O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligi z. M. Bobur nomidagi andijon davlat universiteti



Download 4,74 Mb.
Pdf ko'rish
bet273/599
Sana02.08.2021
Hajmi4,74 Mb.
#136721
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   599
Bog'liq
ozbek mumtoz adabiyoti tarixi (2)

 
O’qituvchi 
 
 
 


 
143 
 
Eng qadimgi og‘zaki adabiy yodgorliklar. Yozma yodgorliklar 
 
 
REJA: 
1.  Mumtoz adabiyotning shakllanishiga qadar kechgan davrda yaratilgan manbalar. 
2.  “Avesto” adabiy manba sifatida. 
3.  O‘rxun-Enasoy obidalari. 
 
1.  Mumtoz adabiyotning shakllanishiga qadar kechgan davrda yaratilgan manbalar. 
O‘zbekiston hududida yaratilgan qadimgi yodgorliklarning bizga ma’lum qismi miloddan 
avvalgi  10  asrdan  to  Islomgacha  bo‘lgan  adabiyotni  tashkil  qiladi.  Bular  qadimgi  Baqtriya, 
Kushon,  Tohariston,  Sug‘d  va  boshqa  hududlarda  yaratilgan  yodgorliklardir.  Ular  «Avesto» 
yodgorligini,  O‘rxun-Enasoy  toshbitigini,  qadimgi  sug‘d  taqvimi,  moniylik  adabiyoti  va 
O‘g‘uznoma, Kitobi Dada Qo‘rqut kabi yozma dostonlarni tashkil qiladi. 
Ilk turk nasri buloqlarini axtarganda Mahmud Koshg‘ariy nazarda tutgan afsona, rivoyat, 
hikoyat  va  asotirlarni  o‘rganish  mavzuga  yetarli  manba  bo‘la  oladi.  Qadimgi  «To‘maris»  va 
«Shiroq»  afsonalarini  nasr  yo‘lida  tarqalib,  bizgacha  ayni  shunday  shaklda  saqlanganini  esga 
olsak,  uning  og‘zaki  adabiyotdagi  ildizlarini  tasavvur  etishga  imkon  topiladi.  «O‘zbek  nasri 
tarixidan» jamoa tadqiqoti mualliflari bunga Mug‘ tog‘i qasrida topilgan so‘g‘d taqvimi, Shariy 
Turkistondagi so‘g‘d tilida yozilgan ona va qiz o‘rtasidagi oilaviy maktubni ham kiritadilar
12

Nashr  etilgan  manbalar:  1.  Abu  Rayhon  Beruniy.  Al-osoru-l-boqiya  an-al  qarunu-l-
holiya.–T.:1969; 2. Abu Bahr Muhammad ibn Ja’far Narshaxiy. Buxoro tarixi. – T.: 1966; 
Ilmiy  adabiyot:  Gumilev  L.  Qadimgi  turklar.  –  T.:  2008;  Mahmudov  Q.  Qadimgi 
Turkiston. – T.: MUMTOZ SO’Z, 2010. 
 
2. «Avesto» adabiy manba sifatida 
 “Avesto”  (miloddan  oldingi  10-7  asrlar)  –  jahon  madaniyatining,  jumladan,  Markaziy 
Osiyo  va  Eron  xalqlari  tarixining  qadimgi  noyob  yodgorligidir.  Zardushtlik  e’tiqodiga  amal 
qiluvchilarning muqaddas kitobi sifatida Yagona Tangriga topinish shu ta’limotdan boshlangan. 
Bu  kitob  tarkibi,  ifoda  uslubi  va  timsollar  tizimi  bilan  adabiy  manbalarga  yaqin  turadi. 
«Avesto»da tilga olingan joy nomlari (Varaxsha, Vaxsh)dan kelib chiqib, Amudaryo sohillarida 
yaratilgani aniqlangan. Shu asosda uning vatani Xorazmdir, degan qarash mavjud. 
 «Avesto»  oromiy  va  pahlaviy  yozuvlari  asosida  yaratilgan  maxsus  alifboda  dastlab 
to‘qqiz  ho‘kiz  terisiga  yozilgan.  Ilk  nusxalari  asosida  sosoniylar  (mil.  ol.  7-3  asr)  davrida  21 
kitob holida yig‘ilgan, bizgacha ularning chorak qismi yetib kelgan. Tiklangan matnga «Zand» 
nomi bilan sharhlar bitilgan. 
«Avesto»  to‘rt  qismdan  iborat:  Yasna    (“Diniy  marosimlar”),  Yasht  (ma’no  jihatdan 
Yasnaga yaqin), Visparad (“Barcha ilohlar haqidagi kitob”), Vendidod (“Yovuz ruhlarga qarshi 
qonunlar majmuasi”). Yasna tarkibiga kirgan madhlar “Gatlar” (ayrim manbalarda «gohlar») 
deb  nomlanib,  ularni  Zardushtning  o‘zi  yozgan  deb  taxmin  qilinadi.  Gatlar  tarkibida  Jamshid 
(Yima),  Gershasp,  Afrosiyob  (Alp  Erto‘nga)  kabi  afsonaviy  qahramonlar  hayoti  lavhalari 
uchraydi.  
«Avesto»  insoniyat  sivilizasiya  tarixining  ilk  sahifalarini  tashkil  etgani  uchun  jahon 
olimlarining e’tiborini tortgan. U haqda F.Nitsshe, F.Shpigel, A. Mayllet, V.Bartold, Ye.Bertels, 
Yan Ripka, O.Makovelskiy, I.Braginskiy v.b. xorijiy olimlarning tadqiqotlari mavjud. 
 O‘zbekistonda  «Avesto»ni  o‘rganish  qadimdan  boshlangan.  Abu  Rayhon  Beruniy,  Abu 
Jafar  Tabariy,  Abu  Baxr  Narshaxiy  asarlarida  «Avesto»  ta’limotiga  va  unda  tilga  olingan 
timsollarga murojaat mavjud. Bu nodir ilmiy asarlarning qo‘lyozma va bosma nusxalari O‘R FA 
ShI  jamg‘armasida  saqlanadi.  Hozirgi  o‘zbek  olimlari  A.Qayumov,  H.Homidov,  M.Ishoqov, 
N.Rahmonov v.b.ning ilmiy tadqiqot va maqolalari e’tiborli. 
                                                 
12
 Ўзбек насри тарихидан. – Т.: Фан, 1982. –Б.18. 


 
144 
O‘zbekiston Respublikasi hukumatning qarori bilan 2001 yilda «Avesto»ning 2700 yilligi 
nishonlandi. «Avesto» vatani Xorazmda bog‘ barpo qilindi, asarning o‘zbek tilidagi tarjimalari 
chop etildi, u haqda yangi tadqiqotlar yuzaga chiqdi. 
Nashr  qilingan  manbalar:  1.Avesto.  O‘zbekchaga  tarjima  (Asqar  Mahkam  tarj.)  –T.: 
2001.  2.  “Avesto”dan  (tarj.  M.Ishoqov).  “O‘zbek  tili  va  adabiyoti»  jurn.  1999,  №  2–4.  3. 
“Avesto” (per.A.Maxkama). – T.: 2001. 
Ilmiy  adabiyot:  1.  3.  A.Qayumov  .  Qadimiyat  obidalari.  —  T.:  1971;  4.  H.Homidov. 
«Avesto»  fayzlari. – T.:  2001;  5. N.Rahmonov. “Avesto”ning paydo bo‘lishi.  — “O‘zbekiston 
ovozi” gaz., 2001, 26 may. 6. N.Rahmonov. “Avesto”: Zamin, vatan demakdir. — “O‘zbekiston 
ovozi” gaz., 2001, 25 sentabr. 
3.  «O‘rxun-Enasoy  obidalari»  (V-VIII  asrlar).  O‘rxun–Enasoy  obidalari  V-VII  asrlarda 
qadimgi turk tilidagi va yozuvidagi tarixiy yodgorlik sifatida qadrli. Mo‘g‘ulistondagi O‘rxun va 
Janubiy  Sibirdagi  Enasoy  daryolari  sohillarida  topilgani  uchun  ham  shunday  nomlangan. 
Mo‘g‘ulistondan Shimoliy dengizlargacha, Uraldan Saxalinga qadar davom etgan hududda shu 
yozuvdagi  yodnomalar  uchraydi.  Shimoliy  Kavkazda  XU  asrda  ham  O‘rxun  yozuvidan 
foydalanilgan. O‘zbekiston hududida (Farg‘ona,Surxondaryo v.b. joylar)dan 20 dan ortiq turkiy–
run yozuvi yodgorliklari topilgan. 
Yirik  O‘rxun  bitiklari  Kultigin,  Bilga  xoqon,  To‘nyuquq  va  boshqa  bu  yozuvdagi 
yodnomalar (mas. Irq bitigi) adabiy manba sifatida qahramonlik qissa va dostonlariga mazmunan 
yaqin  keladi.  Kultigin  bitiktoshi  732  y.  Turk  xoqonligi(551–745)ning    lashkarboshisi  sharafiga 
o‘rnatilgan.  Bitiktosh  ikki  qismdan:  Kichik  va  Ulug‘  bitikdan  (muallifi  Yo‘llig  tigin)  iborat. 
Vatan manfaati yo‘lida xizmat qilish, mamlakatning mustahkam, osoyishta bo‘lishi uchun kurash 
bitiktoshlarda bosh maqsad ekani aytiladi.Asarda Tabg‘ach, Tibet, Sug‘d, Turgash, Qirg‘iz kabi 
joy  nomlari  tilga  olingan.  Enasoy  bitiklari  marsiya  va  madhiya  janrlarining  qadimgi  turk 
adabiyotidagi ildizlari haqida tasavvur beradi.  
Bitiktoshlar  XIX  asr  oxirlarida  topilib,    U.Tomsen  tomonidan  o‘qilgan  va  ilmiy 
muomalaga  kiritilgan.  Ba’zi  yodgorliklar  deshifrovka  qilingan  emas.  AQSh,  Polsha,  Vengriya, 
Finlyandiya  va  Turkiyada  ham  o‘rganilgan.  Rossiyada  V.Radlov,  S.Malov,  I.Stebleva  ishlari 
ma’lum.  O‘zbekistonda  Fitrat,  A.Qayumov,  N.Rahmonov  v.b.  asardan  namunalar  va  tadqiqot 
ishlarini chop qildirgan. 
Yozma  manbalar  orasida  O‘rxun-Enasoy  obidalari  islomgacha  yaratilgan  turk  nasrining 
tengsiz  yodgorligi  ekanini  rus  olimlari  V.Jirmunskiy,  A.Shcherbak  tan  olib  yozishgan. 
Toshbitiklardagi «Yo‘q chiqan buduniq ko‘p ko‘bartdim, chiqan buduniq bay qildim, az buduniq 
o‘kush qildim» (Mazmuni: yo‘qolib borayotgan xalqning sonini orttirdim, qashshoq xalqni boy 
qildim,  ozchilikni  ko‘p  xalq  qildim»)  so‘zlari  mardona  turk  nasrining  so‘nmas  ovozi  sifatida 
yangraydi. Bu obidalar tarkibidagi «Bilka Qoon», «Kultekin» va «To‘nyuquq» bitiklari qadimgi 
turk  bahodirlarining  shavkati  va  turk  yerining  mustaqilligi  uchun  olib  borgan  janglarni  badiiy 
lavhalarda  aks  etganidir.  Toshbitiklardan  boshqa  runiy  yozuvida  qog‘ozga  bitilgan  qadimgi 
manba «Irq bitigi» («Ta’birnoma»)da ham ilk turk yozma nasrining belgilarini ko‘rish mumkin. 
 
Nashr qilingan manbalar: 1. Eng eski turk adabiyoti namunalari (Tuzuvchi prof. Fitrat). - 
T.:  1927;  Qayta  nashri:  Fitrat.  Eng  eski  turk  adabiyoti  namunalari  (nashrga  tayyorlovchi 
O.Hamroeva;  mas’ul  muharrir  H.Boltaboev).  –  T.:  MUMTOZ  SO’Z,  2009.  2.  Yeniseyskaya 
pismennost tyurkov. – M.,L.: 1952; 3. Qadimgi hikmatlar. - T.: 1987.  
Ilmiy  adabiyot:  1.  Qayumov  A.  Qadimiyat  obidalari.  -  T.:  1971.  2.  Rahmonov  N.  Inson 
ruhining sadosi. - T.: 1986; 3. Rahmonov N. Ko‘hna bitigtoshlar. — T.: 1990; .Rahmonov. Turk 
xoqonligi. — T.: 1993. 

Download 4,74 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   269   270   271   272   273   274   275   276   ...   599




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish