O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


I.2.O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ahamiyati



Download 68,54 Kb.
bet6/14
Sana01.06.2022
Hajmi68,54 Kb.
#624321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5467531172110144647

I.2.O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ahamiyati.


Nutq — o'quvchilar tafakkurini o'stirishdagi muhim vosita.Nutq fikrni bayon etish vositasi bo'libgina qolmay, uni shakllantirish quroli hamdir. Fikr nutqning psixologik asosi vazifasini bajaradi, uni o'stirish sharti esa fikrni boyitish hisoblanadi. Aqliy faoliyat tizimini egallash asosidagina nutqni muvaffaqiyatli o'stirish mumkin. Shuning uchun o'quvchilar nutqini o'stirishda materialni tayyorlash, takomillashtirish, mavzuga tegishlisini tanlash, joylashtirish va mantiqiy fikrlashga yo'naltiradigan ish turlariga katta ahamiyat beriladi.Tafakkur til materiali yordamida nutqiy shakllantirilsa va buyon etilsagina, muvaffaqiyatli o'sadi. Tushuncha so'zlar yoki so'z birikmalari bilan ifodalanadi, shunday ekan, u til vositasi b o‘lgan so ‘zda muhim aloqa materialiga aylanadi. Kishi tushuncha ifodalaydigan so ‘z (so‘z birikmasi)ni bilsagina, shu tushunchaga asoslangan holda tashqi nutqda fikrlash imkoniga ega bo'ladi.Nutqda fikr shakllanrtritadi, shu bilan birga, fikr nutqni yaratadi.„Nutq tafakkur bilan chambarchas bog'langandir. N utq bo'lm asa, tafakkur ham bo'lmaydi.- til materiali bo'lm asa, fikrni ifodalab beribbo'lm aydi". Fikrni nutqiy shakllantirish uning aniq, tushunarli, sof, izchil,mantiqiy bo'lishini ta’minlaydi. Tilni egallash shu tilning fonetikasrni,lug'at tarkibini, grammatik qurilishini bilib olish, fikrni takomillashtirish uchun, tafakkurni o'stirish uchun shart-sharoit hozirlaydi. Bilimlar,dalillar, har xil axborotlar tafakkurning ham, nutqning ham materialidir. Nutq tafakkur jarayonini o'rganishning muhim vositasi bo'lib xizmat qiladi. Nutqdan o'quvchi fikriy rivojining asosiy o'lchovlaridan biri sifatida foydalaniladi. O'quvchining barcha o'quv predmetlaridan materialni o'zlashtirishi va umumiy aqliy rivojlanishi haqida fikr yuritganda, u yoki bu mavzuni o'quvchi o'z nutqida (yozgan inshosida,axborotida, qayta hikoyalashda, savollarga bergan javobida) qandaybayon eta olishiga qaraladi.Shunday qilib, nutqni tafakkurdan ajratib bo'lm aydi, nutq tafakkur asosida rivojlanadi; fikr nutq yordamida pishib etiladi, yuzaga chiqadi.Ikkinchi tomondan, nutqning o'sishi fikrni shakllantirishga yordamberadi, takomillashtiradi.O 'quvchilar nutqini o'stirishning boshqa o'quv predmetlari bilan bog'liqligi o'quvchilar nutqini o'stirish boshqa o'quv predmetlaridan o'tkaziladigan mashg'ulotlar bilan ham uzviy ravishda bog'lanadi. Ona tili darslarida o'quvchilar til yordamida tabiat va kishilar hayoti haqida bilim oladilar; ular kuzatishni, o'ylashni va ko'rganlari, eshitganlari,o'qiganlari haqida to'g'ri bayon qilishni o'rganadilar. Ona tili darslari bolalar lug'atini boyitishga samarali yordam beradi, nutqni to'g'ri tuzishni o'rgatadi. O'qish darsi va u bilan bog'liq holda olib boriladigan kuzatish, ekskursiya o'quvchilarga tabiat hodisalari, kishilar hayoti va m ehnati haqida, axloq qoidalari, boshqa kishilar bilan muom ala qilish haqida bilim beradi. Bu darslarda bolalar nutqiga, uni shakllantirish va o'stirishga keng imkoniyat mavjud. Badiiy asarlarni o'qish, o'qilganlarni qayta hikoyalash, ekskursiyada, predmet va tabiat hodisalarini kuzatish vaqtida

ko'rganlarini hikoya qilish o'quvchilar og'zaki nutqini o'stirish vositasidir.Ona tili darslarida esa yozma nutqni o'stirish uchun keng imkoniyatlar mavjud.


Grammatikani o'rganish va o'qish darslarida o'quvchilar bajaradigan so'z birikmasi, gap tuzish, bayon, inshoga doir turli xil mashqlar nutqiy malakalarni egallashda yordam beradi.Grammatika va to'g'ri yozuv darslarida tilni maxsus o'rganish bilan bolalar alohida tovush, bo'g'in, so'z va gaplarni eshitishga va talaffuz qilishga o'rganadilar. Ular narsa, harakat, belgi bildirgan ko'pgina so'zlarni, shuningdek, tovush, harf, bo'g'in, so'z, o'zak, qo'shimcha,so'z turkumi, ot, sifat, fe’l, son, olm osh, bog'lovchi, gap, gap bo'lagi,darak gap, so'roq gap, undov gap singari juda ko'p yangi atamalarni bilib oladilar. Boshlang'ich sinflardagi boshqa darslarda ham o'quvchilar nutqi xilma-xil so'zlar bilan boyitiladi. Kuzatish va turli ko'rgazmali qurolIar bu darslarda ham bilim olish, tushunchalarni shakllantirish vositasi hisoblanadi. Matematika darslarida bolalar yangi tasawur va tushunchalar, juda ko'p so'z va atamalar bilan o'z nutqlarini boyitadilar, sodda va qo'shma gap tuzishga o'rganadilar: 5 soni 3 sonidan katta (5 > 3) yoki uch soni besh sonidan kichik (3 < 5); bitta o'nlikka ikkita o'nlik va 5 ta birlikni qo'shsak, uchta o'nlik va 5 ta birlik hosil bo'ladi (10 + 25 = 35) va hokazo.Masala yechish jarayonida esa ular shu vaqtgacha o'z nutqlarida ishlatib kelgan bo'ladi, qoladi, hosil bo'ladi, teng kabi so'zlam ing yangi ma’nosini bilib oladilar; ...bizga ma ’lum, masalada so'ralyapti kabi so'z birikmalarini ishlatishga o'rganadilar.
Matematika darslari o'quvchilarning bog'lanishli nutqini o'stirishda muhim ahamiyatga ega. Ular masalani yechishda savolga to'liq javob berishga, atamalarni to'g'ri ishlatib, qoidalarni o'z saviyalariga mos ravishda aniq shakllantirishga o'rgatiladi. Bular, o'z navbatida,o'quvchilar nutqini boyitish va faollashtirish vositasi hisoblanadi.
Nutq deganda so’zlash jarayoni va uning natijasi tushuniladi. Aslida - chi, nutq – bu insonnning eng oliy, murakkab, ruhiy vazifalardan biri bo’lib hisoblanadi. Odamning ijtimoiy mehnat jarayonida kishilar o’rtasida o’zaro fikr almashinuv vositasi sifatida vujudga kelgan spetsifik funksiyasi. Inson tashqi olamdagi predmetlar va hodisalarni sezgi organlari yordamida va nut vositasida idrok etadi. So’z signalizatsiyasi, ya’ni nutq tufayli odam borliqni umuman, fikran idrok etishi mumkin. Nutq organlari, odam organizmining nutq tovushlari hosil bo’lishida qatnashadigan turli qismlari. Aktiv nutq organlariga til, lab, yumshoq tanglay, passiv nutq organlariga esa tishlar, qattiq tanglay, burun bo’shlig’i kiradi.Til qonunlarning ta’limga tatbiqi munosabati bilan bolalarni o’qishga o’rgatishdagi usullarni to’g’ri qo’llashi (ko’rgazmalilik, tarqatib berilgan topshiriqli qog’ozlar bilan ishlash yo’llarini bilish) usullari takomillashtiriladi.O’quvchilarning bilish faoliyatlarining o’ziga xos taraqqiy etishini hisobga olish, ayniqsa, ularning ruhiy, fiziologik xususiyatlari bilan bog’liq bo’lgan ishlarga yetarli ahamiyat qilish lozim. Ularga nisbatan e’tiborni kuchaytirish, mehrli va hamisha shirinsuxan bo’lish zarur.

Bola shaxsi pedagogik va psixologik nuqtayi nazardan juda nozik his-tuyg’ularga boy bo’lib, o’qituvchi ana shu tuyg’ularni ilg’ashi. Bola ruhiyatini ko’rsatishi, ta’lim jarayonida insonparvarlik tarbiyasiga alohida e’tibor berishi zarur.O’qituvchining turli fanlarni o’qitishdan maqsadi o’quvchilarning nutq madaniyatini, nutq ko’nikmalrini shakllantirish, ijodiy qobiliyatlarini taraqqiy ettirish kabi masalalarni o’z ichiga oladi. O’qituvchi nutqi o’quvchilar uchun namunadir. O’quvchilarning nutqi ravon, tushunarli bo’lishi uchun eng avvalo uning nutqidagi nuqsonlarni bartaraf etishga e’tibor berih zarur.Nutq ichki va tashqi ko’rinishiga ega. Ichki nutq odamning o’z ichiga gapiradigan passiv nutqi bo’lib, u ikinchi kishining ishtirokini talab qilmaydi. Shuning uchun bu nutq o’z – o’ziga qaratilgan sanaladi, uni nazorat qilib bo’lmaydi. Ichki nutq og’zaki va yozma nutqning asosi sifatida xizmat qiladi. Tashqi nutq boshqlarga qaratilgan va nazorat qilish mumkin bo’lgan faol nutq bo’lib, u og’zaki va yozma ko’rinishiga ega.


Nutq o’stirish ishlarini iqtisodiy tarbiya bilan bog’lab olib borish foydalidir. Bunda oila, uyro’zg’or, inoqlik, hamjihatlik, hamkorlik, tejamkorlik, foyda, zarar, dastyorlik, hurmat kabi so’zlardan foydalaniladi.
O’quvchilar nutqini o’stirish ishlari ularning lug’atini boyitish bilan bog’liqdir. Bolalarning so’z boyligi qanchalik ko’p bo’lsa, u shunchalik ravon gapiradigan bo’ladi.
Davlat ta’lim standarti talablarida o’quvchilarning o’zgalar fikrini, matn mazmunini to’liq anglash, o’z fikrini yozma va og’zaki shaklda aniq va ravon bayon etish malakasini oshirish maqsadi ko’zda tutilgan ekan, bunda ona tili fani nafaqat o’quv, balki butun ta’lim tizimida muhim jarayon hisoblanib, bu jarayonga asosiy diqqat – e’tiborini qaratmoq zarurligi alohida uqtirib o’tialadi. Barchamizga ma’lumki, nutq fikrni ifodalovchi vositasi bo’lib, u orqali inson o’z fikrini, qarashlarini bayon etadi. Qolaversa, biz insonning ichki dunyosiga, bilim darajasiga ham uning nutqidan kelib chiqib baho beramiz. Shunday ekan, bilimni o’zlashtirish, tabiat va borliq haqida ma’lumot to’plashda samarali hisoblangan nutq o’stirishga maktab yoshidayoq alohida ahamiyat bermoq lozimdir.
etarli bo’lsa, albatta, bunday nutq bolalar nutqiga ham ta’sir etadi.
Muloqot madaniyatining jamiyat taraqqiyotidagi o’rni, kishilar o’rtasidagi tinchlik va osoyishtalikning eng muhim tamal toshi ekanligi avvaldan ma’lum. Zero, barcha ma’naviy axloqiy fazilatlarning poydevori, tushunchalari, ko’nikmalri bolalikdan tarkib toptirilsagina, bu poydevor barqaror bo’ladi. Ma’naviy axloqiy fazilatlar tarkibida nutq, muloqot, munosabat madaniyati alohida o’rin tutadi. O’quvchilarda nutqiy munosabatga kirishish malakasini hosil qilishda pedagogikaning roli kattadir. Bu o’qituvchining erkin va aniq – ravshan nutqi, o’quvhilar nutqi va tafakkurini rivojlantirishning birinchi darajali muhim shartlaridan hisoblanadi.



Download 68,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish