O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY VA O’RTA TA’LIM
VAZIRLIGI
TERMIZ DAVLAT UNIVERSITETI
PEDAGOGIKA FAKULTETI
“BOSHLANG’ICH TA’LIM METODIKASI”
KAFEDRASI
“BOSHLANG’ICH SINFLARDA
ONA TILI O’QITISH METODIKASI”
fanidan ma’ruza matni
(5111700-Boshlang’ch ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalari uchun)
TERMIZ – 2 0 1 3
Ushbu ma’ruza matni “Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi” fanidan 5111700-Boshlang’ich ta’lim va sport tarbiyaviy ish yo’nalishi 2-kurs talabalariga mo’ljallangan bo’lib, dasturda belgilab berilgan mavzular taqvim rejaga muvofiq joylastirilgan. Ona tili o’qitish metodikasi haqida umumiy tushuncha, savod o’rgatish metodikasi, sinfdan tashqari va sinfda o’qish metodikasi, fonetika va grafika asoslari, nutq o’stirish masalalari yoritilgan.
Tuzuvchilar:
Hayitova F.A. - TerDU Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, boshlang’ich ta’lim magistri.
Turdiqulov Sh.D. - TerDU Boshlang’ich ta’lim metodikasi kafedrasi o’qituvchisi, filologiya fanlari magistri.
Taqrizchilar: Rahmatullayev A.. – Termiz davlat universiteti dotsenti,
pedagogika fanlari nomzodi.
Ergasheva O. - Termiz davlat universiteti ”Umumiy pedagogika” kafedrasi katta o’qituvchichi.
Boshlang`ich ta`lim metodikasi kafеdrasining 2013-yil 27-avgustdagi 1-sonli yig`ilishida muhokama qilingan va foydalanish uchun tavsiya etilgan. Kafedra mudiri:_________dots.v.b X.Norbo’tayev
© Termiz davlat universiteti
ONA TILI O’QITISH METODIKASI – PEDAGOGIK FAN
Ona tili o`qitish metodikasining maqsad va vazifalari, ilmiy asoslari va bog`liq fanlar. Ona tili dasturi.
Reja:
1. Ona tili o’qitish metodikasi fanining predmeti va vazifalari.
2. Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish metodikasi fanining asosiy
bo’limlari.
3. Ona tili o’qitish metodikasi fanining boshqa fanilar bilan aloqadorligi.
4. Pedagogika, psixologiya, umumdidaktika, ona tili, o’zbek adabiyoti fanlari bilan aloqasi.
5. Ona tili dasturi bo’limlari, xususiyatlari.
Boshlang’ich sinflarda ona tili o’qitish tarixidan.
Ona tili boshlang’ich sinflarda asosiy fanlardan biridir.
Boshlang’ich sinf ona tili dasturining tuzilishi va mazmuni.
Ona tili o’qitish metodikasi – pedagogik va amaliy fan. CHunki u nazariyaga asoslanib o’quvchilarni o’qitish, tarbiyalash, o’stirishning amaliy vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani ta’lim berish sharoitida ona tilini egallash, ya’ni nutqni, o’qish va yozishni, fonetika, grammatika bilib olish jarayoni hisoblanadi.
Ona tilidan ko’nikma va malakalarni shakllantirish, til xaqidagi fanning ilmiy tushunchalar sistemasini o’zlashtirish qonuniyatlarini o’rganadi, til o’rganishning eng qulay metod va usullarini izlaydi.
Ona tili o’qitish metodikasi amaliy fan sifatida uch vazifani bajaradi:
Nimani o’qitish kerak? savoliga javob beradi, ya’ni boshlang’ich sinf uchun dasturlar ishlab chiqadi, darslik va o’quv qo’llanmalarni yaratib beradi. Ularning samaradorligi va muvofiqligini doimiy tekshirib boradi.
Qanday o’qitish kerak? savoliga ta’lim berishning metodlari, metodik usullar, mashqlar sistemasi, qo’llanmani tatbiq etish tavsiyanomalarini, yozma ish, amaliy ishlar sistemasini, dars, uning turlarini ishlab javob beradi.
Nega xuddi mana shunday o’qitish kerak? Bunda ilmiy nuqtai nazardan eng foydali metodlarni o’rganish, tanlash, asoslash, tavsiyalarni eksperimental tekshirish vazifalarini bajaradi.
Ona tili o’qitish metodikasi ta’limning turli bosqichlarida o’quvchilarning bilim, ko’nikma va malakalarini aniqlaydi, o’qitishning muvaffaqiyati va kamchiliklarini belgilaydi, sababini izlaydi, uni bartaraf etish usullarini topadi.
Nutqiy va orfografik tipik xatolarni tekshiradi, uni oldini olish chora tadbirlarini belgilaydi.
Ona tili ta’lim tizimining barcha bosqichlarida o’rgatiladi.
Maktabgacha tarbiya muassasalarida, asosan bolalarning nutqini o’stirish nazarda tutiladi. Boshlang’ich sinfda o’quvchilar nutqini o’stirishdan tashqari, ona tilidan elementar nazariy tushunchalarni amaliy o’zlashtirishlari ham nazarda tutiladi.
Ona tili o’qitish metodikasi fani to’rt bo’limni o’z ichiga oladi:
1. Savod o’rgatish metodikasi, ya’ni elementar o’qish va yozishga o’rgatish. Bolalarga savod o’rgatish pedagogikadagina emas, balki ijtimoiy hayotda ham juda jiddiy qo’yilgan masalalardandir. Chunki xalqning savodxonligi ozodlik uchun, siyosiy onglilik uchun, madaniyat uchun kurash qurolidir. Mustaqil respublikamizda har bir kishining savodxon bo’lishiga alohida e’tibor berilmoqda. 1-sinfga qadam qo’ygan bolalarga barcha o’quv qurollarining sovg’a qilinishi prezident I. Karimovning kelajak avlodning savodxon, yuksak madaniyat egasi bo’lib etishishlari uchun g’amxo’rlikning bir namunasidir.
2.O’qish metodikasi. Boshlang’ich sinflarda o’qish fanining vazifasi birinchi navbatda bolalarni tez (me’yorida), to’g’ri, ongli va ifodali o’qish malakalari bilan qurollantirish hisoblanadi.
3.Grammatika va imlo metodikasi. Bu bo’lim elementar to’g’ri yozuvga va husnixatga o’rgatishni, grammatik tushunchalarni, boshlang’ich imlo malakasini shakllantirishni o’z ichiga oladi
4.O’quvchilar nutqini o’stirish metodikasi. Bu bo’lim boshlang’ich sinflarda alohida o’rin tutadi. Bolalar birinchi marta tilni, nutqni o’quv fani sifatida anglaydilar. ular xohlagan va qiziqarli narsalarnigina emas, balki zaruriy narsa va hodisalar haqida o’ylab, rejali nutq tuzish zarurligini ham tushuna boshlaydilar. Ular o’zining grafik formasi bilangina emas, balki leksikasi, sintaktik va morfologik formasi bilan ham og’zaki nutqdan farq qiladigan yozma nutqni egallaydilar.
Metodika bolalarning nutqini boyitishni, sintaktik va bog’lanishli nutqini o’stirishni ham ta’minlashi kerak.
Shuni aytib o’tish kerakki, bog’lanishli nutq maktablarda alohida bo’lim sifatida o’rganilmaydi. U til fanining boshqa bo’limlari bilan bog’langan holda o’rganiladi.
Do'stlaringiz bilan baham: |