O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi toshkent viloyati chirchiq davlat pedagogika instituti


Kurs ishining maqsadi va vazifalari



Download 252 Kb.
bet2/17
Sana03.05.2023
Hajmi252 Kb.
#934608
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17
Bog'liq
O‘zbekiston respublikasi oliy va o‘rta maxsusta’lim vazirligi to

Kurs ishining maqsadi va vazifalari. Mazkur kurs ishining maqsadi oʻzbek tilshunosligida sodda gapning talqini va mohiyati, sodda gap lisoniy-sintaktik qurilishi va sodda gap qurilish qoliplarining belgilanishi masalasini oʻrganishdan iborat. Shunga koʻra, belgilangan maqsadga erishish uchun quyidagi vazifalarni amalga oshirish lozim:

  • Oʻzbek tili sintaktik qurilishining an’anaviy talqinida sodda gap masalasi oʻrganilishini sharhlash;

  • Oliy ta’lim tizimida sodda gaplar xususiyatini yoritish;

  • Sodda gaplarning substansial talqini va natijalarini yoritish;

  • Sodda gaplarning lisoniy sintaktik qolipi va uning variantlarini izohlash;

  • Sodda gap lisoniy sintaktik qolipi va uning variantlarini ajratishda kesimlik shakllarining oʻrni va ahamiyatini belgilash.

Kurs ishining tadqiq obyekti va metodi. Ushbu kurs ishida sodda gaplarning talqini, qurilish qoliplarini aniqlashda lisoniy tizmining paradigmatik hamda sintagmatik munosabatlardan foydalanildi. Substansial tilshunoslikning til birligini lison-nutq ziddiyati asosida izchil farqlaydigan, umumiylik-xususiylik, mohiyat-hodisa, imkoniyat-voqelik, sabab-oqibat ixtiloflaridan iborat tadqiq usullariga tayanib, sodda gaplarning lisoniy-sintaktik qurilishi tahlil etildi. Sodda gap lisoniy sintaktik qolipi va uning variantlarini belgilashda struktural tahlil usuli qoʻllandi.
Kurs ishining ilmiy va amaliy ahamiyati. Ushbu kurs ishida umumlashtirilgan nazariy xulosalar til sistemasidagi sintaktik munosabatlar mohiyatining yanada oydinlashishiga xizmat qiladi. Ishning amaliy ahamiyati shundaki, oliy taʻlim tizimida “Hozirgi oʻzbek adabiy tili” fanining “Sintaksis” boʻlimida sodda gap lisoniy-sintaktik qurilishini belgilashi masalalarini oʻrganish jarayonida ishning natijalaridan qoʻshimcha manba sifatida foydalanish mumkin. Kurs ishining tuzilishi. Kurs ishi ishning umumiy tavsifi, kirish, 2 bob, umumiy xulosa, foydalanilgan adabiyotlar roʻyxati kabi qismlardan iborat boʻlib, 43 sahifada oʻz aksini topgan.


KIRISH
Dunyodagi fanlarning eng qadimiylaridan boʻlmish tilshunoslik necha oʻn asrlardiki, til deyiladigan tilsimning tabiatini, tub mohiyatini tushunish va tushuntirish yoʻlida tinimsiz izlanadi. Ayni izlanishlarning hosilasi oʻlaroq bu fanda xilma-xil yoʻnalishlar, ilmiy qarashlar nuqtayi nazarlarning yuzaga kelganligidan bugun bexabar boʻlgan tilshunos yoʻq. Shu bois keyingi yillarda lisoniy qurilishning umumiy qonuniyatlarini oʻzbek tili materiallari asosida yangicha tadqiq etish va tahlil qilishga qaratilgan izlanishlar silsilasi yuzaga keldi. Bu izlanishlarning salmogʻi kundan-kunga oshib bormoqda.
Ma’lumki, oʻzbek tili qurilishiga doir tadqiqot, darslik va oʻquv qoʻllanmalarida tilning sistemaviy xarakteri haqida koʻplab fikr-mulohazalar bildirilgan, sintaktik sathning asosiy birliklaridan biri sifatida sodda gap turli ilmiy qarashlar va yondashuvlar asosida tadqiq etilgan. Fanimizda sodda gaplarning tadqiqi bilan bogʻliq ma’lumotlar gap sintaksisini toʻldiruvchi, biroq sintaktik makrotizim tarkibida unga bevosita aloqador mikrotizim hosil qilganligidan dalolat beradi. Zero, oʻzbek tilshunosligida sodda gaplarning formal-grammatik talqini sodda gap sintaksisi mikrotizimini shakllantirgan tamal toshlariga aylandi. Oʻzbek tilshunosligida A.Gʻulomov, Gʻ.Abdurahmonov, M.Asqarova, F.Abdullayev, A.Abdullayev, A.Safoyev, A.Sulaymonov, I.Rasulov, B.Egamberdiyev, I.Xayrullayev, B.Oʻrinboyev, F.Hazratqulov kabi tilshunos olimlar yaratgan darslik, oʻquv qoʻllanma-yu ilmiy asarlarda sodda gaplarning empirik bosqichdagi tahlili natijasida toʻplangan ilk ilmiy dalillar oʻz ifodasini topgan. Jumladan, sodda gap qurilishi va gap boʻlaklarining ifodalanishi (va shu kabi boshqa qator xususiyatlar) toʻgʻrisidagi dalillar yigʻilib, mazkur sintaktik hodisani bilishning empirik (hissiy, sensual), ya‟ni fahm bosqichida sodda gaplarning formal-grammatik asoslari shakllangan sintaktik ta‟limotni vujudga keltirdi. Sodda gap boʻlaklarini, belgi-xususiyatlarini aniqlash, izchillashtirish va tasvirlash hali tom ma‟noda ilmiy tahlil emas, lekin ilmiy oʻrganishning zaruriy tarkibiy qismidir. Bu bosqishdagi vazifa amalga oshirilgach, mazkur til hodisasining ichki qurilishi va boshqa hodisalarga 4

aloqadorligini oʻrganishni, shu munosabatlar asosida har bir dalilning mohiyatini aniqlashni oʻz oldiga maqsad qilib qoʻygan ikkinchi bosqich kurtaklari shakllandi.


Oʻtgan asrning 70-yillarida yuzaga kelib, XXI asrning dastlabki yillaridayoq oʻzbek tilshunosligi kelajagining nazariy poydevoriga aylangan formal-funksional (substansial) tahlil yoʻnalishi sodda gaplarning empirik talqini natijalariga tayangan holda yangi ilmiy gʻoyalarni ilgari surdi. Bugungi kunda oʻzbek substansial tilshunosligi til tizimi va uning birliklarini oʻrganish jarayonida bilishning ratsional (idrok) bosqichiga koʻtarilib, bir butun nazariy ta’limotni shakllantirdi. Bu ta‟limot oʻzbek tilida sodda gaplarning formal-funksional tahlili natijasi oʻlaroq, sodda gap sintaksisi tom ma’noda mikrotizm ekanligini, lisoniy-sintaktik sathning tadqiq manbayi lisoniy-sintaktik qurilish qolipi (LSQ) hisoblanishini isbotladi. Binobarin, sodda gap LSQi va uning variantlarini, sodda gap LSQining nutqiy voqelanish hamda uslubiy qoʻllanish imkoniyatlarini tadqiq etish muammosining nazariy asoslari ishlab chiqilgan.
Oʻzbek formal-funksional sintaksisida sodda gap lisoniy-sintaktik qurilish qolipi aniqlanib, uning asosiy koʻrinishlari belgilangan boʻlsa ham, sodda gaplarning qurilish qoliplari paradigmalari ajratilmagan. Shu bilan birga, kesimlik shakllarining sodda gaplarning lisoniy-sintaktik qurilishiga ta‟siri va sodda gap qurilish qoliplarini belgilashi masalasi alohida tadqiq etilmagan. Sodda gap sintaksisini formal-funksional nuqtayi nazardan talqin etgan ilmiy, oʻquv-usuliy adabiyotlarda sodda gaplarning lisoniy qurilishi, ularning eng kichik qurilish qolipi toʻgʻrisida ma‟lumot berilgan boʻlsa ham, sodda gaplarning lisoniy qurilishini tizim qonuniyati asosida tadqiq etish zaruratini tugʻdiradi. Bu esa sodda gap umumiy lisoniy-sintaktik qurilish qolipi va variantlarini ushbu qolip umumiy va xususiy shakllarini belgilashda kesimlik kategoriyasi shakllarining vazifasini, ayni choqda, sodda gap lisoniy-sintaktik qurilishiga kesimlik shakllarining ta’sirini tahlil etish orqali oʻrganish imkoniyatini beradi. Shunday ekan, mazkur masalani tadqiq etish zarurati va mavjud imkoniyat malakaviy-bitiruv ishining shakllanishi uchun yetarlicha asos boʻla oladi.



Download 252 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   17




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish