O'zbekiston respublikasi prezidenti huzuridagi davlat va jamiyat qurilishi akademiyasi



Download 14,12 Mb.
Pdf ko'rish
bet12/180
Sana05.04.2022
Hajmi14,12 Mb.
#529010
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   180
Bog'liq
O\'zbekiston tarixi. 1-kitob. Turkiston chorizm mustamlakachiligi davrida (H.Sodiqov, N.Jo\'rayev) (1)

1. BUYUK PETRNING MAXFIY REJASI
Kavkaz, Volgabo‘yi, Sibir va 0 ‘rta Osiyo ustidan hukmronlik 
qilish rus podshohlarining azaliy orzusi edi. Rossiya podshohi Ivan 
Grozniy ana shu orzuni amalga oshirishni boshlab berdi. U XVI asr 
ikkinchi yarmida Qozon, Ashtarxon va Sibir xonliklarini bosib oldi.
Rus davlati endi afsonaviy boyliklar makoni deb shuhrat topgan 
0 ‘rta Osiyo mintaqasiga k o ‘z olaytirib, bu yerdagi mavjud xonliklar 
haqida keng k o ia m d a josuslik m a’lumotlarini to ‘play boshladi. Bu 
holat «Moskva savdo kompaniyasi» deb atalgan tashkilotning vakili 
Antoni Jenkinson boshchiligidagi elchilaming faoliyatida yaqqol 
namoyon bo ‘Idi. Antoni Jenkinson Richard va Robert Jonsonlar bilan 
birgalikda 1558 yilning aprelidan to 1559 yilning 2 sentyabrigacha 
Buxoroda b o ‘ldi, u yerda Abdullaxon II bilan uchrashdi. Shayboniylar 
sulolasining salohiyatli va mashhur vakillaridan hisoblangan 
Abdullaxon rus podshosining elchisi bilan b o ‘lgan suhbatda Rossiya, 
Angliya va Turkiya davlatlarining harbiy qudrati, qurol-aslahasi haqida 
m a’lumot olishga qiziqqan bo ‘lsa, Jenkinson va uning hamrohlari 
Buxoroning iqtisodiy, ijtimoiy-siyosiy ahvoli va xalqaro aloqalari 
haqida imkon qadar ko‘proq m a’lumot to ‘plashga intiladilar.
Rus davlati bundan keyin ham zo ‘r berib 0 ‘rta Osiyo xonliklari 
haqida m a’lumot yig‘ishda davom etdi. 1620 yilda Ivan Xoxlov, 
1669 yilda B. A. va S. I. Pazuxinlar, 1675 yili esa V. A. Daudov 
boshchiligidagi elchilarini 0 ‘rta Osiyo xonliklariga jo ‘natdi. Ular 
Buxoro, Xiva, Urganch va Balxda b o iish ib , o ‘zbek xonliklarining 
iqtisodiy-siyosiy va harbiy ahvoli bilan yaqindan tanishdilar. 
Manbalarda XVII asrda Buxoro va Xiva xonliklarida Rossiyaning 9 
elchisi bo'lganligi qayd etilgan1.
XVII 
asr boshlarida rus kazaklari Urganchga xurujlar uyush- 
tirganlar. Rus kazaklarining Urganchga hujum qilib katta o ‘ljalik 
bo‘lishgani, mahalliy xalqning ularga qarshi kurashgani xususida 
tarixiy manbalarda ishonchli m a’lumotlar bor. Urganchning rus 
kazaklari tarafidan bosqin etilishi va Xorazm xalqining tajovuzkor- 
larga qarshi olib borgan kurashi mashhur tarixchi olim A bulg‘ozixon- 
ning «Shajarayi turk» asarida yoritilgan. Jumladan, mazkur asarda 
shunday deyiladi: «Yoyiq teganda yurug‘on o ‘rusning qozoqindin 
ming kishi saratonning aw alg i kuni g'ofil kelib, Urganchning 
qal’asiga kirdi. Shaharda ra ’iyatdin o ‘zga kishi yo‘q erdi. Xonning

Материалы по истории Узбекской, Таджикской и Туркменской ССР. 
Вып. 3, Ленинград, 1932, стр. 255^195. Bundan keyin qisqacha MIUTT deb 
qisqartma qilinadi.
30
www.ziyouz.com kutubxonasi


o ‘rdasi va sipoh xalqi Amu suvining labida erdilar. Xivaqda xonga 
kishi chopturdilar. Yetti kunda xon keldi. [Kazaklar] Urganchda 
ra’iyatdin ming kishini o ‘ltirdi va ming qiz bilan juvonni oldi. Ming 
arobaga yaxshi mollardan yukladi.
Bo‘z va buyog‘li, palos va to ‘n, to ‘shak-yastuq m undog‘ nimar- 
salami barchasini o ‘tga yoqdi. Bulami saranjom qilguncha yetti 
kun bo‘ldi. Andin so‘ng [kazaklar] Urganchdin chiqib daryo labiga 
yumdi. Arab Muhammadxon oldiga borib o ‘r qazdi va jang qildi. 
Ikki kun umshtilar, uchinchi kuni jibni zo‘r qilib olib, taqi bosib o ‘tdi. 
0 ‘ms piyoda, bizning xalq otlig‘ ikki farsang yer yuzunda yana o ‘r 
qazib jang qildilar. 0 ‘rus yuklagan suvini tamom qildi... o ‘rus qon 
icha boshladi. Beshinchi kuni qonni ham tavosutti. 0 ‘zbek har yerdan 
to‘p-to‘p b o ‘lib chopdi. 0 ‘msni o ‘ldurib-o‘ldurib qaytdi. Ul arobadan 
chiqib umshar erdi. Axir arobaning ichindan chiqa bilmadi. Ojiz 
bo‘ldi. Yettilanchi kuni barcha ittifoq birlan choptilar. Arobaga 
kelgandan so‘ng otdin tushib k o ‘ran ichiga kirib qilichni qo‘ya 
berdilar. Xalq o‘ljaga yuzburg‘onda o ‘ms qochib daryo labiga borib 
Tuq qaPasining quyisida yag‘ochdin qal’a solib baliq olib yedida 
o ‘lturdi. Arab Muhammadxon borib qabadi. Taqi o ‘n besh kunda 
oldi»1.
Shunday qilib, ms kazaklarining dastlabki talonchilik qutqusi 
barbod bo‘ldi. Keyinchalik Urganchga bostirib kirgan Ataman Ne­
chaev kazaklarining taqdiri ham shunday b o ‘Idi. A bulg‘ozixon 
yozadi: «Biz dunyoga kelgan yilning a w a l bahorinda (1603 yil) o ‘n 
yetti kishi o ‘m sg ‘a savdog‘a ketar erdi. Q o‘sh Yoyiq teganda ming 
qozoq o ‘ms bor ekandi. Yo‘lda anga uchray qolur. Ikkisini o ‘lturur, 
saqlag‘an kishilardin Urganchning xabarin so ‘rar. Aning birisi 
turkistonlik ekandur. Ul aytur, Urganchning shahrinda sipohdin bir 
kishi yo‘q edi. Sipohning yaqin o ‘lturgani otlig‘a bir kunlik y o ‘1. 
Shaharda tanho ra ’iyat turur. Bir tarafi cho‘l. Agar cho‘l y o iin d in yuz 
ming lashkar borsa, shaharga kirganda ko‘rar. Andin ilgari ko‘rmas. 
Yot yurtli kishi ancha ko‘lindan va tilindan kelgan sa’y birlan 
xushomadni qildi. 0 ‘ms muning so‘zina firifta b o ‘lib turkistonlini 
boshchi qilib, ming kishi kelib Urganchning Mirzo darvozasindin 
kiribdi...
Otamiz [Arab Muhammadxon] o ‘rusdin bir kishi qo‘ymay qirib 
ekandur»2. XVIII asr boshida esa ana shunday harakat keng miqyos-

Abulg'oziy Bahodirxon.
Shajarai turk. Toshkent, «Cho‘ipon», 1992, 158- 159- 
betlar.
2 O'sha asar, 167-bet.
31
www.ziyouz.com kutubxonasi


da amalga oshdi. Bu xuruj Rossiyaning birinchi imperatori Pyotr I 
davrida boshlandi.
1713 yilda Ashtarxonga kelgan m ang‘ishloqlik turkman sav- 
dogari X o‘ja Nafas knyaz Mixail Samonov bilan uchrashadi. Ular 
tezda o ‘zaro til topishib ketishadi. Turkman savdogari undan katta 
v a’dalar oladi, Eronning G ‘ilon viloyati hukmdori b o ig a n , lekin 
ayrim sabablarga ko‘ra Rossiyaga qochib kelib nasroniy diniga 
o ‘tgan bu kimsa X o‘ja Nafasni Sankt-Peterburgga taklif qiladi. 
X o‘ja Nafas bu shaharda cho‘qintirilgan yana bir musulmon-knyaz 
Bekovich-Cherkasskiy bilan tanishadi. X o‘ja Nafas unga Amudaryo 
sohili oltin qumlarga boyligi haqida gapiradi. U Rossiya uchun 
oltinning naqadar zarurligini yaxshi anglagani uchun bu haqda Pyotr 
I ga axborot beradi. Shuning uchun Pyotr I X o‘ja Nafasni shaxsan 
o ‘z huzuriga chaqirtiradi. X o‘ja Nafas u bilan qilgan suhbatida qadim 
zamonlarda Amudaryo Kaspiy dengiziga kelib quyilganini, ammo, 
keyinchalik mahalliy aholi daryoni to ‘g ‘on bilan to ‘sganini va qu- 
rigan o ‘zan ham oltinga boyligini aytadi. X o‘ja Nafasning rn aiu - 
motlarini aynan shu vaqtda Sankt-Peterburgga kelgan Sibir guber- 
natori M atvey Gagarin ham tasdiqlaydi va Yorkent shahri yaqinida 
Sirdaryo sohilidan olib kelingan oltin namunalarini unga ko‘rsata- 
di. Pyotr I endi maxfiy reja tuzib, bu oltinlarga ega b o iis h uchun 
ikki ekspedisiya jo ‘natishga qaror qiladi. Kapitan Ivan Buxgols 
rahbarligidagi birinchi ekspedisiya Sibir orqali Tobolskdan Irtish 
daryosi bo‘ylab Yorkentga borishi kerak edi. Bu guruh 1715 yilning 
boshlarida y o ig a chiqib, Yamishchev k o iig a yetib boradi va u yerda 
istehkom quradi. Ammo, bu yerlarda yashayotgan qalmoq qabilalari 
ajnabiylaming qal’asiga har tarafdan hujumlar uyushtiravergach, 
Buxgols orqaga chekinishga majbur b o ia d i1. 0 ‘rta Osiyo orqali 
o iis h i kerak b o ig a n ikkinchi ekspedisiya esa Xiva xonligiga bo­
rishi, unga rus gvardiyasini taklif etishi hamda Amudaryoni eski 
oqimiga burish imkoniyatlarini aniqlashi, so‘ng esa Buxoroga o ‘tib, 
xonning ham Rossiya panohi ostiga o iish in i ta’minlashi lozim 
edi2.
Bu ekspedisiyaga podsho gvardiyasi Preobrajensk polki poru- 
chigi Aleksandr Bekovich-Cherkasskiy rahbar qilib tayinlandi.

Гулямов X. Г.
Из истории дипломатических отношений России с Бухар­
ским ханством XVIII в. Ташкент, 1992, стр. 40-44.
2 0 ‘sha joyda.
32
www.ziyouz.com kutubxonasi



Download 14,12 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   8   9   10   11   12   13   14   15   ...   180




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©www.hozir.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling

kiriting | ro'yxatdan o'tish
    Bosh sahifa
юртда тантана
Боғда битган
Бугун юртда
Эшитганлар жилманглар
Эшитмадим деманглар
битган бодомлар
Yangiariq tumani
qitish marakazi
Raqamli texnologiyalar
ilishida muhokamadan
tasdiqqa tavsiya
tavsiya etilgan
iqtisodiyot kafedrasi
steiermarkischen landesregierung
asarlaringizni yuboring
o'zingizning asarlaringizni
Iltimos faqat
faqat o'zingizning
steierm rkischen
landesregierung fachabteilung
rkischen landesregierung
hamshira loyihasi
loyihasi mavsum
faolyatining oqibatlari
asosiy adabiyotlar
fakulteti ahborot
ahborot havfsizligi
havfsizligi kafedrasi
fanidan bo’yicha
fakulteti iqtisodiyot
boshqaruv fakulteti
chiqarishda boshqaruv
ishlab chiqarishda
iqtisodiyot fakultet
multiservis tarmoqlari
fanidan asosiy
Uzbek fanidan
mavzulari potok
asosidagi multiservis
'aliyyil a'ziym
billahil 'aliyyil
illaa billahil
quvvata illaa
falah' deganida
Kompyuter savodxonligi
bo’yicha mustaqil
'alal falah'
Hayya 'alal
'alas soloh
Hayya 'alas
mavsum boyicha


yuklab olish