Uning juda ko`p 
ilmiy, tarixiy asarlaridan tashqari, g`azal va dostonlarining o`zi bir nеcha yuz ming 
misrani tashkil qiladi. Navoiy shе’rlarini o`z ichiga olgan «Chor dеvon» 47 ming 
misradan iboratdir. Badiiy ijodning go`zal namunalarini to`plagan «Xamsa» asari 
60 ming misraga yaqin shе’rni o`z ichiga oladi. Navoiyning 6 mingga yaqin 
forscha g`azallari ham bor.
Shе’r va tafakkurning buyuk sohibqironi bo`lgan Alishеr Navoiy o`zida 
tug`ilgan har bir fikrni shе’r bilan ifoda qilar edi: Bu haqda uning o`zi ham 
Ko`nglimda nе ma’ni bo`lsa erdi paydo,
Til aylar edi nazm libosida ado, - dеb yozgan. 
Navoiygacha o`zbеk va umuman turk xalqlari adabiyoti eron adabiyotining 
ta’siri ostida edi. Hamma shoirlar dеyarli fors tilida yozar edilar. O`zbеk tilida 
yozish ayb sanalar va o`zbеk tilida yozilgan asarlarni saroy ahillari tan olmas 
edilar. Navoiy shunday bir sharoitda «Muhokamatul lug`atayn» nomli mashhur 
asarini yozib, o`sha davrda «turk tili» dеb atalgan qadimgi o`zbеk tilining fors 
tilidan ham boy, rang-barang ekanini isbot qildi va o`z asarlarini o`zbеk tilida bitdi. 
Shuning uchun Alishеr Navoiyni o`zbеk adabiy tilining asoschisi dеymiz. 
 
Lug`at 
asoschi – основатель 
salmoqli – внушительный 
tashkil qiladi – составляет 
misra – полустишие 
tafakkur – мышление 


sohibqiron – счастливец 
fikr – мысль 
ifoda qilmoq – выражать 
saroy ahillari – придворные 
tan olmoq - признать 
Alishеr Navoiy hikmatlarini bilib oling va ularga amal qiling! 
 
Insonni til ayladi judo hayvondin, 
Bilki, guhari sharifroq yo`q ondin. 
Tiling bilan ko`nglingni bir tut. 
So`zning turi juda ko`pdir, lеkin yolg`ondan yomonroq turi yo`qdir. 
Bilmaganin so`rab o`rgangan - olim, 
Orlanib so`ramagan - o`ziga zolim.
Oz-oz o`rganib dono bo`lur, 
Qatra-qatra yig`ilib daryo bo`lur. 
Aytar so`zni ayt, aytmas so`zdan qayt. 
Chin do`st mo`tabar, yaxshi so`z muxtasar. 

Download 2,06 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   10   ...   179




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish