O’zbekiston Respublikasi parlamenti Oliy Majlisining tashkil etilishi Reja



Download 0,77 Mb.
Sana18.02.2022
Hajmi0,77 Mb.
#452059
Bog'liq
oliy majlis


O’zbekiston Respublikasi parlamenti Oliy Majlisining tashkil etilishi

Reja:
1.Parlament haqida tushuncha
2.O’zbekiston Respublikasi Parlamenti –Oliy Majlisining tashkil etilishi va faoliyati
3.Ikki palatali parlament demokratiya omili
4.O’zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi qonunchilik palatasi va senatning Konstitutsiyaviy vakolati


Parlament — (inglizcha: parliament, fransuzcha: parlement) davlatning davlat hokimiyati organlaridan biridir. Parlament vakillik muassasasi boʻlib, uning deputatlari xalq tomonidan saylanadi va Parlamentda uning manfaatlari himoya qilinadi. Parlament qonunchilik hokimiyatini amalga oshiradi, yaʼni davlatning qonunlarini qabul qilishda mutlaq huquqqa ega boʻladi. Parlament davlatning ichki va tashqi siyosatini belgilash va amalga oshirishda qatnashadi, davlat budjetini tasdiqlaydi, davlatning soliq asoslarini va umumdavlat soliqlari hamda yigʻimlari turlari belgilab beradi. Parlament boshqa davlat organlarini shakllantirishda davlatning oliy mansabdor shaxslarini tayinlashda qatnashadi — bu ishlarni yo oʻzi bajaradi, yoki tegishli nomzodlar u bilan kelishib bajariladi. Parlament davlat qonunlari ijrosi ustidan va ijroiya hokimiyati organlarining faoliyati ustidan, yangi qonunlarning tasdiqlanishi ustidan parlament nazoratini amalga oshiradi. Parlament aholi turli qatlamlari va guruhlarini, davlat mintaqalarini jipslashtiruvchi organ boʻlib xizmat qiladi.
O‘zbekiston milliy huquqiy davlat, fiiqarolik jamiyati qurilishida xalqaro
tan olingan demokratik tamoyillarga, rivojlangan demokratik davlatlar tajribasiga
hamda ko‘p ming yillik o‘zbek davlatchiligi tarixi va o‘ziga xos milliy,
ma’naviy, axloqiy qadriyatlarga tayandi.
Vakillik hokimiyatini vujudga keltirishning eng demokratik tizimi - qonun
chiqaruvchi, ijro etuvchi va sud hokimiyati barpo etildi.
Davlat boshqaruvining yangi, zamonaviy, samarali, eng maqbul tizimi -
Prezidentlik respublika boshqaruvi amal qilmoqda.
Parlamentchilikda demokratik asoslar yaratildi, demokratik davlatlarga
xos parlamentarizm shakllandi.
0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisining huquqiy holati Konstitutsiyaning
V boiim XVIII bobida va 1994-yil 22-sentabrda qabul qilingan
“0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi to‘g‘risida”gi Qonunda belgilangan.
Sobiq ittifoqdan qolgan huquqiy meroslami o‘zgartirish, mamlakat hayoti
uchun zarur o‘zgartirishlami amalga oshirish, demokratik tamoyillar asosida Oliy
Majlisni shakllantirish maqsadida 1994-yil 25-dekabrga saylovlar belgilandi.
1993-yilning 28-dekabrida qabul qilingan “0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy
Majlisiga saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunga ko‘ra, respublika parlamentiga saylovlar umumiy, teng, to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish yo‘li bilan o‘tkazildi. 0 ‘zbekiston Respublikasi I chaqiriq Oliy Majlisiga saylov respublika siyosiy hayotida ulkan yutuq bo‘lib, bunda 250 deputatdan iborat Oliy Majlis -yangi Parlament demokratik va ko‘ppartiyaviylik asosida tuzildi.
Respublika parlamenti - Oliy majlis o‘tgan davr mobaynida davlatning
asosiy qomusi bo‘lgan Konstitutsiyaga muvofiq 500 dan ortiq qonun, 10
kodeks, 2 milliy dastur va mingdan ortiq qarorlar qabul qildi. O‘tgan 13 yil
davomida Oliy Majlis bir palatali parlament sifatida faoliyat yuritib, katta
tajriba to‘pladi. Uning faoliyati uchun eng zarur omil — yuqori malakali siyosatshunoslar, yuristlar, iqtisodchilar korpusi shakllandi. Oliy Majlisning 2001-
yil dekabrda bo‘lgan yettinchi sessiyasida ikki palatali parlament tuzish zarur,
degan xulosaga kelindi. 2002-yil 27-yanvarda ikki palatali parlament tuzish
masalasida referendum o‘tkazildi. Referendumda ishtirok etgan fuqarolarning
93,65 foizi bunday parlament tuzishni yoqlab ovoz berishdi. 2002-yil aprelda
bo‘lgan Oliy Majlisning sakkizinchi sessiyasida “Referendum yakunlari hamda
davlat hokimiyati tashkil etilishining asosiy prinsiplari to‘g‘risida” Konstitutsiyaviy Qonun qabul qilindi va ikki palatali parlament tuzishga tayyorgarlik boshlab yuborildi.

2002-yil dekabrda Oliy Majlisning X sessiyasida “ O‘zbekiston Respublikasi


Oliy Majlisining Senati to‘g‘risida”gi va “0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining Qonunchilik palatasi to‘g‘risida”gi qonunlar qabul qilinib,
2004-yil oxiri va 2005-yil boshidagi saylovlarda respublikada ikki palatali
parlament shakllandi. Quyi palataga 120 deputat, Senatga esa 84 nafar senator
saylandi, 16 nafar senator esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan
tayinlandi. Ikkala palataning vakolat muddati - 5 yil etib belgilandi.
Bunday o‘zgarishlar avvalambor Prezidentning ba’zi vakolatlarini parlamentning
yuqori palatasi - Senatga va hukumatga o‘tkazish, professional, doimiy
asosda ishlaydigan quyi - Qonunchilik palatasini shakllantirish, uning
vakolat va huquqlarini kengaytirish ko‘zda tuilgan va bu boradagi sa’y-harakatlarining amaliy samarasi ko‘rinib turibdi.
Qonunchilik palatasining ko‘ppartiyaviylik, muqobillik asosida shakllantirilishi
demokratiyaning yorqin ifodasi boidi. 2004-2005-yillar saylovlarida
quyi palataga 4 ta siyosiy partiya va tashabbuskor guruhlardan 489 ta
nomzod qo‘yilib, ular o‘rtasida halol kurash olib borildi. Saylovlar ikki turda
oikazildi. Birinchi turda 62 ta. ikkinchi turda esa 58 a deputat saylandi.
Navbatdagi 2009-yil 27-dekabrda boiib o‘.;adigan saylovlarga qisman
o‘zgartishlar kiritildi. Masalan, 2009-yilda qabul qilingan 0 ‘zbekiston Respublikasining “Saylov to‘g ‘risidagi qonun hujjatlari takomillashtirilishi
munosabati bilan 0 ‘zbekiston Respublikasining ayrim qonunlariga o‘zgartish
va qo‘shimchalar kiritish haqida”gi Qonun asosida Qonunchilik palatasidagi
deputatlik o‘rinlari soni 120 dan 150 taga ko‘paytirildi ( 0 ‘zbekiston
Respublikasi Konstitutsiyasi 77-moddasining birinchi qismi).
“0 ‘zbekiston Respublikasi Oliy majlisiga Saylovlar to‘g‘risida”gi Qonunga
ham, xususan, Oliy Majlis Qonunchilik palatasi (quyi palata)ning 135 ta
deputati umumiy, teng va bevosita say lov huquqi asosida hududiy bir mandatli
saylov okruglaridan ko‘ppartiyaviylik asosida va 15 tasi 0 ‘zbekistonda faoliyat
yuritayotgan Ekologiya harakatining oliy organi (Konferensiya) tomonidan
saylanishi to‘g‘risidagi o‘zgartirishlar kiritildi.
2009-yil 27-dekabr, 2010-yil 10-yanvarda bo‘lib o‘tgan 0 ‘zbekiston
Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasiga saylovlarda 150 deputat
saylandi. Ularning 135 tasi ko‘ppartiyaviylik asosida saylangan bo‘lsa, 15 tasi
respublikada faoliyat yuritayotgan O‘zbekiston Ekologik harakati oliy organi -
konferensiyasida saylangan deputatlar edi.
Bu demokratik o‘zgarishlar fuqarolar ijtimoiy-siyosiy faolligining, o‘z
taqdirini o‘zi belgilashga bo‘lgan intilishi va ishonchining ortib borayotgani,
shuningdek, davlat ishlarida qatnashish hayotiy zaruratga aylanib borayotganini
ko‘rsatadi.
Qonunchilik palatasida barcha siyosiy partiya va tashabbuskor guruh vakillarining
bo‘lishi, ular o‘z fraksiya va guruhini tuzish imkoniyatiga ega ekani
turli fikrlilik, bahs-munozara asosida faoliyat yuritish, ishchanlik muhiti shakllanayotganidan dalolat beradi. Oldingi saylovda deputatlaming 18,3 foizini
yuristlar, 21,7 foizini iqtisodchilar tashkil etishi, so‘nggi saylovda ulaming
yanada ko‘payganligi, parlamentda sanoat, qurilish, transport, aloqa, qishloq
xo‘jaligi, fan, ta’lim, madaniyat, sog‘liqni saqlash sohalari vakillari va tadbirkorlarning bo‘lishi aholi keng manfaatlarini teng ifoda etishini ko‘rsatadi va
qonunlarni puxta-pishiq tayyorlashda muhim ahamiyat kasb etadi. Deputatlar
milliy tarkibining rang-barangligi mamlakatda aholi turli guruh va qatlamlari
manfaatlarining Qonuniy tarzda ro‘yobga chiqishiga imkon yaratadi.
2004-2005-yildagi Qonunchilik palatasi saylovlarida saylangan deputatlar
tarkibining 18 foizini, 2009-2010-yilda o‘tkazilgan saylovlarda esa 22 foizini
xotin-qizlar tashkil etdi. Bu esa xotin-qizlar ijtimoiy-siyosiy faolligini yanada
o‘sib borayotganligini ko‘rsatdi.
2003-yil 23-avgustda Oliy Majlis tomonidan 0 ‘zbekiston Respublikasining
“Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi
Qonunga o‘zgartish va to‘g‘rilashlar kiritilib, 0 ‘zbekistonda Senatni shakllantirishda mahalliy vakillik organlariga Senat a’zoligiga nomzodlar ko‘rsatish vakolatlarini berilishi - hududiy manfaatlaming qonunlarda ifodalanishi
uchun shart-sharoitlar, shu bilan birga, mahalliy xalq deputatlarining Senat
a’zolarini saylashda bevosita ishtirok etishi vakillik demokratiyasining shakllanishiga, shuningdek, ularning umummilliy davlat boshqaruvi faoliyatida
bevosita ishtirok etishlari uchun huquqiy imkoniyatlar ham yaratdi.
O’zbekiston Respublikasining “O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisiga
saylov to‘g‘risida”gi Qonunning 58-moddasiga muvofiq 2005-yil 17-20-yanvarda
Oliy Majlis Senatiga vakillik organlari - Qoraqalpog‘iston Jo‘qorg‘i
Kengesi, viloyat, tuman va shahar xalq deputatlari ishtirokida yashirin ovoz
berish yo‘li bilan saylovlar bo‘lib o‘tdi. Bu saylovlar kampaniyasida mahalliy
deputatlar orasida O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati a’zolari - 84
ta senator saylandi.
Senatorlar 100 nafar bo‘lishi lozim edi. Oliy Majlis Senatining qolgan 16
nafar a’zolari esa 0 ‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan tayinlandi.
1997-yil aprelda Oliy Majlis tarkibida Inson huquqlari bo‘yicha vakil (ombudsman) tashkil qilinganligi haqida qaror qabul qilindi. Ombudsman jahondagi 85 dan ortiq mamlakatda bo‘lib, uning huquqiy holatini aniq, ravshan belgilab beruvchi konstitutsiyaviy qonun Markaziy Osiyo davlatlarida birinchi huquqiy hujjatdir. Ushbu qonunda “Oliy Majlisning inson huquqlari bo‘yicha vakili (ombudsman) mansabdor shaxslar, tashkilotlar va davlat organlarining inson huquqi, erki va qonuniy manfaatlarini davlat tomonidan himoya qilinishini ta’minlashga ko‘maklashish maqsadida faoliyat ko‘rsatadi”, deb ta’kidlangan.
Ombudsman fuqarolarning ariza va murojaatlarini ko‘rib chiqishda, zarur
axborotni talab qilib olishda mansabdor shaxslar va davlat organlari bilan
hamkorlik qilib kelmoqda.
Qonun qabul qilingunga qadar ham Inson huquqlari bo‘yicha vakil mamlakat
Konstitutsiyasi doirasida faoliyat ko‘rsatib keldi. Jumladan, birgina
1996-yilda Inson huquqlari bo‘yicha vakil hamda Fuqarolaming konstitutsiyaviy
huquqlari va erkinliklariga rioya etilishi bo‘yicha komissiya a’zolari
700 dan ortiq murojaatni ko‘rib chiqdi. Ana shunday arizalaming tegishli
qismidagi dalillar o‘z tasdig‘ini topgan va zarur choralar ko‘rilgan.
Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMTning Inson huquqlari bo‘yicha komissiyasining Jenevada bo‘lib o‘tgan 52-sessiyasining majlisida qatnashdi
va chet ellarga xizmat safari davomida Inson huquqlari bo‘yicha vakil BMT
seminarida, BMTning Sharqiy Yevropa va MDH mamlakatlaridagi vakillarining
mintaqaviy uchrashuvida so‘zga chiqdi. Yevropada xavfsizlik va hamkorlik
tashkiloti va boshqa xalqaro tashkilotlarning bir qator kengashlari hamda
seminarlari ishida qatnashdi.
O‘zbekistonda demokratik tamoyillar asosida ishlar amalga oshirilayotganligi
xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylovlarda
ham to‘liq ko‘rinmoqda.
O‘zbekiston Respublikasining “Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar
Kengashlariga saylov to‘g‘risida”gi Qonunning (1994-yil 5-may) 1-moddasida
O‘zbekiston mahalliy vakillik organlariga saylov o‘tkazishning asosiy
tamoyillari demokratik qadriyatlar talablari darajasidabelgilab qo‘yildi: “Xalq
deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlariga saylov hududiy bir mandatli
saylov okruglari bo‘yicha ko‘ppartiyaviylik asosida besh yil muddatga
o‘tkaziladi. Xalq deputatlari viloyat, tuman va shahar Kengashlari deputatlari
umumiy, teng va to‘g‘ridan-to‘g‘ri saylov huquqi asosida yashirin ovoz berish
yo‘li bilan saylanadilar”1.
O‘zbekistonda davlat boshqaruvi tizimi tubdan isloh qilinib, milliy davlatchilik
an’analarini o‘zida mujassamlashtirgan kuchli ijroiya hokimiyati -
Vazirlar Mahkamasi tuzildi. Amaldagi Konstitutsiyada Prezident davlat va
ijro etuvchi hokimiyatning boshlig‘i qilib belgilinishi ijro etuvchi hokimiyatni
kuchaytirishga qaratilgan yo‘l edi.
O‘zbekistonda prezidentlik instituti o‘matilgan dastlabki davrda vazirlar
kengashi hukumat sifatidagi huquqiy maqomini va vakolatlarini saqlab qolgan
edi. Uning 1990-yil 30-martida Oliy Kengash tasdiqlagan yangi tarkibi 41 kishi
edi. Respublikada demokratik jamiyat qurish borasida boshqaruv idoralari
faoliyati takomillashtirib borildi. 1995-yil 5- mayda 0 ‘zbekiston Respublikasi
Oliy Majlisining II sessiyasi boiib, unda 0 ‘zbekiston Respublikasi Vazirlar
Mahkamasining 35 kishidan iborat yangi tarkibi tasdiqlandi.
Vazirlar Mahkamasining asosiy huquqiy maqomi - uning mustaqil
O‘zbekiston hukumati ekanidadir. Unga, o‘z vakolati doirasida, qonunlami
va Prezident farmonlarini ijro etish mas’uliyati yuklangan. U iqtisodiyotning,
ijtimoiy va ma’naviy sohaning samarali faoliyatiga rahbarlikni ta’minlaydi,
davlat boshqaruv idoralari tizimiga va o‘zi tashkil etadigan xo‘jalik boshqaruvi
muassasalariga boshchilik qiladi.
2007-yilda 0 ‘zbekiston Respublikasi Konstitutsiyasidan mamlakat Prezidenti
bir vaqtning o‘zida ijro etuvchi hokimiyat boshligi, ya’ni Vazirlar Mahkamasining
raisi ekanini belgilaydigan norma chiqarib, Vazirlar Mahkamasining
raisi lavozimi tugatildi. Bu esa liberallashtirish va demokratlashtirish
yoiidagi muhim qadam boidi. Qabul qilingan qonunlarga muvofiq endilikda Bosh vazir nafaqat Vazirlar Mahkamasi faoliyatini tashkil etadi, balki unga
rahbarlik qiladi va uning ishi samaradorligi uchun shaxsan javobgar, Vazirlar
Mahkamasi majlislariga raislik qiladi, hukumat hujjatlarini imzolaydi.
Shuningdek, Vazirlar Mahkamasi davlat va xo‘jalik masalalari yuzasidan
qarorlar ham qabul qiladi.
Respublika boshqaruv tizimining boshqa bo‘g‘inlari ham bozor iqtisodining
O‘zbekistonga xos yo‘liga moslashtirildi.
1991-yil 6-sentabrida respublika mustaqilligi hamda hududiy yaxlitligini
himoya qilish maqsadida Mudofaa ishlari vazirligi tuzildi. Shu maqsadlami
ko‘zlab, uning tarkibida 1992-yil yanvar oyida 0 ‘zbekiston Respublikasi milliy
gvardiya brigadasi barpo etish lozim, deb topildi. 1992-yil iyulida u Mudofaa
Vazirligiga bo‘ysundirildi.
Mustaqil 0 ‘zbekistonda iqtisodiy islohotlami amalga oshirish bilan
shug‘ullanuvchi davlat idoralari tizimida tubdan o‘zgarishlar amalga oshirildi.
1990-yil dekabrida Davlat reja qo‘mitasi Iqtisod komissiyasiga aylantirildi.
1992-yil 5-avgustida esa ushbu qo‘mita va statistika davlat qo‘mitasi negizida
Vazirlar Mahkamasining Istiqbolni belgilash va statistika davlat qo‘mitasi
hamda joylarda uning tegishli idoralari barpo etildi. 1997-yilda bu qo‘mita
makroiqtisodiyot vazirligiga aylantirildi.


Foydalanilgan adabiyotlar:
1.O’zbekiston tarixi
2.https//www.lex.uz
3.https//www.wikipedia.uz
Download 0,77 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish