O’zbekiston respublikasi oliy va о‘rta maxsus ta’lim vazirligi


Kurs ishining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari



Download 68,54 Kb.
bet4/14
Sana01.06.2022
Hajmi68,54 Kb.
#624321
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14
Bog'liq
2 5467531172110144647

Kurs ishining oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish va bolalarning ravon nutqni rivojlantirishning qulay va samarali metodlardan foydalanish yuzasidan ilmiy-metodik tavsiyalar ishlab chiqish.
Kurs ishini yozishda asoslangan materiallar. Ushbu kurs ishini tayyorlashda, eng avvalo, davlatimizdagi ta'lim tizimiga oid qoun va farmonlar,Prezidentimiz Shavkat Mirziyoyevning asarlaridan ,hamda Ochilov .M,, Yusupov M., Mahmudova M,Rahmonbekova S,Qosimova, K Matchonov , G‘ulomov M, Solihov O. kabi ko‘plab olimlar asarlari,ilmiy maqolalar matnidan asos manba sizfatida foydalandik.
Kurs ishining ilmiy yangiligi. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga oid asosiy me'zonlarni ochib berish, o‘qish darslaria o‘quvchilar nutqini o‘stirishning ahamiyatli tomonlari ,hamda o‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirishga qaratilgan turli pedagogik metodlarni ishlab chiqish kurs ishining ilmiy yangiligi hisoblanadi.
Kurs ishining amaliy ahamiyati. O‘qish darslarida o‘quvchilar nutqini o‘stirish maqsadida turli xil metodlardan foydalangan holda amaliy darslarni tashkil etish va o‘quvchilarning nutqini o‘stirish borasidagi amaliy ko‘nikmalarini , amals ravon nutq so‘zlash va tushunrali,ravon nutq egalari bo‘lishlarini taminlash.
Kurs ishining mundarijasi. Kirish qismida, umuman, mavzuning dolzarbligi, uning oldiga qo‘ygan maqsad va vazifalari, ishning ilmiy yangiligi, tahlil uslubi, ishning amaliy ahamiyati haqida fikr yuritilgan.
IBOB. O‘QUVCHILAR NUTQINI O‘STIRISHNING ASOSIY PRINSIPLARI


I.1. Nutq tushunchasi va nutq turlari.

Nutq ikki ko’rinishga ega –og’zaki, va yozma nutq. Bular o’zaro uzviy bog’langan bo’lsa ham, har birining o’ziga xos xususiyati bor. Og’zaki nutqda tovuchlar, so’zlar nutq orqali talaffuz qilinsa, eshitish a’zolari orqali qabul qilinadi. Shuning uchun o’quvchilarning og’zaki nutqini o’stirishida, avvalo ularning nutqidagi kamchiliklar sabablarini aniqlash, uni bartaraf etish yo’llarini izlab topishimiz kerak. Chiroyli so’zlashni, savodli, to’g’ri yozishni, o’z fikrini ravon va aniq bayon etishni bilmagan yoki etolmagan o’quvchi bilimlarni muvaffaqiyat bilan o’zlashtira olmaydi. Har bir insonning nutqi chiroyli, mukammal, talaffuzi aniq, ravon bo’lsa, fikrlash doirasi keng, idrok qilishi ham teran bo’ladi. Nutq orqali odamzot o’zining ichki hissiyotlarini ham bayon qiladi, nutq esa barcha insonlarda ham bir xilda-to’la rivojlangan yoki shakillangan bo’lavermaydi.Ba’zi bolalar tovushlarni noto’g’ri talaffuz qilibgina qolmay, ularni bir-biridan farqlay ham olmaydilar. Nutqdagi bunday kamchiliklar darslarni o’zlashtirishda bolalar uchun sezilarli qiyinchiliklarni tug’diradi. Bunday hollarda logoped mashg’ulotlar yordamiga muxtoj bo’ladilar.Ma’lumki, boshlang’ich sinf oquvchilarining nutqlaridagi nuqsonlarni bartaraf etish o’quvchilar va logopedlar zimmasiga yuklanadi. Talaffuzdagi kamchiliklarni aniqlashda bolaning nutqini tekshirib ko’rish, nutq buzulish sabablarini o’rganish lozim. Buning uchun har bir bola nutqini tekshirish varaqasi to’ldirilib, qaysi tovushlar to’g’ri yoki noto’g’ri talaffuz qilayotgani belgilab boriladi. Nutq ostirish-ongli o’qishni, so’zlash va yozishga o’rgatishni, til haqida o’quvchilarning yoshi va tushunchasiga mos bo’lgan bilim berishni, ularning lug’at boyligini oshirishni, boshqalarning nutqiga e’tibor va qiziqishni o’stirish, kitob o’qishga muhabbat uyg’otishni ko’zda tutadi. Og’zaki nutqqa o’rgatishning ilk davrida daktiologiya (qo’l alifbosi) dan foydalaniladi. Bu narsa bolalarning tovushlarni talaffuz qilib, o’zlashtirib borganlari sari faqat yordamchi vosita bo’lib xizmat qiladi.Boshlang‘ch sinf, ona tili darslarida olib boriladigan barcha mashg’ulotlarning yetakchi o’rni nutq o’stirish bo’lib, u savod o’rgatish, chiroyli yozish ko’nikmalarini shakillantirish va fikrlash doirasini kengaytirish vazifalarini o’z ichiga oladi. Bu darslarda ko’proq amaliy maqsadlarni ko’zlash, til boyliklaridan nutqda foydalanish malakalarini shakillantirish, ijodiy fikrlash, o’quvchilarning til sezgirligini tarbiyalash lozim. Ularning og’zaki nutqini muntazam o’stirib boorish bog’anishli nutq, matn tuzishlarda amaliy yordam beradi.Ma’lumki, bu vazifalarni amalga oshirish yo’llari xilma-xildir.


Nutq o'stirishda uch yo'nalish aniq ajratiladi:
1) so'z ustida ishlash;
2) so'z birikmasi va gap ustida ishlash;
3) bog'lanishli nutq ustida ishlash.

So'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash uchun lingvistik baza bo'lib leksikologiya (frazeologiya va stilistika bilan birgalikda), morfologiya, sintaksis xizmat qiladi; bog'lanishli nutq esa mantiqqa, adabiyotshunoslik va murakkab sintaktik butunlik lingvistikasiga asoslanadi.Ko'rsatilgan uch yo'nalish parallel olib boriladi: lug'at ishi gap uchun material beradi; so'z, so'z birikmasi va gap ustida ishlash bog'lanishli nutqqa tayyorlaydi. O'z navbatida, bog'lanishli hikoya va insho lug'atni boyitish vositasi bo'lib xizmat qiladi.



Download 68,54 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   14




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish