O‘zbekiston respublikasi prezident ta’lim muassasalari agentligi buyruq



Download 99,92 Kb.
bet1/2
Sana30.03.2022
Hajmi99,92 Kb.
#519016
  1   2
Bog'liq
24-mart kuni tadbiri


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI PREZIDENT
TA’LIM MUASSASALARI AGENTLIGI


BUYRUQ




____” _________20___-yil

_________

Toshkent sh.







Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun seminar-trening o‘tkazilishini tashkillashtirish to‘g‘risida

Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining “Prezident, ijod


va ixtisoslashtirilgan maktablar faoliyatini yanada takomillashtirish boʻyicha qoʻshimcha chora-tadbirlar toʻgʻrisida” 2021-yil 19-iyuldagi PQ-5188-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini hamda Prezident ta’lim muassasalari agentligi tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili o‘qituvchilariga
Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan
seminar-trening o‘tkazilishini tashkillashtirish maqsadida
BUYURAMAN:
1. Quyidagilar:
Prezident ta’lim muassasalari agentligi (keyingi o‘rinlarda – Agentlik) hamda Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti o‘rtasida 2021-yil
25-noyabrda hamkorlik memorandumi imzolangani;
Agentlik tomonidan 2021-yil 24-25-noyabr kunlari o‘tkazilgan “Yangi O‘zbekiston ta’limi: islohotlar yo‘lida muvaffaqiyatli hamkorlik” xalqaro forumda ikki tomonlama ta’lim dasturlari almashinuvini yo‘lga qo‘yishni nazarda tutuvchi shartnoma imzolanishiga kelishib olinganligi;
joriy yilning 24-26-mart kunlari Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti professorlari va rasmiy vakillarining Agentlikka tashrifi kutilayotgani ma’lumot uchun qabul qilinsin.
2. Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili o‘qituvchilariga (keyingi o‘rinlarda – Agentlik maktabi o‘qituvchilari) Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan
seminar-trening (keyingi o‘rinlarda – seminar-trening) joriy yilning 24-26-mart kunlari Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab binosida o‘tkazilishi belgilansin.
3. Agentlik tizimidagi ijod va ixtisoslashtirilgan maktab ingliz tili o‘qituvchilari uchun Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti professorlari tomonidan o‘tkaziladigan seminar-trening dasturi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
4. Seleksiya va pedagoglar malakasini oshirish bo‘limi (N.Kuchkarova)
seminar-treningda ishtirok etuvchi Agentlik maktabi o‘qituvchilar ro‘yxatini shakllantirsin hamda ijod va ixtisoslashtirilgan maktab ma’muriyatiga ko‘rsatma xati yuborilishini ta’minlasin.
5. Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi (Sh.Yakubov):
Agentlikning Yuridik bo‘limi (J.Shamshiyev) hamkorligida Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent universiteti bilan belgilangan vazifalar bo‘yicha tegishli shartnomani o‘rnatilgan tartibda imzolanishini ta’minlasin;
seminar-treningni yuqori saviyada o‘tkazish uchun mas’ul ekanligi belgilab qo‘yilsin;
ingliz tili o‘qituvchilari seminar-treningi qatnashchilarini o‘quv-seminar davomida bir mahal issiq ovqatlantirilishi (tushlik) bilan ta’minlasin;ҚАЙСИ МАНБАДАН?? ЎЗ ЁНИДАН ҚИЛАДИМИ????? ЁКИ ТЎҒРИДАН-ТЎҒРИ ШАМРТНОМА ҚИЛАДИМИ??? ҲАР ИККИ ҲОЛАТДАЯМ БУ ТОПШИРИҚ АСОССИЗ!
seminar-treningni o‘tkazish uchun kerakli xarajat talabnomasini Agentlikka taqdim etilishini ta’minlasin. МАРКАЗГА 6 МЛРД ПУЛ ЎТКАЗИБ БЕРГАНМИЗ, БАЛКИ МАРКАЗ ЎЗ МАБЛАҒИДАН МОЛИЯЛАШТИРИЛАР... ЧУНКИ 6000 ДОЛЛАРЛИК НОТИНГАМ БИЛАН ШАРТНОМА ҲАМ МАРКАЗ ҲИСОБИДАН ТУЗИЛМОҚДА
6. Moliya-iqtisod boshqarmasi (A.Alimov) Pedagogik mahorat va xalqaro baholash markazi (Sh.Yakubov) tomonidan taqdim etiladigan talabnoma asosida barcha xarajatlarni Agentlik huzuridagi Iqtidorli yoshlarni qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘lari hisobidan moliyalashtirsin. БОСИТ АКА БИЛАН КЕЛИШИБ ОЛИШ ЛОЗИМ... МАРКАЗГА 6 МЛРД ПУЛ ЎТКАЗИБ БЕРГАНМИЗ, БАЛКИ МАРКАЗ МАБЛАҒИДАН МОЛИЯЛАШТИРИЛАР... ЧУНКИ 6000 ДОЛЛАРЛИК НОТИНГАМ БИЛАН ШАРТНОМА ҲАМ МАРКАЗ ҲИСОБИДАН ТУЗИЛМОҚДА
7. Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab (D.Davidova) seminar-treningni o‘tkazish uchun tegishli shart-sharoit bilan ta’minlasin.
8. Toshkent shahridagi Prezident maktabi (T.Shermatov) joriy yil 24-26-mart kunlari “Mehmonxona – Muhammad al-Xorazmiy nomidagi ixtisoslashtirilgan maktab” yo‘nalishida seminar-trening qatnashchilarini tashish uchun maktab balansidagi avtobus ajratilishini ta’minlasin.
9. Ommaviy axborot vositalari va jamoatchilik bilan aloqalar boʻlimi (D.Sobirova) ingliz tili o‘qituvchilari seminar-treningi jarayonlarini yuqori saviyada ommaviy axborot vositalarida yoritilishi tavsiya etilishini ta’minlasin.
10. Tashkiliy nazorat va murojaatlar bilan ishlash bo‘limi (X.Usmonov) mazkur buyruq tegishli ijrochilarga o‘rnatilgan tartibda yetkazilishini ta’minlasin.
11. Mazkur buyruq ijrosining nazorati direktor o‘rinbosari B.Taxirov zimmasiga yuklatilsin.




Download 99,92 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish